O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Imom Buxoriy va musulmon olamida ilm-fan
Yangiliklar

Imom Buxoriy va musulmon olamida ilm-fan

Shu kunlarda yurtimizda O‘zbekiston – Indoneziya madaniy va hamkorlik haftaligi o‘tkazilmoqda. Haftalikni tashkil etishdan maqsad O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar ko‘lamini kengaytirish, mamlakatimizning islom sivilizatsiyasi rivojida tutgan o‘rni va uning ilmiy merosini keng targ‘ib etish hamda ziyorat turizmi yo‘nalishida sayyohlar oqimini oshirishdan iborat.Haftalik doirasida Samarqand shahrida “Imom Buxoriy va musulmon olamida ilm-fan” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.Mazkur anjumanda Indoneziya va yurtimizning taniqli olimlari, soha mutaxassislari qatorida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Irgash Daminov, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi dotsenti Mahfuza Alimova hamda Ilmiy kengash ilmiy kotibi Iroda Gafurova ham ishtirok etishdi.Akademiya va

Batafsil
Akademiyada “Akademik minbari” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada “Akademik minbari” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Akademik minbari” loyihasi doirasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, akademik Saidahror G‘ulomov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori, akademik Nurislom To‘xliyev, fakultet dekanlari – Ilyos Mirziyotov, Farhod Karimov, Jahongir Tohirov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.Davra suhbatida akademik Saidahror G‘ulomov “Yangi O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni va sun’iy intellektni rivojlantirish samaradorligi” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzachi o‘z nutqida keyingi yillarda yurtimizda raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanib, texnologik inqilobning asosiy motoriga aylangani, buning

Batafsil
O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi turizm va ilmiy-madaniy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari
Yangiliklar

O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi turizm va ilmiy-madaniy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida barcha sohalarda hamkorlik munosabatlari rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, madaniy-ma’rifiy, turizm, ilm-fan sohalaridagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarildi.Shu kunlarda yurtimizda O‘zbekiston – Indoneziya madaniy va hamkorlik haftaligi boshlandi. Haftalikni tashkil etishdan maqsad O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar ko‘lamini kengaytirish, mamlakatimizning islom sivilizatsiyasi rivojida tutgan o‘rni va uning ilmiy merosini keng targ‘ib etish hamda ziyorat turizmi yo‘nalishida sayyohlar oqimini oshirishdan iborat.Haftalik doirasida bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi turizm va ilmiy-madaniy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro tadbir o‘tkazildi.Mazkur tadbir O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tashabbusi bilan Indoneziyan

Batafsil
Turkiy tilli davlatlarning falsafasi, madaniyati, aloqalari: tarix, bugun va kelajak
Yangiliklar

Turkiy tilli davlatlarning falsafasi, madaniyati, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

Ma’lumki, dunyo tarixi, insoniyat taraqqiyotida turli davrlarda yuzaga kelgan sivilizatsiyalar, saltanatlarning o‘rni va ahamiyati katta bo‘lgan. Ular orasida turkiy xalqlar tomonidan asos solingan qadimiy davlatlar, ularning madaniyat va tamaddunlari alohida o‘rin tutadi. E’tirof etish joizki, bugungi kunda ham turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari har tomonlama yangi bosqichga ko‘tarildi. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Turkiy tilli davlatlarning falsafasi, madaniyati, aloqalari: tarix, bugun va kelajak” mavzusida VI xalqaro simpozium o‘tkazildi.Simpozium doirasida turkiy xalqlar o‘rtasidagi falsafiy va madaniy aloqalar, umumiy tarixiy ildizlar, zamonaviy axborot makonidagi hamkorlik va taraqqiyot istiqbollari kabi masalalar muhokama etildi. O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan simpoziumda Din

Batafsil
Ulug‘ ma’rifatparvar alloma Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi yod etildi
Yangiliklar

Ulug‘ ma’rifatparvar alloma Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi yod etildi

Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi, ulugʻ alloma va jamoat arbobi Mahmudxoʻja Behbudiyning ilmiy, ijodiy, pedagogik faoliyati va merosi alohida ahamiyatga molik. XX asr oʻzbek adabiyoti va sanʼatida, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida faol ishtirok etgan, millat maʼrifati, ozodligi, hurligi yoʻlida mardonavor kurashgan bu ulugʻ ma’rifatparvarning sermashaqqat va sermahsul faoliyati tarix sahifalaridan mangu oʻrin egalladi, avlodlar uchun ibrat maktabi boʻlib qoldi. Keyingi yillarda Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasini abadiylashtirish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq qilish, ilmiy va badiiy asarlarini keng ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Jumladan, 2024-yil 27-dekabr sanasida davlatimiz rahbari tomonidan “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risid

Batafsil
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektorining TABRIGI
Yangiliklar

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektorining TABRIGI

Assalomu alaykum, qadrli hamkasblar, aziz talaba-yoshlar! Bugun barchangizni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabriklashga ijozat bergaysiz! Til – inson qalbining ko‘zgusi. Unda nafaqat inson qalbi, balki o‘sha xalqning o‘tmishi, buguni, kelajagi, madaniyati va boshqa bir qancha jihatlari ham aks etib turadi. Ona tili shunday zalvorli, zabardast, qudratli kuchga egaki, u millionlab qalblarni iftixor, g‘urur hissini uyg‘otadi. Shu o‘rinda kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yubiley sessiyasidagi chiqishlarini barchamiz katta hayajon bilan kuzatdik. Dunyoning eng yuksak minbaridan global miqyosdagi tashabbuslar, jahon afkor ommasini tinchlik, hamjihatlikka undagan chaqiriqlar o‘zbek tilida yangradi. Umuman, davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasi sessiyalarida ona tilida nutq irod etish

Batafsil
Til bor ekan – millat barhayot
Yangiliklar

Til bor ekan – millat barhayot

Dunyo xalqlari va millatlarining madaniy o‘zagi va asosiy muloqot manbai bu ularning milliy tili hisoblanadi. Shunday ekan, har bir tilning saqlanishi hamda yosh avlodga yetkazilishi, xalq taraqqiyoti va uning kelajagini belgilaydi. Birgina til ko‘plab xalqlarni o‘zaro birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’ana va madaniyatlarini saqlaydi, uni avloddan avlodga o‘tishini ta’minlaydi.Darhaqiqat, til – millat ko‘zgusi. U har bir millatning qadrli boyligi, ma’naviy qiyofasi, madaniyati, ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vosita. 1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur hujjat xalqimizning mustaqillik uchun qo‘yilgan dastlabki qadami bo‘ldi. 2020-yil 10-aprelda esa O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi quvonarli hol bo‘ldi. Mazkur qonun bilan har y

Batafsil
Akademiyada “Ma’rifat darslari” o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada “Ma’rifat darslari” o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Kelajak soati” loyihasi doirasida “Ma’rifat darslari” o‘tkazildi.Tadbirda fakultet dekanlari – Ilyos Mirziyotov, Jahongir Tohirov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi professori Zohidjon Islomov, Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Abduvahob To‘xtanazarov hamda talabalar ishtirok etishdi.Dars davomida so‘zga chiqqanlar yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy faollikni kuchaytirishga qaratilgan bunday tashabbuslarning ahamiyatini alohida ta’kidlashdi.Talabalar e’tiboriga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi.“Ma’rifat darslari” doirasida “Boqiy shaharlarimiz” hamda “O‘zbekiston – dunyo tanig

Batafsil
Akademiya professori “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
Yangiliklar

Akademiya professori “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Oʻzbekistondagi ShHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan “Xalq diplomati” koʻkrak nishonini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Tashkilotga aʼzo davlatlarda xalq diplomatiyasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan davlat arboblari, olim, yozuvchi, fan, sanʼat va madaniyat sohasi vakillari, fuqarolik jamiyati faollari, yoshlar va xotin-qizlar qatorida “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi professori Zohidjon Islomov ham “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.Mazkur koʻkrak nishoni tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasida oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilik, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash, sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirish, oʻzaro madaniy – gumanitar aloqalarni kengaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari, yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari oʻrtasida doʻstona hamkorlik muhitini qaror toptirish, SHHT maqsadi, vazifasi va faoliyatining ustuvor yoʻna

Batafsil
Talabalar uchun binar dars o‘tkazildi
Yangiliklar

Talabalar uchun binar dars o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “G‘arb sanksiyalarining Rossiyaga ta’siri hamda ularni bartaraf etish uchun olib borilayotgan diplomatik muloqotlar” mavzusida onlayn binar dars bo‘lib o‘tdi. Unda Times Higher Education 2025 jahon reytingida 69-o‘rinni egallagan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Illinoys Urbana-Shampeyn universiteti (University of Illinois Urbana-Champaign) professori, vatandoshimiz Ikromjon To‘xtasinov hamda “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti Musurmon Xurramovlar tomonidan qo‘shma ma’ruza tashkil etildi.Ma’ruzada “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Xalqaro munosabatlar” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari ishtirok etishdi.Dastlab professor Ikromjon To‘xtasinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi so‘zlagan nutqida bildirilgan

Batafsil
Top-300 universitetlari bilan hamkorlik yangi bosqichda
Yangiliklar

Top-300 universitetlari bilan hamkorlik yangi bosqichda

Joriy yilning 6-11-oktabr kunlari O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va Germaniyaning Friedrix Aleksandr nomidagi Erlangen-Nyurnberg universiteti (Friedrich-Alexander-Universität Erlangen-Nürnberg) hamkorligida dinshunoslik va islomshunoslik sohalari rivojiga bag‘ishlangan turkum ilmiy va madaniy tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlar silsilasi 6-oktabr kuni “Dinshunoslikdagi zamonaviy metodologik yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar bilan boshlandi. O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy seminarda dinshunoslik sohasidagi metodologik yondashuvlar, ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish bilan birga bu sohada xalqaro tajriba almashish va hamkorlikni kuchaytirish asosiy maqsad etib belgilagan. Ma’lumot uchun: Friedrix Aleksandr nomidagi Erlangen-Nyurnberg universiteti (Fri

Batafsil
Talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish
Yangiliklar

Talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish

Sir emaski, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarga doimiy g‘amxo‘rlik qilish davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan siyosatning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu bois, bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Davra suhbatida Toshkent shahar IIBB terrorizm katta tezkor vakili, kapitan Husan Gaynazarov, Shayxontohur tumani IIOFMB Xotin-qizlar katta inspektorlari, podpolkovnik Gulnora Gulnora Ishanxanova, kapitan Nigora Pulatova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Zokirjon Mardonov, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i Abduvahob To‘xtanazarov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.Tadbirni Akademiya mas’ullari kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, jinoyatch

Batafsil
Ko'rinish