Maxsus kurs darslari davom etmoqda
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida maxsus kurs o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.O‘quvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi professori Mansur Bekmurodov, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsentlari – Zokir Sodiqov, Anvar Xudoyorov, “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti Muxtor Nazirov, katta o‘qituvchi Musurmon Xurramov hamda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Rahmatilla Gaipnazarov tomonidan ma’ruza darslari olib borildi.Ma’ruzachilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi chiqishiga ham to‘xtalib o‘tishdi.Ekspertlar tomonidan O‘zbekistonning global minbardagi pozitsiyasi, demokratik va huquqiy
Batafsil
Maxsus kurs o‘quv-mashg‘ulotlarida dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilinmoqda
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusidagi maxsus kurs o‘quv-mashg‘ulotlari bugun ham davom etdi.Unda Akademiya professori Abduvali Isajonov hamda dotsentlar – Samadjon Ma’murov va G‘olib Mustafoyev “O‘zbekistonning energetik salohiyati va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda energiya resurslariga bo‘lgan talab” hamda “Energiya auditi tushunchasi. energiya samaradorligini oshirish va energiya tejash bo‘yicha ko‘rsatmalar” mavzularida ma’ruza qilishdi.Mazkur mavzular davlatimiz rahbarining nutqidagi EKOSOS va UNKTAD shafeligida Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazish, UNIDO bilan sanoatda “yashil” texnologiyalar mintaqaviy xabini tashkil etish, mintaqamizda suv resurslaridan oqilona foydalani
Batafsil
Maxsus kurs o‘quv-mashg‘ulotlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida maxsus kurs o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.Mazkur darslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 23-sentabr kuni Nyu-York shahridagi BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlanmoqda.Bugungi maxsus kurs “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri Bektosh Berdiyev hamda “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi professori Ilhom Bekmirzayev tomonidan “Yangi O‘zbekistonda islohotlar” mavzusida o‘tkazildi. Mazkur darsda ekspertlar tomonidan “Kambag‘allikni qisqartirish va iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari” hamda “O‘zbekistonda ta’lim tizimi islohotlari va jahon hamjamiyati oldidagi muhim tashabbuslar” mavzusidagi ma’ruzalar o‘tildi.Unda O‘zbeki
BatafsilAkademiya mas’ullari Talabalar turar joyini o‘rganishdi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi prorektorlari – Habibullo Sadibaqosev, Irgash Daminov, Zokirjon Ro‘ziyev hamda Salim Dusanov talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Akademiyaning 2-Talabalar turar joyida bo‘lishdi.Tashrif davomida Akademiya prorektorlari talabalarning yashash sharoiti, o‘quv va dam olish imkoniyatlari bilan tanishib, ularning fikr va takliflarini eshitishdi. Talabalar turar joyi xonalari, kutubxona va oshxonalarni ko‘zdan kechirilib, bu yerdagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Talabalar Akademiya mas’ullarining tashrifi va ularga bo‘lgan e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Ular Akademiyada bilim olish va rivojlanish uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, o‘z sohalarida yuqori natijalarga erishishga harakat qilishlarin
Batafsil
Akademiyada maxsus kurs o‘quv-mashg‘ulotlari boshlandi
Xabaringiz bor, joriy yilning 23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahridagi BMT bosh qarorgohida Bosh Assambleyaning 80-yubiley sessiyasida nutq qildi. Mazkur tarixiy chiqish nafaqat O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, balki jahonda tinchlik, barqaror rivojlanish va xalqaro hamkorlikka doir muhim g‘oyalarni ilgari surishi bilan ham ahamiyatlidir.Ana shu tarixiy ma’ruzaning mazmun-mohiyatini tadqiq etish, unda ko‘tarilgan dolzarb masalalarni aholi, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhim hisoblanadi. Bugun shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida maxsus kurs o‘quv-mashg‘ulotlari boshlandi.Dastlabki dars Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov hamda “Xalqaro munosabatlar” kafedras
Batafsil
Dinshunoslikdagi zamonaviy metodologik yondashuvlar
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Dinshunoslikdagi zamonaviy metodologik yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.Mazkur seminar O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi hamda Fridrix Aleksandr nomidagi Erlangen-Nyurnberg universiteti hamkorligida o‘tkazildi.Anjumanda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Irgash Daminov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri Odil Ernazarov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.Seminar davomida “O‘zbek va nemis islomshunosligi rivoji va istiqbollari”, “Islom ilohiyotini tadqiq etishdagi metodologik masalalar”, “Qaffol ash-Shoshiyning “Mahosin” asarida episte
Batafsil
2025/2026-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
Toʻlov-kontrakt miqdori bilan tanishing:https://drive.google.com/file/d/1BWj3M_XHVxW-ZYlqmma1yjj8_OUdfBe4/view2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yilning 31-oktabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi.Tez orada kontrakt.edu.uz platformasi orqali shartnomalarga ariza topshirish imkoniyati yaratiladi.IZOH: qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdori Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025) bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilangan.1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun —
Batafsil
Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon
Samarqand davlat universitetida “Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Samarqand arxeologiya instituti va boshqa oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari ishtirok etdi. Konferensiyada buyuk ajdodimiz, moturidiylik aqidaviy ta’limoti asoschisi Abu Mansur Moturidiy va u zotning izdoshlari qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosning ahamiyati, alloma dafn etilgan Chokardiza qabristonidagi qurilish va obodonlashtirish ishlari natijalariga oid ma’ruzalar tinglandi. Ta’kidlandiki, mamlakatimizda so
Batafsil
Akademiyada ilk marotaba Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi lavozimi uchun saylov o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi lavozimi uchun saylov bo‘lib o‘tdi.Akademiya tarixida ilk marotaba o‘tkazilgan Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi lavozimi uchun saylov jarayonining shaffof va adolatli boʻlishini Maxsus komissiya a’zolari nazorat qilib borishdi. Dastavval Maxsus komissiya a’zolari tomonidan saylov o‘tkazish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi. Akademiya Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi lavozimi uchun “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi dotsenti Dilafruz Turdiyeva, “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti Nargiza Shoaliyeva hamda “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi katta o‘qituvchisi Zarifa Mamazovaning nomzodlari ko‘rsatilgan. Nomzodlar o‘zlariga ajratilgan vaqt davomida o‘z saylovoldi dasturlari haqida ma’lumot berishdi.Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Xotin-qizl
Batafsil
Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi majlislar zalida Akademiya Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Kamilov, Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.Dastlab Akademiya kengashi majlisi avvalida bir guruh o‘qituvchilarga ilmiy unvon va diplomlar topshirildi.Xususan, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhiddin Ismoilovga fizika-matematika fanlari ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi hamda “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sayyora Jalolovaga pedagogika fanlari ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori ilmiy d
BatafsilBehbudiy va Sulton Qobus
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori yirik olim qoldirgan ilmiy-ma’rifiy merosni teran o‘rganish va uning faoliyatini xalqaro ilmiy maydonga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi. Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919) jadidlik harakatining yetakchi namoyondalaridan biri sifatida xalqni zamonaviy ilm-fanga, ma’rifatga chorlagan, taraqqiyotning kaliti bilimda deb hisoblagan. Uning sahna asarlari orqali yuksak milliy g‘oyalar keng jamoatchilik ongiga singdi, qalblarga nur bag‘ishladi. Behbudiy o‘z asarlari, ilg‘or pedagogik qarashlari va faol ijtimoiy-siyosiy pozitsiyasi bilan jamiyatda yangi uyg‘onish davrini boshlab berdi. Ayni shu ma’noda, uning fikrlari va faoliyati nainki mintaqada, balki butu
Batafsil1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektorining TABRIGI
Assalomu alaykum muhtaram ustoz va murabbiylar! Qadrli hamkasblar! Siz azizlarni milliy ma’naviyat va ma’rifatimizning asosiy tayanchi, xalqimizning haqiqiy ma’rifatparvar yo‘lboshchilarini hamda ta’lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini umumxalq bayram bo‘lgan 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Ustoz degan sharafli nomga munosib bo‘lish, o‘qituvchi kasbini ulug‘lab, kelajak avlodni barkamol voyaga yetkazish ulug‘ saodatdir. Shu bois, donishmand xalqimiz ustoz-muallimga hamisha o‘zgacha hurmat va e’tiborda bo‘lib keladi. “Agar shogird shayxulislom, agar qozidur, agar ustoz rozi – Tangri rozidur”, deydi Alisher Navoiy hazratlari. Darhaqiqat, bugun xalqimiz o‘zining azm-u shijoati, bunyodkorlik salohiyati bilan Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etayotgan bugungi kunda Siz, aziz muallim va ustozlarnin
Batafsil