O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi
Yangiliklar

Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi

Yangi O‘zbekiston bugungi kunda nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasida, balki jahon hamjamiyatida ham faol va ishonchli hamkor sifatida tan olinmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan siyosat va barqaror rivojlanish strategiyasi xalqaro maydonda tobora katta e’tibor qozonmoqda. Mustaqillik yillarida davlatimiz tashqi siyosatda ochiqlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lini tanlab, xalqaro tashkilotlar, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan uzviy hamkorlikni strategik yo‘nalish sifatida belgilab oldi. 2025-yil 23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahridagi BMT bosh qarorgohida Bosh Assambleyaning 80-yubiley sessiyasida qilgan nutqi mamlakatimizning global minbardagi nufuzi va roli yana bir bor yorqin namoyon bo‘ldi. Mazkur tarixiy chiqish nafaqat O‘zbekistonda amalga oshirilayot

Batafsil
Sizga ehtirom – aziz ustozlar!
Yangiliklar

Sizga ehtirom – aziz ustozlar!

Ustozlik martabasi dunyodagi eng e’zozli, ehtirom va e’tiborga loyiq, qalblarga yaxshilik, ezgulik, komillik olib kiruvchi muborak kasb sanaladi. Ustoz har bir insonning kelajagi uchun tamal toshini qo‘yishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham xalqimizning “ustoz otangdek ulug‘” degan ibratli o‘giti zamirida o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtiromi mujassamdir.Bugun shiddat bilan o‘zgarayotgan zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Binobarin, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalar yechimida ilm-fanning hayot va amaliyot, ishlab chiqarish bilan o‘zaro uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi.E’tirof etish kerak, davlatimiz tomonidan, eng avvalo, uzluksiz ta’lim tizimi islohotlari asosida yoshlar ta’lim-tarbiyasi, yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashga mas’ul muallim va professor-o‘qituvchilar faoliyatiga katta e’tibor qaratilmoqd

Batafsil
Madaniy oʻlchov va Oʻzbekiston – Oʻmon muloqoti: islohotlar yoʻli
Yangiliklar

Madaniy oʻlchov va Oʻzbekiston – Oʻmon muloqoti: islohotlar yoʻli

Joriy yilda Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanadi. Mahmudxo‘ja Behbudiy jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri sifatida xalqimizni zamonaviy ilm-fanga chorlagan, ma’rifatparvarlikni milliy taraqqiyotning asosiy yo‘li deb bilgan. Allomaning asarlari, pedagogik qarashlari va siyosiy faoliyati nafaqat O‘zbekiston, balki butun musulmon sharqida yangi uyg‘onish ruhini uyg‘otdi, desak, yanglishmaganbo‘lamiz. O‘mon Sultonligi tarixida esa Sulton Qobus bin Said hazratlari ham ana shunday ma’rifatparvar inson sifatida xotirlanadi. Har ikki zot turli davr va mintaqada yashab, faoliyat olib borgan bo‘lsa-da, ammo ularning g‘oyaviy qarashlari, xalqni ma’rifatli qilish borasidagi maqsadlari mushtarak edi.Shu maqsadda bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida

Batafsil
Ilm va fidoyilik timsoli
Yangiliklar

Ilm va fidoyilik timsoli

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbir keksa avlod vakillarining boy tajribasini o‘rganish, ezgu fazilatlarini ibrat sifatida ko‘rsatish, ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish, ularning mehnatini e’zozlash maqsadida tashkil etildi.Davra suhbatida “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Ahadjon Hasanov, kafedra a’zolari hamda talabalar ishtirok etishdi.Ustoz Ahadjon Hasanov 20 dan ortiq ilmiy monografiya, risola, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 200 dan ortiq maqolalar muallifi. U kishining rahbarligida 10 dan ortiq nomzodlik, falsafa doktori va fan doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalar himoya qilingan. Ko‘p yillik tinimsiz mehnatlari natijasida 1975-yilda “Misr mamluklarining ijtimoiy-si

Batafsil
Akademiyada favqulodda vaziyatlarning oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik ko‘rgazmali tadbir o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada favqulodda vaziyatlarning oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik ko‘rgazmali tadbir o‘tkazildi

Ishda, o‘qishda, umuman, hayotimizning har bir jabhasida favqulodda vaziyat ro‘y berishi mumkin. Bunday hollarda vaziyatdan betalofat chiqish uchun nima qilish kerak?Bu kabi vaziyatlarda aholi to‘g‘ri harakat qilishini o‘rgatish, targ‘ibotini amalga oshirish muhim sanaladi.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida talabalar turar joyi binosida istiqomat qiluvchi talabalarning yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishi, favqulodda vaziyatlarning oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik ko‘rgazmali tadbir o‘tkazildi.Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida tashkil etildi.Tadbir davomida talabalarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish kabi mavzularda amaliy va nazariy ma’lumotla

Batafsil
Akademiya rahbariyati va talabalar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiya rahbariyati va talabalar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida talabalar bilan muassasa rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, fakultet dekanlari – Ilyos Mirziyotov, Farhod Karimov, Jahongir Tohirov, Akademiya profilaktika inspektori, kapitan Muhriddin Hikmatov, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi. Muloqot davomida oliy ta’lim muassasasidagi odob-axloq qoidalari, ichki tartib-intizom haqida so‘z yuritildi. Talabalar yaxshi ta’lim olish bilan cheklanib qolinmay, tarbiyasi, xulqi-odobi boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerakligi alohida ta’kidlandi. Akademiyaning taʼlim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi qonun-qoidalariga rioya qilish haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, fakultet dekanlari so‘zga chiqib, professor-o‘qituvchilar ha

Batafsil
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan
Yangiliklar

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanining 50-umumta’lim maktabida aholini, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy saviyasi, bilimi va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda yot g‘oyalar, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida o‘tkazilib, unda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ((PHD) Rahmatilla G‘aipnazarov ishtirok etdi. Davra suhbatida globallashuv jarayonida din niqobi ostida tarqatilayotgan turli g‘oyalarga qarshi kurashishda ta’lim va tarbiyaning muhim o‘rni, milliy qadriyatlarning jamiyat ma’naviyatidagi ahamiyati haqida fikr yuritildi. Shu bilan birga, hayotiy misollar tahlil qilinib, yoshlarda ogohlik va xushorlikni oshirish bo‘yicha qator tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida ishtir

Batafsil
Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon
Yangiliklar

Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon

Markaziy Osiyo mintaqasi bir necha ming yillik ulug‘vor va boy tarixga ega. Turli davrlarda ulkan sivilizatsiyalar, kuchli davlatlar va bebaho me’moriy obidalar vujudga kelgan. Ayniqsa, olim-u fuzalolar tomonidan yaratilgan muhtasham madaniy meros insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan.Bu davrlarda ajdodlarimiz tafakkuri bilan qadimgi toshyozuv va bitiklar, ming-minglab qo‘lyozmalar, turli sohalarga oid fundamental asarlar yaratilgan. Ushbu o‘lkada jahon ilm-fan taraqqiyoti rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, ilm-fanning barcha sohalari, jumladan, islomiy ilmlarda ham jahonga dong taratgan buyuk allomalar kamol topgan.Bashariyat tamaddunining nodir sahifalari ana shunday buyuk va mo‘tabar zotlarning hayotlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Mintaqa xalqlari tarixi, madaniyati, diniy an’ana va urf-odatlari, alloma va olimlar hayot yo‘llarini o‘rganish, ularning merosini tadqiq etish muhim vaz

Batafsil
Talabalar uchun dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
Yangiliklar

Talabalar uchun dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

Yosh avlodni voyaga yetkazish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarga doimiy g‘amxo‘rlik qilish davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan siyosatning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Taassufki, amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarga qaramasdan keyingi vaqtlarda yoshlar orasida jinoyatchilik holatlarini sodir etish kabi hodisalar ham uchrayotgani davrning dolzarb muammolaridan biriga aylanib bormoqda.Buning oldini olish maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda giyohvandlikni oldini olish yuzasidan” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, Shayxontohur tumani Ichki ishlar organi inspektorlari – Shahriza Damirova, Shohrux Abduhalimov, fakultet dekanlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.Tadbirni Akademiy

Batafsil
Yoshlar ta’lim-tarbiyasi – millat kelajagining poydevori
Yangiliklar

Yoshlar ta’lim-tarbiyasi – millat kelajagining poydevori

Jamiyatning kelajagi, davlatning istiqboli, xalqning taraqqiyotini yoshlarga berilayotgan ta’lim va tarbiya bilan baholash mumkin. Tarixan ota-bobolarimiz farzand tarbiyasiga milliy qadriyat, muhim burch sifatida qaraganlarida katta ma’no bor. Ana shu qadriyatni saqlab qolish, kelgusi avlodlarga yetkazish bizning ustuvor vazifamiz hisoblanadi.Taassufki, globallashuv jarayoni yoshlar ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ba’zi nosog‘lom kuchlar ertamiz egalariga mafkuraviy va ma’naviy sohada o‘z g‘oya hamda mafkuralarini singdirishga urinmoqda. Shu bois, farzand tarbiyasiga yanada e’tiborli bo‘lish, qarovsiz va nazoratsiz qoldirmaslik talab etiladi. Bu holatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasida nafaqat ota-onaning, balki ta’lim muassasalari vakillarining ham o‘rni katta. Shu maqsadda o‘tgan hafta O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 1-2-kurs talabalarining ota-ona

Batafsil
Diqqat e’lon!
Yangiliklar

Diqqat e’lon!

O‘zbekiston xalqaro islomshoslik akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori (“Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”) hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi 117-sonli buyrug‘iga binoan O'zbekiston xalqaro islomshoslik akademiyasi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarida 2025/2026 o‘quv yili uchun qayta taqsimotga ko‘ra ajratiladigan taʼlim grantlari tasdiqlangan edi. Shu asosida 2024/2025 o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shaklida qabul qilingan talabalar uchun 2025/2026 o‘quv yilida qayta taqsimotga muvofiq ajratilgan ta’lim grantlarini qo'lga kiritgan talabalar ro‘yxati shakllantirildi.Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariMagistratura ta’lim yo‘nalishlari

Batafsil
“Yangi Oʻzbekiston” bogʻi – tinchlik, ezgulik, milliy g‘urur majmuasi
Yangiliklar

“Yangi Oʻzbekiston” bogʻi – tinchlik, ezgulik, milliy g‘urur majmuasi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” yuqori kayfiyatda davom etmoqda.Tadbirlar davomida Akademiyaning 1-kurs talabalari uchun “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga ekskursiya tashkil etildi.Ushbu sayohatni tashkil qilishdan asosiy maqsad yurtimizning diqqatga sazovor tarixiy obidalari, boy tarixiy manzilgohlarni oʻrganish hamda yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni koʻrsatish va talabalar qalbida vatanparvarlik, milliy gʻurur va iftixor hissini yanada rivojlantirishdir.Majmuada buyuk sarkarda va jahongirlar, alloma va mutafakkirlar, jadid bobolarimizning o‘lmas siymolari aks ettirilgan. O‘zbekistonning sobiq mustabid tuzum davridagi og‘ir va mashaqqatli hayoti, qatag‘on siyosati, xalqimizning Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorat va matonati ta’sirchan lavhalarda if

Batafsil
Ko'rinish