Akademiya mas’ullari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Mustaqillik darslari” doirasida bir qator mas’ul rahbarlar va 1-kurs talabalari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi.Unda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Eshmatov, Akademiya profilaktika inspektori, kapitan Muhriddin Hikmatov, Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi raisi Nilufar Aliboyeva so‘zga chiqib, o‘z vazifalari haqida ma’lumot berib o‘tishdi. Jumladan, Akademiya profilaktika inspektori, kapitan Muhriddin Hikmatov “Ogohlik – davr talabi” mavzusida ma’ruza qildi.Davra suhbati davomida profilaktikka inspektori jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, talabalar xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashga doir profilaktik ma’lumotlar berildi.Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi raisi Nilufar Aliboyeva keyingi yillarda yurtimizda xotin-qiz
BatafsilNajot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda
Taʼlim va tarbiya nafaqat bugungi, balki barcha davrlarda ham muhim ahamiyatga ega boʻlgan masaladir. Bugungi kunda yurtimizda taʼlim va tarbiyaning uzviyligiga yuqori darajada eʼtibor qaratilmoqda. Ertamiz egalari boʻlgan dilbandlarimizning taʼlim-u tarbiyasiga eʼtibor davlat siyosatining asosiy maqsad va yoʻnalishlaridan biriga aylangan.Bu borada fidoyi, jonkuyar, boy bilim va tajribaga ega ustozlardan saboq olish muhim hayotiy ehtiyojdir.Shu bois, bugun “Mustaqillik darslari” doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori, akademik Nurislom To‘xliyev bilan davra suhbati o‘tkazildi.“Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostidagi uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov, tyutorlar hamda 1-kurs talabalari is
BatafsilTalabalarga kredit-modul tizimi haqida ma’lumot berildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Mustaqillik darslari” doirasida 1-kurs talabalari uchun kredit-modul tizimi haqida ma’lumot berildi.Akademiya Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi hamda Registrator ofisi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ma’ruzada kredit-modul (HEMIS) dasturida ishlash, kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish haqida so‘z yuritildi.Dastavval O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev mazkur tizim haqida ma’lumot berdi. Kredit-modul tizimi bu – taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash, talabalar bilimini reyting asosida baholash.S
BatafsilInson xotira bilan tirik, qadri bilan ulug‘
El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusi, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo‘lganlar xotirasini yod etmoq avlodlarning zimmasidagi burchdir. Shu bois, mamlakatimizda 2001-yildan buyon 31-avgust “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda. Jadid bobolarimizning ruhlarini shod etish, hayoti va merosini o‘rganishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda. Shahidlar xotirasi maydoni esa Oʻzbekiston mustaqilikka erishgach, XX asr boshlarida yurtimizda roʻy bergan qatagʻonlar natijasida qurbon boʻlgan xalqimiz farzandlarining xotirasini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan meʼmoriy majmua hisoblanadi. Xalqimizning ming-minglab fidoyi va matonatli o‘g‘il-qizlarining xotirasini eslash, o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongida o‘tganl
Batafsil
Ertamiz egalarining ta’lim-tarbiyasiga barchamiz mas’ulmiz
Ajdodlarimizning farzand tarbiyasiga milliy qadriyat sifatida qaraganida katta ma’no bor. Ayniqsa, globallashuv jarayonlari kechayotgan bizning davrimiz bola tarbiyasiga yanada e’tiborli bo‘lishni, qarovsiz va nazoratsiz qoldirmaslikni talab qilmoqda. Yosh avlod ta’lim-tarbiyasida nafaqat ota-onaning, balki ta’lim muassasalari vakillarining ham o‘rni katta. Chunki bugungi tezkor davrda ertamiz egalari bo‘lgan yoshlarning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi afsuski kuzatilmoqda. Dunyoqarashi keng, turli yot g‘oyalarga qarshi tura oladigan, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan yoshlarni kamol toptirish dolzarb vazifa. Bu borada ota-ona va ta’lim muassasasi o‘rtasida uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi zarur.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” doirasida talabalarning ota
BatafsilEkstremizm va terrorizm – insoniyat kelajagiga tahdid
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Mustaqillik darslari” doirasida “Ekstremizm va terrorizm – insoniyat kelajagiga tahdid” mavzusida ma’ruza darsi o‘tkazildi.Unda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o’rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Mumin Mirzo Abdupattayev mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.Tadbirda ekstremizm va terrorizmning kelib chiqishi sabablari, buzg‘unchi oqimlarning maqsad-muddaolari haqida batafsil ma’lumot berildi.Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmay, balki xalqaro maydondagi muammolarni, jumladan, turli e’tiqod vakillari bo‘lgan xalqlar orasidagi o‘zaro ishonchga soya solayotgani ta’kidlandi.Ayni paytda dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik gʻoyalarning tarqalishiga sabab boʻlayotgani qayd etildi. Bu borada yoshlar
BatafsilAdabiyot yashasa – millat yashaydi
Taraqqiyot sari dadil odimlab borayotgan yangi O‘zbekistonda mustaqilligimizning o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan bosh g‘oya asosida inson qadrini ulug‘lash, mustaqillik ulug‘ va bebaho ne’mat ekanligini tarannum etish adabiyot ahli, ijodkorlar ijodining bosh mavzusiga aylandi.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Mustaqillik darslari” doirasida O‘zbekiston xalq shoiri, “Jadid” gazetasi bosh muharriri, Akademiya Jamoatchilik kengashi raisi Iqboljon Mirzaaliyev, yosh ijodkorlar Shahriyor Shavkat va Otabek Bakirov bilan adabiy uchrashuv o‘tkazildi.Ma’ruza davomida Iqbol Mirzaaliyev mustaqilligimizning 34 yilligi, istiqlolning qadri, mazmun-mohiyati, yurtdoshlarimiz taqdiridagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Ortda qolayotgan har bir vaqtni qadriga yetish, talabalik bilim cho‘qqilarini egallashning eng muhim davri e
BatafsilUsmon Nosir: “She’rlarim yangrab qolur - Bir umrga o‘lmayman!”
O‘zining betakror iste’dodi, yuksak matonati va xalqparvarligi bilan adabiyotimizda o‘chmas iz qoldirgan, mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan otashin shoir, tarjimon va dramaturg, jadid bobolarimizdan biri Usmon Nosir xalqimizning mashhur farzandlaridan biri hisoblanadi. Uning Vatanga muhabbat va sadoqat, kelajakka yuksak ishonch tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan yetuk badiiy asarlarining xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni va ahamiyati e’tirof etilayotir.Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Mustaqillik darslari” doirasida Talabalar teatr studiyasi tomonidan yozuvchi Javlon Jovliyevning “Usmon Nosir” pyesasi asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyishi o‘tkazildi.O‘zbek adabiyotining yorqin va zabardast shoirlaridan biri Usmon Nosirning fojiali qismati haqida hikoya qiluvchi spektakl o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lib
Batafsil
Davlat va jamoat arbobi, taniqli olim Rustam Qosimovning yorqin xotirasi yod etildi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida davlat va jamoat arbobi, taniqli olim Rustam Sobirovich Qosimovning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi. Mazkur tadbirda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillari, davlat va jamoat arboblari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, olimlar va ziyolilar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov ham ishtirok etib, nutq so‘zladi.Rustam Qosimov 1955-yil 30-avgustda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatib, Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetida tahsil oldi.Rustam Qosimov butun hayotini el-y
Batafsil
Ustozga ehtirom – insoniy qadriyat ifodasi
Insonning kamolotiga sabab bo‘ladigan va keyingi hayot yo‘liga poydevor qo‘yadigan insonlar bu ustoz va murabbiylardir. Yurtimizda ustoz va murabbiylarni e’zozlash, ularga hurmat ko‘rsatish avloddan avlodga o‘tuvchi qadriyatdir.Bu borada mamlakatimizda boy hayotiy tajribaga ega, chuqur bilim va zakovat sohiblarining ilmiy merosini yosh avlodga ulashish, “ustoz-shogirdlik” an’anasini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Mustaqillik darslari” doirasida Akademiya dotsenti, “Imom Buxoriy” ordeni sohibi Abdulhay Abdullayev davra suhbati o‘tkazildi. Uchrashuvda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi mudiri Zohidjon Islomov hamda 1-kurs talabalari ishtirok etishdi. Xabaringiz bor, joriy yilning 23-a
Batafsil
Akademiya rahbariyati va 1-kurs talabalari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 1-kurs talabalari va Akademiya rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Salim Dusanov, fakultet dekanlari va tyutorlar ishtirok etdi.“Mustaqillik darslari” doirasida tashkil etilgan muloqotda so‘zga chiqqanlar tomonidan oliy ta’lim muassasasidagi odob-axloq qoidalari, ichki tartib-intizom haqida so‘z yuritildi. Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari, majburiyatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berib o‘tildi. Shu bilan birga, bugungi kunda Akademiyada olib borilayotgan ta’lim tizimi va o‘quv jarayonlari, talaba-yoshlar sifatli bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida atroflicha so
Batafsil
Akademiya rektori “Mustaqillik darslari” doirasida ma’ruza qildi
Avval xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” boshlandi. Unda Akademiyaning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar ishtirok etishmoqda.Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, Akademiya rektori Muzaffar Kamilov “Mustaqillik darsi”da ma’ruza qildi.Ma’ruza davomida O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘li, uni yanada taraqqiy ettirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z bordi. Yoshlarga vatanni sevish haqiqiy baxt ekani, mamlakatimiz tinchligini asrab-avaylash, uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish har bir farzandning burchiga aylanishi, eng asosiysi, bu niyat va maqsadlarga erishish yo‘lida talab
Batafsil