O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida yangi o‘quv yili boshlandi
Yangiliklar

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida yangi o‘quv yili boshlandi

Talabalik inson hayotining oltin davri bo‘lib, cheksiz imkoniyatlar, ulkan maqsadlar sari olib boruvchi, zavq-shavqqa to‘lgan eng go‘zal pallasidir. Har bir fasl singari, har bir davrning ham o‘z fazilati va xislati bor. Ayni paytda yurtimiz ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” nomli “Talabalikka bag‘ishlov!” ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, Akademiya rektori Muzaffar Kamilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Akademiya Jamoatchilik kengashi raisi Iqboljon Mirzaaliyev, Akademiya professor-o‘qituvchilari, t

Batafsil
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektorining BAYRAM TABRIGI
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektorining BAYRAM TABRIGI

Assalom-u alaykum qadrli hamkasblar! Aziz talaba-yoshlar! Mana shu farahbaxsh kunlarda Sizlarni yangi O‘zbekiston tarixidagi ulug‘ va shonli sana – Vatanimiz Mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!Yosh avlodni barkamol voyaga yetkazish, yetuk mutaxassis-kadrlarni tayyorlash orqali Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning taraqqiyotini kafolatlash va xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona faoliyatingizga muvaffaqiyat tilayman! Bosib o‘tilgan o‘ttiz to‘rt yillik davr bizga milliy davlatchiligimiz rivoji uchun yuz yilliklarga teng bo‘lgan tarixiy voqea va natijalarni tuhfa etdi. Xalqimiz fidokorona mehnati va qat’iyati bilan yurtimizning iqtisodiy tarmoqlarini jadal rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish, bir so‘z bilan aytganda, yangi O‘zbekiston poydevorini yaratishda Prezidentimiz bilan yelkama yelka xizmat qilmoqda. Zero

Batafsil
Yangi o‘quv yili oldidan Akademiya Kengashi majlisida muhim masalalar muhokama qilindi
Yangiliklar

Yangi o‘quv yili oldidan Akademiya Kengashi majlisida muhim masalalar muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Akademiya kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Kamilov, Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.Majlisni Akademiya rektori, Kengash raisi Muzaffar Kamilov olib bordi.Akademiya rektori barchani yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi bilan tabriklab, eng ulug‘ va eng aziz bayramni ko‘tarinki kayfiyatda kutib olishlarini tiladi. Kengash avvalida bir guruh o‘qituvchilarga ilmiy unvon va diplomlarni topshirish marosimi o‘tkazildi.Jumladan, Javohirxon Sobirovga siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori PhD ilmiy d

Batafsil
Akademiyada o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda
Yangiliklar

Akademiyada o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professor-o‘qituvchilari uchun 2025/2026-o‘quv yili boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida o‘quv-mashg‘ulotlari davom etmoqda.Mazkur treninglar davomida ijtimoiy-siyosiy soha ekspertlari, taniqli olimlar ishtirokida ma’ruza darslari, mustaqil ta’lim 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik (me’yoriy-uslubiy hujjatlar bilan ishlash) kabi amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.Bugungi o‘quvlarda “Rossiya Oliy ta’lim muassasalarida Islom huquqi fanlarining o‘qitilishi” hamda “Ta’lim jarayonida pedagogik mahorat” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.O‘quv mashg‘ulotlari 30-avgust kunga qadar davom etadi.

Batafsil
Akademiya professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv-mashg‘ulotlari davom etmoqda
Yangiliklar

Akademiya professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv-mashg‘ulotlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 26-30-avgust kunlari O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professor-o‘qituvchilari uchun 2025/2026-o‘quv yili boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.Mazkur treninglar davomida ijtimoiy-siyosiy soha ekspertlari, taniqli olimlar ishtirokida ma’ruza darslari, mustaqil ta’lim 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik (me’yoriy-uslubiy hujjatlar bilan ishlash) kabi amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.Bugungi o‘quvlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, siyosiy sharhlovchi Quddus A’zamov, “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri Bektosh Berdiyev hamda “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari doktori Avazbek G‘aniyev ishtirok etib, “Zamonaviy dunyoning mafkuraviy manzarasi va O‘zbekiston manfaatlari” va “Bruney davlatida ta’lim tizimi: zamonaviy pedagogik texnologiy

Batafsil
Akademiyada professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv-mashg‘ulotlari boshlandi
Yangiliklar

Akademiyada professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv-mashg‘ulotlari boshlandi

Bugun, 26-avgustdan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida professor-o‘qituvchilar uchun 2025/2026-o‘quv yili boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasidagi o‘quv-mashg‘ulotlari boshlandi. Mazkur o‘quvlarni tashkil etishdan maqsad o‘tgan o‘quv yili yakunlarini tahlil etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, professor-o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada shakllantirishdan iborat.Unda spikerlar tomonidan “Ta’lim sifatini oshirish uchun pedagog xodimlar e’tiborga olishi kerak bo‘lgan omillar (so‘rovnoma natijalari asosida)” hamda “Ta’lim jarayonini faollashtirishda professor-o‘qituvchilar kommunikativ kompetensiyasining ahamiyati” kabi mavzulardagi ma’ruzalar tinglandi. Eslatib o‘tamiz, o‘quv-mashg‘ulotlari 30-avgustga qadar davom etadi.

Batafsil
Hashar – hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi
Yangiliklar

Hashar – hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik bayrami munosabati bilan joriy yilning 22-23-avgust kunlari yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan hashar ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan alohida ahamiyatga ega. Shu bois, xalqimizda hashar – elga yarashar degan ezgu ibora bor.Shu munosabat bilan kecha kun davomida Akademiyada ham mazkur tadbir yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Bugun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov boshchiligida umumxalq hashari katta ishtiyoq bilan davom ettirildi. V

Batafsil
Akademiyada “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

Xalqimizning asrdan asrga o‘tib kelayotgan ezgu fazilatlardan biri hashar hisoblanadi. Uning zamirida xalqimizning vatanni sevish, yurtni obod etish, o‘zgalarni e’zozlash va farovon turmush barpo etishga intilishi mujassam. Ayniqsa, kunlar isib, ona tabiat ekan yashillikka burkanar ekan, joylarda hasharlar o‘tkazish, hududlarni obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish yaxshi an’anaga aylangan.Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi farmoyishi asosida joriy yilning 22-23-avgust kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham mazkur tadbir yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Professor-o‘qituvchilar hamda talabalar oliy ta'lim muassasasi hududida

Batafsil
“Xalqaro yoshlar turizm festivali” ishtirokchilariga Akademiyaning turizm salohiyati namoyish etildi
Yangiliklar

“Xalqaro yoshlar turizm festivali” ishtirokchilariga Akademiyaning turizm salohiyati namoyish etildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 18-23-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda “Xalqaro yoshlar turizm festivali” bo‘lib o‘tmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur festival doirasida turli ilmiy-ma’rifiy, madaniy va turizmga oid amaliy mashg‘ulotlar, ekskursiyalar o‘tkazilmoqda.Festivalda Buyuk Britaniya, Eron, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Singapur, Indoneziya, Ozarbayjon, Turkiya, Hindiston kabi davlatlardan kelgan mehmonlar bilan bir q

Batafsil
“Xalqaro yoshlar turizm festivali” start oldi
Yangiliklar

“Xalqaro yoshlar turizm festivali” start oldi

Joriy yilning 18-23-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS), O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida yirik xalqaro miqyosdagi “Xalqaro yoshlar turizm festivali” o‘tkazilmoqda.Mazkur festivalning asosiy maqsadi – turizm sohasi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yosh avlod vakillarining ilmiy-nazariy bilimlarini, amaliy ko‘nikmalarini va kasbiy salohiyatini rivojlantirishdan iboratdir. Ushbu tadbir nafaqat turizm sohasi mutaxassislari, balki yosh tadqiqotchilar va talabalar uchun ham xalqaro tajriba almashish, yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda turizmning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish imkonini berdi.Kecha festivalning tantanali ochilish marosimi Toshkent shahridagi Singap

Batafsil
Akademiyada oliy ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida “Hamkorlik kubogi” o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada oliy ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida “Hamkorlik kubogi” o‘tkazildi

Bugungi kunda yurtimizda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish borasida tizimli islohotlar olib borilmoqda.Ma’lumki, joriy yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” g‘oyasi umummilliy harakatga aylantirilishi ta’kidlanib, oliy ta’lim muassasalari talabalari va xodimlarining sport bilan shug‘ullanishlarini yangi bosqichga olib chiqish belgilangan edi.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari

Batafsil
Akademiyada o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022/2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 15-iyundagi qarori asosida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish my.uzbmb.uz platformasi orqali 15-iyuldan 5-avgustga qadar amalga oshirildi. Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan “Islomshunoslik” hamda “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi.Imtihon jarayonlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 11-avgustdagi “Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarni yu

Batafsil
Ko'rinish