O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

“Dolzarb 90 kun” doirasida o‘quvchilar uchun to‘garaklar va sport musobaqalari tashkil etildi
Yangiliklar

“Dolzarb 90 kun” doirasida o‘quvchilar uchun to‘garaklar va sport musobaqalari tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Shayxontohur tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari yoshlari uchun “Yoshlar – Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi.Mazkur bellashuvlar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi. Jumladan, Akademiya professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari tomonidan maktab o‘quvchilari bilan foydali suhbatlar, ma’naviyat darslari hamda turli to‘garaklar tashkil etilmoqda. Bu to‘garaklarda bolalar ma’naviy-ma’rifiy, yuksak axloq, oilaviy qadriyatlar, sog‘lom hayot tarzi kabi mavzularda bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.Shuningdek, yoshlarni jismonan chiniqtirish maqsadida futbol, vo

Batafsil
Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bilan tanishing!
Yangiliklar

Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bilan tanishing!

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari abituriyentlari uchun 9-10-iyul kunlari o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi.Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:YUKLAB OLISH UCHUNEslatma! Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi, ammo boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.

Batafsil
Ertalabki badantarbiya – salomatlik garovi
Yangiliklar

Ertalabki badantarbiya – salomatlik garovi

Inson oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, sport bilan shugʻullanib, jismonan chiniqib tursa, salomatligi uchun juda foydali hisoblanadi. Ayniqsa, har kuni ertalab 15-20 daqiqalik badantarbiya yoki 40-60 daqiqa davomida ochiq havoda piyoda yurish juda foydali.Ma’rifatparvar alloma Abdurauf Fitrat ham “Rahbari najot” asarida “Badantarbiyasiga qadim zamonlardan boshlab katta ahamiyat berilgan. Insonning butun a’zosi salomat va quvvatga ega bo‘lmasa, unda inson uzoq yashamaydi. Agar insonning tanasidagi a'zolaridan biriga xalal tegsa, u kishi ishdan qo‘lini tortib, boshqalarning muhtojiga aylanadi”, bejiz qayd etmagan.Xabaringiz bor, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida har hafta rektor Muzaffar Komilov boshchiligida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tkazilmoqda.Mazkur mashg‘ulotlar davlatimiz rahbarining joriy yilning 13-fevral kuni olimpiya va par

Batafsil
Yoshlar bandligini ta’minlash – dolzarb masala
Yangiliklar

Yoshlar bandligini ta’minlash – dolzarb masala

Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida poytaxtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi talabalari uchun bandlikka ko‘maklashishga qaratilgan uchrashuv va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, “O‘zmilliybank” AJ hamda 50 dan ziyod xususiy sektor vakillari hamkorligida tashkil etildi.Mazkur tadbirda 2 mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, yirik tadbirkorlar va soha korxona-tashkilotlari qatorida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov hamda Akademiya talabalari ham ishtirok etishdi.Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashini ta’minlash, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va

Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ma’naviyat masalalari muhokama qilindi
Yangiliklar

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ma’naviyat masalalari muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiyaning professor-o‘qituvchilari, ma’naviyat ishlari bo‘yicha mas’ullar ishtirok etdi. Mazkur yig‘ilishda ma’naviy-axloqiy tarbiya, milliy va diniy qadriyatlarga sodiqlikni mustahkamlash, hamda talabalar o‘rtasida yuksak ma’naviy muhitni shakllantirishga qaratilgan qator masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilishda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev tomonidan “Odob-axloq qoidalari”ga rioya etish masalalari yuzasidan ma’ruza qilindi. Unda akademiyadagi ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, talabalarning fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirish va jamiyatga munosib kadrlar sifatida tayyorlashda axloqiy tarbiyaning o‘rni alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ma’ruzachi Akademiyadagi ba’zi holatlarda odo

Batafsil
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektorining BAYRAM TABRIGI
Yangiliklar

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektorining BAYRAM TABRIGI

Qadrli talaba-yoshlar!Siz, mamlakatimiz kelajagi va taraqqiyotining asosiy tayanchi bo‘lgan aziz yoshlarni bugun yurtimizda katta shodiyonalar bilan nishonlanayotgan 30-iyun – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ziyodni tashkil etmoqda. Yurtimizda ham aholining 60 foizdan ko‘prog‘i yoshlardan iborat. Bu – mamlakatimizning yorug‘ istiqbolidan darak beradi. Albatta, har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga chambarchas bog‘liq. Shu ma’noda, bugun O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Negaki, bugun katta hayotga kirib kelayotgan siz kabi yoshlar Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ert

Batafsil
“Kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi va baholash mezoni”
Yangiliklar

“Kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi va baholash mezoni”

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi 2025/2026-o‘quv yili qabulida “Chet tili” va “Ijtimoiy fanlar”dan “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari abituriyentlari uchun “Kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi va baholash mezoni” YUKLAB OLISH UCHUN

Batafsil
Ertalabki badantarbiya – salomatlik garovi
Yangiliklar

Ertalabki badantarbiya – salomatlik garovi

Inson oʻz jismoniy imkoniyatlaridan kelib chiqib, sport bilan shugʻullanib tursa, salomatligi uchun juda foydali hisoblanadi. Ayniqsa, har kuni ertalab 15-20 daqiqalik badantarbiya yoki 40-60 daqiqa davomida ochiq havoda piyoda yurish juda foydali hisoblanadi.Xabaringiz bor, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida har hafta rektor Muzaffar Komilov tashabbusi bilan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.Mazkur mashg‘ulotlar davlatimiz rahbarining joriy yilning 13-fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi ijrosini ta’minlash hamda Akademiyada sog‘lom turmush tarziga amal qilish maqsadida tashkil etilmoqda.Bugun o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda Akademiya prorektorl

Batafsil
Akademiya Kengashi majlisida muhim masalalar muhokama qilindi
Yangiliklar

Akademiya Kengashi majlisida muhim masalalar muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi majlislar zalida Akademiya Kengashining navbatdagi kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov, Akademiya rahbariyati va jamoasi, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi.Kengash yig‘ilishida 2024/2025-o‘quv yilida bajarilgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar, muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.Majlis davomida soha mutasaddilari o‘zlarining vazifalariga doir ishlar haqida ma’lumot berib, kelgusidagi rejalarini belgilab olishdi. Akademiya rektori yangi o‘quv yilida bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish, talabalarga o‘z sohasining yetuk, raqobatbardosh mutaxassis kadri bo‘lib yetishishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berish uchun ustuvor vazifa bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi. Shundan

Batafsil
Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!
Yangiliklar

Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!

Keyingi yillarda yurtimizda yoshlarga o‘z imkoniyatlarini namoyish etishi uchun zarur imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilmoqda. Zero, yurt taraqqiyotini zamonaviy bilim va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yoshlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bois, yoshlarning iqtidorini aniqlash va uni rivojlantirish muhim masalaga aylangan.Ajdodlarimizning boy merosini o‘rganib, har taraflama yetuk, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan barkamol avlodni voyaga yetkazishda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shib kelayotgan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi o‘zining navbatdagi bitiruvchilarini hayot yo‘lining yangi davri sari kuzatmoqda. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur marosimda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Din ishl

Batafsil
Matbuot – jamiyat ko‘zgusi
Yangiliklar

Matbuot – jamiyat ko‘zgusi

Ommaviy axborot vositasi – jamiyat ko‘zgusi, millatning yuzi. Uning zimmasida keng jamoatchilikni fikrlashga chorlash, tarbiyalash, dunyoqarashni boyitishdek mas’uliyat turadi.Keyingi yillarda mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti bo‘lgan ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash, soha vakillarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Matbuot – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbir 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etildi.Unda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, OAV vakillari, Akademiya

Batafsil
Poytaxtimizda “Umra plyus va ziyorat turizmi” xalqaro ko‘rgazmasi ish boshladi
Yangiliklar

Poytaxtimizda “Umra plyus va ziyorat turizmi” xalqaro ko‘rgazmasi ish boshladi

Bugun “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida “Umra plyus va ziyorat turizmi” 3-xalqaro ko‘rgazmasi ish boshlandi.Ushbu nufuzli tadbir ziyorat turizmi bo‘yicha mintaqadagi eng yirik voqealardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.Mazkur ko‘rgazmada Saudiya Arabistonida faoliyat olib borayotgan yirik mehmonxonalar, aviakompaniyalar, keytering va transport kompaniyalar ishtirok etmoqda. Ular o‘z xizmatlari, yangi imkoniyatlari va hamkorlik takliflari bilan ishtirokchilar e’tiborini tortdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining yetakchi soha mutaxassislari hamda turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ham ishtirok etishdi. Talabalar va professor-o‘qituvchilar real sektor vakillari bilan muloqotda bo‘lib, ziyorat turizmi sohasidagi so‘nggi yangiliklar va global tendensiyalar haqida bevosita ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.Akademiya vakillari bu kabi xalqaro

Batafsil
Ko'rinish