O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni
Yangiliklar

Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, kam harakat qilish oqibatida har yili dunyo boʻyicha 5 million kishi hayotdan koʻz yumadi. Ana shu raqamlarning oʻziyoq sogʻlom turmush tarzi naqadar muhimligidan ogoh etadi.Jismoniy mashqlar tana mushaklarini baquvvat, boʻgʻimlarni harakatchan, qomatning toʻgʻri shakllanishiga yordam beradi. Ertalabki badantarbiyada bajariladigan mashqlar organizmning biror aʼzosi yoki tizimiga emas, balki butun tanaga birdek ijobiy taʼsir etadi. Yaʼni ichki organlarda moddalar almashinuvini yaxshilaydi.Jismoniy harakat va mashqlar taʼsiri ostida toʻqimalarning kislorodga boʻlgan ehtiyoji 8-10 barobar ortadi. Shuningdek, ushbu mashgʻulotlar tizimli bajarilganda tana toʻqimalari oziq moddalarni yaxshi oʻzlashtiradi. Bunday harakatlar asab tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Badantarbiya chogʻida bajariladigan nafas mashqlari esa oʻpkani yetarlicha toza

Batafsil
Akademiyada dolzarb mavzuda psixologik trening o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada dolzarb mavzuda psixologik trening o‘tkazildi

Keyingi yillarda yurtimizda gender tenglikni ta’minlash sohasida izchil va samarali sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlashning qonunchilik mezonlari ham zamon talablariga mos holda takomillashtirilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida esa oʻquvchi va talaba qizlarga tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, profilaktik tadbirlar va targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish maqsadida mutaxassislari ishtirokida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham “O‘quvchi va talaba qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazish yoki zo‘ravonlik sodir etish holatlarini oldini olishga qaratilgan” psixologik tadbir bo‘lib o‘tdi.Akademiya Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev, Shayxo

Batafsil
Akademiyada bitiruv malakaviy ishlari himoyasi o‘tkazilmoqda
Yangiliklar

Akademiyada bitiruv malakaviy ishlari himoyasi o‘tkazilmoqda

Shu kunlarda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 2024-2025-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 4-kurs talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi o‘tkazilmoqda.Bugun “Psixologiya”, “Islomshunoslik”, “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilarining diplom himoyasi bo‘lib o‘tdi. Bitiruv malakaviy ishlari islomshunoslik, dinshunoslik, din sotsiopsixologiyasining dolzarb muammolari va yangi metodlarini sohaga tatbiq qilish masalalariga bag‘ishlandi.Komissiya a’zolari o‘z nutqlarida talabalarning bitiruv ishlarining dolzarbligi va ularning amaliy ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Batafsil
Akademiya talabalari ijrosida yana bir spektakl premyerasi o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiya talabalari ijrosida yana bir spektakl premyerasi o‘tkazildi

Mamlakatimizda talaba-yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarga o‘z qobiliyatlarini namoyish etishi uchun sharoit yaratib berish ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “O‘lding, aziz bo‘lding!” spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti hamda Akademiya talabalar teatr studiyasi tomonidan taqdim etilgan premyera taqdimotida professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi.Dramaturg Xoliq Xursandovning “O‘lding, aziz bo‘lding!” nomli asari asosida sahnalashtirilgan spektakl tomoshabinni gohida kuldiradi, gohida chuqur mushohadaga undaydi. Bugungi kundagi ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar, aka-ukalarning mehr-oqibati, do‘stlik, sof insoniy tuyg‘ular haqida so‘z boradi.Spektakl syujetiga ko‘ra, keksayib qolgan Mavlon ota do‘sti Yo‘ldo

Batafsil
“Tafakkur egalari” kitobxonlik tanlovi final bosqichi bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

“Tafakkur egalari” kitobxonlik tanlovi final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Tafakkur egalari” nomli kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi. Tanlov 2024-2025-o‘quv yili davomida bosqichma-bosqich amalga oshirilib, yakuniy final bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 muhim tashabbuslari hamda “Dolzarb 90 kunlik” va “Yoshlar oyligi” umumrespublika harakati asosida tashkil etildi.Tanlovning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, intellektual salohiyatni oshirish, tanqidiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, diniy-ma’rifiy va badiiy adabiyotlar orqali tafakkur doirasini kengaytirishdan iborat.Mazkur musobaqa Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Ijtimoiy fanlar va huquq kafedrasi”, O‘zbeksiton yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti hamda Akademiya tyutorlar jamoasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda Akademiya rahbariyati, pro

Batafsil
Ertalabki badantarbiya – salomatlik garovi
Yangiliklar

Ertalabki badantarbiya – salomatlik garovi

Inson oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, sport bilan shugʻullanib, jismonan chiniqib tursa, salomatligi uchun juda foydali hisoblanadi. Ayniqsa, har kuni ertalab 15-20 daqiqalik badantarbiya yoki 40-60 daqiqa davomida ochiq havoda piyoda yurish juda foydali.Xabaringiz bor, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida har hafta rektor Muzaffar Komilov boshchiligida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tkazilmoqda.Mazkur mashg‘ulotlar davlatimiz rahbarining joriy yilning 13-fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi ijrosini ta’minlash hamda Akademiyada sog‘lom turmush tarziga amal qilish maqsadida tashkil etilmoqda.Yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan “Sog‘lom inson – sog‘lom mill

Batafsil
Akademiyada esselar tanlovi o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada esselar tanlovi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Dinlararo muloqot – bag‘rikenglik va hamkorlik omili” nomli esselar tanlovi bo‘lib o‘tdi.“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan “Dolzarb 90 kunlik” doirasida tashkil etilgan tanlovda 30 ga yaqin talabalar qatnashdi.Tanlov avvalida Tashkiliy qo‘mita a’zolari tomonidan esse yozish tartibi, qoidalari haqida ma’lumot berildi. Tashkiliy qo‘mita vakillari jarayonni adolatli va shaffof o‘tishini nazorat qilib bordilar.Aytish joizki, Tashkiliy qo‘mita tomonidan esselar ko‘rib chiqiladi va eng yaxshi deb topilgan uchta esse saralab olinadi.G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash esa iyun oyi oxirida o‘tkaziladigan “Bitiruv oqshomi” tadbirida bo‘lib o‘tadi.

Batafsil
Milliy va ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida ayollarning o‘rni
Yangiliklar

Milliy va ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida ayollarning o‘rni

Yurtimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Natijada oilaga, ayol zotiga bo‘lgan munosabatimiz tobora yuksalib, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish hayotimizning ma’no-mazmuniga, asosiy maqsadiga aylandi. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Milliy va ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida ayollarning o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.Mazkur anjuman Akademiya Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi hamda “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi hamkorligida tashkil etildi.Konferensiyani O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Irgash Daminov hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Matluba Kaxxarova tabrik so‘zi bilan ochib berishdi.Akademiya prorektori o‘z nutqida mamlakatim

Batafsil
Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori TABRIGI
Yangiliklar

Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori TABRIGI

Qadrli hamkasblar! Aziz talabalar! Muqaddas dinimizning ulug‘ bayramlaridan biri bo‘lgan Qurbon hayiti bilan barcha yurtdoshlarimiz qatorida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi jamoasini ham samimiy muborakbod etaman! Bayramona shukuh kezayotgan ushbu ulug‘ kunda yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni tinchlik, shukronalik, mehr-oqibat va saxovat ramzi bo‘lgan muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman. Zero, Qurbon hayiti – mehr-oqibat, bag‘rikenglik va saxovat ramzidir. Shu o‘rinda muhtaram Prezidentimizning Qurbon hayiti munosabati bilan xalqimizga yo‘llagan tabriklaridagi quyidagi jumlani keltirishni joiz deb topdim: “Jamiki islom ummati uchun qadrli bo‘lgan ushbu shukuhli bayram – Iyd al-Adhoni el-yurtimiz bilan birgalikda tinch va osoyishta muhitda kutib olayotganimiz uchun, avvalo, mehribon va qudratli Alloh taologa behisob shukronalar a

Batafsil
Akademiyada 2025/2026-o‘quv yili qabuli munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada 2025/2026-o‘quv yili qabuli munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazildi

Ertadan, ya’ni 5-iyun sanasidan respublika oliy ta’lim muassasalariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlanadi.Shu bois, bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida mazkur jarayonga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish masalasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Unda rektor Muzaffar Komilov hamda 2025/2026-o‘quv yili uchun Akademiya Qabul komissiyasi a’zolari ishtirok etishdi.Akademiya rektori yig‘ilishda qabul jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish, abituriyent va ularning yaqinlariga qulay sharoitlar yaratish, qabul imtihonlarini shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazish bo‘yicha Qabul komissiyasi mas’ullariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.Qabul komissiyasi o‘z faoliyatini qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, xolislik va beg‘arazlik tamoyillari asosida amalga oshirish zarurligi qayd etildi.Shuningdek, qabul nizomlariga kiritilgan yangilik, imtiyoz va qulaylikla

Batafsil
Qurbon hayiti – mehr-oqibat va saxovat ayyomi
Yangiliklar

Qurbon hayiti – mehr-oqibat va saxovat ayyomi

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari ishtirokida Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti majlislar zalida Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori, islomshunos olim Ne’matullo Muhamedov “Muborak Qurbon hayitini munosib kutib olish, o‘tkazish, asrab-avaylash va ulug‘lash to‘g‘risida” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.Ma’ruzada Qurbon hayitining diniy-ma’naviy mazmun-mohiyati, uning tarixiy ildizlari, milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizdagi o‘rni, shuningdek, hayit bayramini xalqimizga xos saxovat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik ruhida o‘tkazish lozimligi haqida atroflicha so‘z yuritildi.Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar, hayit bayrami arafasida xodimlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yan

Batafsil
Akademiyada din psixologiyasiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada din psixologiyasiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi

Bugungi globallashuv jarayoni jadal kechayotgan bir davrda dinning shaxs tarbiyasidagi o‘rnini o‘rganish dolzarb masalardan biri hisoblanadi. Shu bois, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasini shakllantirish va yoshlar ongiga singdirishda dinni to‘g‘ri hamda tahliliy o‘rganish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “O‘zbekistonda din psixologiyasining ilmiy-nazariy va amaliy masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mazkur anjuman “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladi.Onlayn va offlayn formatda tashkil etilgan anjumanda D

Batafsil
Ko'rinish