O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Akademiyada ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘quv seminar o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘quv seminar o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida Jurnalistlar uyushmasi va “Ziyo” media markazi tomonidan “Radikallashuv omilida axborot manipulyatsiyasi va unga qarshi kurashish” mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.Ushbu seminarni tashkil etishdan maqsad OAV vakillarini diniy radikalizm omilining real xatarlari, radikal axborot xuruji kuzatilayotgan manbalar, radikal voizlar haqidagi ma’lumotlardan xabardor etish, tinglovchilarda diniy radikalizmning siyosiy, geosiyosiy, iqtisodiy, diniy va mafkuraviy jihatlari to‘g‘risida to‘laqonli tasavvur uyg‘otishdan iborat. Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Xolmur

Batafsil
Akademiyaga Podshoh Abdulloh II nomidagi “Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi – 2025” mukofoti topshirildi
Yangiliklar

Akademiyaga Podshoh Abdulloh II nomidagi “Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi – 2025” mukofoti topshirildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Podshoh Abdulloh II nomidagi “Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi – 2025” mukofotini topshirish marosimi o‘tkazildi.Mazkur mukofot 2010-yil 23-sentabrda Iordaniya Qiroli Abdulloh II tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 65-sessiyasida ta’sis etilgan “Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi” g‘olibiga beriladi. Ushbu haftalik har yili fevral oyining birinchi haftasida butun dunyo bo‘ylab keng miqyosda tashkil etiladi. 2025-yilda ushbu haftalik doirasida 1300 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi. Xususan, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan joriy yilning 4-8-fevral kunlari “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” shiori ostida ilmiy, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi.Quvonarlisi, Akadem

Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Qirol Abdulloh II nomidagi “Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi – 2025” mukofotiga sazovor bo‘ldi
Yangiliklar

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Qirol Abdulloh II nomidagi “Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi – 2025” mukofotiga sazovor bo‘ldi

2010-yil 23-sentabrda Iordaniya Qiroli Abdulloh II tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 65-sessiyasida ta’sis etilgan “Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi” har yili fevral oyining birinchi haftasida butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanib kelinmoqda. 2025-yilda ushbu haftalik doirasida 1300 dan ortiq tadbirlar o‘tkazilib, ulardan 79 ta hisobot mukofot uchun taqdim etildi. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan joriy yilning 4-8 fevral kunlari “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” shiori ostida tashkil etilgan ilmiy, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi.Quvonarlisi, Akademiyada tashkil etilgan mazkur haftalik Birlashgan Millatlar tashkilotining Qirol Abdulloh II nomidagi “Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi – 2025” mukofotin

Batafsil
Haj tadbiriga mas’ul idoralar rahbarlari muloqoti
Yangiliklar

Haj tadbiriga mas’ul idoralar rahbarlari muloqoti

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida butun dunyodan kelgan haj tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga mas’ul idoralar rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev ishtirok etdi. Muloqotda yildan-yilga haj mavsumida Alloh taoloning mehmonlariga munosib xizmat qilish takomillashib borayotgani, innovatsion loyihalar amaliyotga joriy etilayotgani, ziyoratchilarning salomatliklarini saqlash, transport xizmati ko‘rsatish, sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash va toat-u ibodatlarni tartibli tashkil etishda yaxshi natijalarga erishilganini alohida qayd etildi. Haj va umra vaziri yig‘ilish ishtirokchilaridan yaqinlashayotgan haj kunlarida ziyoratchilar belgilangan tartiblarga rioya etishlarini ta’minlash, ayniqsa, Mino, Arafot vodiylarida o‘rnatilgan qonun

Batafsil
Akademiyada ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Vijdon erkinligi boʻyicha inson huquqlari haftaligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbir joriy yilning 25-fevralida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonuni targ‘iboti yuzasidan tashkil etildi.Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, fakultet dekanlari – Farhod Karimov, Jahongir Tohirov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.Davra suhbatida islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosati: maqsad, vazifa va prinsiplar” mavzusida ma’ruza tinglandi. Tadbir davomida Qonunda mustahkamlangan vijdon erkinli

Batafsil
Sport – sog‘lomlik va nafosat garovi
Yangiliklar

Sport – sog‘lomlik va nafosat garovi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi ayol xodimlari, professor-o‘qituvchilari va talaba-qizlari o‘rtasida “Sport – sog‘lomlik va nafosat garovi” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Akademiyaga qarashli oromgohda tashkil etilgan bahslarda ishtirokchilar sportning yugurish, estafeta, arqon tortish, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha bellashishdi.Mazkur bellashuvlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad ayol xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talaba-qizlarni jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning qalbida sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan munosabatni ijobiy tomonga o‘zgartirish, o‘ziga ishonchni uyg‘otish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlashdan iborat.Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Batafsil
Akademiya Kengashining navbatdagi majlisida muhim masalalar muhokama qilindi
Yangiliklar

Akademiya Kengashining navbatdagi majlisida muhim masalalar muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov, Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.Majlisni Akademiya rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Muntazam o‘tkaziladigan mazkur Kengash yig‘ilishida ortda qolgan davr mobaynida bajarilgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar, muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinadi.Dastlab “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi o‘qituvchisi Muxlisabonu Ishanxanovaga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi diplomi topshirildi.Shundan so‘ng Akademiya rektori Muzaffar Komilov barchani yaqinlashib kelayotgan Muborak Qurbon hayiti bilan tabriklab, bayramni ko‘tarinki ka

Batafsil
Akademiyada ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, kam harakat qilish oqibatida har yili dunyo boʻyicha 5 million kishi hayotdan koʻz yumadi. Ana shu raqamlarning oʻziyoq sogʻlom turmush tarzi naqadar muhimligidan ogoh etadi.Jismoniy mashqlar tana mushaklarini baquvvat, boʻgʻimlarni harakatchan, qomatning toʻgʻri shakllanishiga yordam beradi. Ertalabki badantarbiyada bajariladigan mashqlar organizmning biror aʼzosi yoki tizimiga emas, balki butun tanaga birdek ijobiy taʼsir etadi. Yaʼni ichki organlarda moddalar almashinuvini yaxshilaydi.Shu bois, mamlakatimizda aholi orasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Xususan, joriy yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida ol

Batafsil
Akademiya vakillari “Orol dengiziga poyezd” aksiyasi doirasida Nukus shahridagi diqqatga sazovor madaniy va ilmiy muassasalarda bo‘lishdi
Yangiliklar

Akademiya vakillari “Orol dengiziga poyezd” aksiyasi doirasida Nukus shahridagi diqqatga sazovor madaniy va ilmiy muassasalarda bo‘lishdi

Xabaringiz bor, kuni kecha O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining bir guruh professor-o‘qituvchilari va talabalari “Orol dengiziga poyezd” aksiyasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketishgandi.Kecha Akademiya vakillari Nukus shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Laboratoriya va biznes akselerator o‘quv markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyiga tashrif buyurishdi.Talabalarga XX asr avangard san’ati, Qoraqalpog‘iston madaniy merosi va xalq amaliy san’ati namunalaridan iborat boy kolleksiya haqida ma’lumotlar berildi.Ushbu tashriflardan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning ekologik tafakkurini mustahkamlash, atrof-muhit muhofazasi sohasidagi zamonaviy laboratoriya uskunalari va inno

Batafsil
Akademiyada “Davlat va din munosabatlari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada “Davlat va din munosabatlari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

Xabaringiz bor, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan may oyi “Huquqiy savodxonlik oyligi” e’lon qilingan edi. Oylik doirasida respublikamiz bo‘ylab targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Davlat va din munosabatlari” mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi.“Islomshunoslik (kechki ta’lim)” yo‘nalishi talabalari uchun tashkil etilgan davra suhbati “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.Tadbir “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Elyor Alimqulov tomonidan o‘tkazildi. Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, fakultet dekanlari – Ilyos Mirziyotov, Jahongir Tohirov, Farhod Karimov, professor-o‘qituvchilar ham

Batafsil
Ulugʻ allomalar merosi – maʼnaviy qudratimiz asosi
Yangiliklar

Ulugʻ allomalar merosi – maʼnaviy qudratimiz asosi

Bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyuk allomalarimiz hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan “Ajdodlar merosi – maʼnaviyat va maʼrifat manbai” mavzusida kitoblar koʻrgazmasi tashkil qilindi. Alloma ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ilmiy va ijtimoiy merosni keng jamoatchilikka tanitish, yosh avlod qalbida kitobga muhabbat va ilmga hurmat-eʼtibor tuygʻusini mustahkamlashga qaratilgan ushbu tadbirda Akademiya professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlar, soha mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Koʻrgazmada islom ilmlari rivojiga ulkan hissa qoʻshgan mutafakkirlarimizning nodir qoʻlyozmalari, ilm-fan, aqida va axloq mavzusidagi asarlarining zamonaviy ilmiy tahrirda qayta chop etilgan turli nashrlari, ularning hayoti va ijodi haqidagi kitoblar namoyish etildi.Tadbir ochilishida ajdodlarimiz il

Batafsil
Akademiya vakillari “Оrоl dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasida ishtirok etish uchun Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketishdi
Yangiliklar

Akademiya vakillari “Оrоl dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasida ishtirok etish uchun Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketishdi

Joriy yilning 28-31-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri va Mo‘ynoq tumanida yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari ishtirokida “Оrоl dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi o‘tkaziladi.Mazkur loyiha Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘lida yoshlarning faolligini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda. Shu bois, bugun poytaxtimizdagi Janubiy temir yo‘l vokzalida ishtirokchilarni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi vakillari, aksiyada qatnashuvchi oliygoh talabalari jamuljam bo‘lishdi.Ahamiyatlisi, “Оrоl dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining professor-o‘qituvchilari va talabalari ham ishtirok etishmoqda. Marosimda so‘z olganlar davlatimiz rahbari tomonidan Orol dengizining qurishi

Batafsil
Ko'rinish