Yangi Markaziy Osiyo integratsiyasining siyosiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar jihatlari
Sir emaski, bugungi global tahdidlar, geosiyosiy o‘zgarishlar va mintaqaviy muammolar sharoitida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish strategik ahamiyat kasb etmoqda. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasidagi 91-maqsadda – Markaziy Osiyoda amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi belgilab berilgan. Ushbu konferensiya aynan shu ustuvor yo‘nalish doirasida tashkil etilib, mintaqadagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy integratsiya masalalarini ilmiy asosda muhokama qilishga qaratilgan. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yangi Markaziy Osiyo integratsiyasining siyosiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar jihatlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi tomonidan O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur konferensiyadan maqsad mintaqadag
Batafsil
“Sport – tinchlik elchisi” shiori ostidagi musobaqalar yurtimizdagi diniy oʻquv muassasa talabalarini birlashtirdi
Yurtimizda kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni har jihatdan yetuk va komil insonlar sifatida ulg‘aytirishga yuksak darajada e’tibor qaratilmoqda. Bu borada sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Keyingi yillarda mazkur jabhada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Aholi, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham ilk marotaba “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqalari hamda “Islom – salomatlik targ‘ibotchisi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi yoshlar bilan ochiq muloqoti doirasida berilgan topshiriqlari, shuningdek, 2025-yil 21-apreldagi “Fuqarolarning vijdon
BatafsilAkademiyada “Islom – salomatlik targ‘ibotchisi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi
Keyingi yillarda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar natijasida yurtimizdan yetishib chiqqan hamda dunyo ilm-fani, ma’rifati rivojiga bebaho hissa qo‘shgan ko‘plab ulamolarning ilmiy merosini keng tadqiq qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.Joriy yil 14-martda Prezidentimizning “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinishi ham ma’naviy hayotimizning muhim voqealaridan biriga aylandi. Mazkur hujjat buyuk allomaning ibratli hayot yo‘li va boy ilmiy-ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etishda katta ahamiyatga ega.29-30-aprel kunlari Samarqand shahrida “Moturidiylik – bag‘rikenglik, moʻtadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham islom dinining yosh avlodni millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, tinch-totu
BatafsilIlmni qadrlang, ilmga intiling!
Bugun yurtimizdagi barcha ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi “Ziyo-zukko” maktabida “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida 2024-2025 o‘quv yili bitiruvchilari uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tantanali tadbiri o‘tkazildi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, fidoyi ustoz Shoazim Minovarov, maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.Akademiya rektori o‘z tabrigida mustaqil hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan yigit-qizlarning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tiladi. Tadbir davomida a’lo o‘qishi, namunali xulqi, iqtidori bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh o‘quvchilarga esdalik sovg‘asi va faxriy yorliq topshirildi.Rasmiy tadbirlardan so‘ng o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.Tadbirning eng ta’sirli qismlaridan biri – an’anaviy so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangi bo‘ldi. Umidlar va xayrlashuv
Batafsil
Ishchi guruh vakillari Akademiya faoliyatini o‘rgandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 12-avgustdagi kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik ishchi guruhlari oliy ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.Unga ko‘ra, ishchi guruh vakillari oliy ta’lim muassasalarida o‘quv adabiyotlarini yaratish, nashr qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holatini ko‘zdan kechirmoqda.O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi boshqarma boshlig‘i Soyib Tajibayev boshchiligidagi ishchi guruh o‘rganish ishlarini olib bordi.Guruh a’zolari Akademiya axborot-resurs markazidagi mavjud ilmiy, ma’rifiy, badiiy adabiyotlar, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Shuningdek, guruh vakillari “Manbalar xazinasi” bo‘limida ham bo‘lib, u yerda
Batafsil
Ertalabki badantarbiya – salomatlik garovi
Inson oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, sport bilan shugʻullanib, jismonan chiniqib tursa, salomatligi uchun juda foydali hisoblanadi. Ayniqsa, har kuni ertalab 15-20 daqiqalik badantarbiya yoki 40-60 daqiqa davomida ochiq havoda piyoda yurish juda foydali.Xabaringiz bor, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida har hafta rektor Muzaffar Komilov boshchiligida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.Mazkur mashg‘ulotlar davlatimiz rahbarining joriy yilning 13-fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi ijrosini ta’minlash hamda Akademiyada sog‘lom turmush tarziga amal qilish maqsadida tashkil etilmoqda.Bugun o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda Akademiya rahbariyati, pr
BatafsilAkademiya vakillari “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasida ishtirok etishdi
Bugun poytaxtimizdagi “Zakovat” arenasida oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi talabalar uchun “O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlikda yirik ish beruvchi kоrхоnаlаr ishtirokida “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasi boshlandi.Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilmoqda.Uch kun davom etadigan ushbu yirik loyiha yoshlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda.Mazkur festivalda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi vakillari ham faol ishtirok etishdi.Ko‘rgazma doirasida talaba yoshlar va bitiruvchilar ishga joylashish, startaplarini taqdim etish, bilim va ko‘nikmalarini namoyish qilish, shuningdek, yetakchi mutaxassislar bilan tarmoq tuzish imkoniyatiga ega bo‘ldilar
Batafsil
Akademiya talabalari uchun master klass darsi tashkil etildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “O‘zbekistonda turizm faoliyatini raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida “The Internationalization of Spanish Destination Branding” mavzusida ilmiy-uslubiy dars tashkil etildi.Mazkur darsda Qo‘qon universiteti “Xalqaro turizm va iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti Maria de los Angeles Perez Sanchez ma’ruza qildi. Unda Akademiyaning “Turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura bosqichining 1-2-kurs talabalari ishtirok etdi.Dars davomida dotsent Maria de los Angeles Perez Sanchez Ispaniyaning turistik imidji qanday shakllangani, mamlakatning madaniy, tarixiy va geografik jihatlari qanday qilib xalqaro sayyohlar ongida mustahkam brend sifatida tanilgani haqida atroflicha tahliliy ma’lumot berdi. U brendlash
Batafsil
O‘zbekistonda turizm faoliyatini raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va samaradorligini oshirish yo‘llari
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “O‘zbekistonda turizm faoliyatini raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Mazkur tadbir “Buxoro ziyoratgohlarining elektron 3D modeli yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida amalga oshirilib, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, Toshkentdagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti, Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti va Qo‘qon universiteti hamkorligida tashkil etildi.“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjumanni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning tabrigini Akademiya prorektori Ergash Daminov o‘qib eshittirdi. Shuningdek, Turizm qo‘mitasi vakili Sherali Ahmadjonov tabri
Batafsil
“BMT modeli (Model Un)” loyihasi hamda “Munozara" intellektual o‘yinlari yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan “BMT modeli (Model Un)” loyihasi hamda “Munozara" intellektual o'yini yakunlandi.“BMT modeli (Model Un)” loyihasi hamda “Munozara" intellektual o'yinida faol ishtirok etgan hamda nominatsiyalar doirasida g'oliblikni qo'lga kiritgan talaba-yoshlar taqdirlandi.Taqdirlash marosimida Akademiyaning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev ishtirok etib, loyiha qatnashchilariga va tashkilotchilarga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Batafsil
“BMT modeli (Model Un)” loyihasi hamda “Munozara" intellektual o'yinlari davom etdi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “BMT modeli (Model Un)” loyihasi hamda “Munozara" intellektual o‘yini o'tkazilayotgan edi.Bugun loyihalarning ikkinchi kunida “BMT modeli (Model Un)” loyihasi sessiyalari davom ettirilib, berilgan taklif va mulohazalar yuzasidan yakuniy xulosalar qabul qilinishi belgilangan. Shuningdek, “Munozara" intellektual o'yinining yarim final va final bosqichlari o'tkazilmoqda.
Batafsil
Akademiyada muhim tadbirlar boshlandi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “BMT modeli (Model Un)” hamda “Munozara" intellektual loyihasi boshlandi.Ikki kun davomida o‘tkaziladigan mazkur tadbirda Toshkent shahridagi 20 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari ishtirok etmoqda.Tadbirni Akademiya rektori Muzaffar Komilov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Loyiha delegatlari va a’zolariga o‘zining samimiy tilaklarini bildirib, mazkur loyihalarning ahamiyati, mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi. Yoshlarning kelgusidagi yutuqlariga muvafaqqiyat tiladi.Shundan so‘ng “BMT modeli (Model Un)” hamda “Munozara" intellektual loyihasi panel sessiyalarga bo‘lingan holda davom etmoqda.
Batafsil