O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Abu Ali ibn Sino: “Badantarbiya – sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usul”
Yangiliklar

Abu Ali ibn Sino: “Badantarbiya – sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usul”

Ma’lumki, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida har hafta rektor Muzaffar Komilov boshchiligida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.Bugun o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etib, o‘z salomatliklarini chiniqtirib olishdi.Bu kabi mashg‘ulotlar ta’lim muassasasida sog‘lom turmush tarziga amal qilish maqsadida tashkil etilib, unda Akademiya vakillari, eng avvalo, kun tartibiga rioya etish, faol harakat asosida organizmini chiniqtirish, jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish kerakligini yanada anglab yetmoqdalar.Ayniqsa, tibbiyot ilmining ulug‘ hakimi Abu Ali ibn Sinoning “Badantarbiya – sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usul” degan o‘giti har bir insonning hayotiy shioriga aylansa, kishi hech qachon kasallikka chalinmaydi.

Batafsil
Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari
Yangiliklar

Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari

Barchaga ma’lumki, hayotimizni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur eta olmaymiz. Ayniqsa, bugungi kunda sun’iy intellekt, mashinali o‘qitish, o‘z-o‘zini boshqarish tizimlari, nano texnologiyalar kundan kunga rivojlanib borayotgan vaqtda biz raqamli dunyoda yashayapmiz deb bemalol ayta olamiz. Raqamli texnologiyalarning bunday rivojlanishi esa, o‘z navbatida foydalanuvchilarga katta imkoniyatlar olamini ochadi. Raqamli texnologiyalar chegara bilmaydi. Albatta, uning bunday imkoniyatlaridan g‘arazli niyatdagi kuchlar ham samarali foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu hattoki, davlatlarning suverenitetiga daxl qilish darajasiga qadar yetib bormoqda. Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham har yili an’anaviy tarzda sohaga doir respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilishi yaxshi an’anaga aylangan. Navbatdagi konferensiya ham “Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muam

Batafsil
Yoshlar – yangi O‘zbekiston kelajagi bunyodkori
Yangiliklar

Yoshlar – yangi O‘zbekiston kelajagi bunyodkori

Bugungi globallashuv davrida taraqqiyotning yuksak marralarini koʻzlab intilayotgan har bir davlat oldida yoshlarning qalbi va ongini yot gʻoyalardan asrashdek muhim vazifalar ustuvor boʻlib turibdi. Bunga erishish uchun, avvalo, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish lozim. Yurtimizda 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar soni 18 milliondan ziyod va bu ularga oid masalalar bilan ishlashda yangicha yondashuv va talablarni yuzaga chiqarmoqda. Jamiyatimizdagi islohotlar jarayonida bu masalalarga ustuvor ahamiyat berilayotgani navqiron avlodni ertangi kunimizning munosib davomchilari etib tarbiyalashda muhim omil boʻlayotir.Ayniqsa, yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ustuvor masala sanaladi. Mehnat bozorida yoshlarga munosib ish oʻrinlarini topib berish mamlakat istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshun

Batafsil
Akademiyada ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Keyingi yillarda mamlakatimizda aholi orasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Xususan, joriy yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” g‘oyasi umummilliy harakatga aylantirilishi ta’kidlanib, buning uchun sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik targ‘ibotini har bir oilaga olib kirish kerakligi aytilgan edi.Shu maqsadda bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida har hafta

Batafsil
Akademiyada muhim lavozimga tayinlov amalga oshirildi
Yangiliklar

Akademiyada muhim lavozimga tayinlov amalga oshirildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi majlislar zalida rektor Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Majlisni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov olib borar ekan, kun tartibidan o‘rin olgan masala yuzasidan so‘z yuritib, Akademiyaning muhim va mas’uliyatli lavozimiga munosib nomzodni tayinlash haqida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining tegishli buyrug‘i qabul qilinganini bildirdi.Daminov Ergash Inoyatovich O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori etib tayinlangani haqidagi buyruq o‘qib eshittirildi. Akademiyada ilmiy ishlar va innovatsiyalar yo‘nalishida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan faoliyat yuzasidan topshiriqlar berildi.Xususan, ilm-fan va j

Batafsil
Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yoʻlidagi qahramonlik unutilmaydi
Yangiliklar

Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yoʻlidagi qahramonlik unutilmaydi

Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xotira kechalari o‘tkazilmoqda. Har yili mazkur sana o‘zgacha shukuhda nishonlanadi. Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 19-fevralda “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarorining imzolanishi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.Mazkur hujjatda yurtimizda “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yoʻlidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik va madaniy-maʼrifiy tadbirlar doirasida mazkur sanani keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirib, mehnat frontida jonbozlik ko‘rsatgan faxriylarimizga alohida e’tibor va ehtirom ko‘rsatishga alohida ahamiyat qaratilgan.Ushbu tadbirlar mohi

Batafsil
Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi
Yangiliklar

Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘z sohasida samarali faoliyat olib borgan pedagog, qolaversa, bemor nuroniylar holidan xabar olinmoqda.Xususan, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchi va xodimlari hamda talabalari bayram arafasida Shayxontohur mahallasidagi To‘xtaxon aya Abdumalikova xonadonida bo‘lishdi.Talabalarga faxriy ustoz haqida ma’lumotlar berildi.

Batafsil
Talabalarga media savodxonlik borasida amaliy ko‘nikmalar berildi
Yangiliklar

Talabalarga media savodxonlik borasida amaliy ko‘nikmalar berildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Media ta’lim va tanqidiy fikrlash asoslari” binar darsi doirasida “Milliy mediadan olingan keyslar (taqdimot, aqliy hujum)” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda “Yangi Media ta’lim” NNT direktori, filologiya fanlari doktori (DSc) Beruniy Alimov hamda Vazirlar Mahkamasu huzuridagi Oliy attestatsiyasi komissiyasi Axborot xizmati rahbari, filologiya fanlari bo‘yicha PhD Bahodir Jovliyev o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashishdi. Binar darsda talabalarning media savodxonligi va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga oid real keyslar asosida amaliy bilimlar berildi.Ma’lumki, media savodxonlik – ommaviy axborot vositalari orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash koʻnikmalarini, turli axborotlarni qabul qilgandan keyin ham har qanday vaziyatda toʻgʻri qaror qabul qilish, axborot qayerdan, kim to

Batafsil
O‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi
Yangiliklar

O‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.Akademiya o‘qituvchi va xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan bellashuvlar sportning mini futbol, shaxmat-shashka, stol tennisi, voleybol turlari bo‘yicha tashkil etildi.Yuqori kayfiyat va qizg‘in ruhda o‘tgan bahslar yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Batafsil
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
Yangiliklar

Nomingiz dillarda mangu yashaydi

Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xotira kechalari o‘tkazilmoqda. Har yili mazkur sana o‘zgacha shukuhda nishonlanadi. Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 19-fevralda “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmonining imzolanishi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida jasorat tarixi darsi bo‘lib o‘tdi.“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan ikkinchi jahon urushida gʻalabaga Oʻzbekiston xalqining qoʻshgan munosib hissasini aks ettirishga qaratilgan ushbu tadbirni kafedra mudiri G‘ayrat Rasulov ochib berdi.Tadbirda Akademiya professori, faxriy ustoz Ahadjon Hasanov, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, “Islom tarixi va manbashunosl

Batafsil
Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni
Yangiliklar

Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni

Keyingi yillarda yurtimizda aholi orasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Xususan, joriy yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” g‘oyasi umummilliy harakatga aylantirilishi ta’kidlanib, buning uchun sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik targ‘ibotini har bir oilaga olib kirish kerakligi aytilgan edi.Shu maqsadda haftaning har shanba kuni Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiy

Batafsil
Talaba-qizlar o‘rtasida “Hadis musobaqasi” o‘tkazildi
Yangiliklar

Talaba-qizlar o‘rtasida “Hadis musobaqasi” o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalar turar joyida “Islomshunoslik” , “Dinshunoslik”, "Filologiya" va "Matnshunoslik"yo‘nalishi 1- va 2-bosqich talaba-qizlari o‘rtasida “Hadis musobaqasi” nomli intellektual tanlov bo‘lib o‘tdi.Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti "O‘zbek va xorijiy tillar" kafedrasi katta o‘qituvchisi Feruza Xodjakulova tomonidan tashkil etilan tanlovda talabalar ingliz tilida hadis ilmi bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.Musobaqada Akademiyaning professor-o‘qituvchilari hakamlik qildilar.Yakunda g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Batafsil
Ko'rinish