O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Akademiyada “Talabalar xavfsizligi kuni” oʻtkazildi
Yangiliklar

Akademiyada “Talabalar xavfsizligi kuni” oʻtkazildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Ichki ishlar vazirligining “Oliy taʼlim muassasalarida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirilishini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, haftaning har payshanba kuni “Talabalar xavfsizligi kuni” oʻtkazilishi belgilangan.Shu munosabat bilan bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida profilaktika katta inspektori, kapitan Muhriddin Hikmatov, tyutorlar va Akademiya talabalaridan iborat “Qalqon” jamoatchilik tuzilmasi vakillaridan tomonidan “Tigʻ” maxsus profilaktik tadbiri hamda Talabalar turar joyi shuningdek, Akademiya hududi xavfsizlik tekshiruvidan oʻtkazildi. Maxsus tadbir davomida noqonuniy boʻlgan predmet va narsalar aniqlanmadi.

Batafsil
Yashil transformatsiyaning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari: muammolar va yechimlar
Yangiliklar

Yashil transformatsiyaning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari: muammolar va yechimlar

Joriy yilning 23-27-aprel kunlari Rossiya xalqlar do‘stligi universitetida “Global iqtisodiyotning dolzarb muammolari” mavzusida XXVII xalqaro ilmiy amaliy konferensiya o‘tkazilgan edi.Bugun mazkur anjumanning “Yashil transformatsiyaning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari: muammolar va yechimlar” deb nomlangan shoʻbasi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida davom etdi.Anjumanda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori, akademik Nurislom To‘xliyev, professorlar Abduvali Isajonov, Ravshan Abdullayev, tarix fanlari nomzodi, dotsent Shoislom Akmalov, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti talabasi Vey Ichen hamda Akademiya talabalari ishtirok etdi.Onlayn va offlayn formatda o‘tkazilgan konferensiyada “O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiyoti konsepsiyasida chiqindisiz texnolog

Batafsil
Akademiya Kengashi majlisi: muhim masalalar va istiqboldagi vazifalar
Yangiliklar

Akademiya Kengashi majlisi: muhim masalalar va istiqboldagi vazifalar

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov, Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.Majlisni Akademiya rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Muntazam o‘tkaziladigan mazkur Kengash yig‘ilishida ortda qolgan davr mobaynida bajarilgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar, muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinadi.Dastlab “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti Mo‘tabarxon Madayevaga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi diplomi topshirildi.Shundan so‘ng Akademiya rektori Muzaffar Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 21-aprelda imzolangan “Fuqarolarning vijdon e

Batafsil
Muhammad Yusuf – she’riyat zargari
Yangiliklar

Muhammad Yusuf – she’riyat zargari

26-aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan sana. Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab o‘zining betakror ijodi bilan milliy adabiyotimiz tarixidan chuqur o‘rin egallagan, tom ma’noda “Xalq shoiri”, “Xalqchil shoir” deya ta’riflanadigan Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda.Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham ardoqli shoir Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlangan “Muhammad Yusuf – she’riyat zargari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, O‘zbekiston xalq shoiri, Akademiya Jamoatchilik kengashi raisi Iqboljon Mirzaaliyev, shoirning rafiqasi Nazira as-Salom, Yunusobod tumani “Jasorat” ashula va raqs ansambli xonandasi Murodbek K

Batafsil
Sog‘lom millat – jamiyat taraqqiyoti garovi
Yangiliklar

Sog‘lom millat – jamiyat taraqqiyoti garovi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida har hafta rektor Muzaffar Komilov boshchiligida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.Mazkur mashg‘ulotlar davlatimiz rahbarining joriy yilning 13-fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi ijrosini ta’minlash hamda Akademiyada sog‘lom turmush tarziga amal qilish maqsadida tashkil etilmoqda.Bugun o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etib, o‘z salomatliklarini chiniqtirib olishdi.Mashg‘ulotlar Akademiyaning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 2-Talabalar turar joyida ham bo‘lib o‘tdi.

Batafsil
Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodologiyasining ahamiyati
Yangiliklar

Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodologiyasining ahamiyati

Bugungi davr insoniyatning zamon bilan hamnafas odimlashini talab etadi. Turli soha mutaxassislari o‘z ona tilini mukammal bilish bilan bir qatorda, bir nechta xorijiy tillarda muloqot qila olishi maqsadga muvofiq.Shu bois, yurtimizda xorijiy tillarni o‘rgatishni ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish va sohani rivojlantirish uchun tizimli ishlarni tashkil etish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashga alohida e’tiborqaratilmoqda.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodologiyasining ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjumanning maqsadi – xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishni

Batafsil
Talabalar uchun dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
Yangiliklar

Talabalar uchun dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Qarorga muvofiq, 15-aprel kunidan 15-mayga qadar respublika bo‘ylab “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi belgilandi. Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham oylik doirasida “Jinoyatchilikni oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiyaning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, Toshkent shahar Shayxontoxur tumani Ichki ishlar organlari fao

Batafsil
Akademiyada “Talabalar bahori” festivali o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada “Talabalar bahori” festivali o‘tkazildi

Yoshlar, tom maʼnoda, Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi hisoblanadi. Zero, yangi Oʻzbekiston yoshlari kelajagimiz va istiqbolimiz poydevoridir. Mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri sanalib, yoshlarning barkamol inson boʻlib ulgʻayishi uchun alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 14-fevral kuni yoshlar bilan muloqotida ham ertamiz egalarining ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash har birimizning vazifamizga aylanishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi.Shu bois, yosh avlodda milliy ruhiyatni shakllantirish, qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida “Talabalar bahori” festivali o‘tkazildi

Batafsil
Yoshlar – kelajak bunyodkori
Yangiliklar

Yoshlar – kelajak bunyodkori

Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida “Talabalar bahori” festivali yuqori shukuh va ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.Dastlab Akademiya hovlisidagi “Besh tashabbus” boʻyicha taqsimlangan hudud kirish qismida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov tomonidan lenta kesilib, ramziy ochilish marosimi o‘tkazildi. Akademiya rektori Muzaffar Komilov so‘zga chiqib, bu kabi tadbirlar talaba-yoshlarning milliy qadriyat va an’analarimizga bo‘lgan qiziqishini oshirishi, ulardagi vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga xizmat qilishini alohida e’tirof etdi. Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlarni bayram bilan tabriklab, ularga muvaffaqiy

Batafsil
Bitiruvchi bosqich talabalari uchun davra suhbati o‘tkazildi
Yangiliklar

Bitiruvchi bosqich talabalari uchun davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda “Kelajakka qadam” dasturini amalga oshirish belgilangan.Shu bois, joriy yilning 20-mart kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolangan edi.Mazkur kelishuvga ko‘ra, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan Akademiya talabalarining biznes g‘oyalarini moliyalashtirish, bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalq

Batafsil
Akademiya rektori 1-Talabalar turar joyini o‘rgandi
Yangiliklar

Akademiya rektori 1-Talabalar turar joyini o‘rgandi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Akademiya hududida joylashgan 1-Talabalar turar joyida bo‘ldi.Tashrif davomida rektor Muzaffar Komilov yotoqxonadagi umumiy sharoitlar, qizlar xonasi, o‘quv va dam olish imkoniyatlari hamda oshxona bilan yaqindan tanishdi.Rektor, avvalo, qizlar uchun ajratilgan xonalarni ko‘zdan kechirib, ularning qulayligi, xavfsizlik talablariga javob berishi va sanitariya-gigiyena holatini o‘rgandi. U talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning taklif va mulohazalarini eshitdi.Tashrif davomida Akademiya rahbariyati talabalarning ma’naviy va ijtimoiy hayotini yanada yaxshilash, ta’limdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan yangi loyihalar ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi. To‘garaklar faoliyatini bundan-da jonlantirish kerakligi qayd e

Batafsil
Talabalar ishtirokida “Konfessiyalararo muloqot” klubi anjumani o‘tkazildi
Yangiliklar

Talabalar ishtirokida “Konfessiyalararo muloqot” klubi anjumani o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda dinshunoslik ta’limi va ilmiy tadqiqotlar” respublika forumi doirasida “Konfessiyalararo muloqot” klubi anjumani bo‘lib o‘tdi.“Konfessiyalararo muloqot” klubi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba-yoshlari o‘rtasida diniy bag‘rikenglik, millatlararo va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, notiqlik va kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi.Klubning navbatdagi anjumanida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan muvofiqlashtirgan holda respublikamizda faoliyat yuritayotgan oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdilar.Talabalar ilmiy anjumanida “Dunyo dinlari ta’limotlarida atrof-muhit muhofazasi masalalari” bosh mavzu sifatida muhokama uchun tavsiya qilinib, unda dinshunoslik va ma’naviy taraqqiyot, xristianlikning pravoslavlik qarashlarida ekologiyaga munosab

Batafsil
Ko'rinish