O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 2-bosqich tinglovchilari uchun bitiruv tadbir o‘tkazildi
Yangiliklar

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 2-bosqich tinglovchilari uchun bitiruv tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi anjumanlar zalida “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 2-bosqich tinglovchilari uchun bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi birinchi prorektori Davronbek Maxsudov, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un Gʻofurov, institut “Tahfiz-ul Qur’on” kafedrasi mudiri Jahongir Ne’matov, “Qur’oni karim va tajvid” bo‘limi boshlig‘i Muhammad Akmalxon Shokirov, o‘quv kursi o‘qituvchilari hamda 120 nafar tinglovchi va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.Bitiruv tadbirini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi birinchi prorektori Davronbek Maxsudov tabrik so‘zi bilan boshlab berdi. Mamlakatimizda diniy-ma’rifiy soha rivojida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar, jumladan, tashkil etilgan “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari faoliyati va ularni muvaffaqiyatli bitiray

Batafsil
Vatan himoyasi – muqaddas burch!
Yangiliklar

Vatan himoyasi – muqaddas burch!

Tinchlik, osoyishtalik hukm surgan joyda ezgu ishlar hamisha bardavom bo‘ladi. Bu hayotiy haqiqatni xalqimiz istiqlol yillarida barcha sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, millatlararo totuvlik, hamjihatlik, olijanoblik va mehr-oqibat kabi insoniy tuyg‘ular har qachongidan yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi. Mazkur yutuqlar zamirida bugungi zamon talablari asosida shakllantirilgan Qurolli Kuchlarimizning ham alohida o‘rni bor. Chunki milliy armiyamiz yurtimiz mustaqilligi, uning xavfsizligi va hududiy yaxlitligining ishonchli kafolati hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30-yilligi hamda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Vatan himoyasi – muqaddas burch!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ofitserl

Batafsil
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining  30-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan  BAYRAM TABRIGI
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan BAYRAM TABRIGI

Qadrli hamkasblar!Aziz talaba-yoshlar!Vatanimiz ozodligi, xalqimiz tinch va osoyishta hayoti, sarhadlarimiz daxlsizligining mustahkam kafolati bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 30-yil to‘ldi.Shu munosabat bilan, avvalo, Siz azizlarni va butun xalqimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Tinchlik – ulug‘ ne’mat! Uning qadrini yon-atrofimizdagi qo‘shni davlatlarda sodir bo‘layotgan tashvishli voqealarni kuzatib, yana bir bor iqror bo‘lyapmiz, teran anglayapmiz!Ona yurtimiz sarhadlarini kun-u tun qo‘riqlayotgan, xalqimiz osoyishta hayoti uchun jonini fido qilishga tayyor, sharafli kasbiga sodiq harbiy xizmatchilar, qolaversa, har bir vatandoshimiz oldida har qancha ta’zim qilsak arziydi. Bil’aks, Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) “Kechalari Allohdan qo‘rqib yosh to‘kkan ko‘zni va Alloh yo‘lida tunlari po

Batafsil
“Vatanparvarlik oyligi” doirasida sport bellashuvlari o‘tkazilmoqda
Yangiliklar

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida sport bellashuvlari o‘tkazilmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqalari tashkil etilmoqda.“Vatanparvarlik oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan bellashuvlarda Akademiya xodimlari sportning voleybol, stol tennisi va shaxmat-shashka turlari bo‘yicha ishtirok etishyapti.Kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinlar davomida dastavval ayollar o‘rtasidagi voleybol bahslari qiziqarli tus oldi. Shundan so‘ng erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlar nihoyatda murosasiz kechdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Islomshunoslik” jamoasi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bugun “Mumtoz sharq filologiyasi” hamda “Ziyo-zukko” maktab jamoasi ikkinchi final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Akademiya hamkorlari soni ortmoqda
Yangiliklar

Akademiya hamkorlari soni ortmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Toshkentdagi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti o‘rtasida kuni kecha hamkorlikka oid o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.Mazkur hujjat ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘quv-uslubiy va ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. O‘zaro Anglashuv memorandumiga ko‘ra, ma’rifiy-ma’naviy tadbirlarni tashkil etish, unda ishtirok etish uchun hamkorlar o‘z vakillarini taklif qilish, ikki tomonning ilmiy-tadqiqotchilari va mutaxassislari amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ushbu yo‘nalishda davra suhbatlari o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha ochiq maʼruzalar, davra suhbatlari oʻtkazish maqsadida qisqa muddatli professor-oʻqituvchilar almashinuvini tashkil etiladi. Hamkorlikda ilmiy konferensiyalar, simpoziuml

Batafsil
Kredit-modul tizimi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Yangiliklar

Kredit-modul tizimi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Kredit-modul tizimini joriy etishdagi muammolar va ularni hal etish yo‘llari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Unda Akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Seminar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi boshlig‘i M.Sultanov tomonidan o‘tkazildi. Muloqot davomida yurtimizda oliy ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etishning uslubiy ta’minoti xususida tinglovchilarga atroflicha ma’lumot berildi.Davra suhbati yakunida yig‘ilganlar mavzu bo‘yicha o‘zlarining savollari, taklif va mulohazalarini bildirishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Matbuot xizmati

Batafsil
Akademiyaga Dogʻiston muftiysining “Yaxshilar axloqi” kitobi tuhfa qilindi
Yangiliklar

Akademiyaga Dogʻiston muftiysining “Yaxshilar axloqi” kitobi tuhfa qilindi

Xabaringiz bor, Rossiya Federatsiyasi Dog‘iston Respublikasining muftiysi Shayx Ahmad Afandi tomonidan yozilgan “Yaxshilar axloqi” (“Благонравие праведников”) nomli o‘zbek tilidagi kitobning onlayn taqdimoti o‘tkazilgan edi.Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan taqdimotda O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy soha vakillari, ta’lim muassasalari jamoalari, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari ishtirok etishgan. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari qatnashgan edilar.Yaqinda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markaziga dog‘istonlik mehmon Muhammad Sayfullo tomonidan Dog‘iston Respublikasi muftiysi Shayx Ahmad Afandining “Yaxshilar axloqi” kitobi tuhfa qilindi. Unda Akademiya Diniy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektori D.Maxsudov, “Islom tari

Batafsil
Muhim asarlar taqdimoti o‘tkazildi
Yangiliklar

Muhim asarlar taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning “Jomi’ ahkom as-sig‘or” (“Bola huquqlari kodeksi”) asarining o‘zbek tilidagi ilk nashri hamda Toshkent shahridagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” jome masjidi imom noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajidning “Yo‘l harakati fiqhi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Zohidullo Munavvarov, taniqli ulamolar, olimlar, professor-o‘qituvchilar, turli soha vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.Taqdimot marosimida so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarga “Jomi’ ahkom as-sig‘or” va “Yo‘l harakati fiqhi”kitoblarining bugungi kundagi ahamiyati haqida keng ma’lumot berishdi. O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan alloma Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning bola huquqlariga doir “Jomi’ ahkom as-sig‘or” jahon sivilizats

Batafsil
Akademiya xodimlari o‘rtasida sport bellashuvlari o‘tkazilmoqda
Yangiliklar

Akademiya xodimlari o‘rtasida sport bellashuvlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida sport musobaqalari tashkil etildi. Akademiya xodimlari sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi va shaxmat-shashka turlari bo‘yicha bellashuvlarida ishtirok etishdi.Dastavval futbol bahslari bo‘yicha saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in bahslardan so‘ng “Rektorat”, “Mumtoz sharq filologiyasi”, “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” hamda “Ziyo-zukko” jamoalari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shiddatli bahslar yakuniga ko‘ra, “Mumtoz sharq filologiyasi” hamda “Ziyo-zukko” jamoalari finalda g‘oliblik uchun kurash olish borishadi.Sport bellashuvlari davom etmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Davra suhbati o‘tkazildi
Yangiliklar

Davra suhbati o‘tkazildi

2021-2022-o‘quv yilidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bilan hamkorlikda 3 oylik “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi tashkil etilgan. Hozirda mazkur o‘quv kursida 120 nafar tinglovchi tahsil olmoqda.Tasdiqlangan rejasiga muvofiq, tinglovchilar uchun har oyda diniy-ma’rifiy soha malakali professor-o‘qituvchilari va yetuk xodimlari bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etish belgilangan. Shu bois O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi anjumanlar zalida “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi tinglovchilari uchun “Muallim media” ijtimoiy-ma’rifiy kanali rahbari Odinaxon Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq qizi bilan “Qur’oni karimni o‘qish va yodlashda ayol-qizlarning roli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda o‘quv kursining ayol-qizlardan iborat tinglovchilari qatnashdi. Tadbirda

Batafsil
“Vatanim tayanchiman!” mavzusida vatanparvarlik soati o‘tkazildi
Yangiliklar

“Vatanim tayanchiman!” mavzusida vatanparvarlik soati o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatanim tayanchiman!” mavzusida vatanparvarlik soati o‘tkazildi.O‘quv mashg‘ulotida Akademiya professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30-yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi asosida tashkil etilgan darsda Qurolli Kuchlarimiz tarixi, yuksalish bosqichlari hamda Vatan sarhadlarini himoya qilishda ko‘rsatgan jasoratlari hayotiy misollar va video materiallar asosida namoyish etildi. Darhaqiqat, tarixan qisqa muddatda mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, chegaralarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli

Batafsil
E’LON
Yangiliklar

E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Hindistonning “PCTE Group of Institutes” ta’lim muassasasi tomonidan 2022/2023-o‘quv yili uchun bakalavr va magistratura dasturlarida tahsil olish uchun stipendiya tanlovini e’lon qilinganligini ma’lum qilamiz. “PCTE Group of Institutes” Hindistonning Panjob shtatining Ludiana shahrida joylashgan. Ushbu dastur muhandislik, jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar, biotexnologiya, turizm, moda va dizayn, tijorat va boshqa yo‘nalishlarga mo‘ljallangan bo‘lib, 4 nafar nomzodga o‘quv jarayonlari uchun to‘lovlar grant sifatida taqdim etiladi. Oziq-ovqat, yotoqxona, transport xarajatlari talaba tomonidan qoplanadi.Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2022-yil 1-fevral.Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat etishlari mumkin.

Batafsil
Ko'rinish