MASOFAVIY TA’LIM AN’ANAVIY AUDITORIYALARGA KO‘CHMOQDA muhokamalarda ushbu mavzuga muhim ahamiyat qaratildi
AKADEMIYA KENGASHIAslida, ta’lim-tarbiyada ikkinchi yoki navbatdagi masala bo‘lmaydi. Zotan, farzand kamoloti, uning raqobatbardosh mutaxassis kadr bo‘lib yetishishidagi har qanday mavzu e’tibordan chetda qolmasligi shart. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Kengashi yig‘ilishi kun tartibida doimo ta’lim muassasasi hayoti va ilmiy faoliyatiga doir barcha masalalar qamrab olinishiga ahamiyat qaratiladi. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan navbatdagi anjumanda Akademiya faoliyatiga doir ko‘plab mavzular markazida 7-fevraldan e’tiboran ma’lum muddat oflayn, ya’ni masofadan o‘qib turgan talabalarning ta’lim jarayonini bevosita auditoriyalarga o‘tkazish bo‘ldi. Tabiiyki, mazkur jarayonda hech bir jihat e’tibordan qolmasligi lozim. Talabalarning jonajon uylari, ota-onasi bag‘ridan yo‘lga chiqishi, kelib yotoqxonalarga joylashuvi va, albatta, dars mashg‘ulotlarining sifatli o‘tkazil
Batafsil
O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASIDA O‘QUV JARAYONI AN’ANAVIY TARTIBDA DAVOM ETADI
Aziz talabalar! Yurtimizda epidemiologik vaziyat barqarorlashib, karantin talablari yumshatilmoqda. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida barcha bakalavr va magistratura bosqichlari talabalari uchun dars jarayoni 2022-yilning 7-fevralidan an’anaviy (offlayn) tarzda davom ettirilishini ma’lum qilamiz.1- va 2-kurs bakalavr ta’lim yo‘nalishlari talabalari auditoriyalarda an’anaviy dars jarayoniga kirishsa, 2-kurs talabalari uchun ikki haftalik Malakaviy amaliyotlar boshlanadi.3-4-kurs talabalari uchun esa Akademiya dekanatlari tomonidan belgilangan jadval asosida Yakuniy nazorat ishlari an’anaviy tartibda bo‘lib o‘tadi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi barcha magistratura mutaxassisliklari ham 7-fevraldan o‘quv jarayonini an’anaviy (offlayn) tarzda davom ettiradi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Matbuot xizmati
Batafsil
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Maxsudov Davronbek Rustamovich Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Maxsudov Davronbek Rustamovich 2004-2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimi, 2012-2018-yillarda Toshkent islom universiteti ilmiy kotibi, magistratura bo‘limi boshligi, “Islomshunoslik” kafedrasi mudiri, 2018-2020-yillarda esa O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO” kafedrasi mudiri sifatida ishlagan.Hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Diniy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektori va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Akademiya rektori Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Kamilov Muzaffar Murotovich Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Kamilov Muzaffar Murotovich O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori bo‘lib qoladi. Prezident maslahatchisi lavozimini egallab kelgan Shoazim Shoislamovich Minovarov O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi nufuzli xalqaro anjumanda ma’ruza qildi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamkorligida “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash strategiyasi: xalqaro va milliy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti va Toshkent filiali, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Krasnodar universiteti,
Batafsil
G‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor, Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi, buyuk jamoat arbobi, mutafakkir alloma Mahmudxo‘ja Behbudiy tavallud topgan sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba hamda magistrlari o‘rtasida tanlov o‘tkazilgan edi. Hakamlar hay’ati tomonidan esa “Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodi”ga bag‘ishlangan taqdimotlar tanlovning g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rin “Din sotsiopsixologiyasi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Nihola O‘ktamovaga, 2-o‘rin esa Akademiyaning “Qiyosiy dinshunoslik” yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Durdona Shokirovaga nasib etdi. G‘oliblikni “Islomshunoslik” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Durdona Asadullayeva qo‘lga kiritdi.Eslatib o‘tamiz, tanlov sovrindorlari qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan taqdirlanadi!O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Bruney-Darussalam Hukumati O‘zbekiston fuqarolariga grantlar tanlovini e’lon qildi
Bruney-Darussalam Hukumati 2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston fuqarolariga quyidagi universitetlarda bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olish uchun grantlar tanlovini e’lon qildi.– Bruney-Darussalam universiteti;– Sulton Sharif Ali nomidagi islom universiteti;– Bruney texnologiya universiteti;– Bruney politexnika universiteti;– Diniy o‘qituvchilarni tayyorlaydigan universitet kolleji.Mazkur ta’lim granti o‘qish, yashash, ovqatlanish, xalqaro aviachiptalar va o‘quv materiallari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni hamda tibbiy sug‘urta va oylik stipendiyani o‘z ichiga oladi. Grant doirasida tahsil olish 2022-yil iyul-avgust oylarida boshlanadi.Hujjatlarni topshirishning muddati 2022-yil 15-fevral hisoblanadi.Tanlovda ishtirok etishni istovchilar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat etishlari mumkin.
Batafsil
Turkiya oliy ta’lim muassasalari uchun grantlar dasturi e’lon qilindi
Turkiya Hukumati tomonidan 2022-yil uchun xalqaro talabalar va ilmiy tadqiqotchilar uchun Turkiya oliy ta’lim muassasalarida grant asosida tahsil olish va ilmiy-tadqiqot olib borish imkoniyatini beruvchi grantlar dasturi e’lon qilganini ma’lum qilamiz.Mazkur grantlar dasturi bakalavriat, magistratura, doktorantura ta’lim bosqichlari va ilmiy-tadqiqot olib borish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular universitetga joylashtirish, 1 yillik turk tili kursi, tibbiy sug‘urta, bir martalik aviachipta, stipendiya, o‘qish uchun to‘lov, madaniy va ilmiy dasturlar, yotoqxona bilan ta’minlash kabilarni o‘z ichiga oladi.Stipendiya miqdori bakalavr talabalari uchun har oy 800 turk lirasi (TL), magistratura talabalari uchun 1100 TL, doktorantlarga 1600 TL, ilmiy tadqiqotchilar uchun 3000 TL, davlat xodimlari va ilmiy xodimlar uchun “Turkcha muloqot dasturi (KATIP)” 2000 TL ni tashkil qiladi.Ilmiy tadqiqotch
Batafsil
Akademiya vakillari xalqaro forumda ishtirok etdi
Malayziya Milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti hamda O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlikda “Musulmon olimlarining dunyo ilmiga qo‘shgan hissasi” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti D.Rahimjonov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Xo‘jayev ishtirok etdi.Shuningdek, forumda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazidan professor B.Turayev, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi katta ilmiy xodimi N.Mirzayev, O‘zbekiston hamda Malayziya tomonlaridan tadqiqotchilar, soha mutaxassislari ishtirok etdi.Xalqaro miqyosida o‘tkazilgan ushbu forumda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Durbek Rahimjonov “Abu Hafs an Nasafiyning hadis ilmiga qo‘shgan hissasi” mavzusida ma’ruza qildi.D.Rahimjonov o‘z chiqis
Batafsil
Turkiya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari Akademiyaga tashrif buyurdi
Ayni paytda Turkiya Respublikasi Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar boshchiligidagi Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonda amaliy safar bilan bo‘lib turibdi.Bugun mazkur delegatsiya a’zolari belgilangan dasturga muvofiq, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdi. Nufuzli mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Diniy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektori Davronbek Maxsudov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Bahromjon Mamadiyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Akademiya jamoasi, professor-o‘qituvchilari kutib oldi.Dastavval qardosh mamlakatning 20 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, taniqli va yuqori ilmiy salohiyatga ega professorlardan iborat delegatsiya a’zolari Akademiyaning “Manbalar xazinasi” bo‘limidagi noyob qo‘lyo
Batafsil
Ma’rifatparvar merosi doimo e’tiborda
Mahmudxo‘ja Behbudiy – Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi, buyuk jamoat arbobi, mutafakkir alloma, yozuvchi va o‘zbek dramaturgiyasi asoschisidir. Ta’kidlash kerak, so‘nggi yillarda ma’rifatparvarning hayoti va ijodini o‘rganish hamda uni yoshlar orasida targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, ilmiy konferensiyalar, adabiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.Bugun ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy tavallud topgan sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy-ma’rifiy merosi” mavzusida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi.“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi birinchi prorektori Davronbek Maxsudov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha p
Batafsil
Akademiyada seminar-treninglar davom etmoqda
Xabaringiz bor, qishki ta’til davri davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, Malaka oshirish markazi xodimlari, Akademik litsey o‘qituvchilari hamda xodimlari uchun malaka oshirish darslari bo‘lib o‘tmoqda. Ishtirokchilar mazkur seminar-treninglar orqali o‘z pedagogik mahoratlari, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirib borishmoqda. Navbatdagi seminar “Ta’lim tizimini boshqarishda tizimli tahlil va qaror qabul qilish” hamda “Xalqaro munosabatlar va davlat tashkilotlarida dress-kod masalalari” mavzularida tashkil etildi.Mahorat darslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Boshqaruvda AKT” kafedrasi professori Anvar Yuldashev hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti Adham Rasulov tomonidan o‘tkazildi. Muloqot davomida ta’lim tizimida pedagoglar tomonidan yo‘l qo‘yiladig
Batafsil