Mutasaddilar “Ko‘kaldosh” madrasasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov boshchiligidagi bir guruh mutasaddilar “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ilm dargohiga tashrif buyurishdi.Mehmonlarni ta’lim muassasasi rahbari boshchiligida madrasa jamoasi samimiy kutib oldi.Tashrif majmua shaklida qurilgan XVI asrga oid ko‘hna ilm dargohining tarkibiga kiruvchi masjid faoliyati bilan tanishuvdan boshlandi. Bu yerda talabalarning kundalik namozlarga imomlikka o‘tishi, juma namozida ma’ruza qilish orqali o‘ziga xos amaliyot o‘tashlari haqida ma’lumot berildi. Muzaffar Komilov masjid imkoniyatidan yanada kengroq foydalanish, talabalarni bu yerda ma’ruza qilish amaliyotini son jihatdan ko‘paytirish, sifat jihatdan oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.Shundan so‘ng mehmonlar
Batafsil
Bobur hazratlarini yod etib…
14-FEVRAL – ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUD TOPGAN KUNO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘zbek mumtoz she’riyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan, xalqimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilmoqda. “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti tomonidan “Shoh va shoir” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Shavkat Mavlonov ochib berdi.Shundan so‘ng O‘zbekiston xalq artisti, Bobur mukofoti sovrindori Muhammadali Abdiqunduzov shoh va shoir Bobur Mirzo hazratlarining hayot yo‘li, ijodiy faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Muhammadali Abdiqunduzov aktyorlik faoliyatida Bobur rolini ijro etgani uning uchun juda katta hayotiy maktab, takrorlanmas rol bo‘lganini qayd etdi. Har bir aktyor Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo
Batafsil
Hurmatli Akademiya o‘qituvchilari va talabalari!
E’LONO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida joriy yilning 14-fevral kuni soat 14:00 da Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligi munosabati bilan “Boburiylarning jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasi” mavzusida onlayn ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Tadbir “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi, “Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash” bo‘limi hamda “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limi hamkorligida o‘tkaziladi.Zoom havolasiga ulanish: https://us02web.zoom.us/j/85862912466?pwd=eUF1cko4V2xhNDF6RE9qMG1iQlhJZz09Kirish identifikatsiyasi: 858 6291 2466 Kirish kodi: 822174Murojaat uchun telefon raqami: +99890 928 95 38; +99897 477 45 65.
Batafsil
Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriSo‘nggi yillarda mamlakatimizda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatining tashkil etilishi o‘zbek zaminida tavallud topib, ilmiy faoliyat olib borgan buyuk alloma va mutafakkirlar merosini ilmiy tadqiq etish va uning natijalaridan amaliy foydalanish jarayonida yangi bosqichni boshlab berdi.Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi bosqichida ulug‘ alloma va mutafakkirlarimizning ko‘plab bebaho asarlarini, noyob yozma manbalarni saqlash, o‘rganish va kelajak avlodga bezavol yetkazish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.Xalqimizning bebaho mulki hisoblangan noyob yozma va toshbosma merosni saqlash va tadqiq qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda bu jarayonga raqamli
Batafsil
Bir guruh mutasaddilar Toshkent islom institutiga tashrif buyurishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi bir guruh mutasaddilar Toshkent islom institutiga tashrif buyurishdi.Uchrashuv davomida Prezident administratsiyasi mas’ul xodimi Ergash Daminov, Din ishlar bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davron Maqsudov, Diniy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan ishlash bo‘limi xodimi Elyor Alimqulov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiri Salohiddin Sherxonov o‘quv jarayoni, ta’lim sifati va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.Dastlab mehmonlar “Siyrat” fanidan dars o‘tayotgan “Hadis va islom tarixi” fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi Abdulazim Ziyouddin, “Fiqh” fanida
Batafsil
Akademiya doktorantlari tomonidan trening tashkil etildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarining o‘ziga xos jihatlarini qamrab olgan “Yoshlar tarbiyasining nozik jihatlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi doktorantlari tomonidan tashkil etilgan seminarda universitet xotin-qizlari masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari hamda tyutorlar ishtirok etdi.Uchrashuvda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatish, og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, oilaviy muammolarga duch kelgan xotin-qizlar huquqlarining kafolatlarini ta’minlash masalasi haqida so‘z bordi.Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.O‘zbekiston xalqar
BatafsilAkademiya vakillari “Adiblar xiyoboni”dagi tantanalarda ishtirok etdi
9-FEVRAL – ALISHER NAVOIY TAVALLUD TOPGAN KUNBugun yurtimiz bo‘ylab so‘z mulkining sultoni, jahon tamadduni rivojiga ma’naviy asarlari bilan munosib hissa qo‘shgan Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi keng nishonlanmoqda.Jumladan, poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”da ham ulug‘ mutafakkirning tavalludi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda davlat va jamoat arboblari, adabiyotshunos olimlar, shoir-yozuvchilar, olimlar, madaniyat va san’at namoyandalari, keng jamoatchilik vakillari hamda talabalar qatnashdi.Ta’kidlash joiz, mazkur marosimda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talabalari ham faol ishtirok etishdi. Akademiyasi jamoasi buyuk bobomiz xotirasini yod etib, poyiga gulchambar qo‘ydi. Alisher Navoiyning o‘zbek tili rivojida tutgan o‘rni, adabiy merosi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Bundan tashqari, Turkiston jadidch
Batafsil9-fevral – ulug‘ mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi munosabati bilan BAYRAM TABRIGI
Assalom-u alaykum, qadrli hamkasblar! Aziz talaba-yoshlar!Avvalo, Siz-azizlarni tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlikda ko‘rib turganimdan benihoya shodman! Xabaringiz bor, dunyoda davom etayotgan pandemik vaziyat sabab yurtimizdagi barcha ta’lim muassasalari o‘quv jarayoni ham ma’lum muddat masofaviy ta’lim shaklga o‘tkazilgan edi. Bugungi kunda ko‘rilgan zarur chora-tadbirlar natijasida epidemiologik vaziyat barqarorlashib, Siz – ilmga chanqoq talaba-yoshlarni, mehribon ustoz-muallimlarni jonajon Akademiyada, an’anaviy o‘qish jarayonida ko‘rib turganimizdan xursandman. Albatta, dars mashg‘ulotlarining an’anaviy tartibda, qadrdon auditoriyalarda, ustoz bilan yuzma-yuz o‘tishi barchamizni faollikka undashi tabiiy. O‘ylaymanki, yaratilgan zamonaviy shart-sharoit va iliq ijodiy-ilmiy muhit Sizning yanada mukammal bilim olishingizga xizmat qiladi. Qadrli tolibi ilmlar, hurmatli ustoz-murab
Batafsil
Hazrat Navoiyga ehtirom ko‘rsatib…
9-FEVRAL – ALISHER NAVOIY TAVALLUD TOPGAN KUNNafaqat so‘z mulkining sultoni, balki yurt va xalq tashvishini chekkan, uning manfaatini o‘ylagan, doimo ezgulikni tarannum qilgan ulug‘ alloma tavalludi yurtimizda katta tantana bilan kutib olinmoqda. E’tiborlisi, u zotning durdona asarlarini mutolaa qilar ekanmiz, lirik va nasriy asarlari xotimasida yoki she’rlari maqta’sida “meni duoda yod, fotihada shod eting”, deb bitgan ramziy ma’nodagi vasiyatiga ko‘zimiz tushadi. Quvonarlisi esa, Navoiyning ushbu vasiyati hanuz amalda, yurtdoshlarimiz hurmat-e’tiborida o‘z aksini topmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida buyuk mutafakkir hayoti va ijodi yuzasidan davom etayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ham bu jihat aks etyapti. “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi tomonidan “Navoiy ijodi – bebaho meros” mavzusidagi ijodiy uchrashuv ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbirni “O‘zbek
Batafsil
Navoiy ijodi – mangu barhayot
9-FEVRAL – ALISHER NAVOIY TAVALLUD TOPGAN KUNBordur inson zotida oncha sharaf, Kim, yamon axloqin etsa bartaraf.Hazrat Alisher Navoiyning mazkur satrlari mana necha asrlar o‘tibdiki, o‘z ahamiyati va qiymatini yo‘qotmay kelayotir. Ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbi, ong-u shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mutafakkirning asarlarida insonga muhabbat, ezgulik, to‘g‘rilik, halollik, ilm-hunar o‘rganish, ota-onaga mehr, kattalarga ayniqsa, ustozga ehtirom singari olijanob fazilatlar talqin etiladi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘zbek mumtoz she’riyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan, xalqimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan, buyuk mutafakkir hayoti va ijodi yuzasidan davom etayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda aynan mana shu jih
Batafsil
Akademiyada Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi keng nishonlanmoqda
9-FEVRAL – ALISHER NAVOIY TAVALLUD TOPGAN KUNSo‘nggi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning asarlarini keng targ‘ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilda buyuk mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi, yurt obodligi, xalq farovonligi, ma’naviyat va madaniyat rivojiga beqiyos darajada hissa qo‘shgan Alisher Navoiy tavallud topganiga 581 yil to‘ladi. Har yili mazkur sana munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab bayramona kayfiyat hukm suradi. Joriy yildagi tadbirlar ham ko‘tarinkilik, o‘zgacha shukuh bilan adabiyot, ma’naviyat, ilm-ma’rifat, do‘stlik ayyomi sifatida o‘tkazilyapti.Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo‘lib o‘tdi. “Islomshunoslik” fakulteti tomonidan “Navoiy qalblarda mangu barhayot” mavzusida tashkil etilgan ta
Batafsil
Shoazim MINOVAROV: “O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy merosimizni o‘rganishda tayanch bo‘g‘in bo‘ladi”
Yurtimiz islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Xalqimizning ana shunday boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish, jahon afkor ommasiga keng tanishtirish, eng muhimi, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017-yilning 23-iyunda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Hujjatga muvofiq, Toshkent shahrida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etilmoqda. Mazkur Markaz yurtimizdan kamol topib, jahon ilm-fani, madaniyati va san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlar ilmiy-ma’naviy chuqur merosi o‘rganiladi. Markaz faoliyatining asosiy maqsadi e’tiqodi islom dini bilan bog‘liq boy va noyob meros
Batafsil