O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Hamkorlikdagi mahorat darsi mazmunli o‘tdi
Yangiliklar

Hamkorlikdagi mahorat darsi mazmunli o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ta’lim tizimi samaradorligini oshirish, malakali mutaxassislarini jalb qilish, talabalarga zamonaviy metodlar asosida saboq berish maqsadida xorijlik professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda davra suhbatlari tashkil etilmoqda.Ana shunday mahorat darslaridan biri Chexiyaning “Sotsiosfera” ilmiy-tadqiqot va nashriyot markazi bosh direktori, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Ilona Doroshina tomonidan o‘tkazildi.“Din psixologiyasi pedagogika” kafedrasi hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi hamkorligida ZOOM platformasi orqali onlayn tashkil etilgan seminarda Akademiyaning doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchi va magistrant talabalari ishtirok etdi. Mahorat darsini “Din psixologiyasi pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova ochib berdi. Shundan so‘ng psixologiya fanlari nomzodi, dotsent I

Batafsil
Hurmatli talabalar va magistrlar!
Yangiliklar

Hurmatli talabalar va magistrlar!

E’LONO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Mahmudxo‘ja Behbudiy” nomidagi stipendiyaga tanlov e’lon qiladi!Nomzodlardan talab etiladigan hujjatlar:– Shaxsiy hujjatlar: passport, obyektivka, titul (annotatsiya);– sinov daftarchasidan ko‘chirma;– tavsiyanomalar, fikrnoma – dekanat, kafedra va boshqalar;– ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;– erishilgan barcha yutuqlar, diplom, sertifikat, faxriy yorliq va OAVda chiqishlar.Eslatib o‘tamiz, hujjatlar joriy yilning 20-martga qadar qabul qilinadi.Murojaat uchun telefon raqami: 97 477 45 65; 90 928 95 38.“Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limi

Batafsil
Bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Yangiliklar

Bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islomshunoslik” fakultetining 4-bosqich talabalari uchun pedagogik amaliyotni tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Akademiya O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev, “Islomshunoslik” fakulteti dekani Jahongir Tohirov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga amaliyotni tashkil etish hamda texnika xavfsizligiga rioya etish bo‘yicha tushunchalar berildi. Mutasaddilar talabalardan Akademiyada olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llab, malakalarini oshirishlari kerakligini ta’kidlashdi. Amaliyot jarayoniga mas’uliyat bilan yondashib, atrofdagilarga hurmat ko‘rsatish, odob-axloq qoidalariga amal qilishlari zarurligi qayd etildi.O‘z navbatida talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Matbuot xizmati

Batafsil
Obod maskan – mustahkam bilim
Yangiliklar

Obod maskan – mustahkam bilim

Xalqimizning asrdan asrga o‘tib kelayotgan ezgu fazilatlardan biri hashar hisoblanadi. Uning zamirida xalqimizning vatanni sevish, yurtni obod etish, o‘zgalarni e’zozlash va farovon turmush barpo etishga intilishi mujassam. Ayniqsa, kunlar isib, bahor yaqinlashar ekan, joylarda hasharlar o‘tkazish, hududlarni obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish yaxshi an’anaga aylangan.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham Yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Obod maskan – mustahkam bilim” shiori ostida hashar o‘tkazildi. Yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildgan hasharda 200 nafardan ziyod Akademiya talabalari faol ishtirok etdi. Talaba-yoshlar oliy ta'lim muassasasi hududida keng obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borishdi. Hashar davomida ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlandi. Gul ko‘chatlarining taglari yumshatildi. Chiqindilar

Batafsil
Mutasaddilar “Xadichai Kubro” ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi
Yangiliklar

Mutasaddilar “Xadichai Kubro” ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov boshchiligidagi bir guruh mutasaddilar “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ilm dargohiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni ta’lim muassasasi rahbari boshchiligidagi madrasa jamoasi samimiy kutib oldi.Tashrif talabalar turar joyi va binolarni ko‘zdan kechirish bilan boshlandi. Muzaffar Komilov yotoqxonada turadigan talabalarning sharoiti, ularga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.Shundan so‘ng mehmonlar dars jarayonlarini kuzatishdi. Jumladan, bitiruvchi kurslarning “Islom tarixi” darsi va “Aqoid” darslarida qatnashib, talabalar bilan ochiq muloqot olib borishdi. Talabalar bilan suhbat chog‘ida ularning ilmiy faoliyatlari va bu boradagi rejalari haqida so‘raldi. Ularning

Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi trening darslarida ma'ruza qildi
Yangiliklar

Akademiya o‘qituvchisi trening darslarida ma'ruza qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Agentlikning ilm.argos.uz platformasi hamda youtubedagi sahifasi orqali “Siyosiy-ma’rifat soati” rukni ostida trening darslar tashkil etilmoqda. Navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlarida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov “Davlat xizmatida halollik va odob-axloq qoidalari” mavzusida ma’ruza qildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.Treningda Akademiya o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov poraxo‘rlikni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning dolzarb vazifasiga aylanishi kerakligini haqida so‘z yuritarkan, halollik vaksinasi, korrup

Batafsil
Akademiya talabalari nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi
Yangiliklar

Akademiya talabalari nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi

QUTLOVMa’lumki, mamlakatning taraqqiy topishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatdagi yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tiborga chambarchas bog‘liqdir. Shu ma’noda, yurtimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Darhaqiqat, yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ularni yuksak ma’naviyatli, zukko, bilimdon, yurt taqdirini o‘z zimmasiga olishga qodir avlod sifatida voyaga yetkazish uchun zarur sharoitlar muhayyo qilinayotir. Mazkur imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan ertamiz egalari o‘z iste’dod va salohiyatini to‘la namoyon etib, yuksak natijalarga erishmoqda.Ularning safida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining uch nafar iqtidorli, iste’dodli talabasi ham borligi biz uchun quvonarli. Ertamiz egalari bo‘lgan yoshlar yurtimizdagi nufuzli Davlat stipendiyalarining joriy yilgi nomzodlari safida e’ti

Batafsil
Boburiylarning jahon madaniyatga qo‘shgan hissasi
Yangiliklar

Boburiylarning jahon madaniyatga qo‘shgan hissasi

14-FEVRAL – ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUD TOPGAN KUNO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida buyuk mutafakkir hayoti va ijodi yuzasidan davom etayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ham bu jihat aks etyapti."Mumtoz sharq filologiyasi" fakulteti, “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish”, “Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash” bo‘limlari hamda “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi hamkorligida “Boburiylarning jahon madaniyatga qo‘shgan hissasi” mavzusida tashkil etilgan ilmiy konferensiya ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov, Akademiya professor-o‘qituvchilari, adabiyotshunos olimlar, ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Uchrashuvni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Z

Batafsil
Akademiya o‘qituvchisining maqolasi Misrning nufuzli jurnalida nashr etildi
Yangiliklar

Akademiya o‘qituvchisining maqolasi Misrning nufuzli jurnalida nashr etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri Mirodil Haydarovning “O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar” sarlavhasidagi maqolasi Misrdagi “Tasavvuf” jurnalining 2022-yil fevral oyi 522-sonida arab tilida nashr etildi. Maqola bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlarO‘zbekistonda har jabhada ulkan islohotlar amalga oshirayotganini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Jumladan, yoshlarning turli zamonaviy ilm-fanlarda yetuk malakali kadr bo‘lib yetishishlari uchun ayni damda yurtimizdagi universitetlar soni 150 ga yaqinlashdi. Ushbu oliygohlarning bir qanchasi xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ochilgan.Davlatimiz tomonidan tarix, adabiyot, falsafa, huquq, astronomiya, fizika, kimyo, tibbiyot, arxitektura, geografiya, musiqa, matematika, mineralogiya, qishloq xo‘jaligi, t

Batafsil
Akademiyada muhim tayinlovlar amalga oshirildi
Yangiliklar

Akademiyada muhim tayinlovlar amalga oshirildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya rahbariyati va jamoasi, diniy-ma’rifiy soha vakillari, ilmiy-tadqiqot markazlari va ta’lim muassasalari rahbar hamda xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov olib bordi.Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan Muzaffar Komilov so‘z yuritar ekan, mas’uliyatli lavozimlarga munosib nomzodlarni tayinlash haqida tegishli buyruq qabul qilinganini bildirdi.Shunga ko‘ra, bugungi kunga qadar “Islomshunoslik” fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan Zokirjon Ro‘ziyev Akademiyaning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori etib tayinlandi. Zokirjon Ro‘ziyev ayni paytda Akademik litsey direktori vazifasini ham bajaradi. Bundan tashqari, Zokirjon Ro

Batafsil
14-FEVRAL – SHOH VA SHOIR ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI
Yangiliklar

14-FEVRAL – SHOH VA SHOIR ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

Assalom-u alaykum, qadrli hamkasblar! Ilmga chanqoq talaba-yoshlar!Ma’lumki, har yili fevral oyida yurtimizda ikki buyuk siymo – Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi keng nishonlanishi an’anaga aylangan. Shu ma’noda, kuni kecha so‘z mulkining sultoni hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlandi. Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham mazkur sana katta tantana, o‘zgacha shukuhda kutib olindi. Bugun esa yana bir ulug‘ bobokalonimiz, shoh va shoir, davlat va jamoat arbobi, dilbar shaxs Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligini nishonlayapmiz.Nafaqat yurtimiz, balki xorijda ham buyuk siymo — Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilayotir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “Bobur Mirzo xalqimizning buyuk farzandi. Adabiyot, ilm, ma’rifat nuqt

Batafsil
Akademiyada shoh va shoir Bobur Mirzoning tavallud ayyomi nishonlanmoqda
Yangiliklar

Akademiyada shoh va shoir Bobur Mirzoning tavallud ayyomi nishonlanmoqda

14-FEVRAL – ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUD TOPGAN KUNZahiriddin Muhammad Bobur – betakror shoir, zakovatli olim va tarjimon, donishmand tarixchi, yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir sarkarda. Asrlar osha dunyoni hayratga solib kelayotgan alloma ana shunday yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.Ayni paytda yurtimizda o‘rta asr Sharq madaniyati va adabiyotining buyuk namoyandasi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligi keng nishonlanmoqda. Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida katta shukuh bilan davom etyapti. “Islomshunoslik” fakulteti tomonidan “Bobur – buyuk qalb sohibi” mavzusida tashkil etilgan tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari, adabiyotshunos olimlar hamda talabalar ishtirok etdi.Tantanali marosimni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Zohidjon Islomov kirish

Batafsil
Ko'rinish