O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Oila mustahkamligini ta’minlashda yoshlar tarbiyasining o‘rni
Yangiliklar

Oila mustahkamligini ta’minlashda yoshlar tarbiyasining o‘rni

Mamlakatimizda oilaning mavqeyini e’zozlash Konstitutsiyamizda ham o‘z aksini topgan. Bosh qomusimizning XIV bobi “Oila” deb nomlanishining o‘ziyoq yurtimizda ushbu masalaning davlat siyosati darajasida ekanligini bildiradi. Ayniqsa, Prezidentimizning 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi muhim huquqiy asoslaridan biri bo‘ldi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham oila jamiyatimizning muhim bo‘g‘ini, yoshlar kamolotida tutgan o‘rni haqida ma’naviy dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Tadbirda O‘quv bo‘limi boshlig‘i Suhrob Xidirov, “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbatidan avval “Mumtoz sharq filologiyasi” fakultetining 1-bosqich talabalariga talabalik guvohnomasi topshirilib, ularning o‘qishlariga muvaffaqiyat ti

Batafsil
Yokohama Milliy universiteti tomonidan stipendiya tanlovi e’lon qilindi
Yangiliklar

Yokohama Milliy universiteti tomonidan stipendiya tanlovi e’lon qilindi

E’LONO‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Yaponiyaning Yokohama Milliy universiteti tomonidan 2022/2023-o‘quv yilida doktorantura dasturi bo‘yicha tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilinganini ma’lum qilamiz. Mazkur stipendiya Akademik martabani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha global doktorlik dasturi (Global Doctoral Program for Academic Career Support, GDACS) bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasidan 2022-yil oktabr yoki 2023-yil aprel oylarida doktoranturaga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.Dastur Oliygoh o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarni kirish va o‘qish to‘lovlardan ozod qiladi, shuningdek, muvaffaqiyatli talabalar uchun oylik 100 ming yen (taxminan 1 ming AQSh dollari) stipendiyasi bilan ta’minlaydi.Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2022-yil 13-martga qadar davom etadi.Tanlovda ishti

Batafsil
Dunyoda eng aziz, muqaddas ayol
Yangiliklar

Dunyoda eng aziz, muqaddas ayol

Ayol – millat kelajagi, hayot davomchisi. Xotin-qizlari e’zozlangan, qadrlangan yurtning buguni va ertasi farovon bo‘ladi. Ayol mehnati bilan jamiyat to‘laqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi. Shuning uchun mamlakatimizda xotin-qizlarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularning og‘irini yengil qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.Ayni paytda respublikamiz bo‘ylab 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Shu maqsadda Yoshlar ijod saroyida “Dunyoda eng aziz, muqaddas ayol” bayram tadbiri tashkil etildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tantanani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov tabrik s

Batafsil
8-MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI   UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN   AKADEMIYA REKTORI TABRIGI
Yangiliklar

8-MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN AKADEMIYA REKTORI TABRIGI

Hurmatli hamkasblar!Muhtarama opa-singillar, aziz talaba-qizlar!Avvalo, Siz azizlarni go‘zallik va nafosat ayyomi – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni umumxalq bayrami bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman. Doimo muqaddas oilangiz, tinch va osuda Vatanimiz, xalqimiz ardog‘ida baxt-saodatda bo‘lishingizga tilakdoshman!Ayol — Alloh taolo yaratgan eng nozik xilqat. Islom dinida ayolning sha’ni, qadr-qimmati yuksak darajalarga ko‘tariladi. Qur’oni karimning 35 ta sura va 100 dan ortiq oyatida “Ayol” so‘zining kelishi va suralardan biri aynan “Niso”, ya’ni “Ayollar” deb nomlanishi bejiz emas. Muqaddas kitobimizda xotin-qizlar mavqeyi, uning hayotdagi o‘rni, haq-huquqlari batafsil bayon etilishi jamiyatda ayollarning qadri hamisha yuqori ekaniga yorqin isbotdir.Darhaqiqat, ayol — bu, eng avvalo, ONA. U oilaning mehvari, voyaga yetayotgan farzandl

Batafsil
Akademiya dotsenti “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi
Yangiliklar

Akademiya dotsenti “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Xamida Toʻychiyeva Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Hayʼatining 2022-yil 21-fevraldagi 32-sonli Qaroriga asosan “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi.Shu munosabat bilan Akademiya jamoasi Xamida Toʻychiyevaning erishgan yutugʻi bilan tabriklaydi! O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
“Yangi O‘zbekiston To‘marislari” ko‘rik-tanlovida Akademiya talaba-qizlari e’tirof etildi
Yangiliklar

“Yangi O‘zbekiston To‘marislari” ko‘rik-tanlovida Akademiya talaba-qizlari e’tirof etildi

Yurtimizda xotin-qizlarning salohiyatini yuzaga chiqarish, amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda ularning yanada faol ishtirokini ta’minlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Bu borada qizlarning bilimdon, zamonaviy mutaxassis, islohotlarga daxldorligini oshirish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida turli ko‘rik-tanlovlar, sport bellashuvlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “Yangi O‘zbekiston To‘marislari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i, polkovnik R.Xatamov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti, Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyati, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma'naviy-

Batafsil
Yangi kitoblar taqdimoti
Yangiliklar

Yangi kitoblar taqdimoti

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan “Yangi kitoblar taqdimoti” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar tomonidan yangi nashr qilingan adabiyotlar haqida suhbatlashildi.Tadbirda siyosiy fanlar doktori, professor Z.Munavvarov, pedagogika fanlar nomzodi, professor Z.Qosimova, ARM rahbari M.Xasanova, ARM xodimlari, Tyutor G.Azimova, “Mumtoz sharq filologiyasi” fakultetining 3-kurs talabalari ishtirok etdi.Taqdimotda professor Z.Munavvarov talabalarga nashr qilingan yangi kitoblarning ahamiyati va mohiyati, o‘zlari tomonidan yaratilgan adabiyotlar haqida so‘z yuritdi. Jumladan, “Xalqaro munosabatning nodavlat mexanizmlari” (o‘quv qo‘llanma), “Xalqaro munosabatlarga kirish” (darslik), “Негосударственные механизмы международных отношений” (учебное пособие) kabi adabiyotlar bo‘yicha talaba-yoshla

Batafsil
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda
Yangiliklar

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda

Xalqimizning suyukli shoirasi Zulfiya ijodi, ibratli fazilatlari, hayotiy qarashlari bilan hali-hamon ko‘pchilik qizlar uchun namuna olishga arzirli ijodkor sifatida yodga olinadi. Har yili mamlakatimizda bahorning ilk kuni O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludi bilan uyg‘un nishonlanadi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham betakror shoira tavallud kuni keng miqyosda nishonlandi. Dastavval, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari poytaxtimizning Adiblar xiyobonidagi Zulfiyaxonim haykali poyiga gul qo‘yishdi. Shu yerda shoira Zulfiyaxonimning nabirasi va uning adabiy safdoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.Shundan so‘ng Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Xotin-qizlar bo‘limi, “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar”, “Islomshunoslik” hamda “Mumtoz sharq filologiyasi” fakultetlari tomonidan “Davrimiz Zulfiyaxonlari”, ‘Zulfiyaxonim – mehr-muhabba

Batafsil
2-mart — Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo boʻlgan kun
Yangiliklar

2-mart — Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo boʻlgan kun

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yil 24-oktabrda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yalpi xavfsizlikni mustahkamlash orqali tinchlikni ta’minlash jur’ati bilan chiqqan 51 mamlakat tomonidan tashkil etildi. Bugungi kunda jahonning 193 mamlakati BMTning a’zolari hisoblanadi.Jumladan, 1992-yil 2-mart O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun sifatida mustaqil O‘zbekiston tarixida muhim o‘rin egalladi. Yurtimizda Birlashgan millatlar tashkilotining bir nechta tarkibiy tuzilmalari – Taraqqiyot dasturi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Aholishunoslik jamg‘armasi, Bolalar jamg‘armasi, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.O‘zbekiston o‘z ovozi va mavqeiga ega bo‘lgan a’zo sifatida BMT old

Batafsil
“Qur’oni karim va tajvid” kursining navbatdagi bosqichi yakunlandi
Yangiliklar

“Qur’oni karim va tajvid” kursining navbatdagi bosqichi yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan 3 oylik “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 3-bosqich o‘quvlari yakunlandi.Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi anjumanlar zalida tinglovchilar uchun bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, Toshkent islom instituti “Tahfiz-ul Qur’on” kafedrasi o‘qituvchisi J.Ro‘ziyev, kurs o‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etdi. Uchrashuvda Zohidjon Islomov yurtimizda Qur’oni karimni o‘rganish uchun berilgan imkoniyatlar va ulardan foylanish haqida to‘xtalib, bitiruvchilarni kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan muborakbod etdi.Tadbir yakunida 60 nafar tinglovchiga “Qur’oni karim va

Batafsil
Talabalar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi
Yangiliklar

Talabalar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi

Bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor berilib, ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Turli tanlovlar, viktorinalar o‘tkazilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tashkil etildi. Akademiya tyutorlari tomonidan tashkil etilgan “Zukko kitobxon” tanlovida talabalar Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Baxtiyor oila”, Mirkarim Osimning “Jayhun ustida bulutlar”, Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yohud axloq”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarlari bo‘yicha olgan bilimlarini sinashdi.Kahoot programmasi orqali o‘tkazilgan viktorinada talabalar faol ishtirok etishdi. Shuningdek, AAkademiya Axborot resurs markazi vakillari tomonidan shoira Zulfiya ijodi haqida savollar berildi. Yakunda tanlov g‘oliblari taqdirlandi.O‘zbekiston xalqaro islom akadem

Batafsil
21-MART – “NAVRO‘Z” UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI REKTORINING BAYRAM TABRIGI
Yangiliklar

21-MART – “NAVRO‘Z” UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI REKTORINING BAYRAM TABRIGI

Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!Qadrli talaba-yoshlar!Borliq uyg‘onayotgan shu kunlarda bu yilgi Navro‘z ayyomini ham o‘zgacha orziqish, ko‘tarinki kayfiyat, shod-u xurramlik bilan kutib olmoqdamiz.Avvalo, yangilanish va yasharish ayyomi, milliy qadriyatlarimizning timsoli bo‘lgan Navro‘z bayrami bilan Akademiyamiz ahil jamoasi va talaba-yoshlarini chin qalbimdan samimiy tabriklayman!Azizlar!Xalqimizda “Hamal kirdi – amal kirdi” degan maqol bor. Hijriy-shamsiy taqvim bo‘yicha Quyoshning birinchi burjga va oyning o‘n ikki burjdan biri – Hamalga kirishi bilan “Navro‘z”, “Yangi kun”, u bilan birga esa yangi fasl – bahor kirib keladi. Navro‘z kelishi bilan bahor nafasidan borliq uyg‘ona boshlaydi. Besh ming yillik tarixga ega ushbu bayram inson ichki olami va tabiat uyg‘unligi ramzidir.Navro‘z bayramining tarixi insoniyat ilk sivilizatsiyasiga borib taqaladi. Bahor tengkunligi qadim Mes

Batafsil
Ko'rinish