Akademiya vakillari “Ta’lim va Karyera” ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
Bugun “Yoshlar ijod saroyi”da boshlangan “Ta'lim va Karyera” ko‘rgazmasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari qatnashmoqda. Tadbir ishtirokchilari va tashrif buyurganlar kerakli tavsiyalarni oliy ta'lim muassasalari va o‘quv markazlarining rasmiy vakillaridan batafsil bilib olishadi.Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi mutasaddilari ham ishtirok etib, ular Akademiya faoliyati, maqsad va vazifalari, ta'lim jarayonlari haqida qiziquvchilarga ma'lumot berishmoqda. Ko‘rgazma 18-19-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Talabalarning bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida Akademiya o‘qituvchilari hamda guruh tyutorlari hamkorligida turli uchrashuvlar, poytaxtimizning madaniy joylari, majmualariga ekskursiyalar tashkil etilmoqda.Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi tyutori M.Polvonov, “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi T.Jumayev hamda D.To‘xtanazarov talabalar bilan birgalikda Hazrati Imom majmuasi hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qilishdi. Yoshlarga Hazrati Imom tarixi, hayoti va yangi qurilayotgan markaz haqida batafsil ma’lumot berildi.Shuningdek, Islomshunoslik fakulteti “Islomshunoslik” taʼlim yoʻnalishi (rus) 2-kurs talabalari O‘zbekiston davlat san’at mu
Batafsil
Akademiyada Xalqaro talabalar klubi tashkil etilmoqda
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida iqtidorli, xorijiy tillarni bilish darajasi yuqori bo‘lgan, til sertifikatlariga ega talaba-yoshlar hamda yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda Talabalar (xorijiy) bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Navro‘z Abdullajonov Akademiyada Xalqaro talabalar klubini tashkil qilish loyihasi ustida ish olib borilayotgani haqida ma’lum qildi.Xalqaro talabalar klubiga Akademiyada tahsil olayotgan xorijiy talabalar hamda iqtidorli, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan va uni tasdiqlovchi sertifikatlarga ega talabalar a’zo bo‘lishlari aytildi.Shu nuqtai nazardan, til sertifikatlariga ega bo‘lgan, iqtidorli, faol talabalarni birlashtirish, ular ishtirokida xalqaro tadbirlarni tashkillashtirish, xalqaro miqyosda talabalarning faolligini oshirish Xalqaro talabalar klubining asosiy
Batafsil
Yangi O‘zbekiston yoshlari – jinoyatchilikka qarshi!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining faollar zalida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish mavzusida ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.“Yangi O‘zbekiston yoshlari – jinoyatchilikka qarshi!” mavzusidagi tadbirda Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, Akademiya profilaktika katta inspektori, mayor Asror Abduvaliyev, o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi. Shuningdek, ma’rifiy suhbatda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati katta inspektori, podpolkovnik Kamoliddin Qurbonov o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi.Tadbir ishtirokchilariga yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, bu borada olib borilayotgan tizimli ishlar haqida ma’lumot berildi. Yakunda talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
BatafsilTermizda Akademiya o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan qo‘llanma bo‘yicha trening o‘tkazildi
So‘nggi yillarda yurtimizda gender tengligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Gender tenglik nafaqat inson huquqini ta’minlash, balki jamiyatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan ezgu qadriyat sanaladi. Qolaversa, gender tenglik – mamlakatning demokratik taraqqiyot darajasini ko‘rsatuvchi indikatorlardan biri hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar”, deb belgilab qo‘yilgan. Buning samarasi o‘laroq, so‘nggi yillarda jamiyatning turli sohalarida, ham milliy, ham mintaqaviy darajada ayollarning roli va mavqeyida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yil 2-sentabrda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘
Batafsil
Zukko kitobxonlar taqdirlandi
Kitob inson umr yo‘lini yorituvchi so‘nmas nur bo‘lib, hayotimizga mazmun baxsh etadi. Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘q. Shu bois, bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor berilib, ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Turli tanlovlar, viktorinalar o‘tkazilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri sifatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Unda Akademiya talabalari o‘zlarining bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tanlov g‘olib-sovrindorlarini taqdirlash maqsadida “Kitob – ma’naviyat xazinasi” nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, shoir Nodir Jonuzoq, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari
Batafsil
Daraxt ekib, bog‘ yaratib amallar daftarini bezaylik!
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASIBismillahir Rohmanir Rohiym.Islom dini atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni asrab-avaylash va ekologik muammolarni bartaraf etishga da’vat qiladi. Ayniqsa, dini mubinimizda ekin ekish savobli amalligi, qarovsiz yerlarni obod qilishga ulkan ajr-u mukofot berilishi va’da qilingan.Bahor kelishi bilan ko‘ngillardan boshlangan obodlik xonadonlarimizga, ko‘cha-yu xiyobonlarimizga, mahallalarimizga, qishlog‘-u go‘shalarimizga, butun zaminimizga ko‘chadi. Buning natijasida har bir kishi yerga nihol qadashga kirishadi. Bu esa tabiat bilan insoniyat hamohangligini ifoda etadi.So‘nggi yillarda jahonda kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq global muammolar, afsuski, yurtimizni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Ro‘y berayotgan chang-to‘zonlar, shuningdek, yog‘ingarchiliklarning keskin kamayib ketayotgani kabi tabiat injiqliklari bizga jiddiy ogohlik
Batafsil
“Umra qo‘llanmasi” ilovasi iOS dasturida ham ishlab chiqildi
Yaqinda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Android mobil telefonlari uchun “Umra qo‘llanmasi” ilovasi ishlab chiqilgani haqida xabar berilgan edi.Albatta, bunday qulaylikdan iOS tizimidan foydalana yotgan aqlli gadjet sohiblari bebahra qolayotgan edi. Endilikda mazkur ilova iOS dasturida ham ishlab chiqildi. Bu esa barcha smartfon, planshet egalariga ilovadan foydalanish imkoniyatini yaratadi.Qayd etish joizki, “Umra qo‘llanmasi” ilovasida Umra safari davomida lozim bo‘ladigan zarur barcha ma’lumotlar tafsilotlarigacha qisqa, sodda va lo‘nda bayon etilgan. Unda “Umra qo‘llanmasi”, “Umra duolari”, “Safarga tayyorgarlik” va “Islom tarixiga oid joylar” nomli bo‘limlari mavjud.“Umra qo‘llanmasi” bo‘limida Umra ibodatiga oid barcha masalalar keltirilgan. Xususan, “umra” so‘zining ma’nosidan to uning amallari-yu sunnatlarigacha tushuntirib berilgan. Shu bilan birga, ziyorat qilish odob
Batafsil
Akademiyada Misr Arab Respublikasi elchisi talabalar bilan uchrashdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Misr Arab Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Amira Fahmi hamda talabalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Hurmatli mehmonni Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov boshchiligidagi Akademiya jamoasi kutib oldi.Samimiy muloqot davomida Zohidjon Islomov yurtimizdagi diniy-ma’rifiy sohaga berilayotgan e’tibor, keng ko‘lamli islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston va Misr tarixan madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy yo‘nalishlarda hamfikr, do‘stona munosabatda hamkorlik qilib kelganini qayd etarkan, quvonarlisi, bugungi kunda ham O‘zbekiston va Misr aloqalari tom ma’noda rivojlanib, yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.Shu bilan birga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalarga yaratilgan sharoitlar, pedagoglarning ilmiy salohiyati haqida ma’lumot berdi. Ulug‘ allomalarning ilmiy m
Batafsil
Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati bo‘yicha Akademiya birinchi o‘rinda
Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar raqamlardaO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi — 63% bilan birinchi o‘rinda Manba: Edu.uz
Batafsil
Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik garovi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islomshunoslik fakulteti tomonidan “Sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, tyutorlari, talaba qizlari qatnashdi. Sog‘lom turmush tarziga qaratilgan ilmiy-ma’rifiy suhbatni Sog‘liqni saqlash vazirligining yetakchi mutaxassisi X.Inag‘omova o‘z ma’ruzasi bilan olib bordi.Davra suhbatida inson salomatligini asrash, uning barkamol va komil kishi bo‘lib shakllanishida amal qilinadigan muhim jihatlar, taklif, tavsiyalar berildi. Tadbir yakuni ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha berilgan qiziqarli savol-javoblariga ulanib ketdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
O‘zbekistondagi diniy konfessiyalar rahbarlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha bayonot qabul qildi
O‘zbekiston qadimdan turli millat va e’tiqodga mansub insonlar o‘zaro tinch-totuv, ahillikda yashab, diniy ibodat va marosimlarini emin-erkin bajarib kelgan bag‘rikeng yurt sifatida nom qozongan. Har bir vatandoshimiz ona zaminimizning betakror tabiati, o‘simlik dunyosini asrab-avaylashni o‘zining muqaddas burchi, insoniylik vazifasi deb biladi.Negaki, tabiatni asrash, atrof-muhitni pokiza tutish bashariyat uchun hayot-mamot masalasi, kelajak avlod oldidagi dolzarb majburiyatdir. Yurtimiz bo‘ylab tashkil etilayotgan yashil hududlar, obod etilayotgan manzillar esa ana shu maqsad yo‘lidagi ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasidir.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida shahar va qishloqlarimizda joriy yil 1-martdan e’tiboran “Yashil yillik” umummilliy tadbiri O‘zbekistonda yashayotgan turli millat va diniy konfessiyalar
Batafsil