“Din ishlari bo‘yicha qo‘mita kubogi” sport o‘yinlari g‘oliblari aniqlandi
Diniy-ma’rifiy ta’lim muassasalari talabalari bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.Shu maqsadda, Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan 2022-yil 30-mart kuni Toshkent shahridagi diniy ta’lim muassasalari (Toshkent islom instituti va “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi) hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari o‘rtasida sportning mini futbol, arqon tortish va tosh ko‘tarish turlari bo‘yicha “Din ishlari bo‘yicha qo‘mita kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi.Mazkur sport o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rin O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga, 2-o‘rin Toshkent islom institutiga hamda 3-o‘rin “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga nasib etdi.
BatafsilHar kuningiz bo‘lsin Navro‘z!
Qadim tarixga ega Sharqona yangi yil – Navro‘zi olam yangilanish va yasharish fasli bahor tarovatini qalblarga ulashib, barchada yangi va farovon kunlarga umid hamda ishonch uyg‘otishi bilan hamisha qadrli sanaladi. Mazkur bahor ayyomi xalqaro hamjamiyat tomonidan ham tan olingan. 2009-yil 30-sentabrda UNESCO tomonidan Navro‘z bayrami insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 2010-yil 19-fevral kuni BMT Bosh Assambleyasi 64-sessiyasida 21-martni “Xalqaro Navro‘z kuni” sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Navro‘z bayrami xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu tariqa Navro‘z biror bir millat yoki madaniyatning bayrami sifatida emas, balki butun insoniyat merosining ajralmas qismiga aylandi.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar jamiyat hayoti, insonlar qalbi va ongida ham yangilanish va tara
Batafsil
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Shayxontohur tuman hokimligi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati, mas’ul xodimlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati, Shayxontohur tuman hokimligi mutasaddilari, mahalla raislari, yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Muloqotda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar, qolaversa, islom dinining insonparvarlik, tinchlik va do‘stlik kabi olijanob ta’limotlari hamda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari kabi mavzularda
Batafsil
Navbatdagi Mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yoshlarning ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash maqsadida Shayxontohur tuman hokimligi hamda tuman Aholini bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.Yarmarkada Markaz mutasaddilari 32ga yaqin tashkilotlar o‘zlarining 534 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashayotganini ma’lum qilishdi. Bundan tashqari joriy yilning 25 mart kuni o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 30ga yaqin tashkilotlar o‘zlarining 1 ming 354 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishgandi. Yoshlar va ish beruvchi tashkilotlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida Akademiya talabalari hamda Shayxontohur tumanida yashovchi yigit-qizlarga batafsil ma’lumot berildi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Bilim va tafakkur bahslari davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi 10-tur bahslari o‘tkazildi. Unda bilimdon, izlanuvchan talaba-yoshlardan iborat 15 ta jamoa o‘zlarining bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazishdi.Ta’kidlash joizki, har bir tur-bahslarida Akademiya prorektorlari va professor-o‘qituvchilar o‘zlarining savollari bilan ishtirok etishyapti. “Zakovat” intellektual o‘yinlari davom etmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Bilimdonlar bellashuvi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti akademik litseyi o‘quvchi yoshlari bilan Akademiya akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Unda ikki ta’lim muassasasi o‘quvchi yoshlari ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Tadbir ikki ta’lim muassasasi o‘quvchilari uchun ham manfaatli bo‘lib, tomonlar o‘zlarining xorijiy tilni bilish va aqliy salohiyatlarini namoyish etish bo‘yicha bahs olib borishdi. Shuningdek, Akademiya akademik litseyi faol o‘quvchilari uchun Akademiyada Buyuk Britaniya Birmingem universiteti bitiruvchisi, ayni paytda Toshkent prezident maktabi o‘qituvchisi, xalqaro toifadagi ustoz Javid Akram bilan yangi formatdagi motivatsion suhbat bo‘lib o‘tdi.Ushbu suhbatda Toshkent prezident maktabi 11 sinf o‘quvchisi, 30 dan ortiq turli medal va mukofotlar, xalqaro ol
Batafsil
Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Akademiya talabalari ham ishtirok etdi
Xabaringiz bor, kuni kecha poytaxtimizda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi.Mazkur yirik anjumanda xorijdan ko‘plab investorlar, ishbilarmonlar, xalqaro moliyaviy institut va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Ahamiyatlisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining xorijiy tillarni puxta biladigan bir guruh talabalari forumda xorijlik mehmonlarga tarjimonlik qilish vazifasini bajarishdi. Jumladan, Akademiyadan 18 nafar talaba, bir nafar xodim volontyor tarjimon sifatida, 2 nafar professor-o‘qituvchi hamda 1 nafar talaba sinxron tarjimon sifatida ishtirok etdi.Forumdan avval Akademiyada Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Shavkat Mavlanov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zafar Ro‘ziyev, “Arab tili va adabiyoti Al-Azhar” kafedrasi mudiri Akbar Kazakbayev hamda fakultet dekan o‘rinbosarlari ishtirokida suhbat tashkil etildi. Suhbat
Batafsil
Psixologlar uchun oʻquv seminari tashkil etildi
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablarining psixologlari uchun oʻquv seminari tashkil etildi.Seminarda Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimlari, Akademiya professor-oʻqituvchilari, “Maʼrifat targʻibotchilari” jamiyati aʼzolari, “Ziyo-zukko” taʼlim maskani jamoasi hamda poytaxtimizdagi umumtaʼlim maktablarining psixologlari ishtirok etdi.Trening mashgʻulotlari malakali psixologlar tomonidan “Oʻquvchilarning taʼlim jarayonidagi individual psixologik xususiyatlari va muloqotdagi toʻsiqlar”, “Oʻquvchi yoshlarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirishda psixologik yordamning oʻziga xos xususiyatlari” kabi mavzularida oʻtkazildi.Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Akademiyada xorijiy talabalar uchun imkoniyatlar yanada kengaymoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Talabalar (xorijiy) bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Abdullajonov va Akademiyada tahsil olayotgan xorijiy talabalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda N.Abdullajonov tomonidan xorijiy talabalarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun Xorijiy talabalar Kengashi tuzilayotgani ma’lum qilindi. Kengashning asosiy maqsadi – xorijiy talabalarga, Akademiya hayoti va o‘quv jarayoniga moslashishlariga ko‘maklashish, mahalliy talabalar bilan hamjihatligini oshirish, ularning ijtimoiylashuviga yordam berish hamda madaniy, ijodiy va sport sohasidagi iqtidorini namoyon etishga imkoniyat yaratish, ilmiy konferensiyalar, davra suhbatlari, ko‘rik-tanlovlar, turli qiziqarli tadbirlarda ular ishtirokini rag‘batlantirishdan iborat.Ayni vaqtda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Afg‘oniston dav
Batafsil
Navbatdagi seminar-treninglar Samarqandda bo‘lib o‘tdi
Ma’lumki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchilari BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining “Islomda gender” mavzusidagi loyihasida ishtirok etib, Buyuk Britaniya hukumatining ko‘magida “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqdi. Ushbu o‘quv qo‘llanma bo‘yicha Akademiya huzuridagi Malaka oshirish markazining viloyatlardagi filiallarida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Kuni kecha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand filiali bilan hamkorlikda “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanma bo‘yicha seminar tashkil etildi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xujayev, BMTning aholishunosli
Batafsil
O‘quv seminarlar o‘tkazildi
Davlatimiz rahbari tomonidan “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida umummilliy ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga misli ko‘rilmagan darajada e’tibor qaratilmoqda. Zero, yoshlar har bir davlatning kelajagi, salohiyatini belgilovchi muhim kuch sanaladi.Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarining “Tarix”, “Tarbiya”, “Davlat va huquq asoslari” fani o‘qituvchilari uchun o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlari, Akademiya professor-o‘qituvchilari, “Ma’rifat targ‘ibotchilari” jamiyati a’zolari, “Ziyo-zukko” ta’lim maskani jamoasi hamda poytaxtimizdagi umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari ishtirok etdi.Mashg‘ulotlarda soha mutaxassislari tomonidan “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlarining huquqiy asoslari”, “Yoshlar ongi va dunyoqarashini milliy qadriyatla
Batafsil
Akademiya vakillarining navbatdagi seminar-treningi Nukusda tashkil etildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchilari BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining “Islomda gender” mavzusidagi loyihasida ishtirok etib, Buyuk Britaniya hukumatining ko‘magida “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqdi. Ushbu o‘quv qo‘llanma bo‘yicha Akademiya huzuridagi Malaka oshirish markazining viloyatlardagi filiallarida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlarning navbatdagisi kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xujayev, BMTning aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Kamolxon Inomxo‘jayev, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyas
Batafsil