O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

“Temur tuzuklari”ning olti asrlik sayohati
Yangiliklar

“Temur tuzuklari”ning olti asrlik sayohati

yoxud “Boburnoma”, “Shajari turk” singari durdonalar yozilishiga turtki bergan asar9-aprel – Amir Temur tavalludi kuniBuyuk davlat arbobi Amir Temur (1336-1405) o‘zining o‘tkir aql-zakovati, noyob yetakchilik qobiliyati, harbiy mahorati bilan jahon tarixida munosib o‘rin tutadi. Sarkardaning hayot yo‘li, davlat boshqaruvi, o‘z faoliyati davomida erishgan muvaffaqiyatlari bir qator tarixiy asarlarda, jumladan, "Temur tuzuklari” kitobida ham yaqqol aksini topgan.Sohibqiron kitob yozganmi?Mazkur shoh asar olti asrdan beri dunyo jamoatchiligi e’tiborini tortib kelmoqda. Ayni paytda uning turli qo‘lyozma nusxalari va tarjimalari dunyoning turli nuqtalarida, bir qator nufuzli kutubxona, muzeylar va shaxsiy to‘plamlarda saqlanmoqda. Ko‘plab taniqli olimlar “Temur tuzuklari” ustida tadqiqotlar olib borishgan.O‘tgan davr ichida mazkur asar Amir Temur tomonidan yozilmagan, uning vafotidan ancha ke

Batafsil
Kitoblar ko‘rgazmasida Akademiya vakillari ham ishtirok etdi
Yangiliklar

Kitoblar ko‘rgazmasida Akademiya vakillari ham ishtirok etdi

Xabaringiz bor, poytaxtimizning Hazrati Imom majmuasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan birinchi bor “Kitob – kamolot kaliti” ilmiy‐ma’rifiy kitoblar ko‘rgazmasi va savdosi o‘tkazilmoqda.Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari ham ishtirok etdi. Ko‘rgazmada Akademiya professor-o‘qituvchilarining o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy, ma’rifiy kitoblarining taqdimoti ham o‘tkazildi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Hazrati Imom majmuasida “Kitob – kamolot kaliti” ilmiy‐maʼrifiy kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda
Yangiliklar

Hazrati Imom majmuasida “Kitob – kamolot kaliti” ilmiy‐maʼrifiy kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan 7-8-aprel kunlari Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasida ilk marotaba “Kitob – kamolot kaliti” ilmiy‐maʼrifiy kitoblar ko‘rgazmasi va savdosi o‘tkazilmoqda.Mazkur ko‘rgazmada yurtimizdagi nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob do‘konlari ilmiy, maʼrifiy va badiiy kitoblari bilan ishtirok etmoqda.Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Hazrati Imom majmuasida o‘tkazilayotgan ushbu maʼrifiy tadbir doirasida kitoblar taqdimoti, taniqli shaxslar ishtirokida yoshlarni ilm-maʼrifatga daʼvat etadigan suhbatlar, shuningdek, kitobxonlar o‘rtasida sovrinli tanlovlar o‘tkaziladi. Tadbir doirasida taʼlim muassasalari uchun ochiq osmon ostida maʼnaviy‐maʼrifiy va badiiy tadbirlar o‘tkazish imkoniyati taqdim etiladi. Bundan tashqari, bugun soat 14:00 da majmuada “Qur’on va tafsil ilmiga oid kitoblar” mavzusida davra suhbati tashkil etiladi.

Batafsil
Mehnat yarmarkalari davom etmoqda
Yangiliklar

Mehnat yarmarkalari davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalar hamda ish beruvchi tashkilotlar bilan mehnat yarmarkalari o‘tkazilishi muntazamlik kasb etgan.Akademiyada 2021-2022-o‘quv yili bitiruvchilari hamda ish beruvchi tashkilot vakillari o‘rtasida ana shunday mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.Unda Shayxontohur tumanidagi bir qator umumta’lim maktablari, turli tashkilotlar hamda Akademiya huzuridagi muassasalar vakillari mavjud ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. Talabalar uchrashuv davomida o‘zlarini qiziqtirgan ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Matbuot xizmati

Batafsil
“BAGʻRIKENGLIK BOGʻI” birdamlik va hamjihatlik timsoli
Yangiliklar

“BAGʻRIKENGLIK BOGʻI” birdamlik va hamjihatlik timsoli

YASHIL MAKONYurtimizda azaldan turli millat va elat vakillari tinch-totuv, ahil-inoq yashab keladi. Ular irqi, millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, diniy ibodat va marosim, milliy bayramlarini emin-erkin o‘tkazadi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, do‘stlik muhitini va ko‘p millatli katta yagona oila tuyg‘usini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu yo‘nalishda keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda. “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida tashkil etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbir yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va diniy konfessiyalar vakillarini yagona maqsad atrofida birlashtirdi.Tadbirda O‘zbekiston mu

Batafsil
“Amir Temur imperiyasi” kitobining taqdimoti o‘tkazildi
Yangiliklar

“Amir Temur imperiyasi” kitobining taqdimoti o‘tkazildi

9-APREL — AMIR TEMUR TAVALLUD TOPGAN KUN Buyuk sarkarda hamda davlat arbobi Amir Temur tavalludining 686-yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Amir Temur imperiyasi” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.To‘lqin Alimardonov “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori hamda “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori Matluba Qahhorova so‘zga chiqib, kitob haqida o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.Ma’ruzachilar tomonidan o‘zbek davlatchiligining tarixan shakllanishida Amir Temurning qo‘shgan hissasi ulkan ekanligini ta’kidlashdi. Ushbu davrda Sohibqiron markazlashgan davlat tizimini yaratib, Movarounnahr o‘lkasini dunyoning eng buyuk siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaziga aylantirganini qayd etishdi.Jumladan, taqdimoti o‘tkazilayotgan mazkur monografiyada ham Amir Temur imperiya

Batafsil
Germaniyada Akademiya doktorantining monografiyasi chop etildi
Yangiliklar

Germaniyada Akademiya doktorantining monografiyasi chop etildi

Germaniyaning xalqaro Lambert nashriyotida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining tayanch doktoranti Dildora Nishanovaning Axsikentlik alloma Husomuddin al-Axsikatiy ijodiy faoliyatiga oid monografiyasi chop etildi. Mazkur maqolada Islom huquqshunosligi rivojida, Husomuddin al-Axsikatiy ilmiy merosining ahamiyati, “Al-Muntaxab al-Husomiy” asarining Farg‘ona fiqh maktabiga qo‘shgan hissasi ilmiy tahlil etilgan.Shuningdek, monografiyada olimning ilmiy merosiga yozilgan sharhlar va bugungi kunda jahon qo‘lyozmalar fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozma toshbosma nusxalari ilmiy dalillar bilan asoslangan.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
RAMAZON QALBLAR UYGʻONISHI, YASHASHGA, YANGILANISHGA, EZGU AMALLAR QILISHGA ISHTIYOQ ORTISHI FURSATI
Yangiliklar

RAMAZON QALBLAR UYGʻONISHI, YASHASHGA, YANGILANISHGA, EZGU AMALLAR QILISHGA ISHTIYOQ ORTISHI FURSATI

MUBORAK OYBismillahir Rohmanir Rohiym.O‘lkamizga oylarning sultoni, Allohning muborak kitobi – Qur’oni karim nozil bo‘lgan oy mohi sharifi Ramazon tashrif buyurdi. Bu oy Qur’on, taqvo, baraka, rahmat, mag‘firat, Allohga qurbat hosil qilish, jannatga erishish va do‘zaxdan ozod bo‘lish oyidir. Shu bois, butun dunyo musulmonlari bu tabarruk oyni solih amallar va Alloh roziligi yo‘lidagi ibodatlar oyiga aylantiradi.Tinchlik bo‘lmasa, to‘y tatimaydiRamazon oyi gunohlardan yuvilib, do‘zaxdan panoh bo‘ladigan oy. Haq taolo barchamizni mana shunday muborak oyga nasib etib turibdi. Rasulimiz alayhissalom marhamat qilib aytadilarki: “Ramazon oyi kirganda jannat eshiklari ochiladi, jahannamga qulf solinadi va shaytonlar kishanlanadi” (Imom Buxoriy). Shu bois, har yili yurtdoshlarimiz ushbu oyni ko‘tarinki kayfiyat, o‘zgacha shukuh, alohida tayyorgarlik va katta xursandlik ila kutib oladi.Allohga sh

Batafsil
Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi. Akademiya rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov o‘z so‘zida navbatdagi majlis ham amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishda muhim ekanini ta’kidladi.Shundan so‘ng, dastlab O‘quv is

Batafsil
Navbatdagi seminar-trening Namanganda o‘tkazildi
Yangiliklar

Navbatdagi seminar-trening Namanganda o‘tkazildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchilari BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining “Islomda gender” mavzusidagi loyihasida ishtirok etgan edi. Natijada Buyuk Britaniya hukumatining ko‘magida “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqdi. Ushbu o‘quv qo‘llanma bo‘yicha Akademiya huzuridagi Malaka oshirish markazining viloyatlardagi filiallarida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Kuni kecha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Namangan filiali bilan hamkorlikda “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanma bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil etildi.Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B

Batafsil
XALQNI ROZI QILISH – ENG ULUGʻVOR MAQSAD
Yangiliklar

XALQNI ROZI QILISH – ENG ULUGʻVOR MAQSAD

MA’RIFATLI JAMIYAT SARIBugun O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqdi. Buni yangi O‘zbekistonning tashqi va ichki siyosatidan tortib, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy hamda diniy-ma’rifiy sohalardagi tub islohotlar misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.Mamlakatimizda turli millat va konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro hurmat, birdamlik va hamkorlik muhitini mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotni qo‘llab-quvvatlash hamda tinchlik-totuvlikni ta’minlashga qaratilgan izchil, puxta o‘ylangan siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanmoqda.E’tiborlisi, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan tashabbus asosida 2018-yili BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat BMTga a’zo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. Rezolyutsiya jah

Batafsil
Moturidiylik ta’limoti istiqboli va uni targ‘ib etish ishlari yuzasidan majlis tashkil etildi
Yangiliklar

Moturidiylik ta’limoti istiqboli va uni targ‘ib etish ishlari yuzasidan majlis tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Xalqaro ilmiy hay’atining navbatdagi onlayn majlisi bo‘lib o‘tdi.Nufuzli tadbirni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, doktor Jamolitdin Karimov tabrik so‘zi bilan ochib berarkan, Xalqaro ilmiy hay’atning barcha a’zolari bilan ko‘rishib turganidan minnatdor ekanini ta’kidladi. Hay’at majlisi ishiga rivoj tilab, Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini o‘rganish yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlarga muvaffaqiyat bildirdi.Majlisda Xalqaro ilmiy hay’atga yangi rais tayinlash, 2021-yilda Markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar, 2022-yil 26-may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon” mavzuidagi II xalqaro onlayn ilmiy-amaliy simpoziumga tayyorgarlik ko‘rish, moturidiylik ta’limotiga oid zamonaviy tadqiqotlarni saralash, o‘z

Batafsil
Ko'rinish