O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi bosqichi yakunlandi
Yangiliklar

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi bosqichi yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan 144 soat (uch oy)ga mo‘ljallangan “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi 4-bosqichi yakunlandi.Shu munosabat bilan, Akademiya faollar zalida bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Z.Ro‘ziyev, o‘quv kursi professor-o‘qituvlari va tinglovchilar ishtirok etdi. Z.Islomov tinglovchilarni o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganlari bilan tabriklab, ularga yaratilgan sharoitlarning qadriga yetish, berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, ilm olishda bardavom bo‘lish hamda yosh avlod ta’lim-tarbiyasida mas’uliyat bilan yondashish haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.Tadbir yakunida 120 nafar tinglovchilarga “Qur’oni karim va tajvid” o‘

Batafsil
Shoazim Minovarov: "Yurt rivojiga hissa qo‘shish har bir o‘g‘il-qizning burchi"
Yangiliklar

Shoazim Minovarov: "Yurt rivojiga hissa qo‘shish har bir o‘g‘il-qizning burchi"

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi rivojida buyuk mutafakkirlar ilmiy merosining roli va ahamiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Islomshunoslik fakulteti “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, fakultet dekani Jahongir Tohirov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.Tadbirda Shoazim Minovarov yurtimiz zamini islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri bo‘lib, mintaqamizda tug‘ilib o‘sgan buyuk mutafakkirlar islom ilmlari bilan bir qatorda dunyoviy fanlar rivojiga ulkan hissa qo‘shishganini ta’kidladi. Allomalarning ilmiy-ma’rifiy va madaniy-ma’naviy merosini tiklash, uni o‘rganish va targ‘ib qilishga davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilayotganini qayd etdi.— Poytaxtim

Batafsil
Akademiya jamoasi “Yashil makon” loyihasida faol ishtirok etmoqda
Yangiliklar

Akademiya jamoasi “Yashil makon” loyihasida faol ishtirok etmoqda

Bugun yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda 2022-yil 1-martdan “Yashil makon” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ahamiyatlisi, mazkur loyihada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining jamoasi ham faol ishtirok etib kelyapti. Bugungi xayrli, ezgu ishda ham Akademiya jamoasi tomonidan poytaxtimizning Sergeli tumanidagi bo‘sh turgan yerlarga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad tuman va shaharlarda hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilashdan iborat.Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va e’tibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Bun

Batafsil
“Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiya” tanloviga saralash o‘tkazildi
Yangiliklar

“Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiya” tanloviga saralash o‘tkazildi

Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodini o‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish hamda targ‘ib etish yo‘nalishida izlanish olib borayotgan, alohida faollik ko‘rsatgan talabalarni saralab olish maqsadida ma’rifatparvar nomidagi maxsus stipendiya uchun suhbat bo‘lib o‘tdi.Tanlov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kengashining 2020-yil 29-oktabrdagi 5-sonli majlisida tasdiqlangan Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiya Nizomi talablariga asosan o‘tkazildi. Nomzodlar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar, ularning mazmun-mohiyati ko‘rib chiqildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Matbuot xizmati

Batafsil
Ziyorat turizmini rivojlantirish masalalari muhokama etildi
Yangiliklar

Ziyorat turizmini rivojlantirish masalalari muhokama etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ziyorat turizmini hozirgi kundagi ahamiyati va dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.Unda Turizm va madaniy meros vaziri maslahatchisi Temur Mirzayev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Bobomurod Rustamov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professori Nurislom To‘xliyev, soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.Tadbirda ishtirokchilarning “Ziyorat turizmini rivojlantirishdagi dolzarb muammolar”, “O‘zbekistonda mavjud dinlar, diniy konfessiya va tashkilotlar, mamlakatning ziyorat turizmi salohiyati”, “Ziyorat turizmi – madaniyatlararo almashinuv va bag‘rikenglikni mustahkamlash sohasi sifatida”, “O‘zbekistonda ziyorat turizmi va uning rivojlanish istiqbollari”, “Ziyorat turizmi

Batafsil
Akademiya vakillari ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdi
Yangiliklar

Akademiya vakillari ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdi

Poytaxtimizda O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi hamda Konrad Adenauer fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Sivilizatsiyalararo muloqot – xalq diplomatiyasining muhim omili” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, siyosiy fanlar doktori Zohidullo Munavvarov, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Nigora Yusupova hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etishdi. Konferensiya “Globallashuv davrida madaniyatlararo muloqot”, “Xalqaro gumanitar hamkorlikni rivojlanishida xalq diplomatiyasining o‘rni” kabi seksiyalarga bo‘lindi.Tadbirda Akademiya professori Zohidullo Munavvarov “Xalq diplomatiyasi: O‘rta Osiyo musulmon ilohiyot maktablari va sufiylik tariq

Batafsil
“Islom iqtisodiyotida savdo va tadbirkorlik” kitobi nashr etildi
Yangiliklar

“Islom iqtisodiyotida savdo va tadbirkorlik” kitobi nashr etildi

E’LONO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, iqtisod fanlari doktori Ravshan Abdullayev muallifligida “Islom iqtisodiyotida savdo va tadbirkorlik” kitobi nashr etildi. Oliy ta’lim muassasalariga darslik sifatida tavsiya etilgan ushbu kitob islom iqtisodiyoti, xususan, halol tijorat va sherikchilikka bag‘ishlangan bo'lib, nafaqat iqtisod yo‘nalishidagi talabalarga, balki keng kitobxonlar auditoriyasiga mo‘ljallangan. Kitobda insonlarning hayotida ko‘p uchraydigan savdo-sotiq, ribo, qarz, sherikchilik, ijara kabi masalalarga alohida e’tibor berilgan.Kitob Akademiya Axborot-resurs markaziga ham taqdim etilgan bo‘lib, talabalar undan qo‘llanma sifatida foydalanishlari mumkin. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir
Yangiliklar

Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir

MUNOSABAT– Hamma narsa xalq manfaati uchun. Insonni ulug‘lash – oliy qadriyat. Shonli tarixdan – buyuk kelajak sari. Mahalla – zaminimiz, tayanchimiz. Yoshlar – Vatan kelajagi kabi ulug‘ va olijanob maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan xalqimiz o‘zi ishonch bildirgan rahbar yetakchiligida olg‘a intilmoqda. Maqsad – O‘zbekiston Respublikasini rivojlangan, qonun ustuvorligi ta’minlangan, korrupsiya jilovlangan, ilm-fan taraqqiy topgan va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaydigan davlatga aylantirish.Quyosh va gidroelektr stansiyalari, intensiv bog‘lar, paxta va boshqa xom-ashyolarimizning joyida chuqur qayta ishlash obyektlari, og‘ir va yengil sanoat sohalarida amalga oshirilgan ishlar va rejalar O‘zbekistonni tobora mazkur maqsadga yaqinlashtiryapti. Ilgari biz faxr bilan tilga oladigan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi kabi

Batafsil
SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUDINING 686-YILLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI REKTORINING BAYRAM TABRIGI
Yangiliklar

SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUDINING 686-YILLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI REKTORINING BAYRAM TABRIGI

Qadrli ustoz-murabbiylar!Aziz talaba-yoshlar!Bugun xalqimizning faxr va iftixori bo‘lgan, O‘rta asrlarda markazlashgan davlat barpo etib, Sharq renessansiga asos solgan buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur bobomiz tavalludining 686-yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Erta tongdan poytaxtimizdagi Amir Temur nomi bilan ataluvchi muazzam xiyobon hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyida davlat va jamoatchilik vakillari, xalqimiz va faol yoshlar qatorida Akademiyamiz talabalari ham katta bayram tadbirlarida ishtirok etishdi. Mana, ushbu qutlug‘ ayyom shodiyonalari respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham bo‘lib o‘tyapti. Shu munosabat bilan barchangizni ulug‘ Sohibqiron Amir Temur bobomiz tavalludining 686-yilligi bilan muborakbod etaman. Ma’lumki, Amir Temur – buyuk davlat asoschisi. U XIV-XV asrlarda Hindiston hamda Xitoy

Batafsil
“Zakovat” intellektual o‘yinlari yoshlarni birlashtirdi
Yangiliklar

“Zakovat” intellektual o‘yinlari yoshlarni birlashtirdi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zakovat” intellektual o‘yinlarini o‘tkazish muntazamlik kasb etgan. Bugun ham Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686-yilligi munosabati bilan “Amir Temur siymosiga avlodlar e’tirofi” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.Bilim bellashuvini Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov hamda “Zakovat” klubi prezidenti Abdurasul Abdullayev ochib berishdi.– Bir jihatdan xursandmanki, “Zakovat” intellektual o‘yinlari har sohaga kirib kelmoqda, – deydi Abdurasul Abdullayev. – Jumladan, bugungi Amir Temur tavalludi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Zakovat” o‘yinlari bizni xursand qiladi. Buyuk bobomizning tarixini o‘qisangiz, u kishining qurdirgan imoratlari, ilm ahliga bo‘lgan ijobiy munosabati Ikkinchi renessans davri paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Amir Temur dunyo olimlarini bir yerga yig‘ib,

Batafsil
Amir Temur siymosiga avlodlar e’tirofi
Yangiliklar

Amir Temur siymosiga avlodlar e’tirofi

Amir Temur o‘zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug‘vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag‘ishlagan ulug‘ siymo hisoblanadi. Amir Temur Movarounnahr va Xurosonda o‘z yurti, xalqining kuch-qudratiga tayangan mustaqil va yagona davlat barpo etdi. Uning hukmronli davrida o‘lka madaniy yuksalishga yuz tutib, nafaqat musulmon olami, balki butun dunyo tamadduni rivojida o‘chmas iz qoldirdi.Darhaqiqat, Amir Temur – o‘zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug‘vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag‘ishlab kelayotgan ulug‘ siymolardan biridir. Sohibqiron tavallud topgan kun mamlakatimizda har yili ko‘tarinki ruhda keng nishonlanadi. Bu yil ham yurtimiz bo‘ylab ulug‘ sarkarda tavalludining 686-yilligi tadbirlari katta xursandchilik bilan o‘tkazilmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mazkur sana munosabati bil

Batafsil
Нурислом Тухлиев Иқтисод фанлари доктори, профессор
Yangiliklar

Нурислом Тухлиев Иқтисод фанлари доктори, профессор

Нурислом Тухлиев 1947 йил 6 майда Сурхондарё вилоятининг Жарқўрғон туманида туғилган. 1965 йили ўрта мактабни тамомлаб Самарқанд Давлат университетининг Тарих факультетига талабаликка қабул қилинган. 1969 йили Самарқанд Давлат педагогика институти “сиёсий иқтисод” (ҳозирги “Иқтисодиёт назарияси”) фани ўқитувчиси сифатида меҳнат фаолиятини бошлаган. 1970-1973 йилларда Ленинград (ҳозирги Санкт-Петербург) Давлат университетининг Иқтисод факультети “Сиёсийиқтисод” кафедрасининг кундузги таълим аспирантурасида таҳсил олган. 1973 йилда аспирантурани “сиёсий иқтисод” ихтисослиги бўйича номзодлик диссертациясини ҳимоя қилиш билан тугаллаб, Самарқанд Давлат педагогика институтида ўқитувчиликни давом эттирган.1974 йилдан Самарқанд вилоят партия комитети пропаганда ва агитация бўлими лектори, лекторлар гуруҳи раҳбари, бўлим мудири ўринбосари вазифаларида ишлаган. 1979 йил Ўзбекистон Компартияси Мар

Batafsil
Ko'rinish