O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

“Dinshunoslikning dolzarb muammolari”ga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi
Yangiliklar

“Dinshunoslikning dolzarb muammolari”ga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida respublikamiz ta’lim muassasalarida dinshunoslikka oid fanlarni o‘qitishni yanada takomillashtirish hamda mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash maqsadida “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusidagi an’anaviy respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.Mazkur konferensiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘laroq, dinshunoslik, tarix, falsafa, xalqaro munosabatlar singari dunyoviy ta’lim yo‘nalishlari hamda Qur’on ilmlari, hadisi sharif, islom huquqi, tasavvuf, islom tarixi, manbashunosligi kabi diniy ta’lim yo‘nalishlari bilan bog‘liq fanlarni rivojlantirishga oid amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar natijalari bilan ilmiy jamoatchilikni tanishtirish, respublikamiz ta’lim muassasalarida dinshunoslikka oid fanlarni o‘qitishni yanada takomillashtirish hamda mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-ta

Batafsil
Xalqimizning sevimli shoiri yod etildi
Yangiliklar

Xalqimizning sevimli shoiri yod etildi

26-aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan sanaBugun o‘zbek xalqining ardoqli shoiri Muhammad Yusuf tavallud kun munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z olganlar shoir xotirasini yod etib, uning o‘zbek adabiyoti rivojida tutgan o‘rni, she’riyatining o‘ziga xos qirralari haqida so‘z yuritishdi. Muhammad Yusuf hayoti va ijodi aks etgan viktorina o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.Shuningdek, poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida shoir haykali oldida Akademiya talabalari ishtirokida adabiy uchrashuv o‘tkazilib, elimizning sevimli shoiri yana bir bor yod etildi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
Yangiliklar

“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

So‘nggi yillarda raqamli ma’lumotlar xavfsizligi bilan bog‘liq xavflarning ortib borishi, davlat va jamiyat manfaatlari hamda fuqarolarning shaxsiy huquqlariga tahdid solishi – global raqamli boshqaruv uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda.Shu bois, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi hamda Kiberxavfsizlik markazi DUK hamkorligida “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida “Zamonaviy axborot kommunikatsiyalari texnologiyasi” kafedrasi mudiri Qurbon Raxmanov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Boshqaruvda AKT” kafedrasi professori Anvar Yo‘ldoshev, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK xodimi Farrux Huseinov, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbirda mazkur qonunni qabul

Batafsil
“Ziyo” media markazi tomonidan tayyorlangan videorolik Indoneziyada namoyish etildi
Yangiliklar

“Ziyo” media markazi tomonidan tayyorlangan videorolik Indoneziyada namoyish etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi tomonidan tayyorlangan “O‘zbekistonda ramazon shukuhi” nomli videoroligi Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Indoneziya elchixonasi bilan hamkorlikda Indoneziyadagi eng ulkan Istiqlol masjididagi katta ekranlarda namoyish etildi. Shuningdek, ushbu davlatdagi nufuzli internet saytlariga ham joylandi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
“Yangi O‘zbekistonning — lider qizlari”  ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Yangiliklar

“Yangi O‘zbekistonning — lider qizlari”  ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Xotin-qizlarning salohiyatini yuzaga chiqarish, amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda ularning yanada faol ishtirokini ta’minlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Qizlarning bilimdon, zamonaviy mutaxassis, islohotlarga daxldorligini oshirish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida turli ko‘rik-tanlovlar, sport bellashuvlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekistonning — lider qizlari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Akademiya rahbariyati, o‘qituvchi va xodimlar, talaba-yoshlar, mehmonlar ishtirok etdi.Ko‘rik-tanlovini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib berdi.Shundan so‘ng, talaba

Batafsil
Onlayn seminar mazmunli o‘tdi
Yangiliklar

Onlayn seminar mazmunli o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi tomonidan Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti professori, tarix fanlari doktori Laura Yerekesheva bilan hamkorlikda onlayn ilmiy seminar o‘tkazildi. “Конструирование знания о “Другом”: Запад и Восток в историческом контексте” (“Boshqa” haqidagi bilimlarni qurish: G‘arb va Sharq tarixiy kontekstda) mavzusida ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda magistrlari ishtirok etdi. Seminarda Laura Yerekesheva mintaqalarda ilmning vujudga kelishi, g‘arb va sharqda ilmning o‘zaro almashinuvi haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, ilk kitobatlar, yozma meroslar haqida batafsil to‘xtalib, ularning mazmuni, mohiyatini bayon etdi. Davra suhbatida Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi atroflicha javob berdi.Tadbir yaku

Batafsil
Trening mashg‘ulotlari yuqori kayfiyatda o‘tkazildi
Yangiliklar

Trening mashg‘ulotlari yuqori kayfiyatda o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.Akademiya psixologi Gulruh Gʻaniyeva hamda “Yosh psixologlar klubi” tomonidan tomonidan tashkil etilgan tadbirda o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etdi. Qiziqarli tadbirda talabalarga turli psixologik o‘yinlar, zamonaviy metodlar orqali treningdagi mavzular va ularning mazmuni haqida batafsil ma’lumot berildi.Trening talabalar o‘zlarining psixologik xususiyatlarini bilishi, potensial imkoniyatlari, ichki qo‘rquv va hayajonni yengish, jamoa bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish kabi xususiyatlarini rivojlantirish uchun xizmat qildi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan trenerlarga tashakkurnoma topshirildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi tadbirlar davom etmoqda
Yangiliklar

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi tadbirlar davom etmoqda

Farg‘ona viloyatidagi Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.Mazkur uchrashuvlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining o‘qituvchi-xodimlari ma’ruza qildi. Dolzarb mavzudagi tadbirlarda mahalla faollari, umumta’lim maktablarining pedagog-o‘qituvchilari ishtirok etdi.Akademiya vakillari D.Rahimjonov, A.Qambarov, D.Murodov, Sh.To‘xtiyev, M.Muhammadsiddiqov, Y.Shukurov, R.Isaqjonov, H.To‘ychiyeva, A.Turg‘unova, M.Mo‘minovalar bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida so‘z yuritishdi. Muloqotda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar yurt tinchligi va taraqqiyotida yoshlarning munosib o‘rni borligi, islom dinining insonparvarlik, tinchlik va do‘stlik kabi olijanob ta’limotlari hamda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularn

Batafsil
Akademiyaning yana bir o‘qituvchisi Ozarbayjon ilohiyot institutida ma’ruza qildi
Yangiliklar

Akademiyaning yana bir o‘qituvchisi Ozarbayjon ilohiyot institutida ma’ruza qildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasida o‘qituvchi Mohira Abdullayeva “Islamic Religous Media space of domain “uz” mavzusida Ozarbayjon ilohiyot instituti o‘qituvchi va talabalariga ma’ruza qildi. Ma’ruzada axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan muhim o‘zgarishlar, xususan, diniy jarayonlarga ta’siri, O‘zbekistondagi ko‘p millatli aholining o‘z dinlariga oid masalalarni internet orqali o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoji kabi masalalar haqida so‘z yuritildi.Mazkur mavzu institut jamoasi tomonidan katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi. Ma’ruza yakunida Ozarbayjon ilohiyot institutida ma’ruza o‘qigan va stajirovkadan muvafaqqiyatli o‘tgan talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandi.Akademiya vakillarining Ozarbayjon ilohiyot institutiga amalga oshirgan samarali xizmat safari shu bilan o‘z yakuniga yetdi.O‘zbek

Batafsil
Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Yangiliklar

Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti tyutorlari hamda talabalari “Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy merosi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etishdi.Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Abdurazzoq Obro‘y hamda yozuvchi Muhammadsiddiq Rahmatov Mahmudho‘ja Behbudiy hayoti va ijodi haqida o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Taniqli ulamo, jamoat arbobi Nasriddin Atoyev
Yangiliklar

Taniqli ulamo, jamoat arbobi Nasriddin Atoyev

Mamlakatimiz diniy sohasi og‘ir judolikka uchradi.Yurtimizda ko‘p yillar davomida islomiy ilm-ma’rifat taratib kelayotgan xalqimizning e’tiborli ulamolaridan Atoyev Nasriddinxon Mubinjon o‘g‘li 2022-yil 15-aprelda, muqaddas Ramazon oyining muborak juma kunida 64 yoshida vafot etdi.Xalqimizda eshonbobo nomi bilan mashhur bo‘lgan Nasriddinxon 1958-yil 15-may kuni Navoiy viloyati Nurota tumanida tug‘ildi. Bolaligidan boshlab imon-e’tiqodli oilada tarbiya topib, diniy ilmlarni chuqur o‘rgangan N.Atoyev mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z hayotini diniy qadriyatlarimizni tiklash va targ‘ib etishga bag‘ishlab, bu sohada alohida jonbozlik ko‘rsatdi. Oliy diniy bilim olish maqsadida Toshkent islom institutiga o‘qishga kirdi va 1996-yili muvaffaqiyatli tamomladi.Nasriddinxon eshonboboning umri ham ilm va hikmatda o‘tdi. Ilm va ezgulikka baxshida bo‘lgan hayot asrlarga tatiydi. Chunk

Batafsil
“Yashil makon” umummilliy tadbirlarida Akademiya jamoasi faol qatnashmoqda
Yangiliklar

“Yashil makon” umummilliy tadbirlarida Akademiya jamoasi faol qatnashmoqda

“Yashil makon” umummilliy harakati amalda!Ona tabiatga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat, uni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash, e’zozlash inson bolasining go‘daklik paytidanoq unga uqtirilishi kerak. Uning ong-u tafakkurida o‘zi yashayotgan, buyuk ajdodlaridan qolgan ozod va obod Vatanni munavvar aylash, ko‘rkiga ko‘rk, chiroyiga chiroy qo‘shish birinchi galdagi vazifa bo‘lib turishi lozim.Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” loyihasining ahamiyati, uning tub zamirida ham mana shunday maqsad mujassam. Zero, mazkur loyiha doirasida 1-martdan boshlangan “Yashil yillik” umummilliy tadbirlari orqali butun mamlakatimiz bo‘ylab bahor mavsumida 125 million to‘p mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgani e’tiborlidir. Bu, eng avvalo, insonlar qalbida undirilgan ertangi yorug‘ kunga umid, ezgu niyat nihollari bo‘lmoqda, desak hech mubol

Batafsil
Ko'rinish