3-MAY — JAHON MATBUOTI ERKINLIGI KUNI
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yilning 3-mayda Xalqaro matbuot erkinligi kunini nishonlash haqida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan. Mazkur sana, butun dunyoda bo‘lgani kabi, mamlakatimizda ham nishonlanadi.Mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, so‘z va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi davrda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga e’tibor tobora oshmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi barcha matbuot xodimlari va jurnalistlarni 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni bilan samimiy tabriklaydi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi
Batafsil
Mehr-oqibat, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan bayram
SHUKUH O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, xalqimizning ma’naviy hayotida alohida o‘rin tutadigan, muqaddas islom dinining ezgu g‘oyalarini o‘zida yaqqol ifoda etadigan bayram — Iyd al-Fitrni munosib nishonlash, jamiyatimizda insonparvarlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, saxovat va shukronalik tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarimizda yuksak fazilatlarni kamol toptirish maqsadida Ramazon hayiti 2022-yil 2–4-may kunlari mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanmoqda.Bu yilgi bayram, ayniqsa, o‘zgacha shukuh va fayz bilan o‘tmoqda. Buni odamlarning yuz-ko‘zlaridagi quvonch va tillaridagi shukronalik so‘zlaridan yaqqol anglash mumkin.Yana bir muhim jihat, Ramazon hayiti munosabati bilan davlatimiz rahbari nomiga ko‘plab xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan qutlov maktublari kelishi davom etmoqda, o‘z navbatida, Prezidentimiz tomonidan ham che
Batafsil
Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun!
Ma’lumki, bugungi kunda yurtimizning barcha sohalarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni asosida islohotlarning yangi bosqichiga qadam qo‘yildi. E’tiborlisi, ushbu yangilanishlarda muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Inson qadri uchun” tamoyili ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida: Eng avvalo, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish kabi muhim maqsadlar belgilangan. Sh
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning Ramazon hayiti munosabati bilan yo‘llagan BAYRAM TABRIGI
Assalomu alaykum, hurmatli jamoadoshlar! Muhtaram professor-o‘qituvchilar!Qadrli talaba-yoshlar! Mo‘min-musulmonlar oylarning sayyidi va eng fazilatlisi bo‘lgan Ramazon hayitini nihoyatda ko‘tarinki ruhda, qalblarda shukronalik bilan kutib olmoqda. Mehr-muruvvat, hamjihatlik, birodarlik kabi ezgu qadriyatlarni ulug‘lovchi mazkur ayyomning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Bu qutlug‘ kunda barchamiz, avvalo, yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka, oilalarimizdagi farovonlik uchun Alloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz. Shu fursatdan foydalanib, barcha jamoadoshlarimizni, tolib ilmlarni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.Azizlar! Ramazon oyi fazilatlarga boy. U hidoyat oyi bo‘lib, aynan shu oyda Qur’oni karim nozil bo‘lgan. Bu haqida Alloh taolo “Baqara” surasi 185-oyatida shunday marhamat qi
Batafsil
O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi
Qadrli vatandoshlar! Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni muborak Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.Qalblarimiz quvonchga va ezgu niyatlarga to‘lgan ushbu saodatli va munavvar damlarda avvalo shunday tabarruk kunlarga yetkazgani, bayramni tinch va osuda muhitda, oilamiz, el-yurtimiz bilan hamjihatlikda kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz. Xalqimiz asrlar davomida buyuk diniy qadriyat, saxovat va mehr-oqibat ramzi sifatida e’zozlab kelayotgan bu ulug‘ ayyom keyingi paytda ijtimoiy hayotimizda yanada mustahkam o‘rin egallab borayotgani albatta barchamizni xursand qiladi.Ayniqsa, bu yilgi Ramazon bayrami “Inson qadri va manfaatlari uchun” degan olijanob g‘oyani o‘zida mujassam etgan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot
BatafsilAkademiya Kengashining aprel oyidagi yig‘ilishi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda mehmonlar ishtirok etdi.Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Muntazam ravishda har oy o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi. Akademiya Kengashining 9-sonli navbatdagi majlisida esa joriy yil I choragi mobaynida Akademiyada amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z bordi.Akademiya rektori majlis ishtirokchilarini shukronalik, saxovat va m
Batafsil
Yurtga baraka bo‘lib kelgan oy
Bismillahir Rohmanir Rohim.Bizlarga Ramazon oyini, ro‘za tutishlikni farz qilib bergan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin. Bu amalni ummatga mukammal o‘rgatgan Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollollohu alayhi va sallamga salovot-u durudlarimiz bo‘lsin.Allohga behad shukronalar bo‘lsinki, yurtimiz mo‘min-musulmonlari bu yilgi muborak Ramazon oyini tinch va osuda, ko‘tarinki ruhda, kunduzlarini ro‘zador holda, kechalarini toat va ibodatda o‘tkazib, masjidlarda taroveh namozlarida qorilarimiz tomonidan o‘qilgan hatmi Qur’onlarda ishtirok etib, iymon va ixloslarini yanada ziyoda qildilar. Albatta, bu Allohning bizga bergan eng katta ne’mati va yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning sharofatidir.Shukrki, so‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangidan ochilayotgan masjid-madrasalar, qayta chiroy ochayotgan qad
Batafsil
Samaradorlikka yo‘l ochgan hujjat
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda strategiyani “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga doir davlat dasturining joriy yil I choragidagi ijrosi yuzasidan bajarilgan ishlar sarhisob qilindi.Dasturning “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalishida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga bir qator vazifalar yuklatilgan.Tadbir ishtirokchilari dastlab Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudovning ayni paytda amalga oshirib kelinayotgan ishlar haqidagi ma’lumotini tingladi.— Bugun yurtimizda ahill
BatafsilMatbuot anjumanida diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar haqida so‘z yuritildi
Bugun poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita a’zolari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari, soha mutaxassislari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda ushbu anjumanning o‘tkazilishi bejiz emas. Zero, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarning amalga oshirilish jarayonini muvofiqlashtirib borsa, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi soha mazmuni, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligi hamda zamonaviy, ilg‘or kadrlar bil
Batafsil
Malakali mutaxassislar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Lets Animate kompyuter grafikasi maktabi direktori Gulnara Nurmetova, Grafika va poligrafika dizayni bo‘yicha o‘qituvchi Abdumalik Xudoyberdiyev va Internet dizayni kursi o‘qituvchisi Shamsiddin Ganiyevlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda Akademiya “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchilari, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi.Dastlab soha vakillari o‘zlari faoliyat yuritayotgan tashkilot maqsad vazifalari, erishgan yutuqlari haqida ma’lumot berishdi. Shundan so‘ng, tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
“Yosh psixologlar klubi”ning navbatdagi debati o‘tkazildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yosh psixologlar klubi” tashkil etilgan. Klub tomonidan talabalar uchun turli davra suhbatlari, psixologik treninglar o‘tkazilmoqda.Jumladan, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Men psixologman” deb nomlangan debat bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Akademiya psixologi Gulruh Gʻaniyeva hamda talabalar ishtirok etdi. Davra suhbatini “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova kirish so‘zi bilan ochib berdi.Muloqot davomida talabalar o‘zlarining psixologik bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. O‘zaro savol-javob, qizg‘in bahs-munozaralar talabalar uchun foydali bo‘ldi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Birdamlik va e’tirofning yangi sahifasi
XALQARO HAMKORLIKSo‘nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ochiq va pragmatik tashqi siyosati, uzoq va yaqin davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash borasidagi tashabbuslari tufayli O‘zbekistonning do‘stlari, xayrixohlari xalqaro maydonda tobora ko‘payib bormoqda. Qo‘shni, yaqin va uzoq mamlakatlar bilan mutlaqo yangi – sog‘lom siyosiy va teng sheriklik asosidagi iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, yangi mexanizmlari joriy etilmoqda. Turkiy Davlatlar Tashkiloti ana shunday yangi muloqot maydonlaridan biriga aylanmoqda.Ta’kidlash joizki, turkiy xalqlar o‘rtasidagi yaqinlik nafaqat mushtarak madaniyat, til, din va o‘xshash qadriyatlar, balki qadimdan savdo aloqalari yo‘lga qo‘yilib, o‘zaro bordikeldi, hamkorlik qilib kelingani bilan ham izohlanadi. Bu rishtalar sobiq ittifoq davrida uzilib qolgan, cheklangan bo‘lsa-da, am
Batafsil