O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodologiyasining ahamiyati mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodologiyasining ahamiyati mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

Bugungi globallashuv davr insoniyatning zamon bilan hamnafas odimlashini talab etadi. Shu boisdan, turli soha mutaxassislari o‘z ona tilini mukammal bilish bilan bir qatorda, bir nechta xorijiy tillarda muloqot qila olishi maqsadga muvofiq.Xabaringiz bor, 2021-yil 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Unda Davlatimiz rahbari “Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy m

Batafsil
Harbiy xizmatchilar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
Yangiliklar

Harbiy xizmatchilar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Mudofaa Vazirligi “Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari” uchun “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida 72 soatlik malaka oshirish o‘quvlari boshlandi.Mazkur o‘quvlarda 20 nafar tinglovchidan iborat Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari ishtirok etmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari avvalgi kurslarda berilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan yangi o‘quv modullari bilan olib borilyapti.Tinglovchilarning mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida yurtimizda din sohasida olib borilayotgan islohotlar, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda qilinayotgan xayrli ishlar bilan bevosita tanishtirish uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, tinglovchilar malaka oshirish o‘quvlarining birinchi kuni O‘zbekis

Batafsil
Toshkentda “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi boshlandi
Yangiliklar

Toshkentda “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi boshlandi

Bugun “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi doirasida Toshkentda ko‘p millatli jamiyatda konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish sohasida tajriba almashish, diniy erkinlik masalalarida qonun ustuvorligini taʼminlash, turli din vakillari o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmatni mustahkamlash bo‘yicha ilg‘or amaliyot bilan tanishish yuzasidan ilmiy-amaliy seminarlarning birinchi kuni boshlandi.Tadbir O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, AQSH Global jalb qilish instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimiyatlari tomonidan tashkil etilgan.“Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi Prezident Shavkat Mirziyoyev tash

Batafsil
Akademiya jamoasi “Student’s Cup” musobaqasining nimchorak finalida
Yangiliklar

Akademiya jamoasi “Student’s Cup” musobaqasining nimchorak finalida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi hamkorligida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida mini-futbol bo‘yicha “Student’s Cup” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda yurtimizda faoliyat olib borayotgan 116 ta universitet va institut o‘z jamoasi bilan ishtirok etyapti.Jumladan, musobaqada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining talaba-yigitlaridan tashkil topgan jamoa ham muvaffaqiyatli qatnashmoqda. Dastavval, Akademiya jamoasi M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent shahridagi filiali jamoasini 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, navbatdagi bosqichda “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti bilan murosasiz bahs olib borishdi. Asosiy va

Batafsil
Ilmiy loyiha doirasida Buxorodagi noislomiy konfessiyalar faoliyati o‘rganildi
Yangiliklar

Ilmiy loyiha doirasida Buxorodagi noislomiy konfessiyalar faoliyati o‘rganildi

Globallashuv natijasida ro‘y berayotgan millatlar, irqlar va dinlararo muloqotning o‘ziga xos ahamiyat kasb etishi kontekstida, dinlarni o‘rganish yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ko‘p millatli hamda ko‘p konfessiyali yurtimizda mustaqillik yillarida din, bag‘rikenglik masalalariga katta e’tibor berilmoqda.Buning samarasi o‘laroq, yurtimizda dinshunoslik sohasi ham rivojlanmoqda. O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston dinshunoslik maktabi bazasi asosida yaratilgan dunyo dinlari tarixiga oid darslik, o‘quv qo‘llanma va boshqa adabiyotlarda buddaviylik, xristianlik, islom kabi jahon dinlari bilan bir qatorda urug‘-qabila dinlari va alohida millatlarga xos milliy dinlar tarixi, ta’limoti, manbalari va marosimlari umumiy tarzda tavsiflangan. Natijada, dunyo dinlariga xos muhim masalalar diqqat-e’tibordan chetda qolgan. Yillar mobaynida dunyo dinlari tarixini o‘rganish va o‘qitish jarayonida o

Batafsil
Xotira muqaddas
Yangiliklar

Xotira muqaddas

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Inson qadri ulug‘, xotirasi muqaddasdir!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Faxriylar kengashi xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi. Islomshunoslik fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirni fakultet dekani Jahongir Tohirov ochib berdi.Tadbir davomida harbiylar tinchlik bebaho ne’mat ekanligi, uni asrab-avaylash barchamiz uchun sharafli ekanligini ta’kidlashdi. Tinchlik, xotirjamlikni ta’minlashda jon fido qilganlarni xotirlash, yodga olish savobli amal ekani haqida so‘z yuritildi. Yoshlarga esa yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib, mamlakat rivojiga hissa qo‘shishlari zarurligini qayd etishdi.Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, yakunda ishtirokchilarga minnatdorlik bildirildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademi

Batafsil
Akademiya magistrantining ilk kitobi nashr etildi
Yangiliklar

Akademiya magistrantining ilk kitobi nashr etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistranti Ibrohim Nigʻmatullayev tomonidan yozilgan “Xristian konfessiyalarida diniy rutbalar iyerarxiyasi” nomli risola nashr etildi. Shu munosabat bilan kuni kecha Axborot-resurs markazida ushbu kitobning taqdimoti o‘tkazildi. Unda o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Mazkur risolaning muallifi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Magistratura bo‘limi “Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi 1-kurs magistranti Nigʻmatullayev Ibrohim hisoblanadi.“Xristian konfessiyalarida diniy rutbalar iyerarxiyasi” nomli risolada xristianlik dini taʼlimoti, diniy rutbalar iyerarxiyasi va ularning qiyosiy tahlili boʻyicha maʼlumotlar keltirilgan. Kitob mazkur sohaga qiziquvchilar, oliy oʻquv yurtlari tizimi “Dinshunoslik” yo‘nalishi talabalari, “Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi magistrantlari va mutaxassislar uchun moʻljallangan boʻlib, undan “Dinshunos

Batafsil
Inson qadri ulug‘, xotirasi muqaddasdir
Yangiliklar

Inson qadri ulug‘, xotirasi muqaddasdir

Ayni paytda 9-may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimiz bo‘ylab o‘zgacha ruhda nishonlanmoqda. Bu borada Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 29-aprelda “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmonining imzolanishi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.Mazkur hujjatda yurtimizda 9-may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirib, mehnat frontida jonbozlik ko‘rsatgan faxriylarimizga alohida e’tibor va ehtirom ko‘rsatish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlashga alohida ahamiyat qaratilgan.Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Inson qadri ulug‘, xotirasi muqaddasdir!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Marosimni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovat

Batafsil
Toshkent, Samarqand va Buxoroda “Deklaratsiyalar muloqoti” bo‘lib o‘tadi
Yangiliklar

Toshkent, Samarqand va Buxoroda “Deklaratsiyalar muloqoti” bo‘lib o‘tadi

Joriy yil 16-20 may kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi o‘tkaziladi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, AQSH Global jalb qilish instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridgi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimiyatlari tomonidan tashkil etilmoqda.“Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 2018 yil qabul qilingan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” Maxsus rezolyutsiyasida mustahkamlangan tamoyil va qoidalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi olib borayotgan izchil ishlarning bir qismi bo‘lib, 202

Batafsil
Nurislom Tuxliyev tavalludi munosabati bilan tabrik yo‘llandi
Yangiliklar

Nurislom Tuxliyev tavalludi munosabati bilan tabrik yo‘llandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariyati tomonidan Nurislom Tuxliyev tavalludining 75 yilligi munosabati bilan yo‘llangan tabrikni o‘qib eshittirdi.Unda olimning yarim asrdan ko‘proq faoliyatini ona Vatan taraqqiyotiga safarbar etgani, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan yuzlab shogirdlar tayyorlagani ta’kidlandi. Ilm-fan rivoji yo‘lidagi ezgu ishlariga yutuq va zafarlar yor bo‘lishi alohida e’tirof etildi.Fursatdan foydalanib, Akademiya jamoasi jonkuyar ustoz, yetuk olim Nurislom Tuxliyevning qutlug‘ 75 yoshi bilan muborakbod etadi. Ularga tan sihatlik, oilaviy xotirjamlik tilab qoladi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Uchinchi renessansni shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya  bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

Uchinchi renessansni shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nurislom Tuxliyev tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlab, “Uchinchi renessansni shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoniga 1-ilovada keltirilgan 100 maqsadning 73-maqsadida belgilangan “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans” doirasida tashkil etildi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Mu

Batafsil
Iqtisod fanlari doktori, professor Nurislom Tuxliyev
Yangiliklar

Iqtisod fanlari doktori, professor Nurislom Tuxliyev

Nurislom Tuxliyev 1947-yil 6-mayda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1965-yili o‘rta maktabni tamomlab Samarqand Davlat universitetining Tarix fakultetiga talabalikka qabul qilingan. 1969-yili Samarqand Davlat pedagogika instituti “siyosiy iqtisod” (hozirgi “Iqtisodiyot nazariyasi”) fani o‘qituvchisi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan. 1970-1973-yillarda Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) Davlat universitetining Iqtisod fakulteti “Siyosiy iqtisod” kafedrasining kunduzgi ta’lim aspiranturasida tahsil olgan. 1973-yilda aspiranturani “siyosiy iqtisod” ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan tugallab, Samarqand Davlat pedagogika institutida o‘qituvchilikni davom ettirgan.1974-yildan Samarqand viloyat partiya komiteti propaganda va agitatsiya bo‘limi lektori, lektorlar guruhi rahbari, bo‘lim mudiri o‘rinbosari vazifalarida ishlagan. 1979

Batafsil
Ko'rinish