Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama etildi
So‘nggi yillarda O‘zbekiston ichki siyosatida kuzatilayotgan keng qamrovli islohotlar, mamlakatning tashqi siyosatida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Yurtimiz xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida, mintaqa va global darajada faol tashqi siyosatni yo‘lga qo‘yib, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirmoqda. Bunday izchil, aniq va konstruktiv tashqi siyosatni xalqaro ekspertlar va kuzatuvchilar ham e’tirof etmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi va hamkorligini rivojlantirishning ijtimoiy va siyosiy jihatlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.Konferensiya “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil qilindi. Anjuman “Markaziy Osiyoda mintaqiy hamkorlikning rivojlanish tendensiyalari: ilmiy-nazariy yondashuvlar”, “Markaziy Osiyoda mamlakatlar ha
Batafsil
Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon
XALQARO SIMPOZIUMSo‘nggi yillarda O‘zbekistonda yurtimizdan yetishib chiqib, jahon ilm-fani va islom sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir allomalarning hayoti va ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish hamda keng jamoatchilikka targ‘ib qilish, ularning nomlarini xalq orasida ommalashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.Bugungi kunda yurtimizda faoliyat olib borayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari kabi muassasalar ushbu vazifani amalga oshirishda muhim o‘rin tutib kelmoqda.Xususan, buyuk mutafakkir ajdodimiz, mutakallim olim Imom Abu Mansur Moturidiy hamda u asos solgan ta’limotni xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish maqsadida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon” mavzuidagi II xalqaro onlayn ilmiy-amaliy simpozium
Batafsil
Moskva davlat universiteti professoridan mahorat darsi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining “Ijtimoiy psixologiya” kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori Tohir Bozorov tomonidan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.“Amaliy psixologiya va psixologik amaliyot” mavzusida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda Akademiya professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrantlari ishtirok etdi.Ushbu seminar Akademiya “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi bilan Moskva davlat universitetining Toshkent filiali o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari doirasida tashkil etildi. Olimning amaliy psixologiya va psixologik amaliyotni insonlarning kundalik turmushida qanday namoyon bo‘lishini psixologik yondashuv orqali o‘rganish g‘oyasi haqidagi metodologik va eksperimental materiallari soha mutaxassislari, anjuman qatnashchilari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Seminarda shaxsda diniy ong va diniy xulq-a
Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi tashkilotchilari tomonidan taqdirlandi
Yurtimizda 16-20-may kunlari “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Anjumanga turli xorijlik mehmonlar — din vakillari, taniqli dinshunoslar, din ulamolari, huquqshunoslar, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari, olimlar tashrif buyurdi.Ushbu jarayonlarda xorijlik mehmonlarga ta’lim muassasalar, tashkilotlardan tarjimonlar jalb etildi. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Bahodir Pirmuhamedov ham nufuzli forumga kelgan mehmonlarga chet (arab) tili bo‘yicha tarjimonlik qildi.Kuni kecha tarjimonlar guruhi a’zolari xalqaro forum tashkilotchilari tomonidan taqdirlandi.Shu munosabat bilan o‘qituvchimiz Bahodir Pirmuhamedovni tabriklab, olib borayotgan faoliyatlariga omad tilaymiz!O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyi o‘quvchisi fan olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyi o‘quvchisi Abdusattorov Dovud arab tili fanidan Al-Buxoriy respublika fan olimpiadasida ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda “Al-Bukhari University” oliy ta‘lim muassasasida grant asosida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.Shu munosabat bilan fan olimpiadasi g‘olibi bo‘lgan Akademik litseyimiz o‘quvchisi Abdusattorov Dovudni tabriklab, kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi
Batafsil
O‘zbekistonda din psixologiyasining ilmiy-nazariy va amaliy masalalari
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbekistonda din psixologiyasining ilmiy-nazariy va amaliy masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.Mazkur anjuman respublikamizda din psixologiyasi, uning shakllanishi, rivojlanishi va ushbu sohadagi dolzarb muammoli masalalarni o‘rganish bo‘yicha to‘plangan tajribani umumlashtirishga qaratilgan maqsadga muvofiq tashkil etildi.Konferensiyada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Moskava davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali, L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, Musulmonlarga psixologik xizmat ko‘rsatish assotsiatsiya Boshqirdiston bo‘limi, Rossiya islom instituti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ular
Batafsil
21-may - Axborot-kutubxona tizimi xodimlari kuni
Ushbu sana yurtimizda Axborot-kutubxona tizimi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Sana munosabati bilan kutubxonachilarni ko‘p yillik halol mehnati, axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi e’tiborga olinib, munosib rag‘batlantiriladi.Bu borada 2019-yil 23-avgust “O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona tizimi xodimlari kunini belgilash to‘gʻrisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan. Mazkur qonun uzoq yillar tizimda xizmat qilayotgan xodimlarni rag‘batlantirish, kutubxonachi kasbining nufuzini oshirish, kutubxona ishiga yosh, iqtidorli, ilg‘or kadrlarni jalb etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish asosida axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.Yurtimizdagi barcha tashkilotlar, ta’lim muassasalarida Axborot-kutubxona tizimi yo
Batafsil
Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.Mazkur anjuman “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomondan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini amalga oshirish borasida belgilangan vazifalarga muvofiq tashkil etildi.Konferensiyaning maqsadi diniy-ma’rifiy sohani raqamlashtirishning nazariy muammolari va axborot xavfsizligini ta’minlashda sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni, kibermakonda axborot xavfsizligini ta’minlash muammolari, shuningdek, sohada zamonaviy innovatsion va pedagogik texnologiyalarni qo‘llanilishiga oid amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar hamda tadqiqotlar natijalari bilan keng jamoatchilikni tanishtirishdan iborat.Anjuman “Diniy-ma’r
Batafsil
Sharq allomalarining islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi
Mamlakatimiz dunyo tamadduni va islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar yurti sifatida shuhrat qozongan. Ajdodlarimiz bebaho merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ezgu ishlar O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirish, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Ana shunday ezgu islohotlarni davom ettirish borasidagi ishlar qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Sharq allomalarining islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazi, O‘z
Batafsil
Buxoroda “Deklaratsiyalar muloqoti” forumi boshlandi
Tadbirda ilmiy-amaliy seminarlar sarhisob qilinib, e’tiqod erkinligi va dinlararo muloqotni ta’minlash masalalari bo‘yicha fikr almashiladi.Kelgusidagi hamkorlik istiqbollari belgilanadi. Tadbir doirasida shuningdek, diniy bag‘rikenglik, e’tiqod erkinligi g‘oyalarini xalqaro darajada qaror toptirish maqsadida 2016 – 2020-yillarda qabul qilingan Marokash, Makka, Jakarta, Potomak, Punto-del-Esteda deklaratsiyalarining taqdimoti o‘tkaziladi. Ularning mazmun-mohiyati muhokama qilinadi.Forum yakuni bo‘yicha “Buxoro deklaratsiyasi” qabul qilinib, O‘zbekiston tajribasidan kelib chiqib jahon hamjamiyati bilan dunyoda ma’rifat va diniy bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirish, shuningdek, turli dinlar o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA
Batafsil
Akademiyada respublika esselar tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘limiz bilan bunyod etamiz” shiori ostidagi respublika esselar tanlovining “Yangi O‘zbekiston — yangi maqsadlar” mavzusidagi Akademiya bosqichi o‘tkazildi.Ma’lumki, yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuygʻusi, bagʻrikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʻlgan qatʼiy ishonch va qarashlar, buyuk maqsadlarga ega shaxslar sifatida tarbiyalash, Uchinchi Renessans poydevorini qurishda yoshlarning faol ishtiroki va daxldorlik fazilatlarini shakllantirish maqsadida Oliy taʼlim muassasalarining bakalavr taʼlim yoʻnalishi talabalari oʻrtasida esselar tanlovi tashkil etildi.“Yangi O‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘limiz bilan bunyod etamiz!” shiori ostida joriy yilning 28-apreldan 6-mayigacha Akademiyada o‘tkazilgan respublika esselar tanlovining
Batafsil
TAHDIDLARGA QARSHI XALQARO, UYUSHGAN HARAKATLARNI AMALGA OSHIRISH ZARUR Toshkentda “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ish boshladi
O‘ZBEKISTON TASHABBUSLARI – AMALDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar, AQSH Global jalb qilish institutlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari hamkorligida tashkil etilgan forumda Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika mamlakatlari va AQSH yetakchi din ulamolari, ilohiyotshunoslari, huquqshunoslari va boshqa rasmiy vakillar ishtirok etmoqda.“Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi Prezidentimiz tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 2018-yil qabul qilingan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyutsiyasida mustahkamlangan tamoyil va qoidalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha O‘zbekiston olib borayotgan izchil ishlarning bir
Batafsil