Akademiya magistrantining kitobi taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ziyorat turizmi: ruhiy quvvat va ma’naviy ozuqa” nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi.Akademiya magistranti Jasurbek Abduqodirov muallifligidagi mazkur kitob “Islomda ziyorat tushunchasi va uning odoblari” va “Ziyoratgohlarning inson shaxsiy qadriyatlaridagi o‘rni” kabi boblarga bo‘lingan.Taqdimotda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri, yosh tadqiqotchining ilmiy rahbari Mirodil Haydarov, kafedra professor-o‘qituvchilari, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Toxirov, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti Anvar Xudoyorov, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Durbek Rahimjonov, Axborot-resurs markazi xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.Risola ziyorat tushunchasi va uning mohiyati, islom dinida ziyorat qilishga munosabat va uning odo
BatafsilO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Vatanni sevmoq imondandir” mavzusida esselar tanlovi o‘tkazildi
Bugungi kunda yurtimizda yoshlarni milliy qadriyatlar, an’analarimizga sodiq ruhda tarbiyalash, Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi salbiy illatlarni yoshlarga tushuntirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning zamonaviy shakl, usul va vositalarini hayotga keng tatbiq etish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga binoan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Musulmonlar idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom bilim yurtlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi akademik litsey va Toshkent islom in
Batafsil
Muftiy hazratlariga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Faxriy doktori” unvoni berildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Kengashi qaroriga asosan islom dini ma’rifatini keng yoyish hamda ilmiy-ma’naviy yo‘nalishdagi faoliyatini e’tirof etgan holda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarovga “Faxriy doktor” unvoni berildi.Bugun, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Faxriy doktori unvonini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov topshirdi. Rektor o‘z so‘zida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan so‘nggi yillarda, barcha sohalar qatori, diniy-ma’rifiy jabhada juda katta ishlar amalga oshirilayotganiga alohida to‘xtaldi.Jumladan, yurtimiz ulamolarining respublika va dunyo miqyosida faoliyat ko‘lami kengayib borayotgani, nufuzi kun sayin ortib borayotgani, xususan, o‘tgan Ramazon oyida
Batafsil
Talaba va magistrlarga imtihon jarayonlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalari uchun Davlat attestatsiyalari hamda magistratura mutaxassisligi dissertatsiya himoyalari o‘tkazilmoqda. Bitiruv imtihonlari ochiq, haqqoniy, adolatli tashkil etilib, talabalar tahsil davomida olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda. Quyida imtihon jarayonlari aks etgan fotoreportaj bilan tanishishingiz mumkin.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Doktor Hamza Bakriy ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida professor, doktor Hamza Bakriy ishtirokida “Qo‘lyozma manbalarni tadqiq qilish” hamda “Kalom ilmi” mavzularida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvda tinglovchilar qo‘lyozmalar, ularni o‘qish hamda ularga oid atamalar, qo‘lyozmani tanlash, shuningdek, aqidaviy ta’limotlarning vujudga kelishi va shakllanish bosqichlari tarixiga oid ma’lumotlar bilan o‘z bilim va malakalarini kengaytirishdi.
Batafsil
Akademiya magistrantlariga sayyor dars o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor, filologiya fanlari doktori Zohidjon Islomov tomonidan Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik mutaxassisligi 1-bosqich magistrantlariga “Yozuv tarixi va kitobat san’ati” fanidan amaliy dars mashg‘uloti tashkil etildi. O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida o‘tkazilgan sayyor dars davomida magistrantlarga tashkilot xodimlari tomonidan qo‘lyozmalar fondining tashkiliy tuzilmasi, bino va bo‘limlar faoliyati tanishtirildi. Magistrantlar fondda saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalar bilan ishlash jarayonini kuzatishdi. Sayyor dars davomida Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan noyob manbalar, jumladan, Langar Qur’onining (VIII asr) faksimile, XIII asrda ko‘chirilgan noyob qo‘lyozma hamda Alisher Navoiyning XV asrga taalluqli qo‘lyoz
Batafsil
Akademiya kengashining navbatdagi majlisida muhim masalalar muhokama etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi. Akademiya rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov o‘z so‘zida navbatdagi majlis ham amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishda muhim ekanini ta’kidladi.Tadbir avvalida “Xalqaro munosa
Batafsil
Akademiya jamoasining harbiy soha xodimlari uchun o‘tkazilgan seminar-treninglardagi faol ishtiroki e’tirof etildi
Yurtimizda ilk marotaba harbiy soha tizimi xodimlarini ilmiy salohiyatini oshirish chora-tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari tomonidan “Ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish mexanizmlari” mavzusida amaliy seminar-treninglar o‘tkazilib kelinmoqda.Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati hamda jamoasiga amaliy hamkorlik uchun minnatdorlik bildirilib, esdalik nishoni berildi.Yo‘llangan tashakkurnomada ilk marotaba harbiy soha tizimi xodimlarini ilmiy salohiyatini oshirish chora-tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan seminar-treninglarda Akademiya jamoasining faol ishtirok etayotgani e’
Batafsil
Akademiya talabalar teatr studiyasi yana sahnada
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining talabalar teatr studiyasi tomonidan Akademiyada O‘zbekiston san’at arbobi Jo‘ra Mahmudovning “Sadoqat” asari asosida sahnalashtirilgan spektakli yig‘ilganlarga taqdim etildi.Unda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Mazkur tadbir talaba-yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish, iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil etildi.Spektakl yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan har bir rol tengdoshlarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.Shuningdek, Akademiya talabalar teatr studiyasi a’zolarining erishayotgan yutuqlari rektor tomonidan e’tirof etildi. Ma’lumki, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirli
Batafsil
Akademiya professor-o‘qituvchilari “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida yoshi ulug‘ insonlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash, ularning ko‘p yillik xizmatini munosib taqdirlash nazarda tutilgan.Farmonga muvofiq, nuroniylarni rag‘batlantirish maqsadida “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonining ta’sis etilgani bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.Yurtimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, huquq va boshqa sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan keksa yoshdagi yurtdoshlarimiz “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilda ham yuzlab professor-o‘qituvchilar
Batafsil
Akademiya rahbariyati ishtirokida “Futbol shou”si o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya talabalar terma jamoasi hamda rektor Muzaffar Komilov boshchiligidagi rahbariyat jamoasi o‘rtasida “Futbol shou”si o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur shou tadbir talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, mutasaddi rahbarlar hamda talabalar o‘rtasida samimiy muloqot, yoshlarda ko‘tarinki kayfiyat paydo qilish maqsadida tashkil etildi. Bayramona ruhda bo‘lib o‘tgan bellashuv tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Asosiy vaqtda 4:4 hisobi qayd etilgach, penaltilar seriyasida rahbariyat jamoasining qo‘li baland keldi. Uchrashuvdan so‘ng kuni kecha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostidagi mini-futbol bo‘yicha “Student’s Cup” musobaqasining Toshkent shahar bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Akademiya jamoasi taqdirlandi. Talabalarga faxriy yorliq va pul mukofoti tops
BatafsilGloballashuv jarayonida islomni tushunish muammolari
Yurtimizda turli sohalar qatori diniy-ma’rifiy yo‘nalishda ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarda buyuk allomalar merosini tadqiq etishni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida bir qancha xalqaro maqomdagi tadqiqot markazlarini ochilgani, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha benazir O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilishi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi xalqimiz ma’naviy hayotida muhim voqelik bo‘ldi. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi tomonidan “Globallashuv jarayonida islomni tushunish muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya o‘tkazildi. Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Globallashuv jarayonida
Batafsil