“Vatanni sevmoq imondandir” mavzusidagi esselar tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Musulmonlar idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom bilim yurtlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi akademik litsey va Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari o‘rtasida “Vatanni sevmoq imondandir” mavzusida esselar tanlovi o‘tkazilmoqda.Jamiyatimizga yetuk, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirish, ertamiz egalarining intellektual salohiyatini oshirish, ularning o‘z qobiliyatlarini namoyon etishlariga imkoniyat yaratish, jamoatchilik, fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, yoshlar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, i
Batafsil
NAJMIDDIN NIZOMIDDINOV TALABALAR DAVRASIDA
Xabaringiz bor, kuni kecha “Shuhrat” medali sohibi, “Bobur xalqaro mukofoti”ning sovrindori, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, filologiya fanlari doktori Nizomiddinov Najmiddin Gʻulomovich tavalludi Akademiya rahbariyati va jamoasi tomonidan qutlandi.Shu bois, olimning 75 yillik yubileyini keng nishonlash maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faollar zalida “Hayot haqiqati” mavzusida ustoz yubileyiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, ustozning hamkasblari va shogirdlari, xodimlar ishtirok etdi.Tadbirda Najmiddin Nizomiddinov talabalarga o‘zining hayoti va ijodi, yoshlik yillari, ilm-fanga bo‘lgan ishtiyoqi, ajdodlar ilmiy-ma’naviy merosini tadqiq etib, xalqimiz, ayniqsa, yosh-avlodga yetkazishdek mas’uliyatli vazifani bekamu ko‘st bajarib kelayotganini so‘zlab berdi.Shuningdek, butun umrini ilm-fa
BatafsilAkademiya o‘qituvchisi “Faol mehnatlari uchun” medali bilan taqdirlandi
Bugungi kunda jamiyat hayotining barcha jabhasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, teng huquqlilik hamda hamjihatlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, falsafa fanlari bo‘yicha PhD Mo‘minjon Xo‘jayev O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi tomonidan “Faol mehnatlari uchun” medali bilan taqdirlandi. Qozoq milliy madaniy markazi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan taqdirlangan Akademiya o‘qituvchisining O‘zbekistondagi qozoqlarning falsafasi, ilmiy merosi, urf-odati, madaniy hayotiga doir olib borgan uzoq yillik samarali ilmiy tadqiqotlari hamda o‘zbek va qozoq xalqlari o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof eti
Batafsil
Qohira anjumani: O‘zbekiston tajribasi islom ulamolari e’tirofida
XALQARO HAMKORLIKMisr ko‘hna diyor, buyuk tarix va g‘oyalar orasidagi kurashlarga shohid eng qadimiy ibrat sahnasidir. Ushbu zamin haqida Qur’oni karimda ham besh oyatda ishora kelgan. Ilm va hikmat gulshani bo‘lgan bu yurtda ming yildan ziyod tarixga ega Azhari sharif dorulfununi musulmon dunyosiga yirik ulamolarni yetishtirib berishi bilan ma’lumu mashhur. Ayni damda ham Al-Azhar musulmon olamidagi eng obro‘li ta’lim dargohlaridan biridir.O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik ko‘p asrlik boy tarixga ega. Movarounnahr va Misr diyorida yashab ijod qilgan ulug‘ bobokalonlarimizning noyob ilmiy-ma’rifiy merosi butun musulmon olami bebaho boyligi hisoblanadi. Buyuk ajdodimiz Ahmad Farg‘oniy Misrda yashab, ko‘plab kashfiyotlar qilgan. Jumladan, alloma bunyod etgan, Nil daryosi suvini o‘lchaydigan “Miqyosi Nil” inshooti Misr xalqi farovon hayoti va davlat taraqqiyotiga xizmat qil
Batafsil
BUGUN TUGʻILGAN KUN – NAJMIDDIN NIZOMIDDINOV
Bugun, 10-iyun – “Shuhrat” medali sohibi, “Bobur xalqaro mukofoti”ning sovrindori, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Najmiddin Nizomiddinov tavallud topgan kun.Shu munosabat bilan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi mehribon ustoz, samimiy inson Najmiddin Nizomiddinovning tabarruk 75 yoshga to‘lganlari munosabati bilan muborakbod etadi. U kishiga uzoq umr, oilaviy totuvlik, sihat-salomatlik tilab qoladi.Butun umrini ilm-fanga baxshida etib kelayotgan kamtarin, xokisor va zahmatkash Ustozning ibratli hayot yo‘li barchaga namuna bo‘lib kelmoqda. Zero, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Hind filologiyasi fakultetida o‘qish bilan birga Hindistondagi Lakhnau universiteti magistraturasida ham tahsil olganlar. Ko‘p yillar mobaynida Hindistonda xizmat sa
Batafsil
O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar xalqaro konferensiyada yuksak e’tirof etildi
8-iyun kuni Qohirada davom etayotgan xalqaro anjumanning asosiy qismida Muftiy Nuriddin domla hazratlari nutq qilib, Islom ma’rifatini to‘g‘ri yetkazish va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi turish borasidagi O‘zbekiston tajribasini bayon etdilar.Ma’ruzada “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida ekstremistik g‘oyalar ta’siridan xalqimizni himoya qilishda sof Islom aqidasini keng yoyish, chiroyli pand-u nasihat qilish va aholi ilm-ma’rifatini boyitishga katta urg‘u qaratilayotgani alohida qayd etildi.Ayniqsa, Qur’oni karimni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlanish uchun O‘zbekistonning har bir hududida tajvid kurslari tashkil etilgani ishtirokchilarga manzur keldi.Muftiy hazratlari kechirimlilik siyosati tufayli mamlakatda ekstremistik guruhlarga aloqador deb hisoblangan fuqarolar, o‘z qilmishidan pushaymonligi va to‘g‘ri yo‘lga kirganligini hisobga olinib, maxsus hisobdan chiqarilgani
Batafsil
Do‘stlik va hamjihatlik bellashuvi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mini futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Mazkur bellashuv O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamkorligida ikki oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etildi.O‘zaro hurmat va do‘stona ruhda o‘tgan bahs durang natija bilan yakunlandi. Futbol bellashuvi tomoshabinlardan katta taassurot qoldirdi.O‘yindan so‘ng Akademiya rahbariyati tomonidan mehmonlarga kechki taom dasturxoni yozildi. Mutasaddilar tomonidan bu kabi hamkorlik aloqalari kelgusida ham davom ettirilishi ta’kidlandi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Doktor Hamza Bakriy ishtirokida tashkil qilingan mahorat darslari yakunlandi
Ilm insonni ulug‘laydi. Shubhasiz dunyo hikmat va ma’rifatga to‘la. Ilmni to‘g‘ri anglashga ko‘makdosh ustozning mahorati, ilm dunyosining boyligi, tajribasiga bog‘liq. Hozirgi zamonamizning shunday ustozlari sirasiga Kalom va islom falsafasi bo‘yicha yetuk olim, Doktor Hamza Bakriyni kiritishimiz mumkin.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Doktor Hamza Bakriy ishtirokida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi bir qator masjid imomlari va ilmiy xodimlar uchun mahorat darslari o‘tkazildi. Mahorat darsida ma’ruzachi tomonidan tinglovchilarga aqidaga oid masalalar, mazhab, shuningdek, zamonamizning turli ixtilofli masalalari va ularning yechimlariga oid ilmiy ma’lumotlar taqdim etildi. Mahorat darslari barchaga manfaatli bo‘lgani tinglovchilar tomonidan alohida e’tirof etildi.Doktor Hamza Bakriyning O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot mark
Batafsil
“Vatanni sevmoq imondandir” mavzusidagi esselar tanlovining Akademiya bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Yurtimizda yoshlarni milliy qadriyatlar, an’analarimizga sodiq ruhda tarbiyalash, Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi salbiy illatlarni yoshlarga tushuntirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari o‘rtasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Vatanni sevmoq imondandir” mavzusida esselar tanlovining birinchi – Akademiya bosqichi o‘tkazilgan edi. Bugun esa 80 nafarga yaqin talabalar ishtirok etgan tanlovning yakuniy natijalari e’lon qilindi. Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, tanlovda ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorlik bildirdi. Vatanni sevish, uning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish har bir fuqaroning burchi ekanligini ta’kidladi. Ay
Batafsil
Milliy va ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida ayollarning o‘rni
Asrlar davomida ayolni e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish o‘zbek xalqiga xos fazilat bo‘lib kelgan. Shu ma’noda yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni davlat va jamiyat boshqaruviga keng jalb qilishga alohida e’tibor berilmoqda.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Milliy va ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida ayollarning o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladigan anjumanni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari doktori Zohidjon Islomov kirish so‘zi bilan ochib berdi.– Ayol-qizlarning e’zozlanishi ayniqsa, hadisi shariflarda yaqqol ko‘zga tashlanadi, – deydi filologiya fanlari doktori Zohidjon Islomov. – Yurtimiz
Batafsil
Doktor Hamza Bakriy ishtirokida tashkil qilingan malaka oshirish kurslari yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida doktor Hamza Bakriy ishtirokida tashkil qilingan “Qo‘lyozma manbalarni tadqiq qilish ilmiga kirish” hamda “Kalom ilmi” mavzularidagi malaka oshirish kurslari o‘z yakuniga yetdi. O’quv yakunida diniy sohadagi ilmiy-tadqiqot hamda ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan 60 dan ziyod tinglovchiga o‘quv kurslarini tamomlagani haqidagi sertifikatlar taqdim qilindi. Malaka oshirish kurslarida ishtirok etgan mutaxassislar tomonidan mashg‘ulotlar o‘ta samarali hamda foydali bo‘lgani alohida ta’kidlab o‘tildi.
Batafsil
“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi bosqichi yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi bosqichi yakunlandi.Shu munosabat bilan Akademiya majlislar zalida bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokir Ro‘ziyev, Akademiya “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi rahbari Bekzod Muxtarov, o‘quv kursi professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etdi. Tadbirda Zohidjon Islomov tinglovchilarni o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan tabrikladi. Ilm olish fazilati, ilm olish har bir yosh-u qari uchun zaruriy amal ekanligi, yosh avlod ta’lim-tarbiyasida ota-ona mas’uliyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.Uchrashuv yakunida 60 nafar tinglovchiga “Qur’oni karim
Batafsil