Akademiyada bitiruv tadbiri o‘tkazildi
Dunyo tamadduni rivojini zamonaviy bilim va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yoshlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bois, yoshlarning iqtidorini aniqlash va uni rivojlantirish muhim masalaga aylangan.Darhaqiqat, yurtimizda ham keyingi yillarda o‘g‘il-qizlarga o‘z imkoniyatlarini namoyish etishi uchun zarur imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ajdodlarimizning boy merosini o‘rganib, har taraflama yetuk, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan barkamol avlodni voyaga yetkazishda salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘zining navbatdagi bitiruvchilarini yoshlar hayotidagi yangi davri sari kuzatmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!” mavzusida bitiruv tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining
Batafsil
“Vatanni sevmoq iymondandir” insholar tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandilar
“VATANNI SЕVMOQ IYMONDANDIR” INSHOLAR TANLOVI OAVDA KENG YORITILDITaassurotga boy damlarMamlakat va jamiyat taraqqiyotini ilmli kadrlar belgilaydi. O‘qish-o‘rganishning eng muhim pallasi esa yoshlikdir! Chunki bu davrda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabi hech qachon unutilmaydi. Ana shu bois, yurtimizda yoshlarning har tomonlama barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishlari, kasb-hunar egallashlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda, ezgu maqsadlarda turli tadbirlar, fan olimpiadalari va tanlovlar o‘tkazilmoqda.Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida ushbu idora tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida uyushtirilgan “Vatanni sevmoq iymondandir” nomli insholar tanlovi ham ayni shu maqsadda tashkil etildi.Imtihon
Batafsil
MUNOSIBLAR SARALANIB, RAGʻBATLANTIRILDI
“VATANNI SЕVMOQ IYMONDANDIR” INSHOLAR TANLOVI OAVDA KENG YORITILDIPrezidentimiz tashabbusi bilan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va oʻrta maxsus diniy taʼlim muassasalarining talaba-oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Vatanni sevmoq iymondandir!” mavzusidagi insholar tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlashga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilib, mamlakatimizning barcha hududini qamrab olgan mazkur tadbirda markaziy studiyadan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, akademik Akmal Saidov, Din ishlari bo
Batafsil
VATANNI SЕVMOQ IYMONDANDIR!
“VATANNI SЕVMOQ IYMONDANDIR” INSHOLAR TANLOVI OAVDA KENG YORITILDIOliy va oʻrta maxsus diniy taʼlim muassasalari talaba-oʻquvchilari oʻrtasida shu mavzuda oʻtkazilgan insholar tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari taqdirlandi.Mazkur tanlov Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etildi.Tantanali taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, akademik Akmal Saidov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiq Toshboyev, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov hamda masofadan turib Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining
Batafsil
“Tafakkur egalari – kelajak liderlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Bugun, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida xalqimizning sevimli xonandasi, o‘zining betakror ijodi bilan muxlislari olqishiga sazovor bo‘lib kelayotgan Shuhrat Daryo ishtirokida “Tafakkur egalari – kelajak liderlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Akademiyada o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan turli ko‘rik-tanlov va musobaqalarda talabalarning faol ishtirok etayotgani, ayniqsa, o‘zining iqtidori bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib, ko‘plab yutuqlarga erishayotgan iste’dod sohiblari e’tirof etildi. Shu nuqtai nazardan, talabalar qo‘lga kiritayotgan har bir yutuq, g‘oliblikka munosib ko‘rilgani zamirida jonkuyar, mehnatkash, o‘
Batafsil
“Haj – 2022” mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
So‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohada ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Davlatimiz rahbari tomonidan bu sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda.Buni biz joriy yildan umra va haj ibodatlarini yana qayta yo‘lga qo‘yilganligi misolida ham ko‘rishimiz mumkin.Umr safari — Hajni niyat qilgan bir guruh yurtdoshlarimiz, dastlab, poytaxtimizdagi "Navza" masjidida jam bo‘ldilar. So‘ngra guruh rahbarlari boshchiligida maxsus avtobuslarda tashkiliy ravishda Toshkent xalqaro aeroportiga yo‘l oldilar.Ziyoratchilarimiz uchun aeroportda barcha xizmatlar yuqori saviyada tashkil etildi. Hojilarimiz har qadamda Haj mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish uchun jalb etilgan mas’ullarning e’tibor va ko‘magini his etdilar. Ular uchun kutish zalida bepul nonushta tashkil etildi.Qalbi quvonchga, tili shukronaga to‘la dastlabki guruh yurtdoshlarimiz muborak Haj ibodatini ado etish uchun Toshkent-Madina y
Batafsil“Vatanni sevmoq iymondandir” insholar tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Vatanni sevmoq iymondandir” insholar tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, senator Qudratilla Rafiqov, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, Muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, shoir va yozuvchilar, olimlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirok etdi.Shuningdek, oliy va o‘rta maxsus is
Batafsil
“Haj-2022” mavsumi ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi majlislar zalida “Haj – 2022” mavsumida xizmat ko‘rsatadigan ishchi guruhi, shifokorlar va oshpazlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Ta’kidlash kerakki, ikki yillik pandemiyadan so‘ng bu yildan e’tiboran umra va haj ziyoratiga yo‘l ochildi. Bu, shubhasiz, millionlab insonlarning qalbiga xursandchilik olib kirdi. Yanada quvonarlisi, haj ibodatiga boruvchi ziyoratchilar soni qariyb 4 ming nafar, 52 foizga ko‘paydi. Albatta, bunda davlatimiz rahbari tomonidan diniy-ma’rifiy sohaga berilayotgan e’tiborning yuksak namunasi desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.Tadbirda ziyoratchilarning ibodatlari mukammal bo‘lishi uchun ularga qulay shart-sharoitlarni muhayyo qilish borasida Makka va Madina shaharlaridagi haj ishchi guruhi a’zolari, guruh rahbarlari va shifokorlar belgilangan vazifalarni tartibli va mukammal bajarishlari juda ham zarur ekani qayd etildi.Yig‘ilish
Batafsil
“Vatanni sevmoq iymondandir” insholar tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi
16-iyun kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Vatanni sevmoq iymondandir” insholar tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning hududiy bosqichida g‘olib bo‘lgan 45 nafar talaba qatnashdi.“Vatanni sevmoq iymondandir” mavzusida insho yozish jarayonidan so‘ng kun davomida belgilangan dastur bo‘yicha talabalar “Temuriylar tarixi” hamda “Aloqa tarixi” muzeyiga tashrif buyurishdi. Shundan so‘ng ular uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirildi. 17-iyun kuni tanlov g‘oliblari taqdirlanadi.Tanlovga oid yangiliklarni saytimizda yoritib boramiz.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
“VATANNI SEVMOQ IYMONDANDIR” INSHOLAR TANLOVI QIZG‘IN PALLAGA KIRDI
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Xalqaro islom akademiyasi hamkorligida oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Vatanni sevmoq iymondandir” insholar tanlovining respublika bosqichi qizg‘in pallaga kirdi.Ishtirokchilar dastlab poytaxtimizdagi “Chinobod plaza” sanatoriyasida ziyolilar bilan muloqotlar o‘tkazdi. Yoshlar bu yerda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xurshid Do‘stmuhammad, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov va boshqalar bilan mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida suhbatlashdi.O‘zbek Milliy akademik drama teatridagi “Jaloliddin Manguberdi” spektakli namoyishi, “Tashkent city”ga sayohat barchada katt
Batafsil
Diniy soha rahbarlari tanlov ishtirokchilari bilan uchrashdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasida “Vatanni sevmoq imondandir” insholar tanlovi respublika bosqichi ishtirokchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Tadbir an’anaga ko‘ra Qur’oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi.Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov talaba-yoshlarni nufuzli tanlovdagi ishtiroklari bilan qutlab, yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikning asosiy tamoyillari, yoshlarning ma’naviyati, ilmini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, sohadagi so‘nggi yangiliklar bo‘yicha ma’lumot berdi.O‘zbekiston musulmonlari idorasiMatbuot xizmati
Batafsil
Huquqiy targ‘ibot tadbiri
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Shayxontohur tumani Adliya bo‘limi xodimlari Dilshod Tog‘ayev, Abdulmalik Shukurullayev ishtirokida huquqiy targ‘ibot doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Akademiya profilaktik inspektori Asror Abduvaliyev, Yoshlar ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov, guruh tyutorlari hamda talabalar ishtirok etdi.Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish, mazkur illatdan uzoq yurish, qonunchilikda chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud ekani, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularning oldini olish, turli g‘arazli kimsalar tuzog‘iga ilinib qolmaslik, xushyor va ogoh bo‘lish davr talabi kabi mavzularda soha vakillari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.Shuningdek, bugungi globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarni oldini ol
Batafsil