O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi magistranti "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Yangiliklar

O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi magistranti "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 28-iyundagi [PQ-297-son] qarori bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 1-bosqich magistranti Muxammadjonov Xojiakbar Zafarjon o‘g‘li "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi."Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiya tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi iqtidorli yigitlarga fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlarida erishgan yutuqlari uchun topshiriladi.Ma'lumot o‘rnida, "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomi hamda ko‘krak nishoni bilan birgalikda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Muhim masalalar tahliliga qaratilgan navbatdagi majlis o‘tkazildi
Yangiliklar

Muhim masalalar tahliliga qaratilgan navbatdagi majlis o‘tkazildi

Bugun, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Tanqidiy-tahliliy tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish Akademiya oldida turgan muhim vazifalar ijrosiga qaratildi. Bu borada mutasaddi rahbarlardan sohalar kesimida amalga oshirilgan ishlar, belgilangan vazifalarning amaliyotga tatbiq etilgani, ilmiy salohiyatni yuqori darajaga olib chiqish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, xalqaro yo‘nalishdagi faoliyatni yangi bosqichga ko‘tarish, soha islohotlaridagi sa’y-harakatlarda faol ishtirok etish kabi masalalar

Batafsil
Konstitutsiya – millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik va e’tiqod erkinligimiz garovidir
Yangiliklar

Konstitutsiya – millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik va e’tiqod erkinligimiz garovidir

Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda “Inson – davlat va jamiyat uchun maqsadga erishish vositasi emas, aksincha, ana shu maqsadning bosh mazmuni va manbai hamda eng oliy qadriyat bo‘lishi lozim. Biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekiston uchun inson qadri va xalq manfaati, hamma narsadan ustundir!” deb ta’kidladilar.Shu ma’noda kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini e’lon qildi.Loyihada asosiy qonunning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish hamda 16 ta normani o‘z ichiga olgan 6 ta yangi modda (prim-moddalar) qo‘shish taklif etilmoqda.Mazkur loyihani kengroq tushuntirish, mazmun-m

Batafsil
Xiva – 2024-yil Islom dunyosining turizm poytaxti
Yangiliklar

Xiva – 2024-yil Islom dunyosining turizm poytaxti

Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasi doirasida ilk bor Oʻzbekiston shaharlaridan biri – Xiva 2024-yil “Islom dunyosining turizm poytaxti” deya eʼlon qilishga doir qaror qabul qilindi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.Islom dunyosining turizm poytaxti nominatsiyasiga 5 davlatdan shaharlar nomzodi qoʻyilgan boʻlib, bular:Abu-Dabi (BAA);Shanliurfa (Turkiya);Laos (Nigeriya);Dushanbe (Tojikiston);Xiva (Oʻzbekiston).Xiva shahrining tarixiy qiyofasi tiklanishi, restavratsiya va konservatsiyaga oid amalga oshirilgan ishlar, qolaversa, elektr ustunlarning demontaj qilingani, sayyohlarning katta oqimini qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar, infratuzilmaning yaxshilangani, 5 yulduzli mehmonxona qurilishi hamda butik-otel va hostellar qurilishi faol davom etayotgani alohida qayd etildi. Bundan tashqari, turizm va unga yondosh sohalar tadbirkorlari uc

Batafsil
ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI
Yangiliklar

ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

27-IYUN – MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNIO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov, OAV xodimlari hamda Akademiya o‘qituvchi va xodimlari ishtirok etdi.Uchrashuv davomida Akademiya rektori Muzaffar Komilov, Matbuot kotibi Bahodir Jovliyev hamda “Ziyo” media markazi direktori Abduhamid Muxtorovga O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan a’zolik guvohnomasi topshirildi. Shuningdek, akademiya hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi o‘rtasida anglashuv Memorandumi imzolandi.Ta’kidlash joizki, 2

Batafsil
“27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning TABRIGI
Yangiliklar

“27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning TABRIGI

Qadrli do‘stlar!Hurmatli jurnalistlar!Sizlarni 27-iyun — “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan samimiy tabriklayman! So‘nggi yillarda yurtimizda so‘z erkinligi yangi bosqichga ko‘tarildi. Ommaviy axborot vositalari demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, dunyoda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy ma’lumotlar yetkazish yangi O‘zbekistonning demokratik qiyofasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti bo‘lgan ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Matbuot va om

Batafsil
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Yangiliklar

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

Mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan demokratik islohotlarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatib kelayotgani, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimizdagi yaratuvchilik va yangilanish jarayonlari, erishilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etishdagi katta xizmatlari, soha uchun malakali professional kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin: «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilanMa

Batafsil
Xalqaro jurnalistika ta’lim yo‘nalishi ochildi
Yangiliklar

Xalqaro jurnalistika ta’lim yo‘nalishi ochildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo‘lib o‘tgan tadbirda 2022/2023-o‘quv yilida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ilk bor bakalavriatning kunduzgi hamda sirtqi ta’lim shakllariga “Jurnalistika (xalqaro jurnalistika)” hamda magistratura bosqichining “Jurnalistika (internet jurnalistika)” yo‘nalishiga abituriyentlar qabuli e’lon qilingani ma’lum qilindi. Mazkur yangilikning o‘zi ham bugungi kunda mazkur soha vakillariga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, diniy-ma’rifiy sohaga ixtisoslashga jurnalist kadrlar hassos yo‘nalish faoliyatini yanada keng va ta’sirli yoritishi davr talabidir. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov Akademiyada bo‘lajak jurnalist kadrlarga ta’lim berishda Uyushma amaliy yordam berishga tayyor ekanini bildirdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Akademiya vakillari O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi
Yangiliklar

Akademiya vakillari O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov, OAV xodimlari hamda Akademiya o‘qituvchi va xodimlari ishtirok etdi.Mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish, axborot shaffofligi hamda so‘z erkinligini ta’minlashdagi faolligi uchun Akademiya rektori Muzaffar Komilov, Matbuot kotibi Bahodir Jovliyev hamda “Ziyo” media markazi direktori Abduhamid Muxtorov O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi.O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov

Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi o‘rtasida Memorandum imzolandi
Yangiliklar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi o‘rtasida Memorandum imzolandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda yurtimizda so‘z erkinligiga bo‘lgan e’tibor yangi darajaga ko‘tarilganini qayd etishdi. OAV demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, dunyoda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy ma’lumotlar yetkazish, yangi O‘zbekistonning demokratik qiyofasini shakllantirishda muhim rol o‘ynayotganini ta’kidlashdi.Shundan so‘ng O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi o‘rtasida Memorandum imzolandi. Mazkur hamkorlik har ikki muassasa uchun manfaatli va foydali bo‘lishini

Batafsil
Akademiyada “27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” keng miqyosda nishonlandi
Yangiliklar

Akademiyada “27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” keng miqyosda nishonlandi

So‘nggi yillarda yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti bo‘lgan ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigida “Mamlakatimizda demokratik yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, ommaviy axborot vositalari faoliyati samaradorligini oshirish yo‘lida davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlash, jurnalistlarning mashaqqatli mehnatini har tomonlama rag‘batlantirishga bundan buyon ham alohida e’tibor qaratiladi”, deya mazkur soha vakillarining mashaqqatli va sharafli mehnatini e’tirof etgan edi. O‘zbekiston xalqaro islom a

Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning 2021/2022-o‘quv yili bitiruvchilariga   TABRIGI
Yangiliklar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning 2021/2022-o‘quv yili bitiruvchilariga TABRIGI

Aziz talaba-yoshlar!Hurmatli ota-onalar!Qadrli ustozlar!Avvalambor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bu yilgi bitiruvchilari hamda ularning ota-onalarini samimiy muborakbod etaman!Bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan yoshlarimiz ishonch bilan katta hayotga kirib kelayotgani barchamizni quvontiradi. Zotan, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida xalqimiz Uchinchi Renessans – yangi Uyg‘onish davriga poydevor qo‘ymoqda. Ta’kidlash kerakki, jonajon yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Binobarin, barkamol avlod — Vatanimiz taraqqiyotining hal qiluvchi kuchi! “Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir”. Shu bois, yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk inson bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.Aziz talabalar!Mamlakatimiz

Batafsil
Ko'rinish