O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Akademik litseyning dastlabki yozma imtihonlari boshlandi
Yangiliklar

Akademik litseyning dastlabki yozma imtihonlari boshlandi

Ayni paytda respublikamiz bo‘ylab oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi Akademik litseylarda dastlabki saralash imtihonlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyiga qabul bo‘yicha dastlabki imtihon jarayonlari boshlandi.Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, joriy yilning 14-16-iyul kunlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademik litsey dastlabki yozma imtihon (diktant) o‘tkazilishi belgilangan. Bugun ikki smenada tashkil etilgan sinovlarda abituriyentlar guruhlarga ajratilib, ular ishtirokida dastlabki yozma imtihon (diktant) o‘tkazildi.Akademik litseyning xorijiy filologiya (tillar bo‘yicha: ingliz tili), xorijiy filologiya (tillar bo‘yicha: arab tili) hamda ijtimoiy-gumanitar fanlar (yurisprudensiya) yo‘nalishlarining o‘zbek guruhlariga umumiy hisobda 1 ming 104 nafar o‘g‘il-qiz hujjat topshirgan. Xorijiy filologiya (tillar bo‘yicha:

Batafsil
Ziyoratchilarimiz 14-iyuldan yurtimizga qaytadi
Yangiliklar

Ziyoratchilarimiz 14-iyuldan yurtimizga qaytadi

“Haj-2022” mavsumini ko‘tarinki kayfiyatda yakunlagan ziyoratchilarimiz joriy yilning 14-iyul – 4-avgust kunlari yurtimizga qaytib keladi. Hojilarimiz Jidda shahridan O‘zbekistonning 7 ta hududi – Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Urganch va Nukus sari parvoz qilishadi.“Haj-2022” tadbirining uzluksiz va tartibli o‘tkazilishida “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatidan jami 70 ga yaqin malakali uchuvchi va 260 ga yaqin bort kuzatuvchisi jalb etilgan. Ushbu yo‘nalishdagi aviaqatnovlar Boing 767 havo kemalarida amalga oshiriladi. Hojilarimizga havo kemasida turli taom va ichimliklar taqdim etiladi.

Batafsil
Qo‘mita raisi: hojilarimiz amallarni bajarish chog‘ida davlatimiz ko‘magini his qilib turdilar
Yangiliklar

Qo‘mita raisi: hojilarimiz amallarni bajarish chog‘ida davlatimiz ko‘magini his qilib turdilar

Makka shahrida “Haj-2022” delegatsiyasi, ishchi guruhi, shifokorlar va oshpazlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari qatnashdi.Dastlab Muftiy hazratlari so‘zga chiqib, bu yilgi haj amallari mukammal va chiroyli ado etilgani, Mino, Arafot, Muzdalifa, Jamarotdagi ibodatlar va qurbonliklar o‘z vaqtida bajarilganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, ushbu jarayonda xizmat qilgan barcha ishchi guruh, ellikboshi va shifokorlarning mehnatlarini alohida e’tirof etdi.So‘ngra Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev avvalgi haj mavsumiga nisbatan joriy yilgi kvota sezilarli darajada oshgani, umumiy ziyoratchilar soni 12 ming nafarni tashkil etgani, o‘z navbatida ushbu raqam mamnunlik bilan birga katta mas’uliyat yuklaganini bildirdi. Shuning

Batafsil
Akademiyada abituriyentlar uchun dastlabki imtihonlar boshlandi
Yangiliklar

Akademiyada abituriyentlar uchun dastlabki imtihonlar boshlandi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha sohalar singari ta’lim sohasida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida milliy va ma’naviy qadriyatlar asosida zamon talablariga mos, diniy va dunyoviy bilimlar hamda chet tillarni puxta egallagan yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashga ustuvor ahamiyat qaratilib kelinmoqda. Joriy yilda ham Akademiyada o‘qishni istovchi yoshlarning safi yanada kengaydi. Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun dastlabki imtihon jarayoni bo‘lib o‘tdi. Ushbu yo‘nalishlarga hujjat topshirgan abituriyentlar guruhlarga ajratilib, imtihonda ishtirok etdi. 13-iyul kuni bo‘lib o‘tgan imtihonlar ikki smenada tashkil etildi. Imtihon boshlanishidan avval Akademiya Qabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan

Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning   Qurbon hayiti munosabati bilan   BAYRAM TABRIGI
Yangiliklar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning Qurbon hayiti munosabati bilan BAYRAM TABRIGI

Qadrli hamkasblar, aziz talaba-yoshlar!Qurbon hayiti — mehr-muruvvat, tinchlik-totuvlik, hamjihatlik va shu saodatli kunlarga shukronalik ayyomi. Shu bois mazkur bayramning mo‘min-musulmonlar hayotidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Shu fursatdan foydalanib, xalqimizni, qolaversa, Siz azizlarni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Azizlar!Ma’lumki, bugungi kunda olis-yaqin hududlarda butun dunyoni tashvishga solayotgan xavf-xatarlar, turli g‘arazli maqsadlardagi kurashlar avj olmoqda. Ayrim diyorlarda kunora yuz berayotgan noxush voqea-hodisalar barchamizni tashvishga soladi, albatta. Yurtimizda davlatimiz rahbari rahnamoligida nafaqat mamlakatimiz, balki barcha mintaqa diyorlarida tinchlik, hamjihatlik, taraqqiyot va farovonlikni ta’minlash bo‘yicha muntazam qayg‘urib kelinayotgani xalqaro miqyosda ham tan ol

Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida magistratura mutaxassisliklariga qabul boshlandi
Yangiliklar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida magistratura mutaxassisliklariga qabul boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son Qaroriga muvofiq, respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani singari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham magistratura bosqichiga joriy yilning 1-iyul sanasidan qabul jarayonlari boshlandi.2022/2023-o‘quv yili uchun Akademiyada quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul tashkil qilingan:Qiyosiy dinshunoslik;Islomshunoslik;Tarix (Islom sivilizatsiyasi);Lingvistika (arab tili);Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (tillar bo‘yicha);Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati;Psixologiya (din psixologiyasi);Jurnalistika (internet jurnalistika);Menejment (ziyorat turizmini tashkil etish va boshqarish);Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha);Islom huquqi.Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qarorida 2022/2023-o‘quv yil

Batafsil
INSON QADRI UCHUN!
Yangiliklar

INSON QADRI UCHUN!

Ma’lumki, bugungi kunda yurtimizning barcha sohalarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni asosida islohotlar yangi bosqichga chiqdi. E’tiborlisi, ushbu yangilanishlarda “Inson qadri uchun” tamoyili ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.Ushbu ezgu tashabbus hamda xayrli ishlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham amalga oshirilib kelinmoqda. 2022-yil 1-yarim yilligi yakunlari bo‘yicha turli bayramlar munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ham moddiy, ham ma’naviy tomondan rag‘batlantirildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2022-yilning 6 oyi davomida professor-o‘qituvchi va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun 2 milliard 473 million so‘m pul mablag‘lari ajratildi.Shundan, 2 milliard 151 million 563 ming so‘m budj

Batafsil
London shahrida "Din va eʼtiqod erkinligi" mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda
Yangiliklar

London shahrida "Din va eʼtiqod erkinligi" mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda

2022-yilning 5-6-iyul kunlari Angliyaning London shahrida "Din va eʼtiqod erkinligi" mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda.Konferensiyada 100 dan ziyod davlatlardan 700 ga yaqin vazirlar, olimlar, mutaxassislar, turli din vakillari ishtirok etmoqda.Konferensiya ishtirokchilari bugungi davrda din erkinligi va bagʻrikenglik, din vakillarining oʻzaro totuv va hamjihat yashashlari zarurligi borasida maʼruzalar qilmoqdalar. Konferensiyaning birinchi kunida bu borada Oʻzbekiston tajribasiga bagʻishlangan maʼruza ham ishtirokchilarga taqdim etildi.Hozirda mamlakatimizda 16 ta diniy konfessiyaga oid 2335 ta diniy tashkilot faoliyat yuritmoqda. Ularning erkin faoliyati qonun bilan mustahkamlangan. Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari D.Maxsudov ham ishtirok etmoqda.Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati

Batafsil
Ilmiy loyiha doirasida Surxondaryodagi noislomiy konfessiyalar faoliyati o‘rganildi
Yangiliklar

Ilmiy loyiha doirasida Surxondaryodagi noislomiy konfessiyalar faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2021-2023-yillar uchun moliyalashtirilgan “Dinlar tarixi, ta’limoti, manbalari va an’analarini tadqiq etish asosida “Dunyo dinlari” elektron dasturi va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovasion loyiha doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va magistrantlaridan iborat ilmiy jamoa Surxondaryo viloyatiga xizmat safarini amalga oshirdi. Tarixdan ma’lumki, hozirgi Surxondaryo viloyati hududi islom dini tarqalmasidan avval ham insoniyat sivilizatsiyasi rivojida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Xitoylik Syuan-Szyan bergan ma’lumotga ko‘ra, VII asrning boshlarida Termizda 10 ta buddizm ibodatxonasi mavjud bo‘lib, ularda 1000 nafar rohib faoliyat ko‘rsatgan. Mutaxassislar bu kabi ma’lumotlarga tayangan holda, Xitoyga buddizm ayn

Batafsil
Yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi
Yangiliklar

Yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi mudiri, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Bekzodbek Muxtarov tomonidan nashr etilgan “Nosiruddin Samarqandiyning “al-Fiqh an-nofe’” asari hanafiy fiqhiga oid muhim manba” hamda “Globallashuv jarayonida Qodiriya tariqati faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari” nomli monografiyalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Malaka oshirish markazi professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar ishtirok etdi. Akademiya dotsenti, yuridik fanlari doktori Nigora Yusupova, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nasriddin Mirzayev, Malaka oshirish markazi o‘qituvchisi Shokir Shavkatov, tadqiqotchi Feruza Mirzayeva so‘zga chiqib, ushbu kitoblarning mazmuni va bugungi kund

Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan talabalarga yo‘llagan bayram  TABRIGI
Yangiliklar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan talabalarga yo‘llagan bayram TABRIGI

Aziz talaba-yoshlar!Avvalo, Sizlarni 30-iyun – “Yoshlar kuni” bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!Bugun yangi O‘zbekistonda jismonan sog‘lom, mustaqil fikrli, Vatanga sodiq va, albatta, intellektual jihatdan barkamol yoshlarni voyaga yetkazishga ustuvor ahamiyat qaratilyapti. Davlatimiz rahbari boshchiligida Uchinchi Renessansga poydevor qo‘yish borasida barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotir. Bu borada Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi ham qabul qilinib, unda yoshlar bilan ishlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida urg‘u berilgan.Aziz talabalar!Ma’lumki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida xassos soha – muqaddas islom dinini ilmiy nuqtai nazardan fundamental tadqiq etish, ulug‘ allomalarimiz m

Batafsil
BUYUK IPAK YO‘LINING KO‘Z QORACHIGʻI Islom hamkorlik tashkiloti vazirlar kengashi sessiyasida Xiva shahri 2024-yilda Islom dunyosining turizm poytaxti bo‘lishi e’lon qilindi
Yangiliklar

BUYUK IPAK YO‘LINING KO‘Z QORACHIGʻI Islom hamkorlik tashkiloti vazirlar kengashi sessiyasida Xiva shahri 2024-yilda Islom dunyosining turizm poytaxti bo‘lishi e’lon qilindi

E’TIROFXorazmga kelsangiz, Buyuk ipak yo‘lining markaziy shaharlaridan biri bo‘lmish Xiva, xususan, Ichanqal’aga bormay ilojingiz yo‘q. Qadimda savdo karvonlari uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan shahar diniy, madaniy va ilmiy markaz vazifasini ham o‘tagan. 2500 yil avval Qoraqum cho‘li o‘rtasida qad rostlagan, qadimiy sivilizatsiya o‘chog‘i hisoblangan Xiva tarixda Buyuk ipak yo‘lidagi davlatlarning ko‘z qorachig‘i bo‘lgan.Xushxabarning qanoti bor: kuni kecha Islom hamkorlik tashkilotining Boku shahrida o‘tgan XI sessiyasi doirasida ilk bor O‘zbekiston shaharlaridan biri Xiva 2024-yilda Islom dunyosining turizm poytaxti deb e’lon qilingani haqidagi xabar bir zumda jahon OAV sahifalaridan joy oldi. Xiva shahri nomzodi Prezidentimiz rahbarligida kechayotgan islohotlar, jumladan, turizm sohasini rivojlantirish, tarixiy obidalarni asrab-avaylash, muqaddas qadamjolarni obod qilish, ajdodlari

Batafsil
Ko'rinish