Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
Prezident tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorni imzolandi.Hujjatga koʻra, “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturi qabul qilindi.Davlat mustaqilligining 31 yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasiga Abdulla Aripov rahbarlik qiladi.Komissiyaga barcha hududlardagi aholi oʻrtasida Mustaqillik bayramiga bagʻishlab keng koʻlamli madaniy tadbirlar oʻtkazish topshirildi.Manba: xs.uz/uz
BatafsilXalqaro jurnalistika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy imtihon o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Jurnalistika” (xalqaro jurnalistika) ta’lim yo‘nalishiga 1-2 avgust kunlari kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lib o‘tdi.Dastlab, Akademiya Qabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan imtihon o‘tkazish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi. Jarayonni adolatli va shaffof tarzda o‘tkazish maqsadida imtihon to‘liq onlayn translatsiya qilindi.Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning birinchi kunida abituriyentlar ijodiy insho yozishdi. Imtihon dasturi va baholash mezoniga ko‘ra, insho mavzulari xalqaro jurnalistika tizimida ijtimoiy-siyosiy, adabiy-tarixiy, madaniy-ma’naviy, axloqiy, vatanparvarlik va boshqa dolzarb masalalariga bag‘ishlanganligi hamda jurnalistik xususiyatga yo‘naltirilgan va abituriyentning ijodiy imkoniyatlarini ochib berishga qaratilgan bo‘lishi nazarda tutildi.Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ikkinchi kunida abituriyentlarning xalqar
BatafsilXalqaro jurnalistika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy imtihonlar boshlandi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2022/2023-o‘quv yilida ilk bor bakalavriatning kunduzgi hamda sirtqi ta’lim shakllariga “Jurnalistika (xalqaro jurnalistika)” hamda magistratura bosqichining “Jurnalistika (internet jurnalistika)” mutaxassisligiga abituriyentlar qabuli e’lon qilingandi. Mazkur yangilikning o‘zi ham bugungi kunda ushbu soha vakillariga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, diniy-ma’rifiy sohaga ixtisoslashgan jurnalist kadrlar hassos yo‘nalish faoliyatini yanada keng va ta’sirli yoritishi davr talabidir.Bugun, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Jurnalistika” (xalqaro jurnalistika) ta’lim yo‘nalishiga kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari boshlandi.Dastlab, AkademiyaQabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan imtihon o‘tkazish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi. Jarayonni adolatli va shaffof tarzda o‘tk
BatafsilO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun joriy yilning 29-30-iyul kunlari kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi.Birinchi kuni ikki smenada tashkil etilgan imtihonlarda abituriyentlarning chet tilini bilish darajalari sinovdan o‘tkazildi. Bugun 30-iyul kuni esa abituriyentlar chet tilida "Gapirish" qobiliyati va Мa’naviyat va ma’rifat asoslari bo‘yicha imtihonlarda ishtirok etishdi.Dastavval Akademiya Qabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan imtihon o‘tkazish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi. Tartibni buzgan abituriyentlarga nisbatan dalolatnoma tuzilib, o‘sha vaqtning o‘zida ular imtihondan chetlashtirilishi haqida ogohlantirildi. Jarayon adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilish maqsadida imtihon to‘liq onlayn translatsiya qilindi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston
BatafsilKasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.Dastavval Akademiya Qabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan imtihon o‘tkazish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi. Tartibni buzgan abituriyentlarga nisbatan dalolatnoma tuzilib, o‘sha vaqtning o‘zida ular imtihondan chetlashtirilishi haqida ogohlantirildi. Jarayon adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilish maqsadida to‘liq onlayn translatsiya qilindi. Akademiya hovlisida esa abituriyentlarning ota-onalari uchun kutish va imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish uchun maxsus joylar tashkil etildi. Shu yerning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar
Batafsil“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi bosqichi yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi 6-bosqichi yakunlandi.Shu munosabat bilan Akademiya majlislar zalida bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi, kurs o‘qituvchisi Ixtiyor Abdurahmonov, “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi rahbari Bekzodbek Muxtarov, o‘quv kursi professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etdi. Tadbirda Zohidjon Islomov tinglovchilarni o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan tabrikladi. Qur’oni karimni to‘g‘ri va chiroyli o‘qish uchun berilgan keng imkoniyatlardan samarali foydalib, mustahkam bilim olish, yaratilgan
Batafsil
Soha rahbarlari Samarqand imom-xatiblari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Bugun, 27-iyul kuni Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi” binosida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Unda Prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari qatnashdi.Tadbirda so‘zga chiqqan soha rahbarlari muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda barcha jabhalarda bo‘layotgani kabi diniy-ma’rifiy sohada ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, xususan, diniy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish, tabarruk ziyoratgoh va qadamjolar, ko‘hna masjid va madrasalarni obod qilish, buyuk ajdodlarimizning bebaho ma’naviy-ma’rifiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish borasidagi ishlar xalqimiz va dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilayotgani aytib o‘tildi.Yig‘ilish davomida ay
Batafsil
Buyuk ajdodimiz aks etgan asar taqdimoti
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Luqmon Bo‘rixonning "Imom Moturidiy" romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot tadbirida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan barcha topshiriqlar xalqimiz, adabiyotimiz ravnaqiga, xalqaro aloqalarning tobora mustahkamlanishiga xizmat qilayotganini qayd etib, "Imom Moturidiy" romani aynan buyuk alloma bobolarimiz haqidagi asarlarga, kitobxonlikka talab kuchaygan bir paytda yuzaga kelganini, ushbu asarni qo‘shimcha tirajda chop etish muhim ekanini ta’kidladi.O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ibrohim G‘afurovning fikricha, 9-10-asrlar islom ta’limoti, falsafasi ravnaq topgan davr edi. “Imom Moturidiy” asarida islom ahkom-aqidalarini tushunish, ularni hayotga olib kirish yo‘lida behad kurashlar avj olgan tarixni
Batafsil
Imom Buxoriy majmuasi diniy, ma’rifiy, madaniy markaz bo‘ladi
Imom Buxoriy maqbarasi islom olami uchun tabarruk ziyoratgohlardan biri bo‘lib, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bugungi kunda majmua qayta qurilmoqda. Qariyb 10 ming namozxonga mo‘ljallangan masjid, to‘rtta minora, ayvonlar barpo etilyapti. Majmua yonida mehmonxonalar, avtoturargoh, avtobekat, oshxonalar, savdo rastalari, tahoratxonalar quriladi.Bu jarayon Prezidentimizning doimiy e’tiborida va har gal Samarqandga kelganida qurilish ishlari bilan tanishib o‘z tavsiyalarini bermoqda. 15-iyul kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi davomida Imom Buxoriy qabrini ham ziyorat qildi. Majmuada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.O‘tgan galgi tashrifida berilgan topshiriqlari qay darajada bajarilayotganini kuzatdi. Ziyoratchilarga barcha qulayliklarni, jumladan, Qur’on va hadis kabi muqaddas kitoblarni erkin o‘qib o‘tirishlari u
Batafsil
AKADEMIYAGA O‘QISHGA QABUL QILISH JARAYONLARI TO‘G‘RISIDA
2022/2023-o‘quv yili uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari va bakalavriatga qabul qilish jarayonini yanada soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidaMA’LUMOTAssalom-u alaykum aziz yurtdoshlar!Hurmatli abituriyentlar!Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida tashkil qilingan. Mazkur Farmonning ahamiyati shundaki, 1999-yildan buyon Toshkent islom universiteti va keyinchalik bir muddat O‘zbekiston islom akademiyasi sifatida faoliyat yuritgan mazkur oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot markaziga XALQARO AKADEMIYA maqomi berilib, keng ko‘lamli qo‘shimcha vazifalar yuklandi.Ta’kidlash joiz, bugungi kunda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi d
Batafsil
“Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbirlari davom etmoqda
Namangan shahar hokimligida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy seminar-trening tashkil etildi. Yig‘ilishda shahar hokimi va sektor rahbarlari hamda turli tarmoq vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mitaning Axborot xizmati rahbari Ilhomjon Ma’rupov ishtirok etdi. U aholi ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida tushunchalar berdi.Yig‘ilishda bugungi globallashuv davrda har bir insonni yot g‘oyalardan himoya qilish, ularda yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini va go‘zal axloqiy madaniyatni shakllantirishga alohida to‘xtalib o‘tildi. Seminar davomida dolzarb mavzuga oid videorolik namoyish etildi. Uchrashuvda aytilgan fikr-mulohazalar yig‘ilganlar uchun muhim amaliy ko‘nikma bo‘ldi.Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati
BatafsilAkademiyada dastlabki imtihon jarayonlarining ikkinchi kuni o‘tkazildi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun dastlabki imtihon jarayonlari o‘tkazilayotgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 358-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, bugun ham dastlabki imtihon yozma shaklda Akademiya hududida tashkil etildi.Dastavval Akademiya Qabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan imtihon o‘tkazish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi. Tartibni buzgan abituriyentlarga nisbatan dalolatnoma tuzilib, o‘sha vaqtning o‘zida ular imtihondan chetlashtirilishi haqida ogohlantirildi. Jarayon adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilish maqsadida to‘liq onlayn translatsiya
Batafsil