Shavkat Mirziyoyev Ka’batullohni ziyorat qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida muqaddas Makka shahrida ham bo‘lib, umra amallarini bajardi.Davlatimiz rahbari dinimiz arkonlariga muvofiq ehromga kirib, namoz o‘qidi, talbiya aytib, Masjidul Haramga bordi.Ma’lumki, Ka’batullohning ichiga kirish musulmonlar orzu qiladigan ulug‘ sharafdir. Prezidentimiz ana shunday sharafga muyassar bo‘lib, Ka’batullohning ichida namoz o‘qidi.So‘ng, Baytulloh atrofida yetti bor tavof, Safo va Marva tepaliklari orasida yettita sa’y qilindi.Mamlakatimiz delegatsiyasi a’zolari, ulamo va ziyolilar bilan birgalikda yurtimizga tinchlik va taraqqiyot, xalqimizga salomatlik va farovonlik tilab duolar o‘qildi.
Batafsil
Saudiya Arabistoni Podshohi "Oliy darajali Imom Buxoriy" ordeni bilan mukofotlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudni mamlakatimizning yuksak mukofoti – «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotladi. Ma’lumki, bu orden yaqinda, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-avgustdagi qonuniga muvofiq ta’sis etildi. U bilan ilm-ma’rifatni rivojlantirish, islom olami mutafakkirlari merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilishdagi alohida xizmatlari uchun olimlar, tadqiqotchilar, adiblar, shuningdek, xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari mukofotlanadi.Salmon bin Abdulaziz ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan birinchi inson bo‘ldi.
Batafsil
Saudiya Arabistonining ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jidda shahrida Saudiya Arabistoni Podshohligining yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih hamda podshohlikning «ACWA Power», «SABIC», «Saudi National Bank», «Al Rajhi Capital», «Ma'aden», «Petromin» «Jamjoom Pharma», «SEDCO», «Salic», «Albawani», «Ajlan & Bros», «Desert Technologies» kabi yigirmaga yaqin eng yirik kompaniya va korporatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi.Davlatimiz rahbarining xorijga tashriflari davomida ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish an’anaga aylangan. Bunday muloqotlar manfaatlar tutashgan nuqtalarni aniqlash, sanoat kooperatsiyasi va investitsion hamkorlik istiqbollarini belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat.O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘zaro munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohad
Batafsil
Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish yo‘llari ko‘rib chiqildi
18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi doirasida Islom taraqqiyot banki (ITB) prezidenti Muhammad bin Sulaymon Al-Jassirni qabul qildi. Davlatimiz rahbari ITB prezidentini Toshkent shahrida Bank Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan yana bir bor tabrikladi.Prezidentimiz ITB bilan sheriklik jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlab, Bankning O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar dasturini amalga oshirishdagi strategik rolini alohida qayd etdi.Bugungi kunda ITB bilan birgalikda uy-joy kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, qishloqlarni, sog‘liqni saqlash, ta’lim, suv xo‘jaligi, tadbirkorlik va boshqa sohalarni rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 1,2 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.Muzokaralar chog‘ida hamkorlikni yanada kengaytiris
Batafsil
O‘zbekiston Prezidenti Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi bilan amaliy sheriklikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-avgust, Saudiya Arabistoniga davlat tashrifining ikkinchi kunida Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha bilan uchrashdi.bugungi kunda Islom hamkorlik tashkiloti 1 milliard 700 million aholi yashaydigan 57 ta davlatni birlashtirgan dunyodagi eng yirik xalqaro tuzilmalardan biridir. O‘zbekiston IHTga 1996-yilda a’zo bo‘lganidan buyon tashkilot bilan savdo-iqtisodiy, ilmiy, madaniy hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.Uchrashuvda ushbu nufuzli xalqaro tuzilma hozirgi zamon xatarlari sharoitida islom qadriyatlarini asrab-avaylash, musulmon xalqlari o‘rtasida hamjihatlik va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutayotgani qayd etildi.O‘zbekiston bilan OIS o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi darajasi, ularni barcha dolzarb yo‘nalishlarda yanada kengaytirish istiqbollari yuksak baholandi.Husay
Batafsil
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni munosabatlarida yangi davr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kunining ikkinchi yarmida Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi doirasida Jidda shahriga keldi. Podshoh Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportda mamlakatimiz yetakchisini Makka mintaqasi rahbarlari, investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Jidda shahridagi “Qasr as-Salam” saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.Davlatimiz rahbarini Saudiya Arabistonining Valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud kutib oldi.Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari ijro etildi.Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudning muzokaralari boʻlib oʻtdi.Uchrashuv avvalida Oʻzbekiston yetakchisi Saudiya Arabistoni Podshohi Sal
Batafsil
Shavkat Mirziyoyev payg‘ambarimiz qabrini ziyorat qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni Madinada bo‘lib, Masjidun Nabaviyni ziyorat qildi. Ma’lumki, Madina islom tarixidagi eng muhim shaharlardan biri. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) 622-yilda bu yerga ko‘chib kelganlar. Qur’oni karimning eng katta suralari shu yerda nozil bo‘lgan.Masjidun Nabaviy payg‘ambarimizning uyi atrofida qurilgan ulkan masjiddir. Bu yerda Rasulullohning hamda buyuk sahobalar – Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattobning qabrlari bor. Yuksak hurmat yuzasidan bu joy “Hujrai saodat” deb ataladi.Shavkat Mirziyoyev ushbu masjidga kelib, Hujrai saodatga tavoze bilan kirdi, Muhammad alayhissalomga salavot va salomlar aytdi. Xalqimizga tinchlik va farovonlik tilab, duo qilindi.Davlatimiz rahbari Payg‘ambarimiz alayhissalomning siyratlari va islom sivilizatsiyasi muzeyi bilan ham tanishdi.Muzey keng qamrovli ikkita mavzuni o‘zida aks ettirgan. Birinchisi, Muhammad alay
Batafsil
O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga tashrifi boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga davlat tashrifning birinchi manzili - muqaddas Madina shahriga keldi.Shahzoda Muhammad bin Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Madina mintaqasi rahbarlari kutib oldi.Qisqa suhbatdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev musulmonlarning muqaddas ziyoratgohlaridan biri – Masjidun Nabaviyga yo‘l oldi.
Batafsil
Prezident Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 17-avgust kuni tongda davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.Tashrifning birinchi manzili sifatida barcha musulmonlar uchun muqaddas Madina shahri ziyorat qilinadi.Kunning ikkinchi yarmida davlatimiz rahbari Jidda shahriga keladi. Bu yerda oliy darajadagi O‘zbekiston-Saudiya sammitining rasmiy tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Batafsil
O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni: hamkorlikning 30 yili
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, umummilliy va davlat manfaatiga mos tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldi. Shu ma’noda istiqlolning ilk yillaridan boshlab O‘zbekiston bilan diplomatik munosabat o‘rnatgan davlatlardan biri Saudiya Arabistoni Podshohligi ekanini yodga olish joiz.1992-yil noyabr oyida Jidda shahrida O‘zbekiston konsulxonasi faoliyat boshlab, 1994-yil may oyida Bosh konsulxona maqomiga ega bo‘ldi. Diplomatik munosabatning ilk huquqiy asosi o‘sha davrdan e’tiboran shakllanganini qayd etish mumkin. 1995-yil may oyida Ar-Riyodda Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi ochilgan bo‘lsa, 1997-yil martdan Toshkentda Saudiya Arabistoni Podshohligi elchixonasi ish yuritmoqda.1995-yil 18-noyabr kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumatlari o‘rtasida savdo, iqtiso
Batafsil
Akademiya professor-o‘qituvchilari “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2021-yil 10-fevralda qabul qilingan qonunga asosan O‘zbekistonda 30-iyul sanasi Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng nishonlanmoqda.Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan mamlakatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shgan mahalliy va xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarning fidoyi mehnatini munosib taqdirlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyundagi 335-sonli qaroriga asosan “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan.Joriy yilning 5-avgust kuni poytaxtimizdagi “International Hotel” mehmonxonasida ana shu mukofotlarni o‘z egalariga tantanali tarzda topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.Bayram tadbirida yurtimizda millatlararo munosabatlarni mustahkamlashda qo‘shgan hissasi uchun OAV vakillari, do‘stlik jamiyatlari faollari va hamk
Batafsil
“Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlikni ta’minlash” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi
Poytaxtimizdagi “International hotel of Tashkent” mehmonxonasida “Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlikni ta’minlash” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil qilindi.Ma’lumki, 2021-yildan boshlab, yurtimizda 30-iyul sanasi Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Bu bo‘yicha hukumatning tegishli qonuni qabul qilingan. Ushbu bayram ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi tomonidan ko‘tarinki ruhda kutib olindi.Mazkur sanani munosib nishonlash maqsadida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan qator hamkor tashkilotlar bilan birga yurtimizda 30-iyul – 7-avgust kunlari Do‘stlik festivali o‘tkazilmoqda.Festival doirasida joriy yilning 5-avgust kuni “Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlikni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazi
Batafsil