Akademiya o‘qituvchisi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida joriy yilning 7-8-sentabr kunlari “Yangi Markaziy Osiyo uchun istiqbollar: barqaror va demokratik jamiyatni barpo etishda dinning roli” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Odil Ernazarov yurtimiz delegatsiyasi tarkibida qatnashdi.Ushbu konferensiyada Markaziy Osiyo respublikalari vakillaridan tashqari AQSH, Ozarbayjon, Avstraliya, Vengriya, Pokistondan tashrif buyurgan olim va ekspertlarning ma’ruzalari tinglandi. So‘zga chiqqanlar o‘z ma’ruzalarida davlat va din munosabatlarini tartibga solish, e’tiqod erkinligini ta’minlash borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Talabalar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, yosh ijodkorlar hamda talabalar ishtirok etdi.O‘zbek she’riyatida o‘ziga xos uslubga ega, samimiy she’rlari bilan xalq qalbidan joy topa olgan ijodkor Iqbol Mirzo bilan bo‘lib o‘tgan adabiy uchrashuvda so‘z olganlar shoirning xalqimiz ma’naviyati, boy o‘tmishi, mehr-muhabbati aks etgan she’rlari xususida fikr yuritishdi.Samimiy muloqot davomida Iqbol Mirzo bugungi kunda yurtimizda davlatimiz rahbari tomonidan adabiyot ahliga keng imkoniyatlar berilayotgani, iste’dodli, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar bajarilayotganini ta’kidladi. Uchrashuvda yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish, buning uchun ko‘plab ko‘rik-tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilayotgani qayd etildi. O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo h
BatafsilDavra suhbati mazmunli o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni sohibasi Dilbar Gʻulomova bilan muloqot o‘tkazildi.Davra suhbati davomida yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularga munosib turmush sharoitini yaratish, huquqlarini himoyalash va iste’dodlarini rivojlantirish masalalari haqida so‘z yuritildi.Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Akademiyada “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining tashkil etilishi” mavzusida tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yangi o‘quv yili munosabati bilan 1-bosqich bakalavriat va magistratura talabalari ishtirokida “Birinchi kurs maktabi”, “Mustaqillik darslari” hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Navbatdagi tadbirlardan biri islom ma’rifati va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Muftiy Boboxonovlar sulolasining merosini o‘rganish va yoshlar orasida keng targ‘ib etish mavzusiga bag‘ishlandi.Tadbirda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi yetakchi ilmiy xodimi Shayx Abdulaziz Mansur, Muftiy Boboxonovlar jamg‘armasi direktori maslahatchisi Amirsaidxon Usmonxo‘jayev, Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un Gʻofurov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri Ne’matulla Muxamedov, kafedra professori Saidakbar Agzamxodjayev,
BatafsilO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning 2022/2023-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va talabalarga BAYRAM TABRIGI
Assalom-u alaykum hurmatli ustozlar, aziz talabalar!Ushbu shukuhli va fayzli kunlarda butun xalqimiz Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligini keng nishonlamoqda. Bayram tarovati “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” ulug‘vor shiori asosida har bir vatandoshimiz qalbiga kirib borgani shubhasiz. Mazkur quvonchli va muhtasham ayyom bugun respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida yangrayotgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari bilan yangi o‘quv yili boshlanishi – “Bilimlar kuni” shodiyonalariga ulanib ketmoqda.Shu fursatdan foydalanib, Siz, azizlarni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi hamda yangi 2022/2023-o‘quv yili bilan chin qalbimdan tabriklayman!Qadrli hamkasblar, aziz talaba-yoshlar! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligiga bag‘ishlangan “Milliy
BatafsilYangi o‘quv yili boshlandi
Talabalik inson hayotining oltin davri hisoblanadi. Ayni paytda yurtimiz ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Akademiya rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Inomov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Bobomurod Rustamov, Akademiya professor-o‘qituvchilari, talabalar, ota-onalar, Akademik litseyning o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi. Marosim O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Madhiya sadolaridan so‘ng Akademiya rektori Muzaffar Komilov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi hamda 202
Batafsil
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning BAYRAM TABRIGI
Assalom-u alaykum hurmatli ustoz-murabbiylar, aziz talaba-yoshlar!Bugun ona Vatanimiz mustaqilligining shonli 31 yilligi “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” ulug‘vor shiori asosida keng nishonlanmoqda.Fursatdan foydalanib, Siz, azizlarni ham eng ulug‘ va eng aziz bayram – “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni” bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!Yosh avlodni barkamol voyaga yetkazish, yetuk mutaxassis-kadrlarni tayyorlash borasidagi mas’uliyatli faoliyatingizga muvaffaqiyat tilayman!Muhtaram hamkasblar, aziz talabalar! Bugun xalqimiz ulug‘ maqsadlar – “Yangi O‘zbekiston” va “Sharq uchinchi Renessansi”ga tamal toshini qo‘yish g‘oyalarini o‘zaro hamohang tarzda hayotga tatbiq etmoqda. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarning “Inson qadri uchun” tamoyili asosida izchillik bilan amalga oshirilayotgani har bir vatan
Batafsil
“Ziyo” media markazi bosh rejissori O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi bosh rejissori Mikoyil Sulaymonov O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi. Samarali ijod qilib kelayotgan Mikoyil Sulaymonov “Jiyda guli”, “Muhabbat bahori”, “Baxt qushi”, “Qismat”, “Jigarabandim” kabi turli janrlardagi o‘ndan ziyod filmlarining ssenariy muallifi va rejissyori sifatida san’at muxlislari qalbidan joy olgan. Shuningdek, Mikoyil Sulaymonov turk tilidagi “Shirin buloq”, “Burch”, “Chin muhabbat” filmlarining ham muallifidir. Mahoratli ijodkor “Ziyo” media markazi tomonidan tayyorlangan “Vatanga begona yo‘q”, “Ibrat”, “Oqibat”, “Tarbiya”, “Gumon”, “Tarozi”, “Ustoz”, “Kibr”, “Taloq”, “Do‘st” kabi o‘nlab telenovellalar, “Muallima” va “Saodat manzili” qisqa metrajli badiiy filmlarga rejissyorlik qilgan. Ayni paytda yangi loyihalar, filmlar, telenovellalar ustida ishlamoqda. Taniqli k
BatafsilAkademiyada yoshlar bilan ishlashning yangi tizimi yaratildi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 31 YILLIGIGAMamlakat taraqqiyotida iqtisodiy omillar nechog‘liq muhim bo‘lsa, ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar ta’lim-tarbiyasi masalalari zarracha kam ahamiyat kasb etmaydi. Binobarin, moddiy boylik sarf etilishi bilan kamayib borsa, ma’naviy boylik tarqatilgan sari ziynatlanib, qadr-qimmati oshib boraverishi haqiqat. Yosh avlodning barkamol voyaga yetishi, zamonaviy ilm-fan hamda ilg‘or kasb-hunarlarni egallashi esa el-yurtning istiqboliga kafolatdir. Shu ma’noda, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”, degan tashbehlari bejiz emas. Shu nuqtai nazardan, bugun mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida, ya’ni yangi O‘zbekistonni barpo etishda davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, ikkita mustahkam ustun: “Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuc
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy yo‘nalishda yangi bosqichga chiqmoqda
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 31 YILLIGIGAIlm-fan – taraqqiyot kaliti. Uning igna bilan quduq qazishga mengzalishi ham bejiz emas. Zotan, ilm va kasb-hunar egallash tolibi ilmdan sabr-toqat, mehnat, izlanish, o‘qib-o‘rganish talab qiladi. Shu o‘rinda dono xalqimizning “Ilmning avvali achchiq, so‘ngi – totli”, degan maqoli e’tiborlidir.Shu bois ham yurtimizda azal-azaldan ilm-ma’rifat egalari, ustoz muallimlar qadrlanib kelingan. Binobarin, ota-bobolarimiz “Ilm-u hunar yelga emas, elga” degan purma’no hikmatning mag‘zini chaqib, dunyoga tanilgan. Darvoqe, ilm va hunarli insonning xizmati va amalga oshiradigan ilmiy kashfiyoti el-yurtga tatishi, ezgulikka boshlashi ayon haqiqat.Bugungi kunda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 156 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 26 nafar fan doktori, 75 nafar fan nomzodi va falsafa doktori (PhD) ilmiy-pedagogik faoliyat ko‘rsatib, yos
Batafsil
“HOKIMNING SOXTA “JIYANI” QAMALDI” SARLAVHASIDA EFIRGA UZATILGAN AXBOROTGA RADDIYA
2022-yil 25-avgust soat 21.00da “Sevimli” nodavlat telekanalining “Zamon” axborot dasturi orqali “Hokimning soxta “jiyani” qamaldi” sarlavhasida efirga uzatilgan xabarda quyidagi xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan.Ma’lumki, jurnalist har bir axborotni ommaga e’lon qilinishidan oldin ma’lumotlarning haqqoniyligi va xolisligiga muhim e’tibor qaratishi talab etiladi. Zotan, ma’lumotdagi kichik xatolik ham jamiyatdan axborot manbasiga nisbatan xato fikr yoki munosabatning shakllanishiga turtki bo‘lishi mumkin.Afsuslanarlisi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tumani sudi raisi Abdusattor Abdurazzoqov ham sudlanuvchining nufuzli oliy ta’lim muassasasi talabaligi haqidagi og‘zaki ma’lumotini tekshirib ko‘rmagan. Binobarin, yuridik qoidaga asosan sudlanuvchining ma’lumotiga aniqlik kiritish uchun sud O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga So‘rovnoma yuborishi shart edi.Shunga ko‘ra, “Zamon” informatsion
Batafsil
Saudiya Arabistoniga tashrif tarixiy voqealarga boy bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi yakunlandi. Mamlakatimiz rahbari 17-avgust kuni Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan muzokara o‘tkazdi. Uning natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan Podshohligi o‘rtasida keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot, shuningdek, energetika, bojxona, fuqaro aviatsiyasi, turizm, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, mehnat munosabatlari sohalarida 15 ta hujjat qabul qilindi.18-avgust kuni Islom hamkorlik tashkiloti hamda Islom taraqqiyot banki rahbarlari, saudiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.Makka va Madina shaharlari ziyorati ham tashrifning alohida e’tiborli voqeasi bo‘ldi.Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-avgustga o‘tar kechasi Jiddadan Toshkentga jo‘nab ketdi.
Batafsil