O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI MILLIY REYTINGLARDA YUQORI O‘RINDA
Yangiliklar

O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI MILLIY REYTINGLARDA YUQORI O‘RINDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan respublikamiz oliy ta’lim muassasalari milliy reytingi hamda ilk marotaba aniqlangan akademik litseylar reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Oliy ta’lim muassasalarining Ilmiy salohiyati reytingida — 1-o‘rinni, Ijtimoiy-gumanitar soha bo‘yicha OTMlar reytingida — 4-o‘rinni egalladi.Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati reytingiIjtimoiy-gumanitar soha bo‘yicha OTMlar reytingiShuningdek, ilk marotaba aniqlangan akademik litseylar reytingi ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi Ta’lim sifatining alohida ko‘rsatkichlari bo‘yicha akademik litseylar reytingida Akademik litseyga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan talabgorlar sonining mazkur litsey uchun belgilangan qabul parametriga ni

Batafsil
Akademiyada muhim mavzuda uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

Akademiyada muhim mavzuda uchrashuv bo‘lib o‘tdi

So‘nggi yillarda yurtimizda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Zo‘ravonlikka qarshi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, ruhiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli targ‘ibot tadbirlari tashkil etilyapti.Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz!” mavzusida o‘tkazilgan tadbir ham aynan shu mavzuga bag‘ishlandi.Uchrashuvda Shayxontohur hamda Olmazor tumanining Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi bo‘limining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari, Shayxontohur tumani 48-son oilaviy poliklinikasi xodimlari, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining oilaviy tibbiyot kafedrasi dotsenti Dilfuza Hasanova, Akademiya profilaktik inspektori Asror Ab

Batafsil
Bosh imom-xatiblarning 2-davra malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

Bosh imom-xatiblarning 2-davra malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyat, tuman-shahar Bosh imom-xatiblari uchun “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida din soha xodimlarining oldida turgan vazifalar” yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi bo‘lib o‘tdi. Unda 108 nafar tinglovchi ishtirok etdi.Ushbu o‘quvlarning ikkinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safayev “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar

Batafsil
Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish
Yangiliklar

Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyat, tuman/shahar Bosh imom-xatiblari uchun “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida din soha xodimlarining oldida turgan vazifalar” yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda. Mazkur o‘quvlarning uchinchi kunida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari – “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov “Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi Doktor Obayd Mohammed Abdulxalim tomonidan “Arab tili (Muhovara)” mavzularida dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.Darsdan keyin tinglovchilar “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurishdi. Mazkur yodgorlik majmuasi tinglovchilard

Batafsil
Akademiyada ShHTning Samarqand sammiti mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

Akademiyada ShHTning Samarqand sammiti mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “ShHT: Samarqand sammiti samarali muloqot va o‘zaro manfaatli hamkorlik platformasi sifatida” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Shavkat Mavlanov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Bahrom Mamadiyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Muhammadolim Muhammadsidiqov, Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbatida ShHT hozirgi kunda dunyo aholisining deyarli yarmini birlashtirgan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli maydonchasi ekani qayd etildi.Shanxay hamko

Batafsil
Imom-xatiblar Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishdilar
Yangiliklar

Imom-xatiblar Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishdilar

Bugun, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida malaka oshirayotgan imom-xatiblar uchun Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati haqida taqdimot uchrashuvi o‘tkazildi.Unda markaz direktori Jamolitdin Karimov so‘zga chiqib, markazning tashkil etilishi, uning maqsad va vazifalari, markazning tarkibiy tuzilishi, respublika hamda xalqaro miqyosda uning tutgan o‘rni xususida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi boshlig‘i Abdullatif Alloqulov markaz tomonidan amalga oshirilgan Imom Moturidiyning “Ta’vilot al - Qur’on” kitobining tarjima va tahrir jarayonlari haqida ma’lumot berdi. Asarning hozirgi globallashgan zamonda tutgan o‘rni, mo‘tadil ta’limotni jamoatchilikka yetkazishdagi ahamiyati ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, markaz tomonidan nashr qilingan 40 ga yaqin kitob va risolalar bilan tanishtirildi.So‘ngra

Batafsil
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda
Yangiliklar

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida din soha xodimlarining oldida turgan vazifalar” yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlari tashkil etilgan.Ushbu o‘quvlarning ikkinchi kunida ishtirok etayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyat, tuman/shahar Bosh imom-xatiblariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan. ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Ravshanov “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish” hamda I

Batafsil
Bosh imom-xatiblar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
Yangiliklar

Bosh imom-xatiblar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyat, tuman/shahar Bosh imom-xatiblari uchun “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida din soha xodimlarining oldida turgan vazifalar” yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlari boshlandi.Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda boshlangan malaka oshirish o‘quvlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori M.Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi S.Toshboyev hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy N.Xoliqnazarov ishtirok etdi.

Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi Muftiy Boboxonovlar sulolasi mavzuida ma’ruza qildi
Yangiliklar

Akademiya o‘qituvchisi Muftiy Boboxonovlar sulolasi mavzuida ma’ruza qildi

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida “O‘zbekiston musulmonlari idorasining Sovet Ittifoqi davridagi faoliyati (1943-1989) va Muftiy Boboxonovlar sulolasi” mavzuida ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla Gʻafurov, “Muftiy Boboxonovlar” jamg‘armasi direktori Jamolxon Boboxonov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kafedra mudiri, tarix fanlari doktori Ne’matulla Muhamedov, TII faxriy o‘qituvchilaridan Mo‘minjon domla Saydaliyev, Boboxonovlar sulolasi vakillari hamda ustozlar va talabalar ishtirok etdi.Tadbirni Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla Gʻafurov ochib berdi. Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri Ne’matullo Muxamedov “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasining tashkil etilishi” mavzusida so‘zga chiqdi. Yurtimiz mo‘min-musulmonlari tomo

Batafsil
Ilmiy ishlar munosib himoya qilindi
Yangiliklar

Ilmiy ishlar munosib himoya qilindi

So‘nggi yillarda yurtimizda barcha sohalar qatori ilm-fan sohasiga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatni oshirish borasida tizimli ishlar bajarilyapti. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham mazkur sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadqiqotchilar safi kengaymoqda. Ilmiy ishlar himoyalarini o‘tkazish esa muntazamlik kasb etayotir. Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiyaning yosh tadqiqotchilari o‘zlarining dissertatsiyalarini himoya qilishdi. Jumladan, dastlab Saidahmadxon Gʻaybullayevning “Faxrul-islom Pazdaviyning “Usul” asarida hanafiy usul qoidalari tahlili” mavzusidagi islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi o‘tkazildi.Tadqiqot ishi “X

Batafsil
Onlayn uchrashuvda hamkorlikdagi vazifalar belgilab olindi
Yangiliklar

Onlayn uchrashuvda hamkorlikdagi vazifalar belgilab olindi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Pokiston Oliy ta’lim komissiyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim komissiyasi direktori Muhammad Raza Chohan, Peshovar universiteti professorlari doktor Said Minhaj ul Hassan va Shabir Ahmed Xon, Kengash raisi Qibla Ayaz hamda Akademiyaning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Bahrom Mamadiyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, Islom ensiklopediyasi bo‘limi mudiri Nurislom To‘xliyev va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi.Uchrashuv avvalida Oliy ta’lim komissiyasi direktori Muhammad Raza Chohan bugungi yig‘ilishdan asosiy maqsad Islom ensiklopediyasini tuzish bo‘yicha fikrlar almashish va o‘zaro aloqalar o‘rnatgan holda istiqboldagi rejalarni ko‘rib chiqish ekanini bildirdi

Batafsil
Ma’naviy-ma’rifiy maskanlar talabalarda katta taassurot qoldirdi
Yangiliklar

Ma’naviy-ma’rifiy maskanlar talabalarda katta taassurot qoldirdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 1-bosqich talabalari uchun “Birinchi kurs maktabi” va “Mustaqillik darslari” tadbirlari doirasida poytaxtimizning turli ma’naviy-ma’rifiy maskanlariga sayohatlar tashkil etilmoqda.“Islomshunoslik”, “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” hamda “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti 1-kurs talabalari hamda tyutorlari Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga tashrif buyurishdi. Tadbir davomida o‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan, XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy ijodi haqida so‘z yuritildi.Shuningdek, “Turon” kutubxonasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishtirildi. Mazkur kutubxona 1913-yili taniqli o‘zbek ma’rifatparvarlari Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Gʻulom Zafariy kabi bir guruh ziyolilar tomonidan tashkil etilgan. Bugungi kunda milliyli

Batafsil
Ko'rinish