Otinoyilar malaka oshirish o‘quvlarining birinchi davrasi yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman/shahar bosh otinoyilari uchun “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlarining birinchi davrasi yakunlandi. Unda 90 nafar tinglovchi ishtirok etdi.Mazkur o‘quvlarning uchinchi kunida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari – “Milliy tiklanish” demokratik partiya fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov “Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish” hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, siyosiy fanlar doktori Muhammadolim Muhammadsiddiqov tomonidan “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat oli
BatafsilMalaka oshirish o‘quvlari doirasida ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyat, tuman/shahar bosh otinoyilari uchun “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.Tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga muvofiq, 2022-yilning 4-oktabr kuni tinglovchilar poytaxtimizdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurishdi. Mazkur yodgorlik majmuasi tinglovchilarda katta taassurot qoldirib, undagi milliy me’moriy an’analar asosida barpo etilgan ramziy qabr va uning atrofi, qatag‘on qurbonlari to‘g‘risida ma’lumot olishdi.Undan so‘ng tinglovchilar Yangi O‘zbekiston bog‘iga tashrif buyurishdi. U yerda tinglovchilar O‘zbek davlatchiligi
BatafsilOTINOYILARNING MALAKA OSHIRISH O‘QUVLARI DAVOM ETMOQDA
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Viloyat, tuman/shahar bosh otinoyilari uchun “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.Mazkur o‘quvlarning ikkinchi kunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Ravshanov “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish”, O‘zbekis
Batafsil
Soha rivoji bo‘yicha uchrachuv o‘tkazildi
O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida Malayziya Islomni anglash instituti (IKIM), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi.Tadbirda Akademiya vakillari Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Bahromjon Mamadiyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri Mirodil Haydarov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov qatnashdi.Muloqotda Malayziyada O‘zbekiston madaniy merosi hamda ziyorat sayyohligi salohiyatini targ‘ib etish bo‘yicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.Uchrashuv davomida respublikaning boy maʼnaviy-madaniy merosini o
BatafsilOTINOYILAR UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH O‘QUVLARI BOSHLANDI
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 2022-yilning 3-oktabr kunidan “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida din soha xodimlarining oldida turgan vazifalar” yo‘nalishida respublikada faoliyat yuritayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar va tuman/shahar bosh otinoyilari uchun 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Unda jami 90 nafar tinglovchilar ishtirok etmoqda.2022-yil 3-oktabr kuni mazkur o‘quvlarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilbar Gʻulomova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Farida Abduraximova hamda Malaka oshirish markazi direktori X.Axmedov ishtirok etdi.Ushbu o‘quvlarning birinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din
Batafsil
XALQNING OBRO‘SINI KO‘TARGAN ZOTLAR
Nurislom TO‘XLIYEV, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi professori, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi:– Kuni kecha davlatimiz rahbarining O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigini har doimgidan-da kuchli hayajon bilan eshitdik. Sababi, bu gal bayramimiz ShHTning nufuzli mehmonlarini qabul qilgan Samarqanddagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida o‘tkazildi. Dunyoning manaman degan davlat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillariga mezbonlik qilgan bu maskanda kasb bayramimiz nishonlangani ustozlarga ko‘rsatilgan yuksak ehtiromning yana bir dalili bo‘ldi. Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir shukuhi biz, murabbiy va pedagoglar ruhiyatiga ko‘chib, kayfiyatimizni nihoyatda ko‘tardi. Umrining qirq yildan ortig‘i ta’lim sohasida kechgan pedagog sifatida muallim zotiga ko‘rsatilayotgan
Batafsil
Haj va umra ishlari vaziri Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi
Ayni kunlarda mamlakatimizda boʻlib turgan Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.Delegatsiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Oʻzbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elchisi Ulugʻbek Maqsudov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon Ishmatbekov va boshqa mutasaddilar hamrohlik qildi.Yuqori martabali mehmonlarni Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev va ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlimi mudiri Barot Amonov kutib oldi.Delegatsiya aʼzolari Markaz va undagi Imom Buxoriy muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ularga Markazda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va
Batafsil
1-OKTABR – “O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI REKTORI MUZAFFAR KOMILOVNING BAYRAM TABRIGI
Assalom-u alaykum, hurmatli ustozlar va aziz hamkasblar!Avvalo, Sizlarni 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.Ustoz degan sharafli nomga munosib bo‘lish, o‘qituvchi kasbini ulug‘lab, kelajak avlodni barkamol voyaga yetkazish ulug‘ saodat. Shu bois, donishmand xalqimiz ustoz-muallimga hamisha o‘zgacha hurmat va e’tiborda bo‘lib keladi. “Agar shogird shayxulislom, agar qozidur, agar ustoz rozi – Tangri rozidur”, deydi Alisher Navoiy hazratlari. Darhaqiqat, bugungi kunda ham yurtimizda ta’lim tizimi islohotlariga ustuvor ahamiyat qaratilib, yangi bir uyg‘onish — Sharq Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda. Mazkur oliy maqsadning ro‘yobga chiqishida o‘qituvchi va murabbiylarning o‘rni va roli beqiyos ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz. Shuning uchun ham yoshlarni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida, zamonaviy
Batafsil
Doim ehtirom va e’zozdasiz, aziz ustozlar!
Navqiron avlodni barkamol inson etib kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning ustoz otangdek ulug‘, degan purhikmat naqlida ham o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtiromi namoyon. Zero, ustozlik martabasi dunyodagi eng e’zozli, ehtirom va e’tiborga loyiq, qalblarga yaxshilik, ezgulik, komillik olib kiruvchi muborak kasb sanaladi. U har bir insonning kelajagi uchun tamal toshini qo‘yishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham xalqimizning “ustoz otangdek ulug‘”, degan ibratli o‘giti zamirida o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtiromi mujassamdir.Bugun shiddat bilan o‘zgarayotgan zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Binobarin, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalar yechimida ilm-fanning hayot va amaliyot, ishlab chiqarish bilan o‘zaro uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb et
Batafsil
Akademiya professori yuksak mukofot bilan taqdirlandi
Har yili an’anaviy tarzda 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanadi. Joriy yilda ham davlatimiz rahbari tomonidan “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.Unga muvofiq, mamlakatimizda ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, Yangi O‘zbekistonni bunyod etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lidagi katta xizmatlari, yoshlarni ona Vatanga mehr va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi fao
Batafsil
O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni: TARIXIY, MADANIY VA DINIY RISHTALAR MUSTAHKAMLANMOQDA
Xalqaro hamkorlikShu kunlarda Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon Rabia boshchiligidagi nufuzli delegatsiyasi yurtimizda bo‘lib turibdi.Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda ikki mamlakatning o‘zaro hamkorlik aloqalari ijobiy sur’at kasb etib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.Ikki mamlakatni azaldan tarixiy, madaniy-ma’rifiy va ijtimoiy-ma’naviy rishtalar bog‘lab turadi. O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni munosabatlari mushtarak va do‘stona hamkorlik asosiga qurilgan. Ajdodlarimiz azaldan Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga intilganlar. Ular bu zaminda islom dini asoslarini o‘rganib, dunyo ilm-fani taraqqiyotiga tamal toshini qo‘yganlar.Amaliy tashrif doirasida Toshkent shahridagi “Simpoziumlar saroyi”da Saudiya
Batafsil
Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni bilan samimiy QUTLOV!
Vatanimiz ozodligi, xalqimiz tinch va osoyishta hayoti, sarhadlarimiz daxlsizligida maxsus xizmatlar faoliyati muhim ahamiyatga ega.Shu munosabat bilan, 26-sentabr – Davlat xavfsizligi xizmati organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.Tinchlik – ulug‘ ne’mat! Uning qadrini yon-atrofimizdagi qo‘shni davlatlarda sodir bo‘layotgan tashvishli voqealarni kuzatib, yana bir bor iqror bo‘lyapmiz, teran anglayapmiz!Shu o‘rinda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, o‘tgan yillarda amalga oshirilgan “Mehr” gumanitar operatsiyalari doirasida Yaqin Sharq davlatlarida og‘ir sharoitda qolayotgan 500 nafardan ortiq ayollar va bolalarning mamlakatimizga olib kelishda ham maxsus xizmat xodimlarining faoliyati muhim ahamiyat kasb etganini alohida ta’kidlashni istardik. Vatan – muqaddas! Vatanni sevish esa iymondandir. Shu bois, davlat sarhadlarini qo‘riqlashdan t
Batafsil