O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

“Ta’vilot al-Qur’on” asarining 29-juzi hamda “Imom Moturidiy” romani taqdimoti o‘tkazildi
Yangiliklar

“Ta’vilot al-Qur’on” asarining 29-juzi hamda “Imom Moturidiy” romani taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun Imom Moturidiy qalamiga mansub “Ta’vilot al-Qur’on” asarining 29-juzi hamda “Imom Moturidiy” romanining taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Imom Moturidiy” romanining muallifi Luqmon Bo‘rixon, Akademiya professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda Markaz xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni Imom Moturidiy ilmiy-tadqiqot markazi rahbari Jamoliddin Karimov ochib berdi. Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar Imom Moturidiyning ilmiy-ma’naviy merosi, moturidiylik ta’limoti hamda uning bugungi kundagi ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tishdi.Shundan so‘ng yig‘ilganlarga “Ta’vilot al-Qur’on” asari tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari, uning bugungi kunda jamiyatda kuzatilayotgan ayrim ixtilofli aqidaviy masalalarga yechim topish hamda mo‘tadil ta’limotni keng targ‘ib qilishdagi

Batafsil
Akademiya rektori xalqaro forumda ishtirok etdi
Yangiliklar

Akademiya rektori xalqaro forumda ishtirok etdi

Poytaxtimizda “15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan “Qishloq hududlarida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish istiqbollari va aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ishtiroki” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi.Tadbirda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, ayniqsa, chekka qishloqlarda istiqomat qilayotgan ayollar turmush sharoitini yaxshilash, ularning muammolariga hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga e’tibor qaratish, qishloq joylarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar borasida so‘z bordi.Forumda Oliy Majlis Senati Raisi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zb

Batafsil
Diniy ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari uchun malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi boshlandi
Yangiliklar

Diniy ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari uchun malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman/shahar bosh imom-xatiblari, otinoyilari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari uchun muntazam tarzda malaka oshirish o‘quvlari tashkil etilmoqda.Malaka oshirish markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari uchun “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida din soha xodimlarining oldida turgan vazifalar” yo‘nalishidagi navbatdagi o‘quvlarning ikkinchi davrasi boshlandi.36 soatlik mashg‘ulotlarda 84 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda. O‘quvlarning birinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, dotsent Davronbek Maxsudov “Yang

Batafsil
Malaka oshirish o‘quvlarining birinchi davrasi yakunlandi
Yangiliklar

Malaka oshirish o‘quvlarining birinchi davrasi yakunlandi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari tashkil etilgan edi. “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida din soha xodimlarining oldida turgan vazifalar” yo‘nalishidagi 36 soatlik mazkur o‘quvlarning birinchi davrasi yakunlandi.Mashg‘ulotlarning uchinchi kunida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Zokir Sodiqov “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash”, Akademiya katta o‘qituvchisi Bektosh Berdiyev “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish” hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

Batafsil
O‘zbekiston musulmonlari idorasidagi tadbir yuqori kayfiyatda o‘tkazildi
Yangiliklar

O‘zbekiston musulmonlari idorasidagi tadbir yuqori kayfiyatda o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida Rabi’ul avval oyi munosabati bilan Nabiy alayhissalom siyratlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Davronbek Maxsudov, Qur’on karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri shayx Alijon qori, Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un Gʻofurov, Hadis ilmi maktabi rektori Olimjon Yusupov, misrlik olim shayx Jamoliddin Hoshim, ilmiy-tadqiqot markazlari xodimlari, ustozlar va imom-xatiblar ishtirok etdi.Tadbirda, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning “Tasadduq, yo Rasululloh!” nomli yangi kitobi taqdim

Batafsil
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda
Yangiliklar

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida din soha xodimlarining oldida turgan vazifalar” yo‘nalishida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari uchun 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.Mazkur o‘quvlarning ikkinchi kunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi Shomansur Sagdullayev “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Ravshanovning “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish” ma’ruzalari tinglandi.

Batafsil
Diniy ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
Yangiliklar

Diniy ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

Avval xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman/shahar bosh imom-xatiblari, otinoyilari uchun malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tgan edi. Ana shunday o‘quvlarning navbatdagisi esa O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari uchun bo‘lib o‘tmoqda.“Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida din soha xodimlarining oldida turgan vazifalar” yo‘nalishidagi 36 soatlik o‘quvlarda 90 nafar tinglovchi ishtirok etyapti. Mazkur o‘quvlarning birinchi kunida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, dotsent Davronbek Maxsudov “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlari mas’u

Batafsil
Otinoyilar malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi yakunlandi
Yangiliklar

Otinoyilar malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman/shahar bosh otinoyilari uchun “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi yakunlandi. 36 soatga mo‘ljallangan o‘quvlarda 90 nafar tinglovchi ishtirok etdi. O‘quvlarning uchinchi kunida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muxammadjonova “Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘

Batafsil
Akademiyada turizmni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada turizmni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi

O‘zbekiston qadimdan Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgani sababli mazkur zaminda turizm sohasi taraqqiy etgan. Shu bois, bugungi kunda xalqimizning umrboqiy madaniyati, urf-odati, qadriyatlari, tarixiy obidalari va madaniy yodgorliklari bilan tanishish istagida bo‘lgan mahalliy hamda xorijlik sayyohlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda turizmni rivojlantirish masalasi yangi bosqichga ko‘tarildi.Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan mazkur sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 19-sentabr kuni mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi islohotlarning tadrijiy davomi bo‘ldi. Mazkur yig‘ilishda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik obyektlaridan samarali foydalan

Batafsil
Otinoyilar malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi davom etmoqda
Yangiliklar

Otinoyilar malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyat, tuman/shahar bosh otinoyilari uchun “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishidagi malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi davom etmoqda.Mazkur o‘quvlarning ikkinchi kunida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, siyosiy fanlar doktori Muhammadolim Muhammadsiddiqov “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish”, Akademiya dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Zokir Sodiqov “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” hamda Akademiya katta o‘qituvchisi A’zamxon Qambarov tomonidan “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitat

Batafsil
BUGUN TAVALLUD KUN!
Yangiliklar

BUGUN TAVALLUD KUN!

7-oktabr – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi direktori, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, publitsist, ssenariynavis, mohir muharrir Abdulhamid Muxtorov tavallud topgan kun!O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va “Ziyo” media markazi jamoasi Abdulhamid Abduaxadovichni shukrona kuni bilan muborakbod etib, ijodiga muvaffaqiyat, oilasiga totuvlik, baxt-saodat, uzoq va barakali umr tilaydi!

Batafsil
Otinoyilar uchun malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi boshlandi
Yangiliklar

Otinoyilar uchun malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishida yurtimizda faoliyat yuritayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar va tuman/shahar bosh otinoyilari uchun malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi boshlandi. Unda jami 98 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.36 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlarning birinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, dotsent Davronbek Maxsudov “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlari mas’uliyati”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, falsafa fanlari doktori Matluba Qahhorova “Inson qadrini yuksaltirish

Batafsil
Ko'rinish