O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Ko‘r-ko‘rona taqlid – johillik
Yangiliklar

Ko‘r-ko‘rona taqlid – johillik

Bismillahir Rohmanir Rohim.Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylikdir. Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining tarixi xalqimizning ko‘p asrli kechmishi, orzu-intilishlari, dard-u armonlari, zafarlari va g‘alabalari bilan chambarchas bog‘liq.So‘nggi yillarda ona tilimizni tom ma’noda davlat tiliga aylantirish yo‘lida katta chora-tadbirlar ko‘rildi. Jumladan, ma’naviy hayotimizni yanada rivojlantirish, ta’lim-tarbiya ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan o‘nlab farmon va qarorlar o‘zbek tili ravnaqiga xizmat qilmoqda.Davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarning mantiqiy davomi sifatida mamlakatimizda yana bir muhim qada

Batafsil
21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning TABRIGI
Yangiliklar

21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning TABRIGI

Assalom-u alaykum, hurmatli ustozlar va aziz talaba-yoshlar!O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga bu yil 33 yil to‘ldi. Mazkur sana mamlakatimizda “O‘zbek tili bayrami” sifatida keng miqyosda nishonlanmoqda. Zero, jondan aziz Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz huquq va manfaatlari himoyasida ona tilimizning yuksak maqomga ega bo‘lgani muhim ahamiyat kasb etgan. Shu munosabat bilan barchani 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan chin qalbdan tabriklayman!Muhtaram, professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar!Dunyodagi ko‘hna va benazir tillardan hisoblangan o‘zbek tili xalqimizning qadim kechmishi, orzu-maqsadlari, ulkan ma’naviy-ma’rifiy merosi xazinasidir. Shu o‘rinda ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur”, – degan hik

Batafsil
Millat, ma’naviyat va ma’rifat bayrami
Yangiliklar

Millat, ma’naviyat va ma’rifat bayrami

Bugun yurtimizda 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganining 33 yilligi hamda O‘zbek tili bayrami kuni millat, ma’naviyat va ma’rifat bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Aytish joizki, so‘nggi yillarda ona tilimiz mavqei va maqomini yuksaltirish borasidagi ishlar mutlaqo yangicha bosqichga ko‘tarildi.Mamlakatimizda har yili mazkur sana munosabati bilan turli bayram tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etiladi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusidagi tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Tantanali marosimda Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Bayramni Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Zohidjon Islomov o‘z nutqida tilimiz rivojlanish bosqichlariga to‘xtalib o‘tdi. Ona tilimiz nufuzi va mav

Batafsil
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
Yangiliklar

O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Muhtaram vatandoshlar! Avvalo, Siz, azizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va mo‘’tabardir.Qadim turkiy tilimizni ilk bor ilmiy asosda tadqiq etgan buyuk alloma Mahmud Koshg‘ariyning: “Erdam boshi tildur”, ya’ni “Barcha ezguliklar tildan boshlanur”, degan so‘zlarida teran haqiqat mujassam. Darhaqiqat, odamzot qalbidagi jamiki olijanob fazilatlar ona tilining betakror mo‘jizasi, sehri va jozibasi bilan kamolga yetadi.Xalqimiz tafakkurining tiniq ko‘zgusi bo‘lgan bu bebaho xazinani asrab-avaylash va rivojlantirish bugungi kundagi eng sharafli vazifalarimizdan biridir. Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bobomizning: “Tilga e’tibor – e

Batafsil
Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi. Akademiya rektori, kengash raisi Muzaffar Komilov o‘z so‘zida navbatdagi majlis ham amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishda muhim ekanini ta’kidladi.Kengash majlisida dastavval O‘q

Batafsil
“Imom Abu Mansur Moturidiy faoliyati va moturidiya aqidaviy mazhabi” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

“Imom Abu Mansur Moturidiy faoliyati va moturidiya aqidaviy mazhabi” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi

2022-yil 20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Imom Abu Mansur Moturidiy faoliyati moturidiya aqidaviy mazhabi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm, xususan, ziyorat turizmi sohasini jadal rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyuldagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-338-sonli qarorida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon, Qo‘qon, Termiz va boshqa tarixiy shaharlarda buyuk allomalarning ilmiy va madaniy merosi to‘g‘risida seminar, sim

Batafsil
Akademiyada “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi

Bugun o‘zbek tilini rivojlantirish, e’zozlash, xalqaro nufuzini yanada oshirish borasida tarixiy ishlar amalga oshirilayotgan davrda yashayapmiz. Bu kabi ezgu sa’y-harakatlarda faollik ko‘rsatish, davlat tiliga kuyinchaklik bilan munosabatda bo‘lish har birimizning muqaddas burchimiz sanaladi. Zero, ona tili har bir millatning ruhiyatini, istiqbolini o‘zida aks ettirib, xalqning mavjudligining asosiy belgisidir. Darhaqiqat, til – millat ko‘zgusi. U har bir millatning boyligi, ma’naviy qiyofasi, madaniyati, ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vosita sanaladi. Mamlakatimizda har yili 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan turli bayram tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, ilmiy-amaliy anjumanlar, soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etiladi. Mazkur sana respublikamiz bo‘ylab keng miqyosda nishonlanadi.O‘zbekiston xalqaro islom

Batafsil
Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
Yangiliklar

Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. 72 soatga mo‘ljallangan mashg‘ulotlarda 20 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.Mazkur o‘quvlarda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” kitobining mazmun-mohiyati”, “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari”, “O‘zbekistonda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan diniy konfessiya va tashkilotlar faoliyati”, “O‘zbekistonda faoliyati kuzatilayotgan ekstremistik oqimlar va norasmiy diniy jamoalar”, “Missionerlik va prozelitizm: mohiyat, maqsad va oqibatlar”, “Harbiy xizmatchilar orasida buzg‘unchi g‘oy

Batafsil
Akademiyada “Kelajak – mening tasavvurimda” ijodiy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

Akademiyada “Kelajak – mening tasavvurimda” ijodiy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Uchinchi Renessans – Yangi O‘zbekiston” g‘oyasini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish hamda “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Kelajak – mening tasavvurimda” ijodiy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etildi.Unda Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumani maktab o‘quvchilari, ularning ustozlar ishtirok etdi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan taqdim etilgan mavzuga oid ijod namunalari asosida ko‘rgazma tashkil etildi.Marosim avvalida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohid

Batafsil
Imom-xatib va imom noiblar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
Yangiliklar

Imom-xatib va imom noiblar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahar va Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom noiblar uchun “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishidagi navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi.36 soatlik ushbu o‘quvlarning birinchi kunida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, dotsent Davronbek Maxsudov “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlari mas’uliyati”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, iqtisod fanari doktori (DSc) Bobur Valiyev “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash”, Akademiya katta o‘qituvchisi A’zamxon Qambarov “Mutaassib guruhla

Batafsil
Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon
Yangiliklar

Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon

Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo‘lgan. Mana oradan ming yillar o‘tganiga qaramay, o‘rta asrlarda yashab ijod qilgan, jahon tamadduni rivojiga bebaho hissa qo‘shgan alloma va mutafakkirlarning dahosi, ilm-fanning turli yo‘nalishlaridagi izlanishlari va qomusiy bilimlari hamon e’tirof etilmoqda.Ilm-fanning turli sohalarida kashfiyotlar qilgan ajdodlarimiz islom ilmlarida ham peshqadam bo‘lgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abul Mu’in Nasafiy, Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Qaffol Shoshiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Xoja Ahror kabi allomalar islom sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan. Ularning hayot yo‘llari va ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, tadqiq etish bugungi kunda dolzarb mavzuga aylangan.Mintaqada islom sivilizatsiyasining o‘rnini o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom ta

Batafsil
Turkiy tilli davlatlarning falsafasi, madaniyati, aloqalari: tarix, bugun va kelajak
Yangiliklar

Turkiy tilli davlatlarning falsafasi, madaniyati, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

Dunyo tarixida, insoniyat taraqqiyotida turli davrlarda yuzaga kelgan sivilizatsiyalar, saltanatlarning o‘rni va ahamiyati katta bo‘lgan. Ular orasida turkiy xalqlar tomonidan asos solingan qadimiy davlatlar, ularning madaniyat va tamaddunlari alohida o‘rin tutadi. Tarixga nazar tashlasak, buyuk sulolalar o‘z hukmronligi davrida davlatni haq va adolat bilan boshqarishga, ilm-fan, me’morchilik, madaniyat va san’atni rivojlantirishga harakat qilgan.Bugun sayyoramizda yashayotgan turkiy tilli xalqlarning umumiy soni 250 milliondan oshadi. E’tirof etish joizki, hozirgi kunda ham turkiy tilli davlatlar o‘rtasida har tomonlama hamkorlik aloqalari tobora rivojlanmoqda. Muhtaram Prezidentimizning tashqi siyosatdagi ochiqlik, amaliy va konstruktiv sheriklikka qaratilgan siyosati natijasida yangi O‘zbekiston dunyoga tobora keng ochilyapti. Shu ma’noda O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik k

Batafsil
Ko'rinish