“Buyuk kelajagimizni bunyodkori bo‘lgan yoshlarni tarbiyalaymiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya rahbariyati, Tyutorlar, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari ishtirokida “Mas’uliyatli kasb egalarimiz” shiori ostida “Buyuk kelajagimizni bunyodkori bo‘lgan yoshlarni tarbiyalaymiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda Akademiya Ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Z.Islomov davra suhbati ishtirokchilariga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev asarlari hamda Q.Rafiqovning “Mening Prezidentim” nomli kitobida bildirilgan Vatanga sadoqat, yurt kelajagiga daxldorlik va yoshlar uchun imkoniyatlarga oid fikr mulohazalarni o‘rganishga bag‘ishlangan ma’lumot va fikrlarni bildirdi.Shuningdek, yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, barcha sohalarda erishilgan yutuqlar yuqorida nomi keltirilgan kitobda aks ettirilgani va buni keng jamoatchilikka yetkazish muhim ekani ta’kidlandi. Bu jarayonda guruh Tyutorlari, ust
Batafsil
Otinoyilar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishida Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Mazkur o‘quvlarda jami 104 nafar tinglovchi ishtirok etyapti. Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, falsafa fanlari doktori Matluba Qahhorova “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish”, Akademiya dotsenti, iqtisod fanlari doktori Bobur Valiyev “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish
Batafsil
Targ‘ibot guruhlari uchun malaka oshirish o‘quvlari samarali o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida “Xotin-qizlarning radikallashuvi, ularning yot g‘oyalar va mutaassiblikka berilishining oldini olish masalalari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi.Toshkent shahar va tumanlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlardan iborat targ‘ibot guruhlari uchun tashkil etilgan 36 soatlik mazkur darslarda jami 270 nafar tinglovchi ishtirok etdi.O‘quvlar boshlanishidan avval ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Artikova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adm
Batafsil
Mudofaa vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi. Mazkur o‘quvlarda jami 20 nafar tinglovchi ishtirok etdi.Malaka oshirish o‘quvlari uchun 72 soatlik o‘quv reja asosida dars jadvali ishlab chiqildi hamda tasdiqlandi. Tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobida ko‘tarilgan masalalar tahlili”, “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari”, “O‘zbekistonda faoliyati kuzatilayotgan ekstremistik oqimlar va norasmiy diniy jamoalar”, “Harbiy xizmatchilar orasida buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga doir tavsiyalar”, “Ha
Batafsil
O‘zbek tilshunosligining zamonaviy yo‘nalishlari: muammo va yechimlar
Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining tarixi xalqimizning ko‘p asrlik orzu-intilishlari, dard-u armonlari, zafarlari bilan uzviy bog‘liq. Tarixga nazar solsak, buyuk ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zini aytgan. Bebaho nodir ma’naviy meros qoldirgan.Darhaqiqat, har qanday xalqning tarixi, o‘ziga xos tabiati, qadriyatlari, avvalo, o‘sha xalqning ona tilida aks etadi. O‘z tilini asrab-avaylagan, uni zamonlar osha rivojlantira olgan millatgina o‘zligini, milliy qiyofasini saqlab qoladi. Ahamiyatlisi, joriy yilda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil to‘ldi. Mazkur sana “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida keng nishonlandi va nishonlanayotir. Ona tilimiz rivoji, uning kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish faqat ma’lum muddatda emas, balki bu jarayon muntazam tarzda davom etishi maqsadga muvofiqdir. Shu bois, O‘zbekist
Batafsil
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi muloqotlar davom etmoqda
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyatimizda barqaror va sog‘lom muhitni ta’minlash maqsadida mutasaddilar tomonidan turli targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar tashkil etilyapti. Jumladan, poytaxtimizdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyida o‘tkazilgan uchrashuv aynan shu mavzuga bag‘ishlandi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari bilan bir qatorda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent moliya instituti talabalari ham ishtirok etdi.Muloqotda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati rahbari Ilhom Ma’rupov davlat va din munosabatlari, islo
Batafsil
Akademiya vakillari “Ta’lim va mutaxassislik” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da “Ta’lim va mutaxassislik” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan mazkur tadbirda yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining mutasaddilari ishtirok etdi. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham o‘zlarining taqdimotlari bilan qatnashdi. Akademiya vakillari ko‘rgazma doirasida yoshlarga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining faoliyati, fakultet va kafedralari, maqsad va vazifalari bilan tanishtirdi.Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori oliy ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘quv jarayoni, ilmiy salohiyati, talabalarga yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar ham xalqaro andazalar darajasiga tenglashmoqda. Xususan, Akademiya axborot-resurs markazi fondi yangi kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari bilan yanada boyitild
Batafsil
Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va bugun
ANJUMANO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida shu mavzuda o‘tkazilgan III xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Markaziy Osiyo mintaqasida o‘rta asrlarda jahon tamadduni rivojiga bebaho hissa qo‘shgan alloma va mutafakkirlarning turli yo‘nalishlardagi izlanishlari va qomusiy bilimlari hamon e’tirof etilayotgani yana bir bor o‘z isbotini topdi.Markaziy Osiyo mintaqasi o‘zining ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy, ma’rifiy va geopolitik imkoniyatlari bilan dunyo e’tiborida turibdi. Azaldan yaxshi qo‘shnichilik, hamjihatlik, savdoiqtisodiy va ilmiymadaniy aloqalar rivojlangan. Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgani geosiyosiy nuqtai nazardan muhim ahamiyatga ega.Anjumanda IRCICA tadqiqotchilari, Marmara universiteti (Turkiya), Qozon federal universiteti (Rossiya), O‘sh davlat universiteti (Qirg‘iziston) professoro‘qituvchilari, dotsentlar, yurtimizdagi xalqaro ilmiytadqiqot markazlari direkto
Batafsil
SO‘YLASIN AFROSIYOB-U, SO‘YLASIN O‘RXUN XATI... Turkiy tilli davlatlarning mushtarak falsafasi, madaniyati va aloqalari
ANJUMANDunyo tarixi, insoniyat taraqqiyotida turli davrlarda turkiy xalqlar tomonidan asos solingan qadimiy davlatlar, ularning madaniyati va ma’rifati alohida o‘rin tutadi. Bu saltanatlarni boshqargan buyuk sulolalar davlatni haq va adolat bilan boshqarishga, ilm-fan, me’morlik, madaniyat va san’atni rivojlantirishga harakat qilgan.Turkiy xalqlarning mushtarak yodgorligi sanalgan O‘rxun-Enasoy obidalari, Mahmud Koshg‘ariyning “Devon-u lug‘otit-turk” asari va boshqa ko‘plab ma’naviy merosimiz ajdodlarimizning naqadar yuksak aql-zakovat, salohiyat va idrok sohibi bo‘lganidan darak beradi. Xalqlarimiz dahosi timsoli bo‘lgan “Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish”, “Dada Qo‘rqut”, “Manas”, “Edigey” singari qahramonlik eposlari asrlar osha insoniyatni mardlikka, vatanparvarlikka, olijanoblikka undab kelmoqda.Muqaddas zaminimizdan yetishib chiqqan Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Y
Batafsil
Malaka oshirish o‘quvlarida ma’naviy-ma’rifiylar tadbirlar tashkil etildi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda. Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Mazkur tadbirlar rejasiga muvofiq, tinglovchilar uchun poytaxtimizdagi “Hazrati imom” majmuasiga sayohat tashkil etildi. U yerda “Qaffol Shoshiy” maqbarasi, “Baroqxon”, “Mo‘yi muborak” madrasasi, “Tilla shayx” va “Namozgoh” masjidlarini ziyorat qilishdi. Shuningdek, tinglovchilar O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining qurilish ishlari hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti tarixi va faoliyati bilan ham yaqi
Batafsil
Imom-xatib va imom-noiblar uchun malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahar va Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom-noiblar uchun “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi boshlandi.36 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlar Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlari va maqsadlaridan kelib chiqqan holda diniy soha xodimlari oldida turgan diniy-ma’rifiy va ma’naviy-axloqiy ishlar bilan bog‘liq faoliyatlarini samarali tashkil etishlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.O‘quvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Nodirbek Shomirzayev “Mediamakonda turli ixtilofli masalalarning oldini olish, kontentni foydali
Batafsil
Ona tilim – milliy g‘ururim
Yurtimizda har yili 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan turli bayram tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, ilmiy-amaliy anjumanlar, soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etish yaxshi an’anaga aylangan. Joriy yilda ham mazkur ayyom respublikamiz bo‘ylab keng miqyosda, ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Ona tilim – milliy g‘ururim” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shodi Otamurod, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori Gulnoza Jo‘rayeva, Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimla
Batafsil