O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Oʻzbеkiston tajribasi eʼtirof etildi
Yangiliklar

Oʻzbеkiston tajribasi eʼtirof etildi

“Markaziy Osiyo – Islom sanʼati oʻchogʻi” nomli xalqaro forumi doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tashkil etilgan “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning I shoʻba yigʻilishi boʻlib oʻtdi.Unda mahalliy va xorijiy tashkilotlar, universitetlar, kutubxonalar, ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy xodimlari ishtirok etdi.Shoʻba yigʻilishida mahalliy hamda Turkiya, Qozogʻiston va Tojikiston davlatlaridan 20 nafardan ortiq olim va mutaxassis maʼruza qildi. Qoʻlyozma kitob va tarixiy hujjatlarni saqlashda muammo hamda yechimlar, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarning qoʻlyozmalar fondlari faoliyati, shaxsiy kolleksiyalardagi tarixiy manbalarning onlayn bazasini yaratish, nodir yozma manbalarni raqamlashtirish, ularning davlat reestrini yuritish, shuningdek, nodir nashrlarni pasportlashtirishda zara

Batafsil
“ZIYO” YANA GʻOLIBLAR SAFIDA
Yangiliklar

“ZIYO” YANA GʻOLIBLAR SAFIDA

Yurtimizning boy tarixi, ulug‘ ajdodlarimiz qoldirgan buyuk meros, milliy ma’naviyatimiz, boqiy qadriyatlar, ezgu fazilat va an’analarni yosh avlod qalbiga singdirish, fuqarolarda ijtimoiy mas’uliyat hissini oshirishga hissa qo‘shish maqsadida o‘tkazilgan “Inson qadri uchun” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, tanlovda yuzga yaqin ijtimoiy rolik va mualliflar ishtirok etgan. Nufuzli hakamlar hay’ati mazmun-mohiyat, mavzuning ochilganlik darajasi, tasvir, ovoz, montaj ishining sifati, muallifning o‘ziga xos ijodiy yondashuvi, originallik, keng auditoriyaga mo‘ljallangani, o‘zbek xalqining ma’naviy-axloqiy qadriyatlariga mosligi kabi qator talablardan kelib chiqqan holda g‘oliblar borasidagi o‘z qarorini e’lon qilgan.Ikkinchi noyabr kuni Uchtepa tumani Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan taqdirlash

Batafsil
Otinoyilar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda
Yangiliklar

Otinoyilar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.Tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga muvofiq, 2022-yilning 1-noyabr kuni tinglovchilar poytaxtimizdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurishdi. Mazkur yodgorlik majmuasi tinglovchilarda katta taassurot qoldirib, undagi milliy me’moriy an’analar asosida barpo etilgan ramziy qabr va uning atrofi, qatag‘on qurbonlari to‘g‘risida ma’lumot olishdi.Shundan so‘ng tinglovchilar Yangi O‘zbekiston bog‘iga tashrif buyurishdi. U yerda tinglovchilar Mustaqillik monumenti va unda tasvirlangan Sohibqir

Batafsil
Akademiyada xalqaro ziyorat turizmi haftaligi doirasida davra suhbati tashkil etildi
Yangiliklar

Akademiyada xalqaro ziyorat turizmi haftaligi doirasida davra suhbati tashkil etildi

Ayni paytda yurtimizda “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakatimizdagi mavjud ziyorat turizmi salohiyatidan yanada unumli foydalanish, O‘zbekiston zaminini dunyo sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida namoyon qilish, jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlarning yuqori e’tiroflariga sazovor bo‘lish, shuningdek, ziyorat turizmini yanada rivojlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur yirik anjuman ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasida “Islom iqtisodiyoti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamo

Batafsil
Xalqaro haftalik tadbirlari davom etmoqda
Yangiliklar

Xalqaro haftalik tadbirlari davom etmoqda

“Markaziy Osiyo – Islom sanʼati oʻchogʻi” nomli xalqaro forum Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida davom etmoqda.“Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasida oʻtkazilayotgan forumning asosiy tadbirlari sirasidagi “Qurʼoni karimning Oʻzbekistonda saqlanayotgan qadimiy nusxalari koʻrgazmasi” hamda Oʻzbekiston madaniy merosini saqlash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tomonidan tayyorlangan “Katta Langar Qurʼoni: kecha va bugun” loyihasi taqdimoti boʻlib oʻtdi.Koʻrgazma ochilishida soʻzga chiqqanlar forum tadbirlarining mohiyati, shuningdek, koʻrgazmada namoyish etilayotgan ishlar nusxalarining ahamiyati va nodir qiymati haqida maʼlumotlar berdi.Tadbirda Qurʼoni karimning Oʻzbekistonda saqlanayotgan 50 ga yaqin qadimiy nusxalari, IRCICA tashkiloti tomonidan har yili Turkiyada oʻtkaziladigan xattotlar musobaqasi gʻoliblarining 40 dan ziyod ishlari hamda yurt

Batafsil
Forum doirasida mahorat darslari o‘tkazildi
Yangiliklar

Forum doirasida mahorat darslari o‘tkazildi

“Markaziy Osiyo – Islom san’ati o‘chog‘i” nomli xalqaro forum doirasida arab kalligrafiyasi bo‘yicha mahorat darsi va islom san’atiga oid davra suhbati boshlandi.“Boqiy shahar” majmuasida o‘tayotgan tadbirlar Turkiyada o‘tkazilgan xattotlik musobaqasining g‘oliblari tomonidan olib borildi.Ishtirokchilar amaliy mashqlar asosida xattotlik san’ati namunalarini yaratish ko‘nikmalari hamda islom san’ati borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldi.Islom Hamkorlik Tashkiloti (OIC)ning Islom tarixi, madaniyati va san’atini tadqiq etish markazi (IRCICA) Bosh direktori professor Mehmet Erol Qilich ishtirokchilarga tashkilotning tegishli sertifikatlarini topshirdi.

Batafsil
Forum tadbirlari davom etmoqda
Yangiliklar

Forum tadbirlari davom etmoqda

“Markaziy Osiyo – Islom sanʼati oʻchogʻi” nomli xalqaro forumning rasmiy ochilish marosimidan soʻng “Movarounnahrda kitobat madaniyati” mavzusida islom amaliy sanʼati turlari boʻyicha festival va savdo yarmarkasi hamda Xalqaro islom xattotlik koʻrgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada Turkiyadan keltirilgan, shuningdek, mamlakatimizning Toshkent, Samarqand, Buxoro va Fargʻona viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 30 nafarga yaqin hunarmand ustalar ishlari namoyish etilmoqda.Bugun qayta chiroy ochayotgan tarixiy obidalarimiz, masjid va madrasalarimizning peshtoqidagi xattotlik namunalari kishi eʼtiborini oʻziga tortadi. Ayniqsa, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarda katta qiziqish uygʻotadi. Xattotlik Sharq mamlakatlarida oʻziga xos alohida yoʻnalish kasb etgan va fan darajasiga koʻtarilgan bebaho sanʼat turidir. Oʻrta Osiyo xalqlari tomonidan islom dinining qabul qilinish

Batafsil
“Markaziy Osiyo – Islom san’ati o‘chog‘i” nomli xalqaro forum boshlandi
Yangiliklar

“Markaziy Osiyo – Islom san’ati o‘chog‘i” nomli xalqaro forum boshlandi

“Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi”ning Samarqanddagi asosiy tadbirlaridan iborat “Markaziy Osiyo – Islom san’ati o‘chog‘i” nomli xalqaro forumning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Marosimda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov mehmonlarni qutlab, mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar samaralari xususida so‘z oldi hamda forumning maqsad va vazifalari, uning doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar mohiyati haqida ma’lumotlar berdi.

Batafsil
O‘zbekistonda islomiy qadriyatlar chuqur ildizga ega
Yangiliklar

O‘zbekistonda islomiy qadriyatlar chuqur ildizga ega

Haftalikning ochilish marosimida Koreya musulmonlari federatsiyasi prezidenti Kim Don Yok janoblari ham so‘zga chiqdi.Notiq arab tilida so‘zlagan nutqida o‘zaro diniy va madaniy munosabatlarini yanada mustahkamlashga imkon yaratilganidan mamnunlik bildirdi va O‘zbekistonning islomiy qadriyatlarning chuqur ildizlariga ega ekanini ta’kidladi.“Haftalik o‘z mohiyatiga ko‘ra ko‘zlagan maqsadlariga erishishiga ishonaman hamda barchangizni ko‘rganimdan xursandman”, dedi notiq so‘zining yakunida.

Batafsil
Mamlakatimizning turizm salohiyati nufuzli xalqaro tashkilot e’tirofida
Yangiliklar

Mamlakatimizning turizm salohiyati nufuzli xalqaro tashkilot e’tirofida

Haftalikning ochilish marosimida navbatdagi so‘z Crescent Rating xalqaro tashkiloti va Halal Trip platformasi ijrochi direktori Fazal Muhammad Baxardinga berildi.Notiq o‘z so‘zida musulmon dunyosida sayyohlikning tobora o‘sib borayotgan dinamikasini infografikalar orqali namoyish etdi.Yuqori martabali mehmon so‘zining yakunida o‘zi rahbarlik qilayotgan tashkilotning bir necha nominatsiyalar bo‘yicha tegishli sertifikatlarini topshirdi.

Batafsil
Yurtimizning turizm istiqboli porloq
Yangiliklar

Yurtimizning turizm istiqboli porloq

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov haftalikning ochilish marosimidagi nutqida xalqimizning boy qadim qadriyatlari, teran tarixiy ildizlari, buyuk alloma ajdodlari siyratiga to‘xtaldi.Notiq yurtimizdagi mavjud madaniy meros obyektlari va tarixiy arxitektura yodgorliklari, shuningdek, tashkil etilgan haftalik davlatimiz turizm sohasining yangidan-yangi istiqbollarini ochib berishini ta’kidladi.Shundan so‘ng so‘z Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) Bosh direktori Mahmud Erod Qilichga berildi.Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) Bosh direktori Mahmud Erod Qilich haftalik doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo – Islom san’ati o‘chog‘i” xalqaro forum tadbi

Batafsil
“Ziyorat turizmi haftaligi” boshlandi
Yangiliklar

“Ziyorat turizmi haftaligi” boshlandi

Samarqand Yoshlar Markazi binosida mamlakatimiz shaharlarida o‘tkaziladigan “Ziyorat turizmi haftaligi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Marosimda 40 ga yaqin xorijiy davlatlardagi nufuzli xalqaro tashkilotlar, yurtimiz va xorij mamlakatlari diniy tashkilotlari hamda davlat idoralari vakillari ishtirok etmoqda.Tadbir Qur’on tilovati bilan boshlandi.“Ziyorat turizmi haftaligi” ochilish marosimida so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduxakimov o‘z nutqida haftalik mehmonlari va tadbir ishtirokchilarini qutlab, yurtimizning tobora ortib borayotgan turizm salohiyati, xorijlik sayyohlarning mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishlari hamda yangidan-yangi turizm yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.Shuningdek, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov nutq so‘zladi.

Batafsil
Ko'rinish