Akademiyada “Tafakkur egalari” intellektual kitobxonlik bellashuvi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Tafakkur egalari” intellektual kitobxonlik klubi doirasida navbatdagi bellashuv bo‘lib o‘tdi. Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ushbu bellashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti hamda Talabalar terma jamoasi kabi jamoalar ishtirok etdi. Mazkur tanlov talaba-yoshlar kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish, kitob o‘qishga va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirishga yo‘naltirish, ularni har tomonlama hayotga tayyorlash, mamlakatimizda demokratik va iqtisodiy taraqqiyotimizning taqdirini hal eta oladigan yuksak ma’naviyatli, yuqori malakali kadrlar tayyorlash
BatafsilAkademiya Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida muassasa Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar kengashi mas’ul xodimlari Ravshan Maxamadaliyev, Qosim Qambarov, Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdilar.Yig‘ilish kun tartibida dastlab Akademiya Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ashirali Abdirashidovning hisoboti tinglandi. O‘tayotgan muddat davomida Akademiya Kasaba uyushmasi tomonidan bajarilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.Majlis davomida yangi jamoa shartnomasining taqdimoti, Akademiya yangi ichki tartib-qoidalarining muhokamasi va tasdiqlanishi kabi masalalar ko‘rib chiqildi.Akademiya Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Ashirali Abdirashidov yana bir bor mazkur vazifaga saylandi.Yig‘ilish yakunida Kasaba uyushmasi
Batafsil
Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, kam harakat qilish oqibatida har yili dunyo boʻyicha 5 million kishi hayotdan koʻz yumadi. Ana shu raqamlarning oʻziyoq sogʻlom turmush tarzi naqadar muhimligidan ogoh etadi.Jismoniy mashqlar tana mushaklarini baquvvat, boʻgʻimlarni harakatchan, qomatning toʻgʻri shakllanishiga yordam beradi. Ertalabki badantarbiyada bajariladigan mashqlar organizmning biror aʼzosi yoki tizimiga emas, balki butun tanaga birdek ijobiy taʼsir etadi. Yaʼni ichki organlarda moddalar almashinuvini yaxshilaydi.Jismoniy harakat va mashqlar taʼsiri ostida toʻqimalarning kislorodga boʻlgan ehtiyoji 8-10 barobar ortadi. Shuningdek, ushbu mashgʻulotlar tizimli bajarilganda tana toʻqimalari oziq moddalarni yaxshi oʻzlashtiradi. Bunday harakatlar asab tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Badantarbiya chogʻida bajariladigan nafas mashqlari esa oʻpkani yetarlicha toza
Batafsil
Akademiyada dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
Barkamol avlodni voyaga yetkazish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarga doimiy g‘amxo‘rlik qilish davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan siyosatning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Yurtimiz yoshlari bugungi kunda nafaqat respublika, balki dunyo miqyosida o‘zining aql-zakovati, shijoati, intellektual salohiyati, kelajakka intiluvchanligi bilan e’tibor qozonmoqda. Prezidentimizning yoshlar kamolotiga qaratayotgan doimiy e’tibori, ayniqsa, ta’lim islohotlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Taassufki, amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarga qaramasdan so‘ngi vaqtlarda yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan tan jarohati yetkazish va bezorilik jinoyatlar salmog‘i sezilarli darajada yuqoriligicha qolmoqda. Yoshlar orasida tan jarohati va bezorilik jinoyatlarni sodir etilishi – bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib bormoqda.Buning oldini olish, ertamiz egalari o
Batafsil
Ziyorat turizmining transformatsiyasi: anʼanaviy qadriyatlar va zamonaviy yechimlar
Ziyorat turizmi bugungi kunda nafaqat diniy qadriyatlarni saqlab qolish, balki jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatuvchi muhim sohalardan biri hisoblanadi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi hamda zamonaviy sayohat xizmatlarining kengayishi natijasida ziyorat turizmini yangi bosqichga olib chiqish zarurati tug‘ilmoqda. Shu munosabat bilan bugun Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida “Ziyorat turizmining transformatsiyasi: anʼanaviy qadriyatlar va zamonaviy yechimlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori Ilhom Mamatkulov, Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Yelena Golisheva, Turizm qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Begzod Murodullayev, O‘zbekiston xalqaro islom
Batafsil
Islom akademiyasida IIV Akademiyasi magistrlari uchun sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura “tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligining tinglovchilari uchun sayyor mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.Mazkur o‘quvlarni tashkil etishdan maqsad magistraturada ta’lim jarayonini nazariyaning amaliyot bilan uyg‘unligida tashkil etish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, nufuzli oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan tinglovchilarni yaqindan tanishtirib borish ko‘zda tutilgan.Ushbu o‘quvlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda IIV Akademiyasi o‘rtasida 2024-yil 27-dekabr kuni imzolangan memorandumga asosan o‘tkazildi.Mashg‘ulotlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ochib berar ekan, bu kabi o‘quvlarni tashkil etishdan maqsad mazkur sohadagi faoliyatni yanada rivojlantirish, tizimda ishni to‘g‘ri
BatafsilRamazon hayiti TABRIGI
Assalomu alaykum, qadrli hamkasblar!Aziz talaba-yoshlar!Eng avvalo, barchangizni insonparvarlik, mehr-oqibat, xayr-u saxovat va bag‘rikenglik ayyomi – Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!El-yurtimiz uchun sabr-qanoat, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat, shukronalik timsoli bo‘lgan ulug‘ bayram kunlarida Siz, azizlarga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.Ramazon oyi o‘zaro birdamlik, mehribonlik ko‘rsatiladigan, insonlar bir-birlari haqida qayg‘urib, xato-kamchiliklari kechiriladigan oy.Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 27-fevral sanasida “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Qarorga ko‘ra, masjidlarimizda xatmi Qur’onlar o‘tkazildi, tarovih namozlari yuqori shukuhda tashkil etildi. Joylarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo‘lgan insoniylik, ma’naviy poklik, sabr-qanoat
Batafsil
Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov, Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.Majlisni Akademiya rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Muntazam o‘tkaziladigan mazkur Kengash yig‘ilishida ortda qolgan davr mobaynida bajarilgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar, muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinadi.Akademiya rektori Muzaffar Komilov yig‘ilishni ochib berar ekan, yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan barcha xodimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni muborakbod etdi. Barcha xodimlar bayramni oila a’zolari davrasida xursandchilik va yuqori kayfiyat bilan kutib olishlarini, bayramona kayfiyat hamroh bo‘
Batafsil
Kengash majlisida muhim lavozimga tayinlov amalga oshirildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi majlislar zalida Akademiya Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov olib borar ekan, kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan so‘z yuritib, Akademiyaning muhim va mas’uliyatli lavozimiga munosib nomzodni tayinlash haqida tegishli buyruq qabul qilinganini bildirdi.Xususan, Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori lavozimiga shu kunga qadar “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelgan Astanakulov Olim Toshtemirovich tayinlangani haqidagi buyruqni o‘qib eshittirdi.Akademiyada xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan faoliyat yuzasidan topshiriqlar berildi: Jumladan,– nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish;– magistratura mutaxassisliklari va
BatafsilIlm-ma’rifat va yoshlar kamolotiga baxshida umr
Inson maʼnaviy kamoloti, ikki dunyo saodatiga ustoz va murabbiylarning ta’lim va tarbiyasi bilan erishadi. Dunyoda shunday kasblar borki, rohatidan mehnati, muvaffaqiyatidan zahmati koʻp. Ustoz-u murabbiylarning fidoyi mehnatini ham shunga qiyoslash mumkin. Hazrat Alisher Navoiy bobomiz taʼbiri bilan aytganda, dunyoning jamiki boyligi va xazinasi bilan ham ularning olijanob mehnati haqini ado etib boʻlmaydi. Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida atoqli olim, jonkuyar ustoz, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Ahadjon Hasanov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘afurov, Ahadjon Hasanovning kurs
BatafsilAkademiya rektori ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya rektori Muzaffar Komilov hamda profilaktika inspektori Muhriddin Hikmatov ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.Mazkur sayyor qabul talaba-yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud ijtimoiy va huquqiy muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tashkil etildi.Sayyor muloqotda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda xodimlar ishtirok etdi.Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiynayotgan, yechimini topmagan masalalar bilan murojaat etishdi. Sport, raqs, tikuvchilik, pazandachilik, matematika to‘garaklari faoliyatini yanada rivojlantirish, Akademiyadagi xavfsizlik jarayonlari, o‘quv jarayoniga oid ayrim masalalar, texnik muammolar, Talabalar turar joyida yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklar haqida so‘z yuritildi. Akademiya yotoqxona
BatafsilAkademiya rektori Talabalar turar joyini o‘rgandi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Akademiya hududida joylashgan Talabalar turar joyida bo‘ldi.Tashrif davomida rektor Muzaffar Komilov talabalarning yashash sharoiti, o‘quv va dam olish imkoniyatlari bilan tanishib, ularning fikr va takliflarini eshitdi. Rektor Talabalar turar joyi xonalari, kutubxona va oshxonalarni ko‘zdan kechirib, bu yerdagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor talabalar bilan samimiy muloqot davomida ularning muammolari va ehtiyojlari o‘rganildi.Talabalar Akademiya rektorining tashrifi va ularga bo‘lgan e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Ular Akademiyada bilim olish va rivojlanish uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, o‘z sohalarida yuqori natijalarga erishishga harakat qilishlarin
Batafsil