Usmon Nosir: “Мing yillardan keyin ham unutmas meni bog‘im”
O‘zining betakror iste’dodi, yuksak matonati va xalqparvarligi bilan adabiyotimizda o‘chmas iz qoldirgan, mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan otashin shoir, tarjimon va dramaturg, jadid bobolarimizdan biri Usmon Nosir xalqimizning mashhur farzandlaridan biri hisoblanadi. Uning Vatanga muhabbat va sadoqat, kelajakka yuksak ishonch tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan yetuk badiiy asarlarining xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni va ahamiyati e’tirof etilayotir.Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham Talabalar teatr studiyasi tomonidan yozuvchi Javlon Jovliyevning “Usmon Nosir” pyesasi asosida sahnalashtirilgan spektakl premyerasi o‘tkazildi.27-mart – Xalqaro teatr kuni hamda shoir ijodiga hurmat munosabati bilan taqdim etilgan premyerada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, prorektorlar, fakultet dekanla
Batafsil
Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!
Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yasharish, yangilanish va yuksalishlarni asrlar davomida to‘la namoyon qilib kelayotgan Navro‘z eng ardoqli milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi.Mazkur qadimiy bayramning ruhi va falsafasida mujassam bo‘lgan borliqni asrab-avaylab, doimo u bilan uyg‘un bo‘lib yashash, mehr-oqibat, xayr-u saxovat, bunyodkorlik, bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik singari yuksak g‘oyalar bugungi kunda yanada teran mazmun kasb etib borayotganini alohida ta’kidlash lozim. Yurtimizda inson qadrini ulug‘lashdek buyuk maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar jarayonida barcha milliy qadriyatlarimiz qatori Navro‘z umumxalq bayrami ham o‘ziga xos yuksak ma’naviy tayanchdir.Ayniqsa, bugun, dunyoda murakkab vaziyat hukm surayotgan hozirgi
BatafsilO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining 21-mart – “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tabrigi
Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar! Aziz talaba-yoshlar! Sharqona yangi yil debochasi, ona zamin va tabiatga mehr-muhabbat, saxovat va muruvvat, bunyodkorlik va olijanoblik kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar eng qadimiy bayramimiz bo‘lgan Navro‘z timsolida asrlar davomida ulug‘lanib, sayqal topib kelmoqda. Ayniqsa, joriy yilgi bayram sayillari muborak Ramazon oyiga to‘g‘ri kelgani, qo‘shaloq bayram tarzida nishonlanayotgani ham barchamizga o‘zgacha ishtiyoq va kayfiyat berib turibdi. Fursatdan foydalanib, Navro‘z umumxalq bayrami bilan Akademiyamizning ahil jamoasi, talaba-yoshlarni chin qalbimdan samimiy tabriklayman! Azizlar! Ma’lumki, Navro‘z ayyomi insoniyat sivilizatsiyasi tarixining ilk davrlariga borib tutashadi. Bahor tengkunligi qadim Mesopotamiyadagi astronomik tadqiqotlarga asoslangan. Keyinchalik musulmon olimlari ham Navro‘z kuniga oid ilmiy izlanishlar olib borishgan. Ab
Batafsil“O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlik kelishuvi imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda “Kelajakka qadam” dasturini amalga oshirish belgilangan.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.Mazkur kelishuvga ko‘ra, endilikda “O‘zmilliybank” AJ tomonidan Akademiya talabalarining biznes g‘oyalarini moliyalashtirish;Bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish.Talabalarni mahalliy ishlab chiqarish obyektlari hamda xorijdagi
Batafsil
Bilimli va ma’rifatli yoshlar – yangi O‘zbekiston bunyodkorlari
Ma’lumki, har qanday davlatning eng katta boyligi va eng buyuk kuchi bu uning yoshlaridir. Hech bir millat yoki mamlakatda yoshlarsiz rivojlanish va o‘sish bo‘lmaydi, mamlakat taraqqiyoti yoshlar qo’lida. Yurtimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri sanaladi. Yoshlarning barkamol inson boʻlib ulgʻayishi uchun maʼnaviy tarbiyaga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada qabul qilinayotgan turli qaror va farmonlar, amalga oshirilayotgan tadbirlar, amaliy ishlar natijasida ertamiz egalari barcha sohalarda ildamlab, yuksak muvaffaqiyatga erishmoqda.Zero, davlatimiz rahbari har bir chiqishlari, murojaatlarida ham yoshlar kelajagiga qayg‘urishlari bejiz emas. Ayniqsa, joriy yilning 14-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda ularning ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asras
BatafsilAkademiyada muhim tayinlovlar amalga oshirildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi majlislar zalida Akademiya Kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.Dastlab O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasini 2025-yilda kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi hamda maqsadli ko‘rsatkichlari to‘g‘risida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev axborot berdi. Shundan so‘ng Kengash majlisida mavjud lavozimlarga muhim tayinlovlar amalga oshirildi. Jumladan, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakuleti dekani Sadibaqosev Habibullo Shodiboy o‘g‘li O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlanganligi o‘qib eshittirildi.Bundan tashqari, Sadibaqosev Habibullo Shodiboy o‘g‘lining boshqa lavozimga o‘tish munosabati bilan Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani lavozimiga “Xalqar
BatafsilAkademiya Kengashida ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi majlislar zalida Akademiya Kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Akademiya rahbariyati va jamoasi, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi.Yig‘ilishni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov olib borar ekan, kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan so‘z yuritib, Akademiyaning mas’uliyatli lavozimlariga munosib nomzodlarni tayinlash haqida tegishli buyruq qabul qilinganini bildirdi.Xususan, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Mirziyotov Ilyos Mirg‘iyosovich Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Akademiya
BatafsilAtoqli sharqshunos olim xotirasi yod etildi
Joriy yilning 9-mart sanasida atoqli sharqshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Baki Zakirovich Xalidovning tavalludiga 120 yil to‘ladi. Baki Zakirovich Xalidov O‘zbekistonda arabshunoslik rivojiga munosib hissa qo‘shgan sharqshunoslardan sanaladi. Olim yurtimizda va qo‘shni davlatlarda o‘zining arab tili darsligi bilan tanilgan. Mazkur darslik bir necha marotaba qayta chop etilgan va maktab, oliy o‘quv yurtlarida asosiy arab tili darsliklardan biri hisoblangan. Baki Xalidov sharq allomalari, xususan, tilshunos olim Mahmud Zamaxshariy ilmiy merosi bilan qiziqqan va bir qator maqolalar chop etgan. Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Baki Xalidov tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi tomonidan ushbu anjumanni tashkil etishdan maqsad olimning xotirasini yod etish va uning il
Batafsil8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning BAYRAM TABRIGI
Qadrli hamkasblar! Munis opa-singillar, aziz talaba-qizlarim! Avvalo, barchangizni, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan go‘zallik va nafosat ayyomi 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Sizga o‘zimning eng samimiy tilaklarimni bildiraman. Hamisha oila a’zolaringiz, yaqinlaringiz, el-yurtimiz ardog‘ida bo‘ling! Ayol, eng avvalo, mo‘tabar onamiz, qadrli buvijonlarimiz, munis opa-singillarimiz, jondan aziz qizlarimizdir. Ularga qancha mehr bersak, shuncha kam. Bizni dunyoga keltirgan, mehr va tarbiya berib, voyaga yetkazgan buyuk ona siymosiga, mo‘’tabar ayol zotiga doimo hurmatdamiz. Zero, inson qadrini ulug‘lash, avvalo, azizu mukarrama ayollarimizni ulug‘lashdan boshlanishi zarur. Ayolni, onani e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Davlatimiz rahbari tomonidan so‘nggi yillarda
BatafsilMehr va fidoyilik timsoli – muqaddas ayol
Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan. Ayol bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir. Ayol – nafosat va goʻzallik timsoli. Uning mehridan ko‘ngillar orom oladi, xotirjamlik his qiladi. Ayol millat kelajagi, hayot davomchisi sanaladi. Xotin-qizlari e’zozlangan, qadrlangan yurtning buguni va ertasi farovon bo‘ladi. Ular bilan jamiyat to‘laqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi. Shuning uchun ham yurtimizda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor, shart-sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Ayni paytda respublikamiz bo‘ylab 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Mehr va fidoyilik ti
Batafsil
“Yangi O‘zbekiston To‘marislari” ko‘rik-tanlovida Akademiya jamoasi g‘olib deb topildi
Mamlakatimizda xotin-qizlarning salohiyatini yuzaga chiqarish, amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda ularning yanada faol ishtirokini ta’minlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Bu borada qizlarning bilimdon, zamonaviy mutaxassis, islohotlarga daxldorligini oshirish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida turli ko‘rik-tanlovlar, sport bellashuvlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘rtasida 2024-yil 27-dekabr kuni imzolangan Hamkorlik memorandumi ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangi O‘zbekiston To‘marislari” tanlovi o‘tkazildi.Ichki ishlar vazirligi akademiyasida bo‘lib o‘tgan tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “NeoTo‘maris”, Ichki ishlar vazirligi
Batafsil
“Street Law” innovatsion volontyorlik guruhi a’zolari uchun davra suhbati o‘tkazildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi tomonidan “Street Law” innovatsion volontyorlik guruhi tashkil etilgan.“Yurisprudensiya”, “Dinshunoslik” hamda “Psixologiya (Din sosiopsixologiyasi)” yo‘nalishining bir guruh faol talabalaridan iborat mazkur guruh maktab o‘quvchilariga volontyorlik asosida ijtimoiy ma’naviy muhitni yaxshilash hamda kundalik hayotda eng zarur bo‘lgan huquqiy bilimlarni interaktiv usullar orqali targ‘ib qiladi.Bugun Akademiyada guruh a’zolari uchun “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining mazmun-mohiyati”ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi mudiri
Batafsil