Yoshlar tarbiyasi: milliy qadriyat va “ommaviy madaniyat”
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar tarbiyasi: milliy qadriyat va “ommaviy madaniyat” mavzusidagi seminar-trening o‘z ishini boshladi.Ushbu treninglardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarni keng targ‘ib etish, yoshlarni milliy qadriyatlar asosida oilaviy hayotga tayyorlash, ular o‘rtasida jinoyatchilik, zo‘ravonlikka barham berishda o‘zaro tajriba almashish, ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi va psixologlarning ko‘nikma va malakasini oshirishdan iborat.Mazkur o‘quvlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etildi. Unda oliy taʼlim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, psixologlari ishtirok etmoqda.Seminarni O‘zbekiston xalqar
Batafsil
Psixofaol moddalar inson umrining zavoli
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda 300 millionga yaqin odam giyohvandlik illatiga yo‘liqqan. Afsuski, ularning aksariyati 30 yoshga yetmagan. Ushbu illat oqibatida har yili 600 mingdan ziyod odam hayotdan erta ko‘z yumadi. Sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi psixofaol moddalar iste’mol qiluvchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Taassufki, xalqlar, millatlar kelajagiga raxna soluvchi bu ofat yurtimiz yoshlarini ham chetlab o‘tgani yo‘q. Dunyoqarashi endigina shakllanib borayotgan, kuch-g‘ayratini bilim olish, izlanish, hunar o‘rganishga sarflashi kerak bo‘lgan yoshlarni aldov yo‘li bilan boshi berk ko‘chaga kiritayotgan shaxslar soni kun sayin ortmoqda.Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Psixofaol moddalar inson umrining zavoli” mavzusiga bag‘ishlangan d
BatafsilAkademiya Kengashi: muhim masalalar muhokamasi va dolzarb vazifalar ijrosi yo‘lida
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.Majlisni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Muntazam o‘tkaziladigan mazkur Kengash yig‘ilishida ortda qolgan davr mobaynida bajarilgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar, muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinadi.Akademiya rektori Muzaffar Komilov yig‘ilishni ochib berar ekan, yaqinlashib kelayotgan Muborak Ramazon oyi bilan barcha xodimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni muborakbod etdi.Kengash majlisi avvalida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Sadibaqosev Habibu
BatafsilAlisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni
G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab adabiyot, maʼnaviyat, ilm-maʼrifat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Maqsad esa aniq, Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish.Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham fevral oyi “Navoiyxonlik oyligi” deb eʼlon qilingan bo‘lib, oylik doirasida navoiyshunos olimlar, atoqli yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.“Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni!” nomli navbatdagi maʼrifiy tadbirda taniqli adabiyotshunos, tasavvufshunos, tilshunos olim Sultonmurod Olim ishtirok etdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, pro
BatafsilXalq yozuvchisi Isajon Sulton hayoti va ijodiga chizgilar
Joriy yilda atoqli davlat va jamoat arbobi, yurt obodligi, xalq farovonligi, ma’naviyat va madaniyat rivojiga beqiyos darajada hissa qo‘shgan Alisher Navoiy tavalludiga 584 yil to‘ldi. Har yili mazkur sana munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab bayramona kayfiyat hukm suradi. Joriy yildagi tadbirlar ham ko‘tarinkilik, o‘zgacha shukuh bilan adabiyot, ma’naviyat, ilm-ma’rifat, do‘stlik ayyomi sifatida o‘tkazildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham fevral oyi – “Navoiyxonlik oyligi” deb e’lon qilingan bo‘lib, oylik doirasida “Adabiy gurunglar” mavzusida navoiyshunos olimlar, atoqli yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.Bugun ham Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha
Batafsil
Turizm va madaniy meros: muhofaza qilish va o‘zaro ta’sir masalalari
Turizm bugungi kunda dunyo rivojlanishining drayver tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mutaxasislarning fikricha, turizm XXI asrning eng daromadli sohasiga aylangan. Shuning uchun ham turizm BMT tomonidan qabul qilingan 2030-yilgacha barqaror rivojlantirish dasturining asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilangan. Zamonaviy turizmning yo‘nalishlari orasida “ziyorat turizmi” tushunchasi esa turizm industriyasining eng qadimiy va tarixiy turi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.Xabaringiz bor, 21-fevral – Butunjahon gidlar kuni munosabati bilan yurtimizda an’anaviy VIII Xalqaro O‘zbekiston gidlari forumi o‘tkazilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi va Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan forum bugun ham davom etdi.O‘zbekiston xalqaro islom
BatafsilAkademiyada “Dunyo arabshunoslari forumi” o‘tkazildi
Keyingi yillarda yurtimizda xorijiy tillarni o‘rgatishni ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish va sohani rivojlantirish uchun tizimli ishlarni tashkil etish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Jadid mutafakkirlaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy ham “Ikki emas, to‘rt til lozim” nomli maqolasida zamona ilmlaridan boxabar bo‘lishni istagan inson bir qancha xorijiy tillarni puxta egallashi kerakligini ta’kidlagan edilar.Zero, O‘zbekiston jahonga tobora yuz tutib, xorijiy davlatlar bilan aloqalari rivojlanib bormoqda. Xususan, yurtimizning arab mamlakatlari bilan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ilmiy-ma’rifiy aloqalari kengaymoqda. Bu esa barkamol, xorijiy tillarni puxta biladigan mutaxassis kadrlarga ehtiyojni oshirmoqda.Shu bois, arab tili va arabshunoslik sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, bi
BatafsilAkademiya talaba-qizlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “To‘maris izdoshlari" ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.Akademiya Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar, Islomshunoslik hamda Mumtoz sharq filologiyasi fakultetlarining talaba-qizlaridan tuzilgan terma jamoalar g‘oliblik uchun bahs olib bordilar.Ishtirokchilar “Tanishtiruv”, “Milliy liboslar taqdimoti”, “Pazandalik mahorati” hamda “Ijodiy mahorat namoyishi” kabi shartlar bo‘yicha bellashishdi.Mazkur ko‘rik-tanlovdan ko‘zlangan maqsad – talaba-qizlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-maʼnaviy merosimizga hurmat, sadoqat ruhida tarbiyalash, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish, maʼnaviy barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida ko‘maklashish, sog‘lom tu
BatafsilYoshlar – yurtimiz kelajagi, ertamiz umidi
Mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri sanaladi. Yoshlarning barkamol inson boʻlib ulgʻayishi uchun maʼnaviy tarbiyaga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada qabul qilinayotgan turli qaror va farmonlar, amalga oshirilayotgan tadbirlar, amaliy ishlar natijasida farzandlarimiz barcha sohalarda muvaffaqiyatga erishishmoqda.Xususan, kuni kecha Ko‘ksaroy qarorgohida davlatimiz rahbarining yoshlar bilan o‘tkazgan muloqotida ham farzandlarimizning ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash har birimizning vazifamizga aylanishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari uchun “Rahbar va yoshlar” muloqoti o‘tkazildi. Ma’lumki, Akademiyada bu kabi uchrashuvlarni o‘tkazish muntazaml
Batafsil
Xalqaro onlayn ilmiy seminar o‘tkazildi
Bugun Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi oʻrtasidagi hamkorlik doirasida xalqaro onlayn ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.“Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” va “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedralari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda IRCICA Bosh direktori maslahatchisi, professor Ashirbek Muminov “IRCICA tomonidan tarix va madaniyatga oid tadqiqotlar sohasida amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar” mavzusida ma’ruza qildi.ZOOM dasturi orqali onlayn o‘tgan tadbirda IRCICA tomonidan tarix va madaniyatga oid tadqiqotlar sohasida amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Batafsil
Haj va umra vaziri O‘zbekistonda: o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Bugun, 18 fevral kuni poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya bilan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov va boshqa tegishli mutassaddilar ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi.Ta’kidlash joiz, mustahkam tarixiy, madaniy va diniy rishtalarga asoslangan O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni aloqalarining yuqori darajasi ikki davlat yetakchilari rahbarligida olib borilayotgan o‘zaro do‘stona munosabatlar natijasidir.Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, mazkur tashrifdan maqsad O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini
BatafsilYangi O‘zbekiston yoshlari tarbiyasida milliy qadriyatlar hamda zamonaviy ta’lim yutuqlarining o‘rni
Yurtimizda yoshlar tarbiyasi davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri sanaladi. Keyingi yillarda yigit-qizlarimiz barkamol inson boʻlib ulgʻayishi uchun maʼnaviy tarbiyaga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada qabul qilinayotgan turli qaror va farmonlar, amalga oshirilayotgan tadbirlar, amaliy ishlar natijasida farzandlarimiz barcha sohalarda muvaffaqiyatga erishishmoqda.Xususan, kuni kecha Ko‘ksaroy qarorgohida davlatimiz rahbarining yoshlar bilan o‘tkazgan muloqotida ham farzandlarimizning ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash har birimizning vazifamizga aylanishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari tarbiyasida milliy qadriyatlar hamda zamonaviy ta’lim yutuqlarining o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.Mumtoz
Batafsil