O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Zahiriddin Muhammad Bobur siymosi – avlodlar e’tirofida
Yangiliklar

Zahiriddin Muhammad Bobur siymosi – avlodlar e’tirofida

O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, ulug‘ shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur millatimizning eng yorqin vakillaridan biridir. Ayni paytda yurtimizda o‘rta asr Sharq madaniyati va adabiyotining buyuk namoyondasi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi keng nishonlanmoqda.Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham katta shukuh bilan davom etdi. “Zahiriddin Muhammad Bobur siymosi – avlodlar e’tirofida” mavzusida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston xalq shoiri, Akademiya Jamoatchilik Kengashi raisi Iqboljon Mirzaaliyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, tarix fanlari doktori, professor Hojiakbar Hamidov, Akademiya prorektorlari, professor-o‘qituvchila

Batafsil
Zahiriddin Muhammad Bobur nomi mangu barhayot
Yangiliklar

Zahiriddin Muhammad Bobur nomi mangu barhayot

Zahiriddin Muhammad Bobur qoldirgan bebaho ilmiy-ijodiy meros nainki milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki jahon tamadduni rivojida ham ahamiyati katta. Ayni paytda yurtimizda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi keng nishonlanmoqda. Sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Buyuk shoir va olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi mangu barhayot” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti hamda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Akademiya prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, fakultet dekani Jahongir Tohirov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti doktoranti Davronbek Olimjonov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda ta

Batafsil
Taʼlimda uzviylikni taʼminlash – bugungi kun talabi
Yangiliklar

Taʼlimda uzviylikni taʼminlash – bugungi kun talabi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev akademik litseyda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.Dekan Habibullo Sadibaqosev tashrif davomida auditoriyalarda o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan muloqot qildi. Shuningdek, “Arab tili”, “Ingliz tili”, “Matematika”, “Rus tili”, “O‘zbekiston tarixi” va “Informatika” dars mashg‘ulotlarida ta’lim sifati, o‘quvchilarning bilimini o‘rgandi. Yoshlarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida Akademik litsey o‘quvchilari bilan suhbatlashdi.Samimiy muloqot davomida O‘quvchilarga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanish, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, xorijiy til va sohaga oid fanlarni

Batafsil
Dinshunoslikning dolzarb muammolari
Yangiliklar

Dinshunoslikning dolzarb muammolari

“Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzuyidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi AXBOROT XATI Respublikamizda “Dinshunoslik” fanini o‘qitishni yanada takomillashtirish, ta’lim samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2025-yil 16 aprel kuni “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusida an’anaviy respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi. Konferensiyada quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan: 1. Dunyo dinlari ta’limotlarida atrof-muhit muhofazasi masalalari. 2. O‘zbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosati tamoyillari. 3. "Dinshunoslik" fanini o‘qitish: texnologiyalar, yutuqlar, muammolar va yechimlar. 4. O‘zbekiston va UNESCO aloqalari: hamkorlikning bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari. Mualliflar uchun ma’lumot Konferensiyaga topshirilgan ma’ruzalar tezislar

Batafsil
Hazrat Navoiyni anglash – milliy o‘zligimizni anglashdir
Yangiliklar

Hazrat Navoiyni anglash – milliy o‘zligimizni anglashdir

Buyuk shoir va mutafakkir, xalqparvar davlat arbobi Alisher Navoiyning bebaho merosi el-yurtimiz ma’naviy hayoti va dunyo adabiyoti rivojida alohida muhim o‘rin tutadi. Hazrat Navoiyning muborak siymosi umrini Vatan va xalq saodati uchun baxsh etishni hayot maslagi deb biladigan fidoyi shaxslarni tarbiyalashda barcha davrlar uchun yuksak namunasi bo‘lib xizmat qiladi. Keyingi yillarda ulug‘ ajdodimizning hayoti va ijodini o‘rganish va jahon miqyosida keng targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘plab loyihalar amalga oshirildi, xotirasini abadiylashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilda atoqli davlat va jamoat arbobi, yurt obodligi, xalq farovonligi, ma’naviyat va madaniyat rivojiga beqiyos darajada hissa qo‘shgan Alisher Navoiy tavalludiga 584 yil to‘ldi. Har yili mazkur sana munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab bayramona kayfiyat hukm suradi. Joriy yildagi tadbirlar ham ko‘tari

Batafsil
9-fevral – Buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining  BAYRAM TABRIGI
Yangiliklar

9-fevral – Buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining BAYRAM TABRIGI

Assalomu alaykum, qadrli hamkasblar! Aziz talaba-yoshlar! Bobomiz Alisher Navoiy tug‘ilgan qutlug‘ 9-fevral sanasi har yili yurtimizda adabiyot va ma’rifat bayrami sifatida yuksak darajada nishonlanib, adabiy-ma’rifiy tadbirlar, mushoiralar o‘tkazish an’anaga aylanib ulgurdi. Ayni kunlarda ham atoqli davlat va jamoat arbobi, turkiy tilining asoschisi Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi keng nishonlanmoqda. Ma’lumki, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy 10-12 yoshlaridan she’r yozib ko‘pchilikning nazariga tushadi. Tarixchi Xondamirning yozishicha, yosh Alisher Navoiyning iste’dodidan mamnun bo‘lgan mavlono Lutfiy uning: Orazin yopqach, ko‘zumdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘ach quyosh matla’li g‘azalini tinglab: “Agar muyassar bo‘lsa edi, o‘zimning o‘n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g‘azalga almashtirardim...” degan.Buyuk shoi

Batafsil
Yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi keng miqyosda nishonlanmoqda
Yangiliklar

Yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi keng miqyosda nishonlanmoqda

Ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ong-u shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Allomaning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi. Keyingi yillarda mamlakatimizda ulug‘ bobokalonimizga ehtirom ko‘rsatish, asarlarini o‘rganish, uni dunyoda keng targ‘ib etishga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, shoir tug‘ilgan qutlug‘ 9-fevral sanasini har yili adabiyot va ma’rifat bayrami sifatida yuksak darajada nishonlash an’anasi qaror topdi. Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan marosimda davlat va jamoat arboblari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, shoir va yozuvchilar, ad

Batafsil
Akademiya vakillari “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” xalqaro ilmiy-nazariy simpoziumida ishtirok etmoqda
Yangiliklar

Akademiya vakillari “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” xalqaro ilmiy-nazariy simpoziumida ishtirok etmoqda

Ayni paytda Navoiy viloyatidagi Ma’naviyat va ma’rifat maskanida “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” an’anaviy xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda.Buyuk mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Belgiya, AQSH, Vengriya, Pokiston, Rossiya, Eron, Misr, Ozarbayjon, Turkiya, Shimoliy Kipr, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi 20 ga yaqin davlatning, shuningdek, respublikamizning taniqli navoiyshunoslari, oliy o‘quv yurtlari professorlari, madaniyat va san’at arboblari qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Aftondil Erkinov, “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti Nargiza Shoaliyeva ham ishtirok etmoqda. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavka

Batafsil
Sport – madaniyatlar ko‘prigi
Yangiliklar

Sport – madaniyatlar ko‘prigi

“Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” shiori ostidagi haftalik sport bellashuvlari bilan davom etdi.“Sport – madaniyatlar ko‘prigi” nomli konfessiyalararo sport musobaqalarida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Toshkent provaslaviya seminariyasi talabalari ishtirok etdi.Sportning mini futbol, shaxmat-shashka hamda stol tennis turlari bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.O‘zaro hurmat va do‘stona ruhda o‘tgan bahslar konfessiyalar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlikni shakllantirishga xizmat qilishi shubhasiz.Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Ularga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Batafsil
Sog‘lom e’tiqod va hamjihatlik – insoniy birodarlik asosi
Yangiliklar

Sog‘lom e’tiqod va hamjihatlik – insoniy birodarlik asosi

Avval xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan 4-8-fevral kunlari “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” shiori ostida ilmiy, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari haftaligi o‘tkazilmoqda.Bugun haftalik doirasida “Sog‘lom e’tiqod va hamjihatlik – insoniy birodarlik asosi” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Mazkur tanlov hay’at a’zolariga talabalar tomonidan 20 ga yaqin ijodiy ishlar kelib tushdi. Insoniy birodarlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, o‘zaro hurmat va diniy e’tiqodlar xilma-xilligini tushunish dunyo xalqlari o‘rtasida tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashda muhim omil ekani aks etgan ijodiy ishlarning eng munosiblari orasidan g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Batafsil
Akademiyaning uch nafar talabasi Prezident granti sovrindoriga aylandi
Yangiliklar

Akademiyaning uch nafar talabasi Prezident granti sovrindoriga aylandi

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan hamda bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda.Yoshlarni o‘z ustida muntazam ishlashga undash hamda bilimli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021-yil 6-iyulda “Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshla

Batafsil
Milliy an’ana va qadriyatlar xalqimizning go‘zal fazilatidir
Yangiliklar

Milliy an’ana va qadriyatlar xalqimizning go‘zal fazilatidir

Avval xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida fakultetlararo “Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.Navbatdagi tadbir Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talaba-yoshlari uchun bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbirlar milliy va an’anaviy qadriyatlarni e’zozlash, yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, ular qalbida xalqimizga xos bo‘lgan ezgu fazilatlarni yuksaltirish, ajdodlarimizdan meros milliy-ma’naviy boyligimizni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash va yanada qadrlash maqsadida tashkil etildi.Akademiya xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ma’rifiy tadbirda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, fakultet dekani Habibullo Sadibaqosev, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Mirzo Karim, Shayxotohur

Batafsil
Ko'rinish