O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Milliy qadriyatlar – millat iftixori
Yangiliklar

Milliy qadriyatlar – millat iftixori

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida fakultetlararo “Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.Islomshunoslik fakulteti “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri G‘ayrat Rasulov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad – milliy qadriyatlar, an’analar va madaniyatlarni yosh avlodga yetkazish, ularning ma’naviy dunyosini boyitishdan iborat.Tabdirda so‘zga chiqqanlar tomonidan xalqimizning boy madaniy merosini saqlab qolish, yoshlarni ana shu qadriyatlar ruhida tarbiyalash, buning uchun esa ta’lim va tarbiyas uzviyl

Batafsil
Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi
Yangiliklar

Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi

Bugungi kunda turli mafkuraviy xurujlardan himoyalanish, asrlar davomida sayqallanib kelayotgan milliy qadriyat, an’analarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash muhim ahamiyat kasb etadi.Zero, xalqimiz madaniy merosi, anʼanalari, urf-odatlari bizlar uchun faqat oʻtmishdan qolib kelayotgan yodgorlikkina emas, barcha maʼnaviy boyliklarning tarkibiy qismi, inson aql-idroki va tafakkurining buyuk yutugʻi hamdir. Har bir millat va elat ajdodlaridan qolgan bilim boyliklaridan, tajriba va tarixiy saboqlaridan, odob-axloq, taʼlim-tarbiyaga oid oʻgitlari va yoʻl-yoʻriqlaridan kelajagini yaratishda qoʻllaydi.Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog‘liq qadriyatlar milliy qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog‘liq holda namoyon bo’ladi.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston

Batafsil
Haftalik doirasida “Dinlararo do‘stlik safari” tashkil etildi
Yangiliklar

Haftalik doirasida “Dinlararo do‘stlik safari” tashkil etildi

Avval xabar berganimizdek, 4-8-fevral kunlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tashkil qilinayotgan “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” shiori ostidagi haftalikning madaniy-ma’rifiy tadbirlari bugun ham davom etdi.“Dinlararo do‘stlik safari” deb nomlangan ushbu tadbir davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talabalar va magistrantlardan iborat jamoa Toshkent shahridagi Rus pravoslav cherkovi va Rim katolik cherkoviga tashrif buyurdilar.Turli diniy jamoalar o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro hurmatni shakllantirish, dinlararo muloqotni rivojlantirish maqsadi ko‘zlangan mazkur tadbir sayyor dars shaklida tashkil qilindi.O‘rni kelganda aytish mumkinki, Akademiyada bugungi kunda “Dinshunoslik” bavalavriat ta’lim yo‘nalishi, “Qiyosiy dinshunoslik” magistrat

Batafsil
Akademiyada “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” shiori ostidagi haftalik davom etmoqda
Yangiliklar

Akademiyada “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” shiori ostidagi haftalik davom etmoqda

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan joriy yilning 4-8-fevral kunlari “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” shiori ostida ilmiy, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari haftaligi o‘tkazilmoqda.Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2010-yil 20-oktabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili fevral oyining birinchi haftasi “Dinlararo hamjihatlik haftaligi” va 2020-yil 21-dekabrdagi rezolyutsiyaga binoan har yilning 4-fevral sanasi “Xalqaro insoniy birodarlik kuni” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Toshkent provaslaviya seminariyasi talabalari ishtirokida “Diniy ta’limotlarda bag‘rikenglik” ma

Batafsil
Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili
Yangiliklar

Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2010-yil 20-oktabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili fevral oyining birinchi haftasi “Dinlararo hamjihatlik haftaligi” hamda 2020-yil 21-dekabrdagi rezolyutsiyaga binoan har yilning 4-fevral sanasi “Xalqaro insoniy birodarlik kuni” deb e’lon qilingan. Ma’lumki, 2019-yil 3-fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida Insoniy birodarlik bo‘yicha anjumanda Rim Papasi Fransisk va Al-Azhar shayxi Ahmad Toyyib o‘rtasida “Insoniy birodarlik – xalqaro tinchlik va hamjihatlik omili” nomli hujjat imzolangan. Hujjat imzolanishi natijasida BMT tomonidan 4-fevral – Xalqaro insoniy birodarlik kuni deb e’lon qilindi. Bu kunni BMTga a’zo davlatlarda ilm-fan, diniy yetakchilar va jamoatchilik faollari ishtirokida keng nishonlash belgilangan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Dinshunoslik va jahon dinlar

Batafsil
Akademiyada Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

Akademiyada Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Majlisni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi. Yig‘ilishda Akademiyada o‘tgan yil davomida ma’naviy-ma’rifiy sohalarda bajarilgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar, muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Kengash avvalida rektor Muzaffar Komilov ma’naviy-ma’rifiy sohalarda bir qator ishlar amalga oshirilganini ta’kidlab, talaba-yoshlarni milliy tariximiz, xalqimizning buyuk an’analari va ajdodlarimiz merosiga tayangan holda tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda kreativ tafakkurini shakllantirishda manzilli ishlash mas’uliyatini kuchaytirish, Akademiyada ma’naviy-ma’rifiy ishlar yangi kuch, yangi har

Batafsil
Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.Majlisni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Ma’lumki, muntazam o‘tkaziladigan mazkur Kengash yig‘ilishida ortda qolgan davr mobaynida bajarilgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar, muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinadi.Yig‘ilish avvalida Akademiya rektori Muzaffar Komilov joriy yilda ham bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish, talabalarga o‘z sohasining yetuk, raqobatbardosh mutaxassis kadr bo‘lib yetishishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berish ustuvor vazifa bo‘lishini qayd etdi. Shundan so‘ng Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha Akademiyada amalga

Batafsil
Behbudiy va Turkiston madaniy muhitida yangilanish jarayonlari
Yangiliklar

Behbudiy va Turkiston madaniy muhitida yangilanish jarayonlari

Bugun Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan “Behbudiy va Turkiston madaniy muhitida yangilanish jarayonlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.Mazkur anjumanda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Saidakbar Agzamxo‘jayev, alloma faoliyati va merosi yuzasidan tadqiqotlar olib borgan 50 nafarga yaqin olimlar, talaba yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.Akademiya professori tadbir davomida “Jadid ma’rifatparvarlarining qarashlarida islom madaniyati tushunchasi” mavzusida ma’ruza qildi.Ilmiy-amaliy anjumandan ko‘zlangan maqsad Turkistondagi jadidchilik harakati namoyandalari faoliyatining hozirgi kundagi ijtimoiy,

Batafsil
Akademiyada malaka oshirish o‘quv kurslari yakunlandi
Yangiliklar

Akademiyada malaka oshirish o‘quv kurslari yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazida joriy yilning 22-27-yanvar kunlari “Xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida malaka oshirish o‘quv kurslari o‘tkazildi.Oliy Majlis Senati, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Din ishlari boyicha qo‘mita hamda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan seminarlarda tinglovchilar soha mutaxassislaridan turli mavzulardagi ma’ruzalarni tinglashdi.Bugun mazkur o‘quvlarning yakuniga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Matluba Qahhorova, “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Farida Yo‘ldosheva, Malaka oshirish markazi direktori Husniddin Axmedov hamda tinglovchilar ishtirok etishdi.Akademiya rektori tadbi

Batafsil
Akademiyada malaka oshirish o’quv kurslari davom etmoqda
Yangiliklar

Akademiyada malaka oshirish o’quv kurslari davom etmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazida “Xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida malaka oshirish o’quv kurslari bo‘lib o‘tmoqda.Oliy Majlis Senati, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Din ishlari boyicha qo‘mita hamda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan seminarlarda tinglovchilar soha mutaxassislaridan turli mavzulardagi ma’ruzalarni tinglashmoqda.Bugun o‘tkazilgan o‘quvlar davomida “Milliy qonunchilikda diniy faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati”, “Din bilan bog‘liq; geosiyosiy jarayonlar tahdidi: kecha va bugun”, “Internet tarmog‘ida tarqatilayotgan yot g‘oyalarning tahdidi: muammo va yechimlar” hamda “Jamoani boshqarish (maxsus trening)” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishdan

Batafsil
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda
Yangiliklar

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.Mazkur o‘quvlar Oliy Majlis Senati, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Din ishlari boyicha qo‘mita hamda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.Bugun o‘tkazilgan o‘quvlar davomida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari”, “Mehnat migrantlari hamda uyushmagan yoshlar orasida radikallashuv va din niqobidagi ekstremizm profilaktikasi”, “Jamiyat barqarorligiga tahdid soluvchi radikal g‘oyalar va ularning oldini olish yo‘llari” hamda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda gender tengligini ta’minlash: muammo va yechimlar” kabi mavzularidagi ma’ruzalar tinglandi.Seminarda O‘z

Batafsil
Yangi Oʻzbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori
Yangiliklar

Yangi Oʻzbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori

Keyingi yillarda yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni kamol toptirish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham har tomonlama chuqur bilim, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshadigan yuksak salohiyatli, raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim mezon hisoblanadi. Akademiya rahbariyati va talabalar o‘rtasida samimiy muloqot o‘rnatish, har bir talabaga mamlakatimizning “oltin fondi” deb qarash va ularni qo‘llab-quvvatlash doimo eng asosiy masala bo‘lib kelgan.Shu maqsadda Akademiyada “Rektor va yoshlar” uchrashuvlarini o‘tkazish muntazamlik kasb etgan. Bugun ham Islomshunoslik fakulteti talabalari uchun “Rektor va yoshlar” muloqoti o‘tkazildi.Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinch

Batafsil
Ko'rinish