Xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishning dolzarb masalalari
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida malaka oshirish o’quv kurslari boshlandi.Mazkur o‘quvlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Din ishlari boyicha qo‘mita hamkorligida tashkil etilmoqda.Seminarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Qo‘mita raisining o‘rinbosari Matluba Qahhorova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi maslahatchisi Dilbar G‘ulomova, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.Mazkur o‘quv m
Batafsil
Akademiya doktorantining startap loyihasi g‘olib deb topildi
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” ilmiy g‘oyalar startap tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan talablarga muvofiq tashkil etilgan “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida o‘tkazildi.Quvonarlisi, tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Shahzoda Abduraimova “Supercard-innovatsion mnemokartalar” nomli startap loyihasi bilan ishtirok etib, g‘olib deb topildi.Loyiha hozirgi kunda dolzarb hisoblangan xorijiy tillarni, xususan, ingliz tilini o‘rganish jarayonini osonlashtiradi. Mobil ilova hamda tarqatma materiallar maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va b
BatafsilTinchlik – dunyo dinlarining muhim tamoyili
Tinchlik – bu insoniyatga Alloh taolo tomonidan berilgan eng oliy ne’mat hisoblanadi. Tinchlikning qadriga yetish, uni asrab-avaylash zimmamizdagi eng oliy burchdir. Zero, Hadisi sharifda: “Ikki ne’mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. U – xotirjamlik va sihat-salomatlik”, deb bejiz qayd etilmagan.Hech shubhasiz, yurtimizda turli sohalarda erishilayotgan barcha yutuqlar zamirida jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik hisoblanadi. Tarixiy haqiqat shundan shohidlik beradiki, ijtimoiy taraqqiyotning barcha davrlarida davlat va jamiyatning rivojlanishi barqarorlik va tinch-osoyishta hayot kechirishga uzviy bog‘liq bo‘lgan.Taassufki, bugun jahon hamjamiyati, xususan, musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechmoqda. Insoniyat muayyan siyosiy doiralar tomonidan o‘z ta’sir doiralarini kengaytirish maqsadida, amalga oshirayotgan g‘oyaviy kurashl
Batafsil
Buyuk ma’rifatparvar adib Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi – avlodlar e’tirofida!
Yurtimiz tarixida g‘oyat murakkab va sinovli davr bo‘lgan XX asr boshida maydonga chiqqan Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidlik harakatining asoschisi hisoblanadi. XX asr oʻzbek adabiyoti va sanʼati, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida faol ishtirok etgan, millat maʼrifati, ozodligi, hurligi yoʻlida mardonavor kurashgan bu ulugʻ allomaning sermashaqqat va sermahsul faoliyati tarix sahifalaridan mangu oʻrin egalladi, avlodlar uchun ibrat maktabi boʻlib qoldi. Keyingi yillarda Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasini abadiylashtirish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq qilish, ilmiy va badiiy asarlarini keng ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Jumladan, 2024-yil 27-dekabr sanasida davlatimiz rahbari tomonidan “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul
Batafsil
Markaziy Osiyo allomalari ilmiy merosining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni
Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo‘lgan. Insoniyat tamadduni rivojiga bebaho hissa qo‘shgan alloma va mutafakkirlarning dahosi, ilm-fanning turli yo‘nalishlaridagi izlanishlari va qomusiy bilimlari hamon e’tirof etilmoqda.Bugun shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Markaziy Osiyo allomalari ilmiy merosining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Feruz Xolmo‘minov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Davra suhbatini Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Akademiya prorektori Markaziy Osiyo zaminidan yetishib chiqqan buyuk faylasuf va allomalarning asarlari jahon sivilizatsiyasining oltin xazinasidan munosib oʻrin olgani, ular jahon fani va madaniyati tarixida oʻchmas iz qoldirganini ta’kidladi. Shu
BatafsilO‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining BAYRAM TABRIGI
Assalomu alaykum, qadrli hamkasblar! Aziz talabalar! Ayni kunlarda Vatanimiz sarhadlari daxlsizligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayoti kafolati bo‘lgan, o‘zbek xalqi vatanparvarligi, birligi va qudratining haqiqiy ramziga aylangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 33 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan, avvalo, Siz azizlarni, siz orqali butun xalqimizni, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlarini 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Dunyoda sharafli kasblar ko‘p, ular orasida eng sharaflisi va qadrlisi o‘z ona Vatani va xalqining tinchligi uchun xizmat qilishdir. Tinchlik – bebaho ne’mat! Bugun dunyoda kechayotgan harbiy-siyosiy vaziyat, turli ko‘rinishdagi tahdidlar fonida sodir bo‘layotgan tendensiyalar eng qimmatli boyligimiz – jamiyatimizda hukm
Batafsil
Vatan himoyasi – har birimizning muqaddas burchimizdir
Vatan – ajdodlarimiz kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargoh. Vatan – xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, muqaddas qadriyat hisoblanadi. Xo‘sh, bu muqaddas tuyg‘u nimadan kuch oladi? Vatan qayerdan boshlanadi?Vatanni sevish, uning har qarichini ardoqlash, yurt ravnaqi uchun imkon qadar hissa qo‘sha olish chin insonlik martabasidir. Vatanparvarlik, yurtga sadoqat, xalq xizmatiga kamarbastalik esa kishi ma’naviyatidan, ilm-ma’rifati, tarbiyasidan darak beradi. Shu fazilatlar insonni yuksaltiradi, hurmat-e’tiborga sazovor qiladi. Ta’kidlash joizki, osuda hayotimiz, musaffo osmonimiz, aziz bolajonlarimizning quvnoq kulgisi, ota-onalarimizning farovon umr kechirishi yurtimizdagi barqarorlik – tinchlik tufaylidir. Tinchlikning qadriga yetib yashash kerak. Shu aziz Vatan barchamizniki ekan, uni avaylab-asrash ham barchamizning chin farzandlik burchimiz bo‘lib qolishi zarur.14-yanvar esa mamlak
Batafsil
Amaliyot darslari joriy qilinmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari pedagog xodimlari uchun “Islomshunoslik (islom tarixi va manbashunoslik, qur’onshunoslik va hadisshunoslik, fiqh va kalom ilmi)” yo‘nalishi bo‘yicha 144 soatlik malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda. Mazkur o‘quvlarda jami 16 nafar tinglovchilar ishtirok etmoqda.Malaka oshirish markazi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi bilan hamkorlikda Akademiyada taxsil olayotgan tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini amaliyotga joriy etish maqsadida tinglovchilar uchun amaliyot darslarini tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur reja muvofiq, Akademiyaning “Din psixologiyasi” yo‘nalishi doktorantlari I.Arabov “Zamonaviy psixoanalitik ta
Batafsil
Yoshlar yetakchilari uchun malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Toshkent shahridagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan Yoshlar yetakchilari uchun “Yoshlar bilan ishlovchi xodimlarning diniy yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish” yo‘nalishida shartnoma asosida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tdi. 36 soatlik mazkur o‘quvlarda jami 30 nafar tinglovchi ishtirok etdi. Tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq, belgilangan jadval asosida turli vazirlik va idoralardan jalb etilgan sohaning malakali mutaxassislari tomonidan dars mashg‘ulotlari olib borildi.Mazkur o‘quvlardan ko‘zlangan maqsad, yoshlar bilan ishlovchi xodimlarning mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish, yoshlar o‘rtasida radikallashuv va mutaassiblik g‘oyalari tarqalishini oldini olish, ularni yot g‘oyalar salbiy ta’siridan
Batafsil
Sport – sog‘lom hayot garovi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi yuzasidan joylarda “Parij-2024” yozgi olimpiada va paralimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilar uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida velosiped sport turi bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustalari bilan davra suhbati o‘tkazildi.O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbatida Velosport federatsiyasining Toshkent shahar bo‘limi Bosh kotibi Abduaziz Abdurazakov, velosiped sport turi bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, ikki karra Osiyo chempionati kumush medali sovrindori Danil Yevdokimov,
Batafsil
Ijodkor ayollar maslahat kengashi tashkil etildi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Ijodkor ayollar maslahat kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda uyushma vakillari, ijodkorlar, olima va har sohada faol bo‘lgan ayollar jam bo‘ldi. Uchrashuvni uyushma raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi. U o‘z nutqida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda jamiyatimizning har bir bo‘g‘inida xotin-qizlar faolligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi. Uchrashuvni uyushma raisi o‘rinbosari Farida Afro‘z olib bordi va ushbu kengashni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad va uning vazifalari haqida so‘zladi. Yurtimizning chekka-chekka hududlarida yashaydigan, adabiyot olamida o‘z yo‘lini topolmayotgan ijodkor ayollarni izlab topishni, ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishni, milliy urf-odatlarimizni xalqimiz, yoshlarimiz onggiga sheʼriyat, adabiyot orqali yetkazishni kengash o‘z oldiga katta maqsad qilib qo‘ygani taʼkidlandi. Ijo
Batafsil
Diniy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari pedagog xodimlari uchun “Islomshunoslik (islom tarixi va manbashunoslik, qur’onshunoslik va hadisshunoslik, fiqh va kalom ilmi)” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. 144 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlarda jami 16 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda. Tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq, belgilangan jadval asosida sohaning malakali mutaxassislari tomonidan dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.Mazkur malaka oshirish o‘quvlarida tinglovchilarning diniy bilimlarini oshirish bilan bir qatorda ularning yangi O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, davlat va din munosabatlarining huquqiy asoslari, din bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili, zamonaviy ta’lim texno
Batafsil