Professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida professor-o‘qituvchilar uchun 2024/2025-o‘quv yili qishki ta’til kunlarida o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.25-dekabrdan boshlangan mazkur darslar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Barcha oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilarining qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazilmoqda.Bugungi darslar doirasida “Clarivate” kompaniyasining O’zbekistondagi rasmiy maslahatchisi Diana Abdumuminova hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari va grantlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi Davron Lutfullayev tomonidan “Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasida ilmiy loyihalar taqdim qilish amaliyoti” mavzusida ma’ruza darsi o‘tkazi
Batafsil
Akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bugungi Yaqin Sharqdagi holat: asliyat va talqin” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Mazkur dars Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarining dunyoqarashini yanada kengaytirish, siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etildi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zokirjon Ro‘ziyev, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi.Tadbir avvalida “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri, professor Farhod Karimov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.Shundan so‘ng hafta davomidagi xalqaro va milliy siyosiy makondagi voqealar dayjesti haqida ma’lumot berildi.
BatafsilO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari va xodimlariga YANGI YIL TABRIGI
Assalom-u alaykum qadrli hamkasblar, muhtaram ustozlar, aziz talaba-yoshlar! Mana shu shukuhli damlarda, butun Akademiya jamoasi – Siz azizlarni, ilmga chanqoq talaba-yoshlarni Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.Xabaringiz bor, 2024-yil 20-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qildilar. Tabiat so‘ziga hamisha ona so‘zini qo‘shib aytamiz. Biz doimo atrofda, borliqda mavjud narsalarni asrashga intilamiz. Yangi yilga bunday nom berilgani ana shu qadriyatlarimizga juda mos bo‘ldi. Bu yangi O‘zbekistonda ona tabiatni asrab-avaylab, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yana bir ifodasi, desak adashmaymiz. Davlatimiz rahbari “Yoshlarimiz ong-u tafakkurida milliy g‘urur bilan birga umumbashariy qadriya
BatafsilAkademiyada bayram shukuhi
Shu kunlarda mamlakatimizda Yangi yil shukuhi kezib yuribdi. Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari, insonga o‘zgacha iliqlik bag‘ishlaydigan konsert dasturlari, bolalarning quvnoq kayfiyati bayramona muhit, tinchlik-totuvlikdan darak beradi.Ushbu bayram oila a’zolarimiz, yaqinlarimiz davrasida to‘kin dasturxon atrofida nishonlanadi. Hamma bir-biriga ezgu tilaklar bildirib, sovg‘alar ulashadi. O‘tayotgan yildan xulosalar chiqarib, kirib kelayotgan yilga yangi rejalar, maqsadlar tuziladi. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham bayram munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun “Yangi yil sarguzashtlari” nomli tadbir o‘tkazildi.Bayram tadbirini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Akademiya rektori so‘zining avvalida barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikla
BatafsilO‘zXIA va IIV Akademiyasi: hamkorlik sari yana bir qadam
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi Akademiya delegatsiyasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga tashrif buyurdi.Mehmonlarni Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov hamda muassasa mas’ullari kutib oldi.Tanishuv oldidan ta’lim muassasalari rahbarlari Muzaffar Komilov va Rustam Xatamov o‘zaro muloqot qilib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan bir-birlarini qutladilar.Uchrashuvda mintaqamiz va jahonda geosiyosiy jarayonlar tobora keskinlashayotgani, yoshlarni buzg‘unchi mafkuraviy ta’sirlardan asrash dolzarb ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.Bunday murakkab sharoitda diniy ekstremizm va radikalizm tahdidlaridan ogoh bo‘lish, yot g‘oyalar va ma’naviy xurujlarning oldini olish, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida huquqiy-ma’rifiy targ‘ibotlar ta’sirchanligini oshirish, mamlakat
BatafsilAkademiya Kengashi majlisi: yillik sarhisob, yutuq va kamchiliklar, istiqboldagi maqsad va vazifalar
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining kengaytirilgan tarkibdagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.Majlisni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Akademiya Kengashi yig‘ilishida 2024-yilda bajarilgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar, muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.Unda soha mutasaddilari o‘zlarining vazifalariga doir ishlar haqida ma’lumot berib, kelgusidagi vazifalarni belgilab olishdi. Akademiya rektori Muzaffar Komilov so‘zining avvalida barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi. Tinchlik-xotirjamlik, oilaviy totuvlik, kasbiy barkamollik, sihat-salomatlik tiladi.Shu bilan birga, yangi yilda bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish, talabalarg
Batafsil
Ilm-ma’rifatli, intellektual salohiyatli yoshlar – yurt tayanchi
O‘zbekiston – yoshlar mamlakati. Shu bois, yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kamolotiga alohida e’tibor qaratiladi. Yurtimizning kelajagi boʻlgan yigit-qizlarni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasi esa doimo eng ustuvor vazifa bo‘lib kelgan. Ayniqsa, butun respublika bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan “Yoshlar oyligi” tadbirlari yigit-qizlarni bir maqsad atrofida birlashtirdi.Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari ham faol ishtirok etdi. Akademiyada joriy yilning noyabr oyidan boshlab “Oltin davrim” shiori ostida oʻtkazilgan talabalar oyligi doirasida sportning futbol, voleybol, stol tennisi va armrestling turlari boʻyicha “Ittifoq kubogi” musobaqalari, “Oltin davrim” shiori ostida talabalar sayli, “Trenerlar maktabi loyihasi”, “Tafakkur egalari” kitobxonlik loyihasi, “Quest step by step” oʻyini, “Zakovat
Batafsil
Talabalar turar joyidagi dilkash gurunglar
“Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari Talabalar turar joyidagi davra suhbati bilan davom etdi.Davra suhbatida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Qutlibeka Rahimboyeva, Akademiya prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.Samimiy suhbat davomida shoira Qutlibeka Rahimboyeva ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun Akademiya jamoasiga minnatdorlik bildirdi.Akademiya prorektori Ilyos Mirziyotov oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba-yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning moddiy farovonlik darajasini oshirish, insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat tadbirlarini izchil davom ettirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Akademiya infratuzilmasida imkoniyatlari cheklangan (nogiron) talabalar uchun, ularning toifalariga (koʻzi ojiz, tayanch-harakat
Batafsil
Akademiyada xalqaro arab tiliga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
Xabaringiz bor, har yili 18-dekabr sanasi butun dunyoda “Xalqaro arab tili kuni” sifatida keng miqyosda nishonlanadi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1973-yil dekabr oyida arab tili tashkilot rasmiy tillari qatoriga qoʻshilgan. Shu bilan birga, UNESCO tashkilotining 2012-yil oktabr oyida boʻlib oʻtgan 190-sonli sessiyasida Saudiya Arabistoni taklifiga binoan 18-dekabr – “Xalqaro arab tili kuni” sifatida eʼlon qilindi. Shu yilning 18-dekabrida mazkur tashkilot birinchi marotaba ushbu sanani bayram sifatida nishonlagan.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham har yili mazkur sana munosabati bilan an’anaviy tarzda anjuman hamda turli tadbirlar tashkil etiladi.Bugun Akademiyada “Chet (arab) tili zamonaviy ta’limida vosita til muammosi va innovatsion yondashuv” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.Ta’kidlash kerak, mazkur anjuman “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” k
Batafsil
Jadid ma’rifatparvarlari – millat oydinlari
Ma’lumki, jadidchilik harakati XIX asr oxiri XX asr boshida yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan harakat hisoblanadi. Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadi Turkistonni o‘rta asrlar qoloqligi va diniy xurofotdan ozod qilish, xalqni ma’rifatli qilish, ozod va farovon jamiyat qurishdan iborat edi. Keyingi yillarda davlatimiz rahbari boshchiliklarida jadid ma’rifatparvarlarining ijodi va hayotini o‘rganish yangi bosqichga ko‘tarildi. Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Talabalar teatr studiyasi” tomonidan taqdim etilayotgan “Jadidlar armoni” nomli spektakl namoyishi ham ana shu maqsadda bo‘lib o‘tdi.Spektakl jadidchilik tarixi haqida so‘zlab, jadidchilikka asos solinishi tarixi, uning namoyandalari taqdiri, jadidlarning yurtimiz tarixida qoldirgan izi haqida haqida hikoya qiladi. Spektakldan so‘ng Akad
BatafsilIlm-ma’rifatli yoshlar – yurtimiz tayanchi
“Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 15- hamda 159-umumta’lim maktablarida davom etdi.Davra suhbatida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti direktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Botirjon Ergashev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Qutlibeka Rahimboyeva, Akademiya prorektorlari, maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar ishtirok etdilar.Akademiya rektori so‘zga chiqib, yurtimizda yosh avlodning taʼlim olishi, isteʼdod va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun yaratilgan sharoitlarga to‘xtalib o‘tdi.Uchrashuvda taniqli shoira katta hayotiy tajribasi hamda egallagan ilmlarini yoshlar bilan oʻrtoqlashdi.huningdek, taniqli ijodkor Botirjon Ergashev bolalik xotiralari, ijodiy jarayon
BatafsilAkademiya talabalari nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi
Keyingi yillarda yurtimizda iqtidorli yigit-qizlarni aniqlash va ragʻbatlantirishga, yosh avlodning zamonaviy dunyoqarashini, ijodiy va shaxsiy xususiyatlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan ertamiz egalari oʻz isteʼdod va salohiyatini toʻla namoyon etib, yuksak natijalarga erishmoqda.Qayd etish kerak, 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining bir guruh talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi. Ahamiyatlisi, mana shu iqtidorli yoshlar safida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining to‘rt nafar isteʼdodli talabasi ham bor.Islomshunoslik fakulteti “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Muslima Rahmonova;Islomshunoslik fakulteti “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talaba
Batafsil