O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Akademiyada ilmiy himoyalar muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada ilmiy himoyalar muvaffaqiyatli o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tadqiqotchi Temur Maratovning “Shaxsda diniy identifikatsiya shakllanishining ijtimoiy­-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi 19.00.07 – Din psixologiyasi ixtisosligidan psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi o‘tkazildi.Unda Akademiya huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda majlis a’zolari, soha mutaxassislari ishtirok etdilar.Yig‘ilish davomida kengash kotibi tadqiqotchi hamda uning ilmiy ishi haqida yig‘ilganlarga qisqacha ma’lumot berildi.Shundan so‘ng Temur Maratov so‘zga chiqib, tadqiqotning maqsad va vazifalari haqida to‘xtalib o‘tdi.Dissertatsiya “Diniy identifikatsiya muammosini o‘rganishning nazariy-metodologik tahlili”, “Shaxsda diniy identifikatsiya shakllanishining ilmiy­-psixologik asoslari”, “Diniy identifikatsiya shakllanishida ijtimoiy-psixologik

Batafsil
Akademiyada “Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada “Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi o‘tkazildi

Bugungi globallashuv jarayonida diniy bag‘rikenglik, dinlararo totuvlik, o‘zaro hamkorlik masalasi mamlakatlarning tinchligi va taraqqiyoti uchun eng muhim tamoyillardan biri hisoblanadi. Yurtimiz hududida qadim zamonlardan beri turli madaniyat, til, urf-odatlar, o‘z turmush tarziga ega bo‘lgan turli dinlarga e'tiqod qiluvchi va bir-biriga o‘xshash bo‘lmagan turli xalqlar, millatlar tinchlik va hamjihatlik asosida yashab kelmoqda.Talaba-yoshlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglikni qaror toptirish, o‘zga e’tiqod va millat vakillariga nisbatan tolerant munosabatda bo‘lishni targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Akademiya prorektori Ilyos Mirziyotov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakillari, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtiro

Batafsil
Diplomatik muloqot madaniyati va etiketi: ShHT mamlakatlari misolida
Yangiliklar

Diplomatik muloqot madaniyati va etiketi: ShHT mamlakatlari misolida

Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkilot hisoblanadi. 2001-yil 15-iyunda Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat – Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan. Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Diplomatik muloqot madaniyati va etiketi: ShHT mamlakatlari misolida” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Oʻzbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, markaz vakillari, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.Amaliy seminarni rektor Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, Akademiya hamda Oʻzbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada rivojlanib borayotgani, hamkorlikdagi tadbirlar va loyihalarda A

Batafsil
Mahmudxo‘ja Behbudiy: “Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqa millatlarga poymol boʻlur”
Yangiliklar

Mahmudxo‘ja Behbudiy: “Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqa millatlarga poymol boʻlur”

Ma’lumki, azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilm-u odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelganlar. Kitob – qalb chirogʻi, tafakkur qanoti. Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yoʻli esa kitob oʻqishdir. Zero, inson bilimni kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham mutolaa yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi. Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Jadid” gazetasining 2024-yil 6-dekabrdagi sonida muallif Ikrom Bo‘riboyevning “Hamma o‘qiyapti. O‘qing!” nomli tahliliy maqola mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, m

Batafsil
Madhiya – Vatanga muhabbat va sadoqat ramzi
Yangiliklar

Madhiya – Vatanga muhabbat va sadoqat ramzi

O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi mamlakatimiz suverenitetining ramzlaridan biridir. 1992-yil 10-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan. Qonunda madhiyamizga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzo, Oʻzbekiston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi oʻrinbosari Habibullo Rahimov, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Farog‘at Xudoyqulova, Akademiya prorektor

Batafsil
Davlat madhiyasi – Vatanga muhabbat va sadoqat ramzi
Yangiliklar

Davlat madhiyasi – Vatanga muhabbat va sadoqat ramzi

Mustaqilligimiz ramzi bo‘lgan Davlat madhiyamiz har bir yurtdoshimizning qalbida g‘urur va iftixor uyg‘otadi. Ushbu madhiyani kuylash orqali biz Vatanimizga bo‘lgan cheksiz muhabbatimizni, uning yorqin kelajagi yo‘lida birlashishimizni ifoda etamiz.1992-yil 10-dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.Bugun yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganining 32 yilligi keng miqyosda nishonlanmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham o‘quv darslari avvalida Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangradi. Professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ehtirom bilan davlat madhiyasini ijro etdilar.Davlat madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirish, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voy

Batafsil
8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining  TABRIGI
Yangiliklar

8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining TABRIGI

Assalomu alaykum qadrli ustozlar, aziz talaba-yoshlar!Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mustaqil davlatimizning huquqiy asosi, jamiyat barqarorligining kafolati hisoblanadi. Bosh Qomusimiz qabul qilinganining 32 yilligini butun xalqimiz “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida keng nishonlamoqda. Prezidentimizning 2024-yil 17-oktabrda qabul qilgan qarorlariga muvofiq, respublikaning barcha taʼlim muassasalarida, shu jumladan, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida ham Bosh Qomusimizga bagʻishlangan tadbirlar koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazilmoqda.Ayniqsa, 2023-yil 30-aprel kuni yurtimiz tarixida unutilmas voqea – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi tahrirda umumxalq referendumi asosida qabul qilindi. Unda xalqimizning Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha orzu-umidlari va intilishlari oʻz aksini topgani dunyo hamjamiyati tomonidan ham eʼtirof eti

Batafsil
Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi
Yangiliklar

Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga bu yil 32 yil toʻladi. Bu muddat yillar, asrlar suronida juda qisqa fursat, albatta. Biroq uning mamlakat rivoji, xalqimiz turmush farovonligi, huquqlarini taʼminlashdagi oʻrnini hech narsa bilan qiyoslab boʻlmaydi. Ma’lumki, 2023-yil 30-aprelda umumxalq referendumi asosida yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilingan edi. Oʻtgan qisqa vaqt mamlakat uchun muhim oʻzgarishlar davriga aylandi. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yangilanishlarga asos boʻlgan ushbu hujjat Oʻzbekistonning demokratik islohotlardan aslo ortga qaytmasligini, qonun ustuvorligi va barqaror rivojlanishga mudom intilishini tasdiqlaydi. Asosiy qonunimizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu gʻoyalar atrofida fuqarolarni jipslashtirish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 17-ok

Batafsil
Qo‘chqor Norqobil: “Kitob – insonning qalbini ochadigan buyuk mo‘jiza”
Yangiliklar

Qo‘chqor Norqobil: “Kitob – insonning qalbini ochadigan buyuk mo‘jiza”

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Adabiy gurunglar” loyihasi doirasida elimiz suygan shoir-yozuvchilar, qalam ahli sohiblari bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Bu kabi tadbirlar talaba yoshlarda adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Bugun loyiha doirasidagi navbatdagi uchrashuv O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, shoir, dramaturg Qo‘chqor Norqobil bilan o‘tkazildi.Tadbirda Akademiya Matbuot kotibi Erkin Doripov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Rahmatilla Gaipnazarov, Axborot-resurs markazi xodimlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.Qo‘chqor Norqobil 1968-yil 5-martda Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidagi Mo‘minko‘l qishlog‘ida tug‘ilgan. Adibning “Daryo ortidagi yig‘i”, “O‘n sakkizga kirmagan men

Batafsil
Akademiya professori “Maʼrifat karvoni” tadbirlarida ishtirok etmoqda
Yangiliklar

Akademiya professori “Maʼrifat karvoni” tadbirlarida ishtirok etmoqda

Xabaringiz bor, joriy yilning 2-15-dekabr kunlari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusida “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy va madaniy targʻibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.“Maʼrifat karvoni”da hududlardagi olimlar, ziyolilar, sanʼat va madaniyat namoyondalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼullar, mahalla faollari hamda ilgʻor yoshlarning bu boradagi bilim va koʻnikmalarini oshirish, mamlakatimizning milliy-mafkura yoʻnalishidagi islohotlari, jamiyatni, ayniqsa, yoshlarni buzgʻunchi gʻoyalardan himoya qilishda ziyolilarni faollikka undash, ular uchun muloqot platformasini yaratishdan iborat. Aynan ziyolilarni mazkur ishga keng jalb qilish orqali, xalqimiz orasida oʻzlikni anglash va tarixiy ildizimizga oid bilimlarni oshi

Batafsil
Akademiyada “Mehr ulashib” xayriya tadbiri o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada “Mehr ulashib” xayriya tadbiri o‘tkazildi

1992-yil 14-oktabr kuni Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni deb eʼlon qilingan.Mazkur sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishi, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishi, ularning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini ta’minlash, barcha uchun ochiq va do‘stona bo‘lgan jamiyat qurishdan iboratdir.Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2006-yil 13-dekabrda qabul qilingan va 2008-yil 3-mayda kuchga kirgan. Konvensiya bilan bir paytda unga Fakultativ protokol qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi esa Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani 2009-yil 27-fevralda imzolagan.Yurtimizda har yili mazkur sana e’tibo

Batafsil
Bolalar huquqlarini kafolatlash – davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi
Yangiliklar

Bolalar huquqlarini kafolatlash – davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi

Mamlakatimizda qadimdan bolalarni qadrlash va eʼzozlash masalalariga alohida eʼtibor berib kelingan. Keyingi yillarda bolalarga har tomonlama gʻamxoʻrlik qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bola huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro darajadagi asosiy hujjat esa Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya hisoblanadi. Konvensiya 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan. Mazkur hujjat 54 ta moddadan iborat.Oʻzbekiston Respublikasi esa Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya qildi. Bolalarning Konvensiyada koʻrsatilgan huquqlariga rioya qilish va ularni himoya qilish uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoitlar va kafolatlar yaratish mamlakatimiz davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan hisoblanadi.Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Konstitutsiya oyligi” doirasida Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaning qabul qilinganining

Batafsil
Ko'rinish