O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya – jamiyat rivojiga to‘siq
Yangiliklar

Manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya – jamiyat rivojiga to‘siq

Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashishni ham taqozo etadi.Shu bois, davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning dolzarbligi sababli, 2024-yilning 5-iyun kuni “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g֥‘risida”gi qonuni va korrupsiyaga qarshi qonunchilik normalarining mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Ushbu tadbir “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini samarali tashkil etish, ushbu qonun bilan belgilangan talablarni davlat organlari va tash

Batafsil
Internetda ekstremizm gʻoyalar targʻibotidan ehtiyot boʻling
Yangiliklar

Internetda ekstremizm gʻoyalar targʻibotidan ehtiyot boʻling

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti hamkorligida “Internetda ekstremizm gʻoyalar targʻibotidan ehtiyot boʻling” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo'lim boshlig‘i Shukrullo Jo‘rayev, fakultet dekan o‘rinbosari Otabek Rasulov, tyutorlar S.Qosimov, A.Jalilov hamda “Turizm” va “Axborot xavfsizligini boshqarish” ta’lim yoʻnalishi 1-bosqich talabalari ishtirok etdi. Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar mazkur tadbir yoshlarni radikalizm, terrorizm, ekstremizm, soxta daʼvolar, gʻarazli daʼvatlar, axborot xurujlari, mafkuraviy tazyiqlar, ommaviy madaniyat taʼsiridan himoyalash maqsadida tashkil etilayotganini qayd etdilar.Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmay, balki xalqaro ma

Batafsil
“Oʻzbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi kubogi” uchun zakovat intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi
Yangiliklar

“Oʻzbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi kubogi” uchun zakovat intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi

Keyingi yillarda yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy jarayonlardagi oʻrnini kengaytirish masalalari ustuvor ahamiyat kasb etib bormoqda. Bugun ular jamiyat hayotining turli jabhalari, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqarolik va siyosiy jarayonlarda oʻz oʻrni va soʻziga ega. Bu esa davlat taraqqiyoti, barqarorligi va demokratiya ustuvorligining zaruriy shartidir.Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan, ShHT mamlakatlarining yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari oʻrtasida doʻstona hamkorlik muhitini yaratish, jamiyatda ayol-qizlarning oʻrnini kuchaytirish, ularning gʻoya va intilishlarini qoʻllab-quvvatlab borish, ShHT mamlakatlari va xalqlarini yaqinlashtirish, oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilik ruhini mustahkamlash uchun xalq diplomatiyasi vositalaridan foydalanishga qaratilgan turli loyihalar amalg

Batafsil
Akademiyada “Xalqaro psixologlar kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada “Xalqaro psixologlar kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

2000-yildan boshlab dunyo bo‘ylab 22-noyabr – “Xalqaro psixologlar kuni” keng miqyosda nishonlab kelinadi. Ayni paytda yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida sana munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov hamda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva kirish so‘zi bilan ochib berdi.Marosimda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Tadbir davomida talabalar tomonidan turli psixologik treninglar, amaliy mashg‘ulotlar, qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi. Ushbu

Batafsil
Akademiyada “Islom tarixi bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada “Islom tarixi bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi

Ilm-ma’rifatli millat hamisha taraqqiyot sari intiladi. O‘zining tarixini, ajdodlari, ota-bobolari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladi. Yoshlarning ilmga tashnaligi esa mamlakat rivojining kafolati bo‘lib xizmat qiladi.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlarning nazariy olgan bilimlarini amaliy jarayonlarda mustahkamlash uchun turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda.Bugun“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Islom tarixi bilimdoni” tanlovi ham o‘ziga xos tarzda, ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.Mazkur musobaqani tashkil etishdan asosiy koʻzlangan maqsad bugungi kunda ayrim mutaassib shaxslar, radikal toifalar tomonidan islom tarixidagi ayrim voqeliklar notoʻgʻri talqin etilib, odamlarni chalgʻitayotganlarga munosib javob berish, ayni vaqtda bu tushunchalar talaba

Batafsil
“Yangi O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik” mavzusidagi xalqaro konferensiya xorijiy mutaxassislar nigohida
Yangiliklar

“Yangi O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik” mavzusidagi xalqaro konferensiya xorijiy mutaxassislar nigohida

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi, xalqparvar va millatparvar siyosati, shuningdek, mintaqa miqyosida faol tashqi siyosat olib borayotganligi, qo‘shni davlatlar bilan har tomonlama, o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirayotganligi, ezgulik va tinchlik-osoyishtalik omili bo‘lgan diniy bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga imkon bermoqda. Yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ta’lim, ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifat, millatlar o‘rtasidagi do‘stlik va bag‘rikenglik tamoyillari o‘zining yangi tarixiy sahifalarini ochdi. Yaqin qo‘shni davlatlar bilan oliy va yuqori darajadagi aloqalarimiz sezilarli darajada faollashdi.Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi sessiyasida nutq so‘zlab, muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.Prezidentimizning muhim taklifi asosi

Batafsil
Doktoranturaga kirish imtihonlari yakunlandi
Yangiliklar

Doktoranturaga kirish imtihonlari yakunlandi

Xabaringiz bor, mazkur hafta davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklining tayanch doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchanlik institutining tegishli ixtisosliklari bo‘yicha kirish imtihonlari o‘tkazildi.Bu yilgi imtihonlarda talabgorlar “Din psixologiyasi”, “Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Dinshunoslik”, “Qur’onshunoslik, Hadisshunoslik”, “Fiqh, kalom ilmi, Ilohiyot” ixtisosliklari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.Talabgorlar mazkur ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borish maqsadida belgilangan taqvim reja asosida ixtisoslik fanlaridan imtihon topshirishdi.Kirish imtihonlari va suhbatlarda talabgorlarning hujjat topshirgan ixtisosliklari bo‘yicha bilim darajasi, zamonaviy muammolarni tahlil etish va yechim taqdim qilish bo‘y

Batafsil
Internet firibgarliklaridan ogoh bo‘ling
Yangiliklar

Internet firibgarliklaridan ogoh bo‘ling

XXI asr axborot texnologiyalari davrida oʻzining keng qamrovliligi bilan ajralib turuvchi va yildan yilga koʻpayib hozirgi kun asosiy mavzularidan biriga aylanib borayotgan kiberfiribgarlik jinoyatlari jamiyatga juda katta xavf keltirib chiqarmoqda.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Internet firibgarliklaridan ogoh bo‘ling” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Mazkur dars Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarining dunyoqarashini yanada kengaytirish, siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etildi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zokirjon Ro‘ziyev, professor-o‘qituvchilari hamda xodimlar ishtirok etdi.Tadbir avvalida Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Shayxontohur tuman bo‘limi boshlig‘i Shahzod Islomov hamda katta leytenant Sohibjon Turdiyev

Batafsil
Ilm-fan – Uchinchi Renessans poydevori
Yangiliklar

Ilm-fan – Uchinchi Renessans poydevori

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oriental universiteti rektori, Akademiya tadqiqotchisi Nozim Mamatoxunovning “Samarqand kalom maktabining shakllanishida Iyodiylar oilasining o‘rni (IX-X asrlar)” mavzusidagi 24.00.01 – “Islom tarixi va manbashunosligi” ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi o‘tkazildi. Unda Akademiya huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda majlis a’zolari, soha mutaxassislari ishtirok etdilar.Yig‘ilish davomida kengash kotibi tadqiqotchi hamda uning ilmiy ishi haqida yig‘ilganlarga qisqacha ma’lumot berildi.Shundan so‘ng Nozim Mamatoxunov so‘zga chiqib, tadqiqotning maqsad va vazifalari haqida to‘xtalib o‘tdi.Tadqiqotning maqsadi IX-X asrlarda Movarounnahrda Samarqand kalom maktabining shakllanishida Iyodiylar sulolasi vakillarining o‘rnini ochib berishdan iborat ekanin

Batafsil
Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.Kengash majlisini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov olib bordi.Muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida ta’lim muassasasi zimmasidagi muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusidagi reja-vazifalar belgilab olinadi.Akademiya rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov majlisni ochib berarkan, amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish muhim ekanini qayd etdi.Dastlab Kengash majlisida Akademiyaning bir guruh professor-o‘qituvchilariga ilmiy darajalari berilgan diplomlar topshirildi. Xususan:“Islom tar

Batafsil
Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak
Yangiliklar

Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak

Avval xabar berganimizdek, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan “Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalish boʻyicha onlayn oʻquv seminarlari oʻtkazilmoqda.“Maʼrifat soati” doirasida 32 soatga moʻljallangan mazkur o‘quvlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sport vazirligi, Transport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya Qoʻmitasi, “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul xodimlari ishtirok etmoqda.Seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ham o‘z ma’ruzasi bilan qatnashmoqda. Bugun Akademiya rektori tinglovchilar uchun “Radikalizmning namoyon bo‘lishi, oqibatlari va oldini olish yo‘llari” mavzusida ma’ruza qildi.Ma’ruzada radikalizmning shakllanishiga sabab boʻluvchi omillar

Batafsil
Akademiya rektori ilmiy-amaliy o‘quv seminarda ma’ruza qildi
Yangiliklar

Akademiya rektori ilmiy-amaliy o‘quv seminarda ma’ruza qildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Din ishlari boyicha qo‘mita hamkorligida “Qadriyatlar. Global olam. Ijtimoiy muammolar” mavzusida ilmiy-amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.Joriy yilning 20-21-noyabr kunlari davomida o‘tkaziladigan seminarda xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida turli salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan. Seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida ma’ruzasi bilan qatnashdi.Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Matluba Qahhorova, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon Ishmatbekov, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi maslahatchisi Dilbar G‘ulomova, vazirlik va idoralar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent

Batafsil
Ko'rinish