Jahon va milliy turizm rivojlanishida zamonaviy trendlar
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Jahon va milliy turizm rivojlanishida zamonaviy trendlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida amalga oshirilayotgan “Buxoro ziyoratgohlarining elektron 3D modelini yaratish” innovatsion loyihasi doirasida tashkil etildi.Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va jahon va milliy turizmdagi zamonaviy trendlarni muhokama qilish, mamlakatlarning tarixiy-madaniy merosi va turizmning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan.“Buxoro ziyoratgohlarining elektron 3D modelini yaratish” innovatsion loyihasi doirasida tashkil etilay
Batafsil
Akademiya rektori onlayn seminarda ma’ruza qildi
Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sport vazirligi, Transport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya Qoʻmitasi, “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul xodimlari uchun “Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalish boʻyicha oʻquv kursi oʻtkazildi.“Maʼrifat soati” doirasida 32 soatga moʻljallangan o‘quvlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi.Onlayn seminarda Akademiya rektori o‘z ma’ruzasida diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilgani, ayniqsa, bu borada 2021-yil 5-iyulda davlatimiz rahbari
Batafsil
Akademiyada navbatdagi doktorlik dissertatsiyasi (DSc) muvaffaqiyatli himoya qilindi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Aziza Turg‘unovaning “Oliy ta’lim muassasalarida gerontopedаgogikaning diniy e’tiqod va tarbiyadagi ahamiyati” mavzusidagi 13.00.01 – Pedаgogikа nаzаriyаsi. Pedаgogik tа’limotlаr tаrixi ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.Unda Akademiya huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda majlis a’zolari, soha mutaxassislari ishtirok etdilar.Yig‘ilish davomida kengash kotibi tadqiqotchi hamda uning ilmiy ishi haqida yig‘ilganlarga qisqacha ma’lumot berildi.Shundan so‘ng Aziza Turg‘unova so‘zga chiqib, tadqiqotning maqsad va vazifalari haqida to‘xtalib o‘tdi.Tadqiqotning vazifalari esa katta avlod vakillarining diniy bag‘rikenglik hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirishdagi tutgan o‘rnini ochib berish, avlod
BatafsilRadikal, ekstremistik oqimlarga qarshi kurashning dolzarb vazifalari
Taassufki, bugungi globallashuv davrda ertamiz egalari bo‘lgan yoshlar buzg‘unchilikni maqsad qilgan kimsalar nishoniga aylanayotgani ham hech kimga sir emas. Ularning ongiga sof islom dini ta’limotiga zid aqidalarni singdirish, o‘zbekona milliy va diniy qadriyatlarimizdan voz kechishga targ‘ib etish kabi xatti-harakatlar avj olmoqda.Buning oldini olish maqsadida joylarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri bugun Toshkent davlat transport universitetida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Akademiya rektori “Radikal, ekstremistik oqimlarga qarshi kurashning dolzarb vazifalari” mavzusida ma’ruza qildi.Akademiya rektori tomonidan xatarli tahdiddan saqlanishning yagona yo‘li ma’rifat ekanligi, muqaddas di
Batafsil
“Jaholatga qarshi – maʼrifat” bosh g‘oyamizdir
Muqaddas islom dini odob-axloq, mehr-muhabbat va insonparvarlik kabi pok g‘oyalarni targ‘ib etadi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida dunyoda sodir bo‘layotgan turli nizolar, g‘oyaviy xurujlar har birimizni ogohlikka undashi zarur.Buning oldini olish maqsadida yurtimiz bo‘ylab “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri Sirdaryo viloyati Oq oltin tumani “Ko‘rkam diyor” MFYda o‘tkazildi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.Akademiya prorektori targ‘ibot tadbiri davomida yurtimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik va yosh avlodni turli yot oqimlar taʼsiriga tushib qolishini oldini olish, eks
BatafsilDoktoranturaga kirish imtihonlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklining tayanch doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchanlik institutining tegishli ixtisosliklari bo‘yicha kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.Bu yilgi imtihonlarda talabgorlar “Din psixologiyasi”, “Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Dinshunoslik”, “Qur’onshunoslik, Hadisshunoslik”, “Fiqh, kalom ilmi, Ilohiyot” ixtisosliklari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishyapti.Talabgorlar mazkur ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borish maqsadida joriy yilning 23-noyabrga qadar belgilangan taqvim reja asosida ixtisoslik fanlaridan imtihon topshirishadi.Kirish imtihonlari va suhbatlarda talabgorlarning hujjat topshirgan ixtisosliklari bo‘yicha bilim darajasi, zamonaviy muammolarni tahlil etish va yechim taqdim qilish b
Batafsil
Akademiyada “Talabalar sayli” ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi hamda “Oltin davrim” shiori ostida “Talabalar sayli” ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.Bayram saylini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova ochib berdi. Tadbirda so‘z olganlar tomonidan yurtimiz bayrog‘i nafaqat O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzi, balki xalqimizning, shu yurtda tug‘ilib, shu zaminning mehridan qonib yashayotgan turli millat va elatlarning tinchligi, hamjihatligi timsoliga aylanganligi, u yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor tuyg‘usini solib, ularni tinchlikka, ezgulikka, ertangi kunga umid va ishonchini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muqaddas ramz ekanligi ta’ki
Batafsil
Bayrog‘imiz g‘urur va faxrimiz timsoli
Tarixdan maʼlumki, Vatan ramzlari doimo ulugʻ va muqaddas sanalgan. ayroq hamisha insonlarni yakdillikka, ulugʻ maqsad yoʻlida birlashishga chorlagan. Davlat ramzlari or-nomus, shon-sharaf belgisi sifatida eʼzozlangan. Zero, bayroq har bir xalq, millatning shonli oʻtmishi va buyuk kelajagi, asriy anʼana va urf-odatlarini oʻzida aks ettirgan.Joriy yilda mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat suverenitetining ramzi bo‘lib tarixdan o‘rin egalladi.Ayni paytda yurtimiz boʻylab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham bayram tadbiri tashkil etildi.O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi
Batafsil
“17-noyabr – xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining TABRIGI
Assalom-u alaykum, aziz talabalar!Ayni damda yurtimiz oliy taʼlim muassasalari boʻylab Siz, aziz yoshlarning bayramingiz, “17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni” keng nishonlanmoqda.Fursatdan foydalanib, barcha talaba-yoshlarni mazkur bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Yoshlik – inson hayotining eng goʻzal davri. Kuchga toʻlgan, katta imkoniyatlar, orzu-umid va rejalarga boy davri. Mana shu davrda amalga oshirgan ishlaringiz kelgusi hayotingizni belgilab beradi. Albatta, oʻgʻil-qizlarimizdan yoshlik bergan imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish, zamonaviy ilm-fan va bilimlarga ega boʻlish talab etiladi. Prezidentimizning yoshlarga boʻlgan mehrini, yoshlarni ertangi kunning egalari sifatida imkoniyatlar bilan siylayotgani, bugun yurtimizda sizlar uchun yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlar, eʼtibor va ragʻbatlar, albatta, sizlarga maʼnaviy, ruhiy jihatdan qanot boʻlayotganligini har ja
Batafsil“Bagʻrikenglik haftaligi”: tinchlik, totuvlik va bag‘rikenglikni tarannum etuvchi o‘zbekona model
Maʼlumki, UNESCO tashkiloti tomonidan dunyoda tinchlik, dinlar va konfessiyalararo muloqotni taʼminlash, millatlar va elatlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib, hozirda bagʻrikenglikka oid 70 dan ziyod xalqaro hujjatlar qabul qilingan. Ularning yorqin namunasi 1995-yil 16-noyabrda Parijda UNESCO Bosh konferensiyasining 28-sessiyasida eʼlon qilingan “Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi”dir. BMT Bosh Assambleyasining qaroriga koʻra, 1996-yildan buyon mazkur sana butun dunyoda “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” sifatida nishonlanadi. Jahon hamjamiyati davlatlari uchun gʻoyat dolzarb masalalardan biri hisoblangan diniy bagʻrikenglik muammosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan maxsus
Batafsil
Dinlararo muloqot va bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi omili
BMT Bosh Assambleyasining qaroriga koʻra, 1997-yildan buyon 16-noyabr butun dunyoda “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” sifatida nishonlanadi. 2019-yildan esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mazkur sana bilan bogʻliq tadbirlar yurtimizda haftalik tarzida keng nishonlash anʼanaga aylandi. Bu yil ham ushbu anʼana davom etib, “Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik” shiori ostida “Bagʻrikenglik haftaligi” boʻlib oʻtmoqda. Haftalik doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Dinlararo muloqot va bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi omili” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi.Mazkur seminar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Malayziya islom ilmlari universiteti, Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti hamda Turkiyaning Saljuq universiteti hamkorligida tashkil etildi.Seminarda Turkiya, Malayziya, Qozogʻiston kabi davlatlardan k
Batafsil
Bir guruh ulamo va soha xodimlarini “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi
16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni munosabati bilan turli konferensiya va anjumanlar, davra suhbati va uchrashuvlarni oʻz ichiga qamrab olgan “Bagʻrikenglik haftaligi”ning oʻtkazilishi – jamiyatda bagʻrikenglik gʻoyalarining mustahkamlanishi, turli millat va elat hamda diniy konfessiya vakillari oʻrtasida oʻzaro doʻstlik va hamjihatlik munosabatlarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qilayotgani alohida eʼtirofga loyiq.Taʼkidlash lozimki, oxirgi yillarda mamlakatimizda diniy-maʼrifiy soha rivoji yoʻlida keng koʻlamli islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda. Ushbu jarayon soha xodimlaridan ham alohida masʼuliyat va faollik talab etadi. Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, ularning fidoyiligi, sharafli mehnatlari eʼtirof etilib, qadrlanmoqda.Bugun poytaxtimizdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida bir guruh hamyurtlarimizni “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash marosimi o‘tkaz
Batafsil