Yangi Oʻzbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi
Oʻzbekistondagi bagʻrikenglik siyosati tufayli, hozirda yurtimizda yagona oila boʻlib yashayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillariga oʻz ona tili, urf-odat va qadriyatlarini rivojlantirishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shu maʼnoda mamlakatimizda milliy madaniy markazlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, millati, irqi va diniy eʼtiqodidan qatʼiy nazar, fuqarolar ongida koʻp millatli yagona oila tuygʻusini mustahkamlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.Ushbu yoʻnalishlarda olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida “16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni” doirasida 11-16-noyabr kunlari yurtimizda Bagʻrikenglik haftaligi oʻtkazilmoqda.Hafta davomida rang-barang tadbirlar, madaniy-maʼrifiy, ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.Haftalik doirasida joriy yilning 13-noyabr kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Yangi Oʻzbekiston kitob va
Batafsil
Akademiya vakillari “Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor” nomli fotokoʻrgazmada qatnashdi
BMT Bosh assambleyasining qaroriga koʻra, 1997-yildan buyon 16-noyabr har yili butun dunyoda “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Bu sanani Oʻzbekistonda nishonlash ham yaxshi anʼanaga aylangan. Bu yili ham xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab 11-16-noyabr kunlari yurtimizda “Bagʻrikenglik haftaligi” oʻtkazilmoqda.Bugun haftalik doirasida Toshkent fotosuratlar uyida “Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor” nomli fotokoʻrgazma tashkil etildi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi, Toshkent fotosuratlar uyi hamda doʻstlik jamiyatlari rahbarlari va faollari, OAV vakillari bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talabalari ham ishtirok etd
Batafsil
Akademiyada Xotin-qizlar maslahat kengashi yigʻilishi oʻtkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi 316-sonli qarori hamda Akademiya rektorining tegishli buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida Xotin-qizlar maslahat kengashi yigʻilishi oʻtkazildi.Majlisda Akademiya Xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Nilufar Aliboyeva, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi mudiri Raziya Matibayeva, Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy- pedagog kadrlarni tayyorlash boʻlimi boshligʻi Dono Qalandarova, fakultet dekanining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etdi.Kengash kun tartibidan Xotin-qizlar maslahat kengashi tarkibini tasdiqlash, Kengash aʼzolarining vazifalari taqsimoti yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.Kengashda bajarilishi zarur boʻlgan galdagi vazifalar va mavjud muammolar ham tahlil qilindi.Yigʻilish yakunida muhim vazifalar belgilab olindi.
Batafsil
Akademiya mas’ullari tomonidan umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun tanishtiruv tadbirlari o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Kengashining “Iqtidorli o‘quvchilar hamda xorijiy fuqarolarni Akademiyada ta’lim olishga keng jalb qilish, jumladan, PR-loyihalar (Akademiyada ochiq eshiklar kunlarini tashkil qilish, taqdimotlar o‘tkazish, ijtimoiy tarmoqlarda yoritish va boshqalar) borasida olib borilayotgan ishlar” yuzasidan Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlari poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 22-, 119-, 146-umumta’lim maktablari hamda tumandagi ixtisoslashgan maktabida bo‘ldilar. Tashrif davomida maktablarning yuqori sinf o‘quvchilariga Akademiyaning ta’lim yo‘nalishlari, ta’limni keyingi bosqichidagi magistratura mutaxassisliklari hamda Akademiya bitiruvchilarining yutuqlari haqida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etildi. Yakunda maktab mas’ullari bilan kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik rejalari kelishib olindi.
Batafsil
“Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida Xalqaro press-klub sessiyasi o‘tkazildi
BMT Bosh assambleyasining qaroriga koʻra, 1997-yildan buyon 16-noyabr har yili butun dunyoda “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Bu sanani bizda, Oʻzbekistonda nishonlash ham yaxshi anʼanaga aylangan. 2019-yildan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bu sana Oʻzbekistonda haftalik tarzida keng nishonlanib kelinmoqda. Bu yil ham ushbu anʼana davom etib “Bagʻrikenglik haftaligi” boʻlib oʻtadi. 7 kun davomida haftalik doirasida Xalqaro press-klub sessiyasi, davra suhbatlari, konferensiyalar, fotokoʻrgazma va boshqa madaniy-maʼrifiy va ilmiy-amaliy tadbirlar oʻtkaziladi. Davlatimiz milliy siyosatining eng muhim, ustuvor yoʻnalishlaridan biri barcha millatlarning ravnaqi uchun teng sharoit va imkoniyat yaratish, millatlararo munosabatlarni uygʻunlashtirishdir.Oʻzbekiston bugun butun dunyo mamlakatlari uchun bagʻrikenglik namunalarini oʻzida mujassam etgan davlat sifatida
Batafsil
Axborot xurujlari, dezinformatsiya va manipulyatsiya
Bugun tez surʼatlar bilan o‘zgarib borayotgan, shiddatli va ayni paytda o‘ta murakkab zamonda yashamoqdamiz. Mutaxassislar bu davrni “globallashuv asri” deb atashmoqda. Boisi, yer yuzining qaysidir bir chekkasida yuz bergan voqeadan bir necha soniya ichida butun dunyo ahli xabar topmoqda. Bu esa shubhasiz, hayotimizda internetning o‘rni va roli nechog‘liq oshib borayotganidan dalolat beradi.Bugun shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Axborot xurujlari, dezinformatsiya va manipulyatsiya” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.“Xalqaro munosabatlar va raqamli texnologiyalar” fani doirasida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Xalqaro axborot tahririyati bosh muharriri G‘ayrat Xonnazarov, Bosh muharriri o‘rinbosari O‘tkir
Batafsil16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 1995-yilni “Bag‘rikenglikni ta’minlash bo‘yicha BMT yili” deb e’lon qildi va ushbu sana bilan aloqador tadbirlarni tashkil etish uchun UNESCO yetakchi tashkilot etib belgilandi.1995-yil 25-oktabrdan 16-noyabrga qadar Parijda tashkil qilingan UNESCO Bosh konferensiyasi 28-sessiyasida UNESCO Konstitutsiyasi imzolanganining 50 yilligi munosabati bilan hamda butun dunyo bo‘ylab bag‘rikenglik masalasiga e’tiborni qaratish maqsadida “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” e'lon qilindi va shu yilning 16-noyabr kuni a’zo davlatlar tomonidan mazkur deklaratsiya qabul qilindi.“Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” 6 moddadan iborat bo‘lib, ularda “bag‘rikenglik” tushunchasiga ta’rif, bag‘rikenglikni ta’minlashda davlatning roli, bag‘rikenglik g‘oyalariga nisbatan ijtimoiy ehtiyoj, bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirishda ta’lim muassasal
Batafsil
Sport – salomatlik garovi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sport tadbirlari tashkil etildi.Akademiya boshlang‘ich Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan sportning mini futbol, shaxmat-shashka, stol tennis, voleybol hamda oilaviy spartakida bahslari o‘tkazildi.Bellashuvlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Akademiya kasaba uyushmasi raisi Ashirali Abdirashidov ochib berishdi.So‘zga chiqqanlar tomonidan keyingi yillarda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yana-da rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, aholining turli qatlamlari, xususan, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish tobora kuchayib borayotgani ta’kidlandi. Ishtirokchilarga bo‘lajak bahslar oldidan muvaffaqiyat tilandi.Mazkur bellashuvlar Akademiyada sog‘lom turmus
Batafsil
“Yashil makon” umummilliy loyihasi Akademiyada ham yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni asosida mamlakatimizda ekologik vaziyatni yanada yaxshilash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xabar berganimizdek, bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida umumrespublika marafoniga start berildi.Nukus shahrida ajratilgan yer maydonida “Ziyolilar bogʻi”da koʻchat ekish tadbiri oʻtkazildi.Mazkur tadbirga yurtimiz oliy taʼlim muassasalari ZOOM platformasi orqali onlayn ulanib, bir vaqtda har bir oliy taʼlim dargohi oʻz hududiga daraxt koʻchatlarini oʻtqazdilar.Jumladan, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida mazkur xayrli tadbir yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan ta
Batafsil
Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazilmoqda
Ayni paytda Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Hay’at yig‘ilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.Hay’at yig‘ilishi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov ochib berdi.nda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, hududiy boshqarmalari rahbarlari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari va direktorlari safida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev ham ishtirok etmoqda. Bugungi kunda, mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqish, iqtisodiyot va sohaga oid islohotlarni amalga oshirish jarayonida oliygohlar va texnikumlarning i
Batafsil
Akademiyada “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilgan bellashuvlar davom etdi
Avval xabar berganimizdek, yurtimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning yengil atletika, voleybol, mini futbol, stol tennisi, stritbol kabi turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilmoqda. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi ham musobaqaning Toshkent shahar bosqichi “B” guruhi ishtirokchilarining o‘yinlariga yuqori saviyada mezbonlik qildi.Kecha qizlar o‘rtasida sportning stritbol turi boʻyicha bahslar oʻtkazilgan edi. Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda “Millat umidi” universiteti talaba yigitlari stritbol bo‘yicha bahs olib bordilar.Dastlab O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng mas’ullar tomonidan sportchilarga o‘yin qoida-mezonlari haqida tushuntirib o
BatafsilAdabiy gurunglar: zavqli suhbatlar, nafis mushoiralar minbari
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Adabiy gurunglar” loyihasi doirasida elimiz suygan shoir-yozuvchilar, qalam ahli sohiblari bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Bu kabi tadbirlar talaba yoshlarda adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Bugun “Adabiy gurunglar” loyihasi doirasidagi navbatdagi uchrashuv “Shuhrat” medali sohibi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Madaniyat va maʼrifat” telekanali muharriri Zebo Mirzayeva bilan o‘tkazildi.Davra suhbatini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi Lola Azimova olib bordi.Zebo Mirzayeva 1964-yil 15-dekabrda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanining Beshterak qishlogʻida tugʻilgan. ToshDUning oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Zebo Mirzoning “Tun malikasi” nomli ilk sheʼriy toʻplami 1990-yilda nashr etilgan. Shuningdek, s
Batafsil