“Har bir davlat xizmatchisi – ma’naviyat targ‘ibotchisi”
Joriy yilning 6-8-noyabr kunlari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda hokimliklarning zaxira kadrlarini siyosiy-maʼnaviy kompetensiyalarini rivojlantirishga oid “Har bir davlat xizmatchisi – maʼnaviyat targʻibotchisi” mavzusida malaka oshirish oʻquv kurslari tashkil etilmoqda.Mazkur seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov “Radikal va ekstremistik oqimlarga qarshi kurashning dolzarb vazifalari” mavzusida ma’ruza qildi. Mazkur tadbirlarni tashkil etishdan maqsad jamiyatda ezgu qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish, oila, mahalla, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish va sogʻlomlashtirishga oid faoliyatda qatnashish, “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida jamiyatda uzluksi
Batafsil
Ozarbayjon hukumati rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 5-6-noyabr kunlari Boku shahridagi Butunjahon diniy yetakchilar global sammiti doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi bir qator uchrashuv va muloqotlar oʻtkazdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadov bilan uchrashdi. Muloqotda Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatlarimizning anʼanaviy yaqin va doʻstona munosabatlarini yanada mustahkamlash, ilm-fan, madaniyat va diniy-maʼrifiy sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvda Butunjahon diniy yetakchilar global sammitining ahamiyati haqida soʻz yuritilib, mazkur tadbir xalqlar va turli din vakillari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga katta hissa qoʻshishi, bu borada qar
Batafsil
Akademiya vakili onlayn seminarda ma’ruza qildi
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi tomonidan “O‘rta asrlar Shosh (Toshkent) olimlarining islom ilmlariga qo‘shgan hissasi” mavzusida onlayn ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.Mazkur seminarda O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Ne’matullo Muhamedov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.Akademiya professori ma’ruzasida o‘rta asrlarda yashab o‘tgan Shosh (Toshkent) olimlarining muqaddas Islom ilmiga qo'shgan hissalari, diniy mavzularda hamda fiqh sohasida yozilgan nodir asarlar va ularning taqdiri, Arab diyorlari va boshqa o‘lkalarning kutubxonalarida saqlanayotgan qo‘lyozmalar hamda kitoblar xususida so‘z yuritdi.
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xotin-qizlar kengashi faoliyati o‘rganildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi "Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 316-son buyrug‘ining ijrosi yuzasidan Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyatini o'rganish maqsadida Respublika Xotin-qizlar kengashi ishchi guruhi tashrif buyurdiDastlab Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Rahmatilla Gaipnazarov, Xotin-qizlar bo‘limi uslubchisi Nilufar Alibayeva hamda ishchi guruh a’zosi Gulxayo Xolmatova o‘rtasida samimiy muloqot o‘tkazildi. Akademiya rektori muassasada talaba qizlar uchun yaratilgan sharoitlarga to‘xtalib o‘tdi.Shundan so‘ng ishchi guruh a’zolari talabalar turar joyida yashayotgan talaba-qizlarni
Batafsil
Butunjahon sammitida Oʻzbekiston tajribasi yuqori baholandi
Bugun Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida BMTning iqlim oʻzgarishi konferensiyasi doirasida Butunjahon diniy yetakchilari global sammiti boshlandi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Davronbek Maxsudov ishtirok etmoqda. Anjuman Qurʼoni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi. Dastlab Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning sammit ishtirokchilarga yoʻllagan tabrigi oʻqib eshittirildi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrishning videomurojaati namoyish etildi.“Jahon dinlari yashil sayyora uchun” shiori ostida oʻtkazilayotgan nufuzli tadbirda dunyoning 60 dan ziyod davlatidan 300 nafarga yaqin hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din v
Batafsil
Islom sivilizatsiyasi markazi: o‘tmish, bugun va kelajak tutashgan makon
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining navbatdagi Kengaytirilgan Ilmiy kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori Jannat Ismoilova, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Sharqshunoslik instituti direktori Bahrom Abduxalimov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunos olim Akbar Hakimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha Direksiya o‘rinbosari Rustam Shoabdurahmonov, soha mutaxassislari, olimlar hamda tadqiqotchilar ishtirok etdilar.Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivil
Batafsil
Farzandlar tarbiyasiga har birimiz mas’ulmiz
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Aholi orasida noqonuniy diniy faoliyatga doir huquqbuzarlik holatlari: sabablar va yechimlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Mazkur dars Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarining dunyoqarashini yanada kengaytirish, siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etildi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Zokirjon Ro‘ziyev, professor-o‘qituvchilari hamda xodimlar ishtirok etdi.Tadbir avvalida “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti Muxtor Nazirov tomonidan hafta davomidagi xalqaro va milliy siyosiy makondagi voqealar dayjesti haqida ma’lumot berildi.27-oktabr sanasida mamlakatimiz va xalqimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim siyosiy voqelik – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tgani, mazkur saylov jarayoni yuqori kay
Batafsil
Saxovat – eng go‘zal amal
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tyutorlari tomonidan Shayxontoxur tumani “Shayxontoxur” MFY xududida yashovchi keksalar Ochil Muxammadiyev, Staliya Qosimova hamda Ravshan Kosimovlarning xonadoniga tashrif buyurishdi. Mazkur tashrif Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi”gi qarori ijrosini ta’minlash, oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalarni maʼnaviy-ruhiy hamda psixologik qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.Suhbat chogʻida keksalar Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi ustozlari tomonidan nuroniylarga berilayotgan eʼtibordan, yolgʻiz keksalar qarovsiz qolmayotganidan, tashrifdan xursandligini aytib, oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Batafsil
Akademik litsey va Akademiya: bir tizim, ikki bosqich
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi akademik litseyda ta’lim faoliyatining tashkil etilishi, boshqarish tizimining samaradorligi, yaratilgan sharoitlar, qo‘llanilayotgan ta’lim-tarbiya usullarining ta’sirchanligini muntazam ravishda o‘rganib borish va baho berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugun Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov mazkur muassasada bo‘ldi.Akademiya rektori Xodimlar bo‘limi, psixolog, Buxgalteriya, Kasaba uyushmasi, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari va boshqa mas’ullar bilan suhbatlashib, ta’lim muassasida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, akademik litseyga ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish, o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, ta’lim sifatini tubdan yaxshilash, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish maqsadida Akademiyaning tegis
Batafsil
“Islom — tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya yakunida qabul qilingan Xiva deklaratsiyasi
Dunyoning turli mintaqalarida qonli toʻqnashuvlar, mafkuraviy kurashlar, gʻoyaviy qarama-qarshiliklar, turli yoʻnalish va oqimlar oʻrtasida oʻzaro nizo va ziddiyatlar tobora avj olib borayotgan bugungi murakkab zamonda muqaddas islom dinining tinchlikparvarlik va insoniylik mohiyatini keng targʻib etish jahonda tinchlik va osoyishtalik, hamjihatlik, totuvlik va bagʻrikenglikni taʼminlash, jamiyatda turli buzgʻunchi gʻoyalar tarqalishining oldini olishda muhim omil hisoblanadi.Islom taʼlimoti vujudga kelgan ilk davrdan bugungi kunga qadar insoniyatning madaniy va maʼnaviy kamolotida beqiyos oʻringa ega boʻlib kelmoqda. Islom dinining maʼrifiy roli kelgusida ham umumbashariy taraqqiyot va farovonlik, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.Shu maʼnoda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh A
Batafsil
O‘quvchilar bilimi – ta’lim sifatining muhim ko‘rsatkichi
Akademiya rektori akademik litseyga tashrifi davomida auditoriyalarda o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan muloqot qildi. Akademiya rektori litseyda “Arab tili”, “Ingliz tili”, “Matematika”, “Rus tili”, “O‘zbekiston tarixi” va “Informatika” dars mashg‘ulotlarida ta’lim sifati, o‘quvchilarning bilimi va davomat holatini o‘rgandi. Shuningdek, rektor yoshlarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida Akademik litsey o‘quvchilari bilan suhbatlashdi.O‘quvchilarga respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanish, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, xorijiy til va sohaga oid fanlarni puxta o‘zlashtirish, oliy ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va maqsadli tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berdi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, bugungi kunda a
Batafsil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilarining MUROJAATI
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari,Sizning “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigingizni biz barchamiz konferensiyamiz uchun oʻziga xos dasturilamal sifatida qabul qildik.Oʻzbekiston zaminida tavallud topib, oʻzining benazir isteʼdodi, bilim va tafakkuri, ezgu fazilatlari bilan islom olamida shuhrat qozongan buyuk allomalarning boy ilmiy merosini oʻrganish va targʻib etish borasidagi faoliyatimizga alohida eʼtibor qaratib, kamtarona mehnatimizga yuksak baho berganingizdan gʻoyat mamnunmiz va buning uchun Sizga samimiy minnatdorligimizni izhor etamiz. Hech shubhasiz, biz – islomshunos, termiziyshunos olim va tadqiqotchilar haqidagi iliq va haqqoniy fikrlaringiz bizni yanada koʻproq izlanib, yangi-yangi tadqiqotlar yaratishga, islom dinining Siz taʼkidlab aytgan tinchlik, ezgulik va i
Batafsil